Qadim yer yuzi tili bu — bizning til!

“Tili qisiq” degan ibora bor. Jonli muloqotda bu gap: “yuzi şuvit”, “böyni egik”, “muttaham” kabi “ayb”li kişilarga nisbatan bir sifat tarzida işlatiladi. Gardanida öz vaqtida qaytara olmagan qarzi yoki keçirilmaydigan gunohi bölgan kaslarning ham birovlar oldida “tili qisiq” böladi. Binobarin, bunday odamlarning davralarda emin-erkin ötirişga, gapga aralaşişga “beti çidamaydi”, boşqalar unga birovlar bilan suhbatlaşiş, bahslaşişni “senga kim qöyibdi?” qabilida qaraşadi va töğri ham qilişadi.

Şubhasiz, har bir millat — alohida olamdir. Xudoga ming qatla şukr-ki, bu dahri-dun aro bizning biror-bir millat oldida tili qisiq joyimiz yöq. Bizning til butun dunyo ahliga eng köp özak söz tarqatgan boy, qamrovi keng, çiroyli zabon hisoblanadi. Ammo uşbu til bilan biz qaçon faxrlana boşlaymiz? Qaçon ona tilimiz jahon minbarlarida bor jozibasi bilan jarang soçadi? Qaçon boşqa millat vakillari özlari intilib, ehtiyojmandlikdan tarjimonlar tayyorlab, tilimizning inja sirlarini, ijodiyotimiz sehri-yu folklorimiz sanʼatini örganiş uçun diyorimizga taşrif buyurişadi?

Şu kunlarda ona tili siyosatimizning boş masalalaridan biriga aylangan bir paytda, öz ona tilini mensimayotgan, davlat tili bölib barqarorlaşuvini istamayotgan ayrim — yer yuzida odam maqomida oyoq bosib yurgan, özida bir juft köz va bir juft quloqni jo qilgan hamda içida oziga bölsa ham mağzi bölgan miyasi bor boşni yelkaga ortmoqlagan, boz ustiga tariqdek bölsa-da, fahm-farosat, or-nomus degiç tuyğulardan ham mosuvo bölmagan tildoş, eldoş orqadoşlarimga sörovim bor:

— Qaçonlardir şu atrofda turkiymi, özbekmi degan nom bilan ötib ketgan ajdodlar ruhi çirqiraşidan qörqmaysizmi?

Qörqmasangiz, gap yöq. Mabodo qörqaman desangiz, unda eşiting. Endi yolğon-yaşiq, yaltoqlik, laganbardorlik, maqtançoqlik, jizzakilik kabi “tuzsiz fazilat”laringizni taşlaş kerak. Vorislarga hamiyat hamda samimiyat mulkini meros qoldirişga jahd qiliş, buning uçun turli tutiriqsiz va mantiqsiz bahonalardan voz keçiş lozim.

Unutmang, yoppa omi va loqayd, beğujur millatning tili “kun kelib ölimga mahkum”. Bilgiçlarga quloq bersangiz, ne bir tillar tag-tugi bilan bu hayot sahnidan yöq bölib ketganini anglaysiz. Til esa jonli millat degani. Fanda qayd etilişiça: “Muayyan hududda istiqomat qiluvçi, urf-odatlari, turmuş tarzi bir-biriga özaro yaqin bölgan va bitta tilda gaplaşadigan aholi qatlamiga millat deyiladi”. Bizningça, bu mukammal taʼrif emas. Kim qaysi tilda tuş körsa, dard çekkanda qay tilda nola çeksa, yanayam jönroq aytganda, onasi va oila aʼzolari bilan muntazam ravişda qanday tilda suhbatlaşsa, öşa millatga mansub böladi. Şaxsning pasportida zikr etilgan millati hujjat sohibining asl tabiatiga hamişa ham mos kelavermasligi, hatto uning öziga ibtidoiy ajdodi yoqmasligi ham mumkin.

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili töğrisida”gi Qonuni rasman qabul qilinganiga 30 yil böldi. Aslida bunday Qonunga hojat bölmasligi kerak, yaʼni har bir davlatda boşqaruv öz millatining tilida amalga oşirilişi tabiiy holat deb qaralişi lozim. Ammo bundan bir asr muqaddam sobiq ittifoq “dohiy”lari tomonidan ğarazli niyatda, sunʼiy ravişda çalkaştirib taşlangan ne-ne millatlar taqdiri hali-hamon önglanolmay kelmoqda. Xususan, tillaridagi kiçkina farqlari asos qilib olinib, turli “…istonlar”ga ajratilib, boşqa el-elatlar vakillarini ham aralaştirgan holda çuqur reja tuzilgan, toki ular muloqotida yagona bir tilga zaruriyat tuğilsin, şu tilni bilganlarga yaxşiroq yaşaş va işlaş imkoniyati ehtiyoj bölib singsin deyilgan. Ötgan 70 yilda bu reja ortiği bilan uddalandi. Endilikda, ğarib va öta qaşşoqlaşgan til merosxörlari öz “…iston”larining davlat tili töğrisidagi qonunlarini çiqarib-da, biror-bir samaraga erişişlari juda qiyin keçmoqda.

Öşanda, Qonun nihoyatda ehtiyotkorlik bilan işlab çiqilgan va obʼyektiv va subʼyektiv sabablarga köra bu yerda istiqomat qilib turgan boşqa millat yoki boşqa til vakillarining köngliga tegib ketmaslikka astoydil harakat qilingan. Vaholanki, biz andişani rökaç qilib avaylayotgan millatlarning qayğusini yeydigan öz davlatlari, u yerda esa öz tillari rivoji bilan şuğullanadigan maxsus mutasaddilari bor. Qisqasi biz ğamini çekayotgan tillar bizning kömakka muhtojligi yöq.

Xullas, Qonun bilan idoralarda iş yurituv davlat tilida, şuningdek, köpçilik muloqotda böladigan tilda olib borilişi belgilab qöyildi. Bu huquqiy meʼyor, ayniqsa, amaldagi rahbarlarga qöl keldi. Çunonçi, katta-kiçik taşkilot boşliqlarining qariyb aksari davlat tilini nafaqat bilmaydigan, mensimaydigan, hatto bu tilda gaplaşişdan or qiladigan “madaniyatli, savodli” kadrlardan tanlab qöyib kelingan edi. Ularning isloh qilinişi esa közda tutilmadi. Milliy Istiqlol eng avvalo, milliy tilni ozodlikka çiqarişi şartmasmidi? Nega Qonun ijrosini taʼminlaş çorasi faromuş qilindi?

“Davlat tili töğrisida”gi qonunga qöşimça va özgartirişlar kiritilyapti ekan. Boşqa qonunlarga kiritilgan özgarişlarda katta ijobiy siljişlar kuzatilmoqda. Demak, bu saʼy-harakat ham deputatlar tomonidan mazmunli va muvaffaqiyatli amalga oşirilişidan umid qiliş mumkin. Harqalay, bezovta qilayotgan takliflarni jamoatçilik eʼtiboriga yetkaziş zarar qilmas.

Qonunda davlat tili — özbek tili deb emas, özbek adabiy tili deb belgilanişi kerak nazarimda. Adabiy til avvalo, turli şeva hamda lahjalarda gaplaşuvçi, bir qadar tarqoq mazkur millatni birlaştiruvçi qud­ratga ega. Toki, kundalik turmuşda bir-birlarining sözlarini, qiliqlarini kalaka qilib yurar ekan, elda birdamlik bölişi muşkul. Ijtimoiy tarmoqlarda javlon urayotgan blogerlardan tortib, markaziy televideniye telesuxandonlarigaça, radio tölqinlari orqali şou uyuştirgiç boşlovçilardan to tadbirlar tamadasigaça faqat va faqat adabiy tilda sözlaşlari talab etilişi lozim. Bu gözal tilni örganişga hamma intilişi, nafaqat özbek, balki şu diyorda yaşayotgan boşqa yurtdoşlar ham bu tilni sevib istifoda etişlariga erişiş çoralari körilişi kerak. Buning uçun eng avvalo hokimiyat jilovdorlari şu tilda tuş körişlari, şu el dardini çuqur anglaşlari zarur böladi. Ayni damda amaldagi adabiy til özbek tili imkoniyatlarini töliq qamrab olmagan, yaʼni tub aholi şevalarida isteʼmolda bölgan muqobil omonim va sinonim sözlar, naql, ibora va işoralar mazkur doiradan çetda qolib ketgan.

Davlat tilining ravnaqi uçun yana nima qilmoq kerak?

Qonun ijrosini taʼminlaş çora-tadbirlari yuzasidan alohida dastur, xususan, maxsus nizom yoki yöriqnoma işlab çiqilişi maqsadga muvofiq körinadi. Bu hujjatda: maişiy xizmat, tibbiyot, savdo, ijtimoiy himoya, bank kabi soha xodimlarining oddiy aholi bilan muloqoti, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlar, kinodagi sözlaşuvlar, majlis-yiğinlar, barça iş yurituv faqat adabiy tilda (şuningdek, Qoraqalpoğis­tonda qoraqalpoq tilida ham) olib borilişi qatʼiy belgilab qöyilişi, oliygohlarga kiriş imtihonlaridan biri, yaʼni asosiysi özbek tili va adabiyotidan yozma bölişi, davlat boşqaruvi mansabdorlarining adabiy tilni qay darajada bilişi salohiyati hamda jamoatçilik oldida qiladigan maʼruzasini agar öqib beradigan bölsa, öşa maʼruza matnini aynan özi yoza olişi qobiliyati ham soha mutaxassisligi bilan bir qatorda sinovdan ötkazilib, undan keyin lavozimga tayinlanişi masalasi öylab körilişi zarur. Albatta, boşqa xorijiy tillarni bilgan xodim rağbatlantirilişi, muayyan imtiyozlarga ega bölişi lozim, ammo uning uşbu muvaffaqiyatlari özbek adabiy tilini (bozor, maişiy tilini emas) el qatori bilganidan keyingina hisobga olinişi kerak.

Yuqorida zikr etilgan Dastur (yöl xaritasi) töliq amalga kiritilib, natijasi sezilmaguniça, Davlat tili qonuni buzilganda maʼlum bir sanksiyalar qöllanilişi, holatni rasmiylaştiriş tartib-qoidalari joriy qilinişi va faoliyat bilan şuğullanuvçi maxsus Til inspektorlari tayinlanişi maqsadga muvofiq böladi.

Özbekona bağrikenglik va andişa bilan bunday islohotni amalga oşiriş mumkinmi, nima deysiz,mening, munisgina-mömingina   tildoşim? Mayli, manavi şeʼr­­­ni ham piçirlab öqib qöya qoling:

Bizning til

Ey, siz, oçun olimlari, bilib oling,

Quloğingizga bir gapni ilib oling.

Eng köhna ham, eng keksa til, u qaysi til?

Şak-şubhasiz (bu bizning til) – bu bizzi til.

Yaratganning ilk yaratgan insoni kim,

Öylab köring nomi qaysi tilda muqim?

Hur gödakning “inga”sida nedir maʼni,

“Mamma” degan sözni izlab toping qani?

Odam Ato bani başar otasi-ku,

Havo – hayot, bor mavjudot asosi-ku.

Har savolga mantiq mezon bölsa asl,

Barça tillar ildizi til – bu bizzi til.

Tarix titing, mayli, Toş asridan keling,

Tözğib yotur yölda tillar tilim-tilim.

Ğordan çiqar: ğudur-ğudur – ovçi tili,

Qirda, ana, jangçi botir – dovçi tili.

Sevgi tili – oşiq tili, qöşiq tili,

Ilmu urfon… eng boşida beşik tili.

Yulduzi til bölar balki, kelgusi til,

Biroq qadim yer yuzi til, bu bizzi til.

Hol Muhammad Hasan,

şoir.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan