2100 umumtaʼlim maktabi öquvçilaridan birorta ham öquvçi OTMga kirmagan

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida taʼlim tizimidagi muammolar, amalga oşirilayotgan işlar, loyihalar xususida maʼlumotlar berildi.

Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining birinçi örinbosari Alişer Umarovning qayd etişiça, Sirdaryo viloyatida alohida loyihani amalga oşiriş yuzasidan işlar boşlangan.

— Viloyatni taʼlim sifati böyiça namunali hududga aylantiriş yuzasidan amaliy çoralar körilyapti, — dedi Alişer Umarov. — Bunda viloyatdagi 12 ming 261 nafar öqituvçini testdan ötkaziş yuzasidan taklif berildi. Testlar Davlat test markazi tomonidan tayyorlandi. Birinçi örinda, “Davlat tilini ular qay darajada biladi?”, degan savol örtaga taşlandi va sinab körildi. Açinarlisi, natijada öqituvçilarning 90 foizga yaqini davlat tilini yaxşi bilmasligi maʼlum böldi.

Şu örinda ikkinçi tomonini ham taʼkidlab ketiş joiz, bizda umumtaʼlim maktablarida davlat tili qay darajada ötiladi va kiriş imtihonlaridagi testlar qay ahvolda? Aniqki, institutga kirayotganlarga qöyilgan talablar boşqaça. Buni hatto öqituvçilar ham yaxşi tuşunmas ekan. Şu bois ham öqituvçilarimiz mana şu imtihondan ötolmadi. Fan öqituvçilari öz fani böyiça testdan ötkazildi. Lekin ijobiy baho olganlar juda kam. Ularning 66,8 foizi abituriyentlarga qöyilayotgan talablarni bajara olmayotgani körinib qoldi. Bu açinarli hol.

Avvallari tekşiruvçilar kelib, maktablarda nimani tekşirgani maʼlum. Endi bunday bölmaydi. Endi öqituvçilarning öz ustida işlaşi uçun çoralar köriladi. Talablar özgaradi. Yomon baho olib, attestatsiyadan ötolmasa, u işdan ketmaydi. Ularning har biri bilan individual reja asosida öz ustida işlaşi uçun imkoniyat yaratiladi.

Yurtimizdagi barça umumtaʼlim maktablaridan qança öquvçining bu yil oliy taʼlim muassasasiga kirgan-kirmaganligi örganildi. Qariyb 10 ming maktabdan 2 ming bir yuztasidan birortayam öquvçi öqişga kirolmagan. Bu taʼlim sifati bilan boğliqligi hisobga olinib, öşa maktablar faoliyati tahlil qilinyapti.

Bundan taşqari, ona tili fani böyiça öquvçilardan olingan diktant yoziş topşiriğida poytaxt hududlar böyiça hisoblanganda savod darajasi reytingida eng oxirgi örinda turibdi. Bu Toşkentdagi ona tili fani öqituvçilariga bölgan talabni özgartiriş kerakligini körsatyapti, — deydi Alişer Umarov.

Barno Meliqulova,

Manba: uza.uz

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan