MIBning “ayblov hukmi”
U yerda meni yana bir “syurpriz” kutayotgan ekan. Men MIBga beş oklad jarima va çiroqni yoqtiriş uçun ikki oklad tölaşdan taşqari yana tuman elektr taʼminot idorasiga uç million atrofida, aniqroği 2 938 300 söm jarima tölaşim lozimligini maʼlum qilişdi.
Mazkur yilning iyul oyi boşlari edi, qoronğu tuşib bölganida biz yaşaydigan xonadonimizning eşigi taqilladi. Çiqdim. Köça eşigi oldida uç kişi, ulardan biri mahallamiz raisi turişar edi. Tabiiyki ularni uyga taklif qildim.
— Biz Mirobod tuman Majburiy ijro byurosidanmiz, sizga tegişli elektr hisoblagiçning plombasi yöq ekan, şunga dalolatnoma tuziş uçun keldik, — deya ulardan biri hujjatini körsatdi va özini Abduolim Abdurizayev deb taniştirdi.
Maʼlum bölişiça, MIB xodimlari kunduzi ham uyimizning biz yaşaydigan qavatiga çiqişgan va zinapoya maydonçasidagi elektr hisoblagiçni tekşirişib, plombasi yöqligini aniqlaşgan, mahallamiz raisini esa guvoh sifatida boşlab kelişgan ekan. Biroq, Abduolim Abdurizayev aytgan dalolatnoma deganlari boşimga katta taşviş keltiradi va oilamiz uçun öta bezovtalikka sabab böladi, deb sira-sira öylamagan edim.
Xullas, u dalolatnoma tuzdi. Söng:
— Xonadoningizga berilayotgan elektr energiyasi öçiriladi, beş minimal oklad, yaʼni bir million ön uç ming söm miqdorida jarima va yana ikki minimal oklad, yaʼni tört yuz qirq ming söm miqdorida kassamizga pul tölaganingizdan söng sizga elektr ulab beriladi, — dedi.
Bu gapni eşitib, kimdir boşimga qahraton qişda sovuq suv quyib yuborganday böldi.
— Men nafaqadagi odamman, ayolim va beş yaşar qizim bor. Buning ustiga elektr hisoblagiç taşqarida turadi, kimdir uy yölagida ehtiyotsiz harakatlar qilganida plomba uzilib tuşgandir, elektr tokidan qonunga xilof foydalaniş degan narsani bilmaymiz, foydalangan elektr energiyasi uçun pulni har oyda kanda qilmay tölab turibman, — deb tavallo qildim.
— Buning iloji yöq, — deb Abduolim gapni qisqa qildi.
— Agar elektr energiyasidan öğrilik bilan foydalangan bölsak, isbotlab bering, aybimizga iqror bölaylik, — dedim noiloj.
Bu gapim Abduolim Abdurizayevga mutlaqo kor qilmadi. Qandaydir qoğozlarni qatʼiyatlik bilan töldirdi va imzo qöyiş uçun menga uzatdi. Men u paytda Abduolim Abdurizayevni öz sohasini bilimdoni, tajribali mutaxassis, deb öylaganim, hatto yaqingaça prokuraturada tergovçi bölib işlaganini aytganini eşitganim, taşqarida turgan elektr hisoblagiçning plombasi yöqligiga özimni aybdor hisoblay boşlaganim uçun u tuzgan dalolatnomaga şartta imzo qöyib berdim. Çunki u MIB xodimi, qonun va meʼyoriy hujjatlarni mendan köra yaxşi biladi, ayni şu qonun va meʼyoriy hujjatlar talabidan kelib çiqib men bilan huquqiy munosabatlarga kirişmoqda, degan xulosaga kelgan edim-da. Lekin bu xulosalarim notöğri ekanini, Abduolim Abdurizayev mavjud qonun va meʼyoriy hujjatlardan ançayin bexabar ekanini, yoki xabardor böla turib qasddan meni töqib çiqarilgan ayb bilan huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblab, jarimaga tortganini keyinçalik bildim.
Gapning oçiği, öşa paytda özim ham qöyilgan ayb töqib çiqarilganini va şu tufayli jarimaga tortilganimni bilmas edim. Bölib ötgan voqeadan keyin şu işga taalluqli barça meʼyoriy hujjatlarni topib örganib çiqdim va şuning uçun işonç bilan aytamanki, Abduolim Abdurizayev xonadonimga asossiz ravişda kirib borgan, meni asossiz ravişda huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblagan va asossiz ravişda jarimaga tortgan hamda asossiz ravişda xonadonimizdagi çiroqni öçirtirgan. Nima uçun Abduolim nohaq ekanligi töğrisida esa sal quyiroqda alohida töxtalaman, albatta.
Xullas, Abduolim kelgan kunning ertasiga men boşqa şaharga ketişim kerak edi. Ketdim. Ketganimdan keyin ertalab MIB odamlari kelib çiroqni öçirişgan. Ayolim va beş yoşli qizim çiroq öçirilganidan keyin uyni qulflab qarindoşinikiga ketişga majbur bölişgan. Men tört kundan keyin, yakşanba kuni uyga keldim. Uyda çiroq yöq. Duşanba kuni MIBga bordim.
U yerda meni yana bir “syurpriz” kutayotgan ekan. Men MIBga beş oklad jarima va çiroqni yoqtiriş uçun ikki oklad tölaşdan taşqari yana tuman elektr taʼminot idorasiga uç million atrofida, aniqroği 2 938 300 söm jarima tölaşim lozimligini maʼlum qilişdi. Hisoblab kördim, bitta plomba yöqligi uçun men hammasi bölib tört yarim million jarima tölaşim kerak ekan. Men bir yarim millionga yetib-yetmay pensiya olaman, demak bu jarimalar “guldasta”sini tölaşim uçun oilamiz yemay-içmay yursak roppa-rosa uç oy kerak bölarkan.
Bir odam menga elektr hisoblagiç uyingizning içida emas, taşqarisida bölsa, siz tölamaysiz, deb qoldi. Buni eşitib, ança yengil tortdim. Miyam ham sal tiniqlaşdi. Bu masalada kim bilan gaplaşişim kerak deb sörasam Husniddin Ruzumov degan suriştiruvçiga uçrang, deb aytişdi. Çunki huquqbuzarlikka oid işim aynan şu suriştiruvçi Husniddinga berilgan ekan.
Husniddin Ruzumovning xonasiga kirib, xonadonimga tegişli elektr hisoblagiç içkarida emas, taşqarida, zinapoya maydonçasida joylaşgan, şuning uçun meni jarimalardan ozod qilişingiz kerak, deb aytdim. Lekin, töğrisini aytsam, aytganimga ming marta puşaymon böldim. U sözlarimni eşitib, qoşlarini çimirdi, nigohini menga qaratib, dedi:
— Elektrdan siz foydalanasizmi?
— Men!
— Televizor körasizmi?
— Köraman!
— Xolodilnikdan (muzlatgiçdan demoqçi Ş.A.) siz foydalanasizmi?
— Foydalanaman!
— “Energosbit” bilan siz şartnoma tuzganmisiz?
— Tuzganman!
— Modomiki şunday ekan, jarimalarni ham siz tölaysiz, — deb xulosa qildi u.
Husniddin Ruzumovning menga bergan yuqoridagi savollari bir qaraşda töğri savollar, ammo u şu savollariga asoslanib, meni aybdorga çiqarmoqçi bölganligi notöğri. Meni ayblaş uçun u savollar berişi kerak emas, elektr energiyasidan foydalanişga doir huquqiy hujjatlarni körsatib, mening aybdorligimni fakt va dalillar bilan isbotlab berişi kerak edi. Şunday qilganida men ham: “E, attang!” deb aybimga iqror bölib til tişlab qolarmidim. Bunday qiliş örniga esa u: “Jarimalarni ham siz tölaysiz”, deb ustimdan sudya singari “hukm çiqarib” qöyaqoldi.
MIB suriştiruvçisi Husniddin Ruzumov xonadonimizga borgani yöq, lekin uning qölida Abduolim Abdurizayev tomonidan berilgan dalolatnoma va boşqa hujjatlar bor. Ulardagi ayblar, bugun bu gapni işonç bilan aytamanki, boşdan-oyoq töqib çiqarilgan. U ayni şu töqib çiqarilgan ayblar bitilgan hujjatlarni öqib, mening huquqbuzar ekanligimga yuz foiz işonç hosil qildi va meni uzil-kesil huquqbuzarga aylantirdi-qöydi.
Agar u Boş vazirning imzosi qöyilgan va 2018 yil 12 yanvarda matbuotda eʼlon qilingan 22-sonli qarorni öqib, unga amal qilganida, albatta, butunlay boşqaça xulosaga kelgan bölarmidi. Baxtga qarşi, u mazkur meʼyoriy hujjatga mutlaqo amal qilmadi yoki amal qilişni istamadi, uning boş maqsadi noqonuniy yöl bilan bölsa ham jarimalarni tölattiriş bölgan.
Men Husniddindan:
— Jarimani tölamagunimça çiroqni yoqib bermaysizlarmi? — deb söradim.
— Yöq! — qatʼiy javob berdi u.
Hafsalam pir bölib örnimdan turib, çiqib ketayotgan edim, Husniddin töxtatdi.
— Agar çiroqni bironta odam topib yoqtirguday bölsangiz, ustingizdan jinoyat işi oçamiz, şuni bilib qöying! — deya dağdağa qildi.
— Agar beş minimal jarima va çiroqni yoqib beriş uçun ikki minimal jarimani bugun tölasangiz, çiroqni yoqib beramiz, qolgan jarimani (u salkam uç millionni közda tutayapti) ön kunga keçiktirib turişimiz mumkin, — deb qöşib qöydi.
— Men ön kun içida şunça pul topa olmayman, — deb gapning pöskallasini aytdim.
— U sizning muammoingiz, — dedi Husniddin loqayd.
Şu kuni çiroqni yoqib berişlarini sörab Mirobod tuman Majburiy ijro byurosi rahbari örinbosariga ham kirdim, MIB Toşkent şahar idorasiga borib rahbarlar huzurida ham böldim. Heç qanaqa özgariş bölmadi. Xullas, keçki payt bir amallab qarz qilib, beş minimal oklad va çiroqni yoqib beriş uçun ikki minimal oklad miqdorida, salkam bir yarim million söm jarimani tölaşga majbur böldim. Şundan söng çiroq yoqildi. Çiroq yoqilgaç, kompyuter yoniga ötirib, Boş vazir imzolagan qarorni qidira boşladim va nihoyat topdim.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-sonli qarori “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalaniş tartibini takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” deb nomlangan va u 2018 yil 12 yanvarda qabul qilingan ekan. Men uşbu qarorni sinçiklab öqib çiqdim, ayniqsa, uning 98-bandidagi qoidalarga kelganimda közim “yarq” etib oçilganday böldi. Çunki Abduolim Abdurizayev dalolatnomani mutlaqo notöğri, Boş vazir imzolagan qarorga xilof ravişda tuzganini, Husniddin esa qoşlarini çimirib, közlarini menga qadab butunlay yolğon gapirganini, ularning maqsadi nima qilib bölsa ham mendan majburan pul undiriş bölganini va nihoyat, çiroqni öçirtirib qöyib meni va oilamni ilojsiz ahvolga solib qöyişganliklarini bildim.
Yana şuni bildimki, Majburiy ijro byurosi xodimlari beş minimal oklad miqdorida jarima va ikki minimal oklad miqdorida jarima hamda yana salkam uç million jarima, jami tört yarim million miqdorida jarima tayinlab, ustiga ustak, çiroqni öçirib qöyib menga nisbatan, nafaqat menga, balki ayolim va beş yoşli norasida qizimga nisbatan ham zöravonlik qiliçini işga soldilar. Çunki men oilam bilan yaşagan xonadonda elektr majburan öçirilgani uçun beş kun çiroq bölmadi. Mazkur qarorning 98-bandiga binoan taşqariga örnatilgan elektr hisoblagiçga zarar yetkazilganda men, yaʼni isteʼmolçi emas, boşqa taşkilot javob berişi aniq qilib yozib qöyilgan. Şunda bu qarorni MIBning masʼul xodimlari Abduolim Abdurizayev ham, Husniddin Ruzumov ham öqimagan ekan-da, şular tufayli men qasddan huquqbuzarga aylanibman, MIB idoralarida sarson-sargardon bölib yurgan ekanman-da, degan alamli xulosaga keldim.
22-sonli qarorning 98-bandida:
“Elektr energiyasini hisobga oliş asboblari zinapoya maydonçalarida örnatilgan taqdirda ularning saqlanişi va butligi uçun xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati hamda tasarrufida uy-joy bölgan idora, taşkilot javob beradi.
Zinapoya maydonçalarida örnatilgan elektr energiyasini hisobga oliş asboblariga zarar yetkazilganda yoki öğirlangan taqdirda, xususiy uy-joy mulkdorlari şirkati va idora, taşkilot ularni öz hisobidan tiklaşi şart.
Köp kvartirali uylardagi xonadonlar va xususiy xonadonlar içida örnatilgan hisobga oliş asboblarining saqlanişi va butunligi uçun isteʼmolçi javob beradi”.
Uşbu 98-bandni, baxtga qarşi, Abduolim va Husniddin kabi MIB xodimlari va yana baʼzi birovlar öqimagan, öqigan bölsa ham uqmaganlar yoki men va menga öxşaganlarni mavjud talablarga xilof bölsa-da jarima tölaşga majbur qilib, özlarini işbilarmon qilib körsatmoqçi bölgandir. Lekin nima bölganda ham MIB xodimlari Boş vazirning qarorini oçiqdan oçiq, qasddan inkor qilişgani isbot talab qilinmaydigan faktdir.
Modomiki, Majburiy ijro byurosi xodimlari Boş vazirning qarorini oçiqdan oçiq oyoq osti qilayotgan ekan, bu idora Özbekiston Respublikasi Boş vaziridan ham yuqori turadimi? Yoki u işlaydigan taşkilot Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini xohlasa bajaradigan, xohlamasa bajarmaydigan huquqga ega organmi?
Men bu savollarga javob topa olmayman. Lekin men Asosiy Qonunimizdan huquqiy-demokratik davlatda barça işlar qonunlar asosida olib borilişi lozimligini bilaman. Biroq, Abduolim va Husniddin kabi MIB xodimlari qonun va meʼyoriy hujjatlarga asoslanmay, özboşimçalik bilan iş yuritişayotganlarining tub sabablarini bilmayman.
MIB xodimlari tomonidan çiqarilgan qarorlar öşa zahoti kuçga kirişi va xonadonga berilayotgan elektr energiyasi darhol öçirilişi va belgilangan jarima tölanmagunça yoqib berilmasligi majburiymi? Nima uçun ularning qarorlari ijrosi uçun muddat belgilanmagan? Nima, ular suddan ham yuqori turadimi? Mamlakatimizda Maʼmuriy sudlar instituti taşkil etilgan bölişiga qaramay nima uçun fuqarolarning maʼmuriy javobgarligi masalasini ayni şu maʼmuriy sudlar emas, Abduolim va Husniddin kabi MIB xodimlari hal qilişmoqda? Nega?
Oxirgi gapim şuki, MIBning hisob raqamiga men noqonuniy ravişda tölagan jarima pulni kim qaytarib beradi? Xonadonimiz beş sutkadan köproq elektr energiyasini olişdan mahrum etilganimiz va boşimizga tuşgan ruhiy azoblarimiz uçun maʼnaviy zararni kim va qaçon qoplaydi? MIBning özimi yoki noqonuniy tekşiriş olib borgan Abduolim Abdurizayev va noqonuniy jarimani tölaşga majbur qilgan Husniddin Ruzumovmi?
Buning ustiga MIB xodimlari Mirobod tuman elektr taʼminot idorasi fuqarolik işlari böyiça Mirobod tumanlararo sudiga mazkur jarimani javobgardan, yaʼni mendan undiriş töğrisida daʼvo ariza kiritdi. Sudda daʼvogar vakiliga söz berilganda u bir marta emas, bir neça marta: “Xonadon içkarisiga örnatilgan elektr hisoblagiçning plombasi yöqligi uçun…”, jarima belgilanganini taʼkidladi. Men: “Siz elektr hisoblagiçning qayerga örnatilganini körganmisiz?” — deb savol berganimda u: “Men özimga berilgan hujjatlar asosida gapirayapman”, deb javob berdi. Xullas, sud va daʼvogarning vakili men yaşaydigan manzilga kelişdi va elektr hisoblagiç xonadon taşqarisida örnatilganini öz közlari bilan körişdi. Şundan söng daʼvogar vakili sudga boşqa qorasini körsatmadi.
Sud qonun talabidan kelib çiqib işni körmasdan qoldiriş töğrisida ajrim çiqardi.
Men şu yil avgust oyida yuqorida nomlari tilga olingan MIB xodimlarining özboşimçaliklari töğrisida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori nomiga ariza yozgan edim. Oradan tört oydan köproq vaqt ötdi, ammo nima uçundir arizamga haligaça javob berilgani yöq. Oçiği, bunga ham tuşunmay turibman.
Yana bir gap. Mening qonimni qaynatgan uşbu voqea bölib ötganidan söng uç-tört kun ötgaç, elektr hisoblagiçlarni yangisiga almaştiriş uçun MIB nomidan yana ikki nafar odam xonadonimizga keldi. Men elektr hisoblagiçni xonadonning içiga örnatib berişni iltimos qilgan edim, ular: “Yöq, elektr hisoblagiç faqat şu yerda turadi!” — deb keskin javob berişdi va yangi elektr hisoblagiçni eskisining örniga qöyib ketişdi.
Demak, bir kunmas bir kun yana Majburiy ijro byurosidan Abduolimga öxşagan birontasining kelişi va Husniddinga öxşagan yana biri meni jarimaga tortişi xavfi bartaraf etilmabdi-da, deb öyladim.
Şohrux Akbarov,
huquqşunos-jurnalist.
