Özlikni anglaş saodati

Aziz Qayumov Alişer Navoiyning «Farhod va Şirin» dostoni tahliliga bağişlangan risolasida asarning sevgi dostoni deyilişining ham haqli, ham munozarali tomoni borligini oçib beradi. Va bu oşiqlar faqat jismoniy sevgi egasi emasligini asoslab beradi. Yaʼni, Farhodning maʼyuslik va dardmandligi faqat Şirin uçun, Şirinning dilgirligi ham yolğiz Farhod uçun emas. Ulardagi bu holat bir-birlarini körişdan oldin boşlangan.

A.Qayumov taʼbiri bilan aytganda, doston barkamol inson uçun xatti-harakat, yuriş-turiş nizomidir.

  Ganjing aro naqd farovon edi,

Lek baridin ğaraz inson edi.

Barçasini garçand latif aylading,

Barçadin insonni şarif aylading.

Demak, inson köngli sabab tabiat va koinot uluğligidan ham şarif. Çunki u olamni qalbi orqali köradi.

 Kaʼbaki olamning ölib qiblasi,

Qadri yöq andoqki köngil kaʼbasi.

Savol tuğiladi. Arastuning şogirdidan ilm olgan  Farhodning könglini nega otasi qurgan qasr dilgirlikdan foriğ etmadi? Özi uçun uyuştirilgan şohona bazmlardan quvonmadi? Köngli şundamikan, deya, otasi toju taxtni taklif etganda nima uçun voz keçdi? Toğ jinslarini suv bilan yumşatiş hunarini (bu ham ilm) egallaş bilan kifoyalandi. Hoqon xazinalarini körsatib könglini olmoqçi bölganda oçiliş siri nomaʼlum sandiqqagina qiziqib qoldi.

Yunonistonga borib, olim Suhaylo bilan uçraşdi. Uning maslahati bilan Iskandar tilsimini oçişga jazm etib, elma-el kezdi. Ajdar, dev (ilm yölidagi tösiqlar)lar bilan olişdi. Izçil harakatini siylagan Allohim uni Xizrga yöliqtirdi. Undan sandiqning oçilmasligi Iskandar tilsimi ekanligini bildi. Suqrotga uçraşib, sirli sandiqni oçişga muşarraf böldi. Demak, Farhod ilmga taşnaligidan sandiqdagi sirli oynada Şirin jamolini kördi. Şirin Farhod uçun ikki qirğoği ilmu amal bölgan daryoki, undagi obi-hayot Farhod borliğiga jon bağiş­laydi. Olim Saidbek Hasanov bu xulosani «Aziz Qayu­mov Navoiy dialektikasi va taʼlimining boş xususiyati, deb biladi. Şoir Farhod xatti-harakati orqali şu taʼlimni tarğib etadi», deb  izohlaydi.

Şirinning ham Farhod köngli uçun hayotiy malham böliş bilan birga ilm-maʼrifat timsoli ekanligi keyingi voqealarda körinadi. Farhod Şirinning diydoriga yetgaç, uning şarafiga saroyda bazm uyuştiriladi. Arman şohi atay Şiringa bazmda iştirok etişni taqiqlab qöyadi. Notaniş yigit oldin Şirinning olima dugonalari sinovidan ötişi lozim edi. A.Qayumov diqqatni Şirinning ön olima dugonalariga qaratarkan, ilm-hunarning ön sohasiga işora qiladi. Demak, Farhod bular sinovidan ötib, Şirin jamoliga yetadi.

Yana bir misol. Eron şohi Xisrav Parvez Şirin vasliga erişiş ilinjida Arman yurtiga qöşin tortadi. Kelib biladiki, Farhod bor ekan, bu yurtni egallab ololmaydi. Şu bois, hiyla bilan uni qölga oladi. Ular örtasidagi savol-javobda şunday bayt bor:

 Dedi: nega senda olamda peşa,

            Dedi: işq içra majnunlik hameşa.

Yaʼni, peşa — ilmu hunarga işq içra majnunlik (jonni qiynaş) tufayli erişiladi, degan ğoya ilgari suriladi. Asar nihoyasidagi quyidagi baytda Farhod uçun Şirin — taʼlim dunyosi bölib, bu dunyosiz yaşay olmasligi aytiladi:

   Qilib jononi otin tilga taʼlim,

            Tutib jonon otin jon etdi taslim.

Bunda Xisrav Parvez siymosi jismonan oşiqlarning, ramzan ilm-fanning kuşandasi sifatida gavdalanadi. Demak, ilmu hunar inson uçun hayot-mamot masalasi.

Umuman, olim mulohazalaridan Farhod va Şirin dunyodan ötib, özlaridan boqiy nom qoldirgan oşiqlar hamda ular könglidagi ilm sintezi ekanligi maʼlum böladi.

«Yusuf va zulayho» navoiy nazdida

Şaklan sodda, mazmunan öta murakkab ifoda tasavvuf adabiyotining öziga xos yöli. «Yusuf va Zulayho» ana şunday durdona asarlardan biri bölib, bu qissaga turli davr­­da yaşagan adiblar murojaat etişgan. Rudakiyning bir şeʼri bor. «Yusuf rohatu faroğatda yaşaganida uç köylagi borligini eşitganman, — deb yozadi şoir. — Uning biri qon içra bulğondi, ikkinçisi tuhmatdan yirtildi, uçinçisi esa otasi Yoqub öğli firoğida kör bölgan közlariga surtganda közlari oçildi». Şeʼr quyidagi xulosa bilan yakunlanadi:

Yuzim öxşar birinçisiga,

                                    dilim ikkinçisiga öxşar,

  Uçinçisi nasibam bölğusidir vasl quçoğida.

Yaʼni, birinçisi bilan rohatu faroğat yuzim oynasida aks etib turadi, ikkinçisi bari sitamlar dilimda ekanligiga işora, uçinçisi  iymonga kelgan yorimga Xudo bergan yöl bilan erişganimda asqotadi.

Aziz Qayumov Navoiy nazdidagi «Yusuf va Zulayho» tahliliga tamomila boşqaça yondaşgan. Şoirning voqea mohiyatini özgartirganiga ahamiyat beradi. Yusufning badbin oğalari xiyonati, Zulayhoning qilmişlari tufayli çekkan azoblariga, avvalo, özi sababçi ekanligiga eʼtibor qaratadi: «Yusuf bir kuni husnini oynada körib, agar men qul bölganimda biror kişi mening bahoyimni bera olarmidi, deb könglidan ötkazdi». Yaʼni, qissa boşlanişida Yusuf öz jamolini oynada körib, özini bebaho deb hisob­lagan edi. Hayot esa bu fikrni rad qildi. Qul sifatida arzimagan pulga sotilgan Yusuf Tangrining qudratiga yana bir bor işondi.

Olim kuzatuvining ikki jihati bor: biri, insonning öziga bino qöyişi ham xudbinlik ekanligi, bu Allohga xuş kelmasligi; ikkinçisi, Yusufning ham payğambar ekanligi, uning boşiga tuşganlari Yaratganning sinovi bölib, bariga çidaşi muqarrarligidir: «Yusuf bir kuni tuş köradi, quyoş, oy va ön bir yulduz unga sajda qilar emiş­lar, — deb yozadi A.Qayumov. — U tuşini otasi Yoqubga aytadi. Yoqub, bu tuşning maʼnosi şuki, otang va qondoşlaring senga muhtoj bölajakdir, deydi.»

Navoiy tuş taʼbiriga ham ikki qatlam mazmun yuklagan: biri — Yusufning ilohiy imkoniyati — u oğalari tomonidan quduqqa taşlanib, Misr azizlaridan biriga qul sifatida sotilib, Zulayhoning işqiga mos javobi bölmagaç, tuhmatda qolib, zindonda yotib, Alloh karami bilan podşoh nazariga tuşadi. Misr hukmdoridan keyingi aziz insonga aylandi; ikkinçisi, Yaratgandan keyin otaning uluğligiga işora.

Navoiy tasavvurida Yusuf ham Zulayhoni sevadi. Şoir uning sevgisiga asos ham yaratgan. Şu jihatdan uning nazdidagi qissa boşqalaridan farq qiladi. Buni olim şunday izohlaydi: «Navoiy öz odatiga köra, hikoyadagi voqealarning mantiqiy boğliqligiga katta ahamiyat bergan. Zulayho öttiz yoşda edi. Demak, Zulayhoning ön yetti yaşar qul Yusufga muhab­bati avj olgan yillarda uning yoşi ön beşda bölgan. Yana şoir Zulayhoning eri xotiniga noqobil ekanligini, bu Zulayhoning pok saqlanganligini bildiradi».

Şu bois, aybi yöqligi maʼlum bölmagunça, Malik Rayyon uni zindondan ozod qilmoqçi bölganda unamaydi. Ozod bölgaç, Zulayhoning eri taloq qilgaç, unga uylanadi. Qissa yuzasidan Navoiy nazdida ham, olim mulohazasida ham sevgiga sadoqat eʼtiqodga sobitlik maqomidan keyin turadi. Boş mohiyat Yusufda — dilidagi birgina qusur uçun Yaratganning hukmi bilan sinovlardan ötganida va bu ibrat odamzotga ulaşilganida.

Ilhom Ahror.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan