Tarix bugunning xizmatida yoki uçinçi Renessans poydevorini yaratiş möʼjizasi

Ayni paytda ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizda bir hol alohida börtib körinmoqda. Jonajon Vatanimiz öz istiqboli yölida nurli marralarni zabt eta borib, insoniyat tamadduniga ulkan turtki bergan, köplab allomalarni taraqqiyotga tuhfa qilgan Renessans (Uyğoniş davri)ni XXI asrda yuzaga keltiriş, buning uçun barça asoslar borligi va salohiyatimiz şay holda ekanligini dunyoga maʼlum qildi. “Biz keng kölamli demokratik özgarişlar, jumladan, taʼlim islohotlari orqali Özbekistonda yangi Uyğoniş davri, yaʼni uçinçi Renessans  poydevorini yaratişni özimizga asosiy maqsad qilib belgiladik”, dedi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev  joriy yil Öqituvçi va murabbiylar kuniga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida.

Davlatimiz rahbari tomonidan aytilgan bu formula uzoq  yillardan beri milliy tafakkurimizda röy berayotgan özgarişlarning tadrijiy hosilasi va eʼtirofi sifatida kutib olindi. Albatta, har bir davlat öz istiqbolini belgilar, strategik vazifalar qöyar ekan, öz jonajon tarixidan ulgi oladi. Davlatlar bir-biriga öxşamagani kabi ularning taraqqiyot yöli ham har xil böladi. Mamlakatning  rivojlaniş dasturi öz ötmişidan vobasta holda tayin etilar ekan, bugungi Özbekiston uçun Renessans modeli tarixan qonuniy va adolatlidir. Negaki, biz umrguzaronlik qilayotgan zaminda ikki marta buyuk uyğoniş – Renessans röy berganini tarixiy dalillar sözsiz tasdiqlaydi. Renessans namunasi davlatimiz uçun yaqin kelajakdagi asosiy yöl ekanini davlat rahbari alohida taʼkidladi: “Biz uçun Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qöyib, uni milliy ğoya darajasiga kötarmoqdamiz”. Albatta, bu tarixiy hodisaning barça ölçamlari inkişof etiladi va u davlatimiz uçun taraqqiyot dasturida  etalon  bölib qoladi.

Dunyo tamaddunida yuksak uyğonişga sabab bölgan davrlar haqida gapirganda ularning paydo böliş şaroitlari va evolyutsiyasini bir qur eslaş foydadan xoli bölmaydi. Tabiatan qulay mintaqada joylaşgan yurtimiz hududlari azaldan insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi öçoqlaridan biri bölib kelgan. Rivojlaniş ilk kurtaklari şu zaminda yaproq yozgan, inson takomilining bosqiçlari ilk dafʼa şu ölkada yuz körsatgan. Bu holni Selunğur yoki Teşiktoşdan topilgan odam suyaklari tasdiqlaydi. Ibtidoiy qavmlarning zavqi, dunyoqaraşi esa yurtimizdagi toğlarning qoyasida öyilgan toşbitiklar – petrogliflarda öz aksini topgan. Madaniy rivojlaniş yuzaga kelib, undan keyin ötgan ming yilliklarda  davlatçilik tarixida, inson faoliyatining köp qirrali  rivojida  ham şu hududlar asosiy maydon, maskan böldi. Tarix zarvaraqlarida şunçaki qayd qilib ötilgan  Baqtriya, Parfiya, Davon, Kuşon singari davlatlarning dov-daskasi dunyo maʼnaviy ummonida pörtana yasagani, ularning şon-şuhrati bugun ham muxlislarni hayratga solişi bejiz emas. Holbuki, hamon yer yuzining qay bir puçmoqlarida uruğçilik yoki kannibalizm uçrab turayotgan ekan, neça ming yillar oldin inson tafakkurini yuksaltirgan, madaniyat olamida yetuk taraqqiyotga erişgan, odamlar kiyimini ötyuklab kiygan davlatlarning töla şakllanib, davru daron surgan dalili bu tuproqni çinakam muqaddas deb ataşga izn beradi. Turonzamin haqiqatan ham insoniyatning oltin beşigidir.

Taraqqiyot tadrijida bugun “Buyuk ipak yöli” deb ataladigan karvonlar safari boşlangaç, jöğrofiy jihatdan çorrahada joylaşgan bu maskanlardan savdogarlar muttasil ötib turgan va madaniyatlar qorişuvining eng önğay yöli sifatida eʼtirof etilgan sivilizatsiyalar tutaşuvi orqali jami bahri-bardagi tamaddun şu nuqtada umumlaşgan (sintezlaşgan). Aloqalar rivojida fors, xitoy, yapon, hind, yunon, savdo tarmoqlari kengaygaç, Yevropa va boşqa ilğor madaniyat unsurlari kirib kela boşlagan va qulay muhitda tomir otib, rivojlangan. Şunday qilib, olis moziy bağrida  Osiyoning qoq örtasida bir madaniyat böstoni paydo bölgan.

Arab madaniyatining kirib kelişi, islom dinining yoyilişi esa taraqqiyot tomirlariga “obi-hayot”dek taʼsir etgan. “Haqni tanişning eng birinçi vositasi maʼrifatdir” degan aqidaga amal qilgan islom dini ilm-fanning rivojiga kuçli omil bağişladi. “Bir soatlik ilm istaş bir oylik ibodatdan afzaldir” degan rağbat bilan muzayyan etilgan islomiy taʼlimot ilm-maʼrifat parvoziga keng ufq oçdi. Hadisda “Ilmdan özga najot yöq va bölişi ham mumkin emas”, deyilgan. Şunday qilib, ilğor madaniyat unsurlari bilan töyingan turkiy turmuş tarzi islomiy maʼrifat bilan tutaşdi va bu hol dunyoni lol qoldiradigan kaşfiyotlarga, ularni tasdiqlagan allamolarga beşik böldi. Albatta, birinçi Renessans deb şartli nomlangan bu davr haqida juda keng maʼlumotlar tarqalgan, bu örinda öşa şonli davrlarni qayd etib ötiş bilan çeklanamiz.

Bu  davrning tahlilidan bizga Renessans tuşunçasining tabiati ança taniş bölib qoldi.  Demak, ilk Renessansga madaniyatlar qorişuvi maydon bölgan ekan. Ikkinçi  Renessansning voqe böliş şaroitlari esa boşqaçaroq keçgan. Bu örinda köp muhokamalarga sabab böladigan mavzu – tarixda şaxsning roli masalasiga alohida urğu berişga töğri keladi. Yurtimizda keçgan ikkinçi Renessans tarixda bir buyuk şaxs nimalarga erişişi, u butun insoniyatga qanday ezguliklar tuhfa etişi mumkinligiga yorqin misoldir. Albatta, dunyoda buyuk zotlar köp ötgan: laşkarboşilar, sarkardalar, davlat arboblari… Payğambarlarni körgan bu dunyo. Ular amalga oşirgan işlar hamon insoniyatni hayratga solib keladi. Bu buyuk zotlar özlarining saʼy-harakatlari bilan umuminsoniy taraqqiyot minorasiga heç qurisa bir ğişt qöyganlar yoki uni bir böğin yuksaltirganlar. Hatto,  öz xatolari bilan ibrat bölgan zotlar ham eslanadi. Ammo gapning bölarini aytganda, butun bir taraqqiyot bosqiçini boşlab bergan, öz ğoyalarining barhayotligini ham nazariy, ham amaliy taʼminlab ketgan, şuningdek, eʼtiqodining kuçini öz avlodlari orqali yuz yillar oşa körsata olgan şaxs tarixda kam. Ana şunday şarafga buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur hazratlari muşarraf böldi. “Ön beşinçi asrda Sohibqiron Amir Temur asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtaşam saltanat yurtimizda ikkinçi Uyğoniş, yaʼni ikkinçi Renessans davrini boşlab berdi”, deya eʼtirof etdi davlatimiz rahbari. Ikkinçi Renessansning yuzaga kelişi, rivoji va tarixda qolişi bir şaxs faoliyati bilan boğliq. Temuriylar madaniyati insoniyat maʼnaviy olamida beş yuz yildan köproq amaliy faoliyatda böldi, ular qoldirgan meros esa jami insoniyatning bebaho mulkiga aylandi.

Gapning sirasini aytganda, biz asosiy maqsadga ötişdan oldin bir tarixiy sayohatni amalga oşirdik, xolos. Asosiy muddao esa bugungi kunlarimizning qaynoq nafasiga hamohang tarzda moziy xazinasini titib, ötmiş boyliklarini sarhisob qilib, insoniyat tarix saboqlarisiz yaşay olmasligini taʼkidlaşdir. Ammo tarixga munosabatda fikrlar bir xil emas. Biz biroz ehtiros bilan tarixsiz yaşab bölmaydi, deb taʼkidlayapmiz, holbuki, tarixni örganiş xavfli, zararli, hatto uni örganmaslik kerak, degan  qaraşlar ham bor. Fransuz şoiri va faylasufi, köplab aforizmlar muallifi Pol Valeri şunday taʼkidlaydi: “Tarix orzular tuğdiradi, xalqlarni sarxuş qiladi, soxta xotiralarni keltirib çiqaradi, kimlarningdir  eski yaralarini qözğatadi, oromini buzadi, özini uluğlaşga olib keladi.  Tarix har qanday istaklarni oqlaydi. U, sirasini aytganda esa  heç nimaga arzimaydigan ğaladondagi sarğaygan qoğozlardir”.  Agar tarixiy dalillar manfaatlar nuqtai nazaridan baholansa, u faqat tarbiyaviy ahamiyatga ega bölibgina qolmay, balki undan çökib yotgan milliy biqiqlik hislarini uyğotişda, boşqa xalqlarga nisbatan adovatga olib kelişda, tajovuzkorlik siyosati va maqsadlarini asoslaşda ham foydalanilişi mumkin. Masalaning bu tomonini inkor etmagan holda,  ana şunday xavflardan ogoh bölib, tarixni ibrat, tajriba, darsxona sifatida örganiş joizligini taʼmin etiş lozim. Tarix, olaylik, 5-6 yuz yil oldin qaysidir ajdodi orqasiga tepki yegan yoki yaxşigina tarsaki bilan siylangan bölsa, endi bugun uning alamini kimdandir oliş uçun örganilmaydi. Insoniyat tarixi umuminsoniyat mulki. Uni xalq yaratgan, har bir natijani qança qonlar tökib, qurbonlar berib qölga kiritgan. Xulosalar esa yillar oşa voqealar qayroğida çarxlanib, tasdiqlangan. Bu örinda “kaşf etilgan velosipedni qayta ixtiro qiliş” yölidan boriş emas, balki xatolarni takrorlamaslik tamoyilini tutiş maqbul. Şu örinda mustaqillik mafkurasi talablaridan biri — xalqlarimiz uçun fojiaviy oqibatlarga olib kelgan ötmiş saboqlaridan xulosa çiqarib, tarixiy iftixor hissini milliy biqiqlikka aylanib ketişiga yöl qöymaslik, xususiylik bilan olamşumullik örtasidagi temir çegarani aniqlab oliş, qatʼiy belgilab qöyiş hamdir. Tarixni örganiş bilan birga tarixni idrok etiş madaniyatini, tarixiy tafakkur madaniyatini şakllantiriş undan ham muhimroq bölsa kerak. Albatta, tarixga murojaat etiş maʼrifat belgisi, ammo uni isteʼmol qiliş meʼyorlarini bilmaslik  boşni aylantirib qöyişi mumkin.

 

“Tarix, bu — saboq” talabidan kelib çiqib, ikki Renessansning yulduzli onlarini köz oldimizga keltirsak, qutbning ikkinçi tarafida ular yulduzining söngan lahzalari ham quyundek namoyon böladi. Ilk Renessansning inqiroziga taşqi duşmanlar sababçi böldi. Ikkinçi Renessans esa içki ziddiyatlar tufayli zavolga yuz burdi. Mana, tarixning oddiy, lekin ulkan saboği.  Huşyor odamlar uçun bu ikki qönğiroq tinimsiz jaranglab turişi şart.

 

Maʼlumki, tarixlar qayta-qayta yozilgan. Hatto, kim ğolib bölsa, öşa tarixni yozadi, degan norasmiy aqida ham urf bölgan. Bunga yaqin ötmişimiz guvoh. Demak, tarixni örganiş bilan birga haqiqiy, çinakkam tarixni taqdim etiş ham muhim. Töğri, har qanday mezonni pisand qilmay, qoyadek çöng yuksalgan haqiqatlar har qanday maqsad bilan yondaşilganda ham mağrur turaveradi, lekin baʼzi xususiy masalalarda turli qaraşlar, talqinlar davom etaveradi.  Olaylik, keyingi yillarda Şayboniyxon va uning avlodlariga qiziqiş kuçaydi va bu borada turli fikrlar bayon qilinmoqda. Bu holning sabablari köp. Şulardan asosiysi yaqin ötmişda bu davrga eʼtibor bilan qaralmagani va köp haqiqatlarning parda ortida qolib ketganidir.

Şöro davrida tarixga munosabatning ikki muhim tamoyili qaror topgandi: sinfiy va materialistik yondaşuv. Şayboniyxon hamda avlodlari diniy arbob deb qaralgan va ularga eʼtibor berilmagani şundan bölsa kerak. Bugun esa hamma tarixiy haqiqatni oçiq-oydin oşkora qiliş imkoni bor. Keçagi kun xatolarini dastak qilib, Şayboniylarni jabrdiyda sifatida  körsatuvçilar köpçilik. Holbuki, ularning hayotiy şiori, tutumi,  özidan oldingi sulola – Temuriylar, demak, taraqqiyotga munosabatini tahlil qilib, hamma narsani tuşunib oliş qiyin emas.

Muhammad  Şayboniy (Şohbudoq sulton) Abulxayrxonning nabirasi bölib (maʼlumki, Abulxayrxonga Mirzo Uluğbekning qizlaridan biri uzatilgan va ikki nafar öğil farzand körgandi; demak, bu sulola ham Temuriylarga begona emas), özini Daşti Qipçoq xonlari, demak, Çingizxon avlodi deb bilgan va yurişlarida katta bobosi Çingizxon qöllagan tutum bilan harakatda bölgan. Töğri, u islom dinini qabul qilgan, hatto “Joynamozim taxtimdan afzal” degan eʼtiqodga ega edi. Uning Samarqand ustiga yurişi butunlay bosqinçilik harakterga ega bölib, murosa-yu madoraga örin qoldirmagan, maqsadi Temuriylar hukmronligini kuç bilan egallab, ularni yöq qiliş, öz saltanatini tiklaş bölgan. Bu jihatdan uning Çingizxondan farqi kam. (Çingiziylar qoldirgan izlar tarixda aniq muhrlangan. Ular hujumidan gullab turgan Samarqand kultepaga aylangan, keyinçalik uni tiklaş kerak bölganda vayronalardan tozalaş iloji bölmagan va yangi şahr ğarbroqda bunyod etilgan. Buxoro şunçalik ğorat etilganki, qariyb ön yil şaharda tiriklik unsuri bölmagan, odam yaşamagan). Albatta, Şayboniyxon mohir laşkarboşi sifatida maqsadi yölida ğalabalarni qölga kiritdi, biroq maʼrifat va taraqqiyot nuqtai nazaridan oldingi saltanatga rahm-şafqat qilmadi. Masalan, öşa paytda Samarqand taxtini egallab turgan Mironşoh Mirzo avlodlaridan Sulton Alining onasi  Zuhrabegim omonlik tilab, Şayboniyga xat yozadi, öğlini tirik qoldirsa, nikohiga ötişga ham roziligini bildiradi. Ammo şaharni kuç bilan egallagan Şayboniy ayolni ham, 17 yoşli şahzodani ham namoyişkorona qatl etadi. Yoki Xuroson uçun bölgan janglarda Umarşayx Mirzo avlodlaridan aka-uka Abulmuhsin va Muhammad Muhsin, Faridun Husayn, Muhammad Qosim Mirzolarga ham şafqat qilmay, hammasini qiliçdan ötkazadi. Holbuki, ular bilan murosa qilişi yoki tirik qoldirib, xorijga çiqib ketişiga ruxsat berişi mumkin edi.  Albatta, bunday holni öşa davr uçun odatdagi gap deb qaraş mumkin, ammo bulardan taşqari, Şayboniyning mudhiş qismati ham uni yuksak maqomda uluğlaşga izn bermaydi.

Abu Rayhon Beruniy öz paytida tarix haqidagi asarlarida insoniyatga ibrat qilib körsatişga loyiq topiladigan buyuk zotlarga qöyiladigan talablar haqida sözlaydi. Albatta, uning nasl-nasabi, faoliyati, taqdiri va xotirasi har qanday şubhadan xoli bölişi kerakligini alohida taʼkidlaydi. Hatto, bunday rutbaga loyiq kişilarning  “körinişidagi gözallik  va tuzilişidagi barkamollik“ uni har bir odamga sevimli qilib körsatişini qayd qiladi va bunday fazilat lozimligini   şart qilib qöyadi. Hatto, uning ismi eşitilganda yoqimli va mohiyatan gözal mazmunga ega bölişi lozimligini öqtiradi. Demak, köplar “bobom” deb uluğlayotgan  Şayboniyxonning ham şaxsi şu darajada purviqor bölişi lozim. Holbuki, u 1510 yil 4 dekabrda eronlik Ismoil Safaviy  bilan bölgan jangda yengiladi. Ğolib tomon öz raqibiga nisbatan nafrati ifodasi sifatida uning boş çanoğidan qadah yasaşni buyuradi. Şak-şubhasiz, Şayboniyxon va avlodlarining ham tarixda  kölamli örni bor, ammo ideal sifatida tanlanganda  va tavsiya etilganda qaror topgan ölçamlarni inkor etmaslik kerak, şunday emasmi?

Umuman, tajriba tarixiy voqelarga ham, tarixiy şaxslarga ham baho berişda şoşma-şoşarlik qilmaslik, yetti emas, yetmiş marta ölçab baho berişni taqozo etadi. Negaki, yuqorida taʼkidlanganidek, tarixlar ğoliblaru siyosatdonlarning taʼbi-talabiga köra qayta-qayta  yozilaverganidan mutlaq haqiqatni topiş oson bölmaydi (hatto topiş mumkin ham emasdek tuyuladi). Şunday ekan, hukm çiqarişdan oldin barça muqobil fikrlar (hatto raqib tomonidan bildirilgan bölsa-da) bilan hisoblaşiş aslo zarar qilmaydi. Şunday  böladiki, baʼzan niyat xolis, haqiqat şundoqqina körinib turgandek tuyuladi. Fikr jamoatçilik hukmiga havola etilganda esa kutilmagan munosabatlar yuzaga qalqib çiqadi. Keyingi yillarda general Sobir Rahimov xotirasiga munosabat hammamizning köz öngimizda röy berdi. Bir paytlar “birinçi özbek generali” deb uluğlangan şaxs birdaniga “begona” bölib qoldi. Hayriyatki, haqiqat qaror topdi, orada haykalning sarson bölgani-yu, jamoatçilikning çalğib qolgani ortiqça böldi. Albatta, bunday hollar ibrat bölişi kerak.

Yaqinda esa obröli gazetalardan birida bildirilgan fikr hali bu talablar amaliyotga yetib bormaganini körsatdi yoki şunday taassurot qoldirdi. Dabdurustdan Özbekiston Milliy universitetidan Mirzo Uluğbek nomini olib taşlab (öz vaqtida uni ona yurti – Samarqandga jönatib), oliy öquv yurtiga Munavvarqori Abduraşidxonov nomini beriş taklifi izhor qilindi. Öylab köradigan dalil. Öylaganda ham çuqur va atrofliça öylaydigan dalil. Maʼlumki, Markaziy Osiyodagi eng nufuzli va birinçi taşkil etilgan oliy öquv yurtiga 1994 yilda Mirzo Uluğbek nomi berilgandi. Öşa yili YUNESKO şafeligida uluğ olimning 600 yillik yubileyi butun dunyoda keng nişonlangandi. Bu örinda Mirzo Uluğbekning  buyukligi haqidagi maʼlum haqiqatlarni taʼkidlab ötiriş ortiqça bölsa kerak. Faqat uning örniga tavsiya etilayotgan yangi “nomzod”ning şaxsi haqida mulohaza yuritiş lozim böladi, çunki taklif izhor qilinayotganda bu holatlar hisobga olinişi şart  edi.

Töğrisi, gapni çuvalaştirib ötirişning hojati yöq, bunday muhokama marhum bobolarimiz ruhi poklarini bezovta qilişga öxşab qolmasin.  Avvalo, muassasalarning nomini hadeb özgartiraverişdan nima maʼni? Töğri, Munavvarqori Abduraşidxonovning millatimiz oldidagi xizmatlari benazir, lekin hamma narsada meʼyor, mezon bor-da. Dunyodagi eng buyuk ön allomaning biri sifatida eʼtirof etilgan jahonşumul olimning oldiga unça-bunça odam tuşa olmasligi  sir emas. Jadid bobomizning Prezidentimiz farmoniga köra  “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlanişi haqiqat tantanasi böldi. Hamma dalillar hisobga olinib, milliy universitetda  Munavvarqori Abdiraşidxonov nomida eng nufuzli mukofot (oltin medal yoki stipendiya) taşkil etilişi taklif qilinganda,  bu mantiqqa ança töğri kelardi, çamasi.

Umuman, yuksak marralarning azmi şijoati böladimi, qadriyatlarni tiklaşu buyuklarimizni uluğlaş böladimi, har qanday maʼrifiy harakatning talabi ötmiş saboqlarini esdan çiqarmaslik zarurligini qayta-qayta öqtiraveradi. Negaki, bu köhna dunyo köplab siru sinoatlarni körgan, unda unça-munça yangilik tan olinmaydi, yaʼni biz uçun birinçi martadek bölib tuyulayotgan har qanday “yangilik unutilgan eskilik” bölib çiqaveradi. Tarixdagi har bir satr qon bilan yozilgan, har bir yutuqda millionlab odamlarning hayoti tikilgan,  bitta xulosaga butun tamaddunlar boy berilib erişilgan, xullas, saboqlardan, tajribalardan, xulosalardan tarixning soçi oqargan. Tarix bebaho xazina, bebaho boylik. Şuning uçun tarixni örganiş, undan amaliy faoliyatda foydalaniş ham farz, ham qarz. Ulkan ğalabalarning xamirturuşida ötmişning, tarixning zuvalasi qorişiq, busiz mumkin emas. Agar  kelajak binosi ötmiş poydevori ustiga qurilmasa, tag-zaminidan yuqoriga yuksalmay, yer bağirlab  turaveradi.

Hakim SATTORIY,

 jurnalist

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan