Oriyatli siymolar va milliy yuksaliş
Millat oriyati şaxsni ulğaytiradi. Oriyatli şaxs millatni uyğotadi. Uyğoq xalq esa dunyoni ulğaytiradi. Prezidentimiz taşabbusi va rahnamoligida taşkil etilayotgan Prezident maktablari, ilm-fan va adabiyot yönalişidagi ijod maktablari ana şunday uluğvor ğoyani amalga oşirişga qaratilgan.
Dunyoda maşhur siymolarning turli sohalarda ilmiy-ijodiy maktablari neça zamonlardan beri mavjud. Qarangki, dunyoning biron-bir mamlakatida ularning taʼlim-tarbiya maskani sifatida faoliyat yuritayotgan ijod maktablari yöq ekan. Ikki yigirma deya egizak aytilayotgan Yangi yil arafasida Toşkentda iş boşlagan adib nomidagi ijod maktabi, Adabiyot muzeyi va “Turon” kutubxonasidan iborat Abdulla Qodiriy majmuasi, adib yaşagan manzilda barpo etilgan uy-muzeyi hamda Guliston şahrida oçilgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi maʼnaviyat sohasidagi izçil islohotlarning davomi böldi.
Abdulla Qodiriy majmuasiga Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşrifi, ijod ahli bilan bölib ötgan samimiy suhbat va unda bildirilgan fikrlar hali köp vaqt qalam ahli uçun ilhom manbai, muşohada mavzui bölişi, şubhasiz.
Suhbatda Özbekiston öz tarixida yangi — uyğoniş zamoniga qadam qöyayotgani haqida ham söz bordi. Bu bejiz aytilayotgani yöq.
Tariximizga nazar taşlaydigan bölsak, xalifa Maʼmun zamonida taşkil etilgan Akademiyaga Örta Osiyodan ham olimlar töplangan. Bu ilm dargohida Movaraunnahr va Xurosondan borgan Muso Xorazmiy, Ahmad Farğoniy, Marvaziy, Javhariy kabi olimlar Bağdod akademiyasining jahonga maşhur bölişida katta hissa qöşganlar.
Keyinçalik Xorazmda ham «Baytul hikma» (Donişmandlar uyi) taşkil qilingan. U Maʼmun akademiyasi deb ham atalgan. Bu maskanda uluğ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farğoniy ijod qilişgan. Ular orasida Şarqning köpgina mamlakatlaridan kelgan uluğ allomalar ham bölgan.
Ikkinçi “Oltin asr” deb nom olgan yuksaliş davri Sohibqiron Amir Temur zamoniga töğri keladi. Ulkan saltanatda tinçlik-xotirjamlik örnatilişi, taşqi xavflarning bartaraf etilişi, mamlakatda keng obodonçilik işlari yölga qöyilişi, ilm-fan va maʼnaviyatga eʼtibor davlat va xalq hayotida muhim burilişlarni boşlab bergan.
Öşa davrning maşhur olimu ulamolari, usta quruvçilar, din peşvolari, tabiblar va boşqa professional mutaxassislar Samarqandga taklif etilgani, Samarqandda dunyoning eng sara asarlaridan iborat yirik kutubxonalar bunyod etilgani bois buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi şu davrda şakllangan. Şarafiddin Ali Yazdiy kabi tarixçilar, Mirzo Uluğbek, Ali Quşçi, Qozizoda Rumiy singari olimlar, Jomiy, Navoiy kabi uluğ şoirlar dunyo miqyosida şuhrat qozongan.
Afsuski, undan keyingi siyosiy parokandalik, toju taxt uçun keçgan bemaʼni kuraşlar tufayli buyuk davlat tanazzulga uçrab, oxir-oqibat öz böyniga özi istibdod sirtmoğini soldi.
Bugungi ozodlik, emin-erkinlik, tinçlik-osoyiştalik muhiti, dunyo eşiklari keng oçilgani, qöşni davlatlar bilan yaqin aloqalar örnatilgani, ilm-fan, adabiyot va sanʼatga bölayotgan jiddiy eʼtibor, jumladan, Prezident maktablari, ilm-fan, xususan, adabiyot yönalişida atoqli adiblar nomida ijodiy maktablar taşkil etilayotgani, iqtidorli yoşlarning bu dargohlarga jalb etilayotgani Yangi Özbekistonning yangi qiyofasini yaratmoqda. Davlatimiz rahbari ğoyasiga köra öquvçilar bu dargohlarda yangi taʼlim standartlari, bir söz bilan aytganda, sara asarlar asosida taʼlim-tarbiya oladilar.
Prezidentimiz ijod ahli bilan suhbatda bir qator yangi ğoyalarni örtaga taşladilar. Ijod maktablari haqida söz yurita turib, “Bu maktablar zamirida ilohiy kuç bor”, deya taʼkidladilar. Fikrlaş, mulohaza yuritişga daʼvat etuvçi bu ibora zamirida nima mujassam degan savol menda ham katta qiziqiş uyğotdi. Anglaşimça, bu ilohiy kuç Parvardigor özi odam bolasini yaratmişda uning ruhiga singdirgan özini anglaş, insoniylik, maʼrifatparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, beşikdan qabrgaça ilmga intiliş kabi fazilatlardir. Bu ilohiy kuçni qanday uyğotiş mumkin? Bu kuçni jamiyatga qaytgan kitob, kitobga yuz tutgan jamiyat uyğotadi. Isteʼdodli yoşlarni öz bağriga olayotgan ilm va ijod maktablari uyğotadi.
Mazkur ijod maktablari qalam ahlining özi uçun ham bir maktab — ularning atoqli adiblar nomida taşkil etilişi şu adiblar kabi badiiy yuksak asarlar yozişga daʼvat, yaʼni millat taqdiridan hikoya qiluvçi bunday sara asarni ham, uning muallifini ham xalq heç qaçon unutmaydi.
Yana bir muhim jihati, ijod maktablarining el-yurt uçun jonini qurbon qilgan, butun ijodini xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirişga bağişlagan siymolar nomida taşkil etilişi — har bir fuqaro uçun vatanparvarlik, fidoyilik timsoli. Bu siymolarning asarlari kabi şaxsiyatlari ham ibratlidir. Bu örinda Abdulla Qodiriyning qanday siymo ekanini anglatuvçi bir fikrini keltiriş kifoya: “Men töğrilik orqasida boş ketsa, “eh” deydirgan yigit emasman.”
Yo bölmasa otaşin şoiramiz Halima Xudoyberdiyevaning quyidagi satriga eʼtibor bering: “Men Turonning qadim qönğiroğiman, Jarang bersam, qiru dalang uyğonar.” Ularning ijodini şaxsiyatidan, şaxsiyatini ijodidan ajratib bölmaydi. Dili, tili va işi bir insonlar. Qadim Avestoda aytilganidek, öz ijodlari uçun “ezgu fikr, ezgu söz, ezgu amal”ni şior bilgan, muqaddas Qurʼon örgatganidek, imon-eʼtiqodli insonlar.
Xalqning asl farzandi bölmoq har ikki adibimiz uçun ham hayotining maʼno-mazmuni edi. Balki, şuning uçun ham ularning har ikkisi jurnalist, publitsist sifatida öz maktablarini yaratib ketişdi. Abdulla Qodiriy misolida aytadigan bölsak, u “Oziq işlari” gazetasining muharriri, “Muştum” jurnalining taşkilotçisi va tahrir hayʼati aʼzosi bölgan. “Felʼyeton qiroli” degan eʼtirofga erişgan Qodiriyning publitsistik çiqişlari özi yaşagan davrning tarixiy hujjati, zamonasining muhim solnomasidir. Halima Xudoyberdiyeva esa “Saodat” jurnalining boş muharriri va faol muallifi sifatida xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va istiqboli, bu boradagi muammolar xususida dadil qalam tebratgan mualliflardan ekani ham ijod maktablari öquvçilariga ibrat namunasidir.
Tarixdan yarqirab körinar izi,
Xalqim yuksalmoqda qadam-baqadam.
Ibrat olay desa öğli yo qizi,
Bordir Abdullasi, Halimasi ham!
Saʼdulla Hakim.
