Mol öğrisi himoyaga olindi, nega?

Tadbirkor esa… bir yildan köproq vaqtdan buyon sarson-sargardon

Biz bir neça kun yöqolgan mollarimizni rosa qidirdik, qidirganlar orasida şu atrofda mol boqib yuradigan Şamşod Xayriyev degan kişi ham bor edi. Yöqolgan mollar topilmagaç, noiloj, Qorovulbozor tuman içki işlar bölimiga ariza berdim.

“…2018 yil 12 oktyabrda narxi 24 million söm turadigan 1 boş hökizim va 6 boş qöy-eçkilarim öğirlab ketildi. Ular Ukrainadan sotib olib kelingan zotli mollar edi. Hayriyat, IIB xodimlari tomonidan öğri topildi… Biroq oradan bir yildan köp vaqt ötayaptiki, menga yetkazilgan zarar qoplanmayapti… Öğri esa heç narsa bölmagandek bemalol yuribdi…”

Bu gaplarni tahririyatga şikoyat xati yozgan Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi “Temir Murod” fermer xöjaligi rahbari, yetmiş yoşni qoralagan Temir Murodov bitgan.

Yuz bergan öğrilik voqeasi tufayli şunça vaqtdan buyon adolat tiklanmagani uçun bölsa kerak, uning közlari ança sölğin, maʼyus­ligi yaqqol sezilib turardi.

— Men yurtimizda fermerlik harakati boşlangan paytda birinçilardan bölib taşabbus körsatganman. Fermer xöjaligimiz çorvaçilikka ixtisoslaşgan. Hozirgi kunda xöjaligimiz aʼzolari bilan 150 boş zotli sigir, 800 boş qöy-eçki boqamiz. Davlatga sut va göşt mahsulotlari topşiramiz, — deydi T.Murodov. — Biz fermer xöjaligimizni yana kengaytirmoqçimiz. Buning uçun yaqinda davlat dasturidan kelib çiqib bankdan ikki milliard sömlik kredit oldik va bu pulga Ukrainadan yana zotli sigirlar, qöy-eçkilar sotib oldik. Vakilimiz bugun sotib olingan mol-qöy, eçkilar vagonlarga ortilayotgani haqida telefonda aytdi.

U şu gaplarni aytayotganda, yuz-közlaridagi sölğinlik, maʼyuslik çekinganini, közlari quvonçdan çaqnab, kayfiyatida kötarinki ruh paydo bölganini sezdim. Lekin mavzuni yana arizada körsatilgan öğrilikka burişga majbur edim.

— Öğirlik voqeasi 2018 yil 12 oktyabrda sodir bölgan. Şu kuni 3 boş beş yoşli eçki, 2 boş beş yoşli qöçqor, 1 boş jaydari qöy va 1 boş hökiz öğirlangan. Ularning hammasi nasl­dor bölib narxi baland edi.

Biz bir neça kun yöqolgan mollarimizni rosa qidirdik, qidirganlar orasida şu atrofda mol boqib yuradigan Şamşod Xayriyev degan kişi ham bor edi. Yöqolgan mollar topilmagaç, noiloj, Qorovulbozor tuman içki işlar bölimiga ariza berdim. Tekşiruvlar natijasida maʼlum böldiki, öğirlikni biz bilan birga yöqolgan mollarni “qidirgan” Şamşod Xayriyev sodir etgan ekan. U bir neça kundan söng öğirlangan 24 million söm turadigan bir boş hökizimni qayerdandir olib kelib berdi.

Şamşod Xayriyevning otasi: “Biz Qorovulbozor tuman huquqni muhofaza qiluvçi organlariga işonmaymiz, şuning uçun öğlimning işini tergov qilişni boş­qa tumanga ötkazib berişingizni söraymiz”, deb yuqori idoralarga xat yozganligi uçun Şamşod Xayriyevga tegişli jinoyat işi Kogon tumaniga ötkazilgan…

Endi hujjatlarga murojaat qilaylik: mana qölimizda Kogon tuman IIB boşliği podpolkovnik N.Röziyev tomonidan 2019 yil 8 mart kuni tasdiqlangan jinoyat işini rad qiliş haqidagi qaror: “Jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilib, jinoyat işining Ş.Xayriyevga nisbatan qismi material tariqasida alohida iş yurituvga ajratilib, maʼmuriy tartibda çora köriş uçun Kogon tuman IIB XPBga topşirilgan.

Jinoyat işining “Temir Murod” fermer xöjaligining mayda şoxli mollarini öğirlab ketgan nomaʼlum şaxs aniqlanmaganligi sababli harakatdan töxtatilgan…”

Ana xolos. Şamşod Xayriyev Qorovulbozorda tergov qilinganda mayda şoxli mollarni ham, yirik şoxli molni ham özi öğirlaganini tan olgan, hatto oradan uç-tört kun ötgaç bevosita uning özi öğirlab, yaşirib qöygan joyi­dan hökizni olib kelib bergan bölsa-yu, yuqoridagi hujjatda “nomaʼlum şaxs aniqlanmagan”, deb körsatilganligini qanday tuşuniş kerak?

Qisqasi, jinoyat işi kutilmaganda maʼmuriy işga aylantiriladi va Qorovulbozor sudiga qaytariladi. Qorovulbozor tuman maʼmuriy sudining raisi R.Kenjayev maʼmuriy işni 2019 yil 16 sentyabrda jabrlanuvçi T.Murodovning iştirokisiz körib, işni harakatdan tugatiş töğrisida qaror çiqaradi. Uşbu sud ertalab soat önda boşlangan, sud majlisi bölişi töğrisidagi çaqiriq qoğozi esa T.Murodov xonadoniga poçtaçi orqali soat ön ikkida yetkazilgan.

Sud masalaga oydinlik kiritiş maqsadida jabrlanuvçi sudga kelolmagan bölsa, işni körişni qonun talabidan kelib çiqib boşqa kunga qoldirib turişi şart va lozim edi. Lekin sud qonunning bu talabini qöpol ravişda buzib, işni körişni boşlayvergan.

Biz sud raisi R.Kenjayevdan nima uçun işni T.Murodovning iştirokisiz körib yubordingiz deb söraganimizda, u:

— Bu paytda T.Murodov Ukrainaga mol sotib olib kelgani ketgan edi, — deb javob berdi.

Bu yolğon javob!

T.Murodov sentyabr oyida emas, oktyabr oyida Ukrainaga borgan, buni aviaçipta orqali bemalol aniqlaş mumkin.

— Men sudda qatnaşganimda, — deydi Temir Murodov, — öz eʼtirozlarimni, sud qaroridan qoniqmaganligimni oçiq aytişim aniq edi. U holda R.Kenjayev öylagan rejasini amalga oşira olmasdi.

Xullas, Temir Murodov adolat yuzaga çiqmayotgani, molini öğirlagan şaxs yetkazilgan zararni qoplamayotgani, u qilmişiga yaraşa jazoga tortilmaganligi töğrisida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori nomiga ariza bilan murojaat qilganidan söng iş yuzasidan tekşir-tekşir, bir-birlaridan maʼlumotlar söraş harakatlari boşlanadi. Şu jarayonda işga aloqador ayrim maʼlumotlar yuzaga qalqib çiqdi.

Jumladan, Qorovulbozor tuman maʼmuriy sudining raisi R.Kenjayevning Kogon tuman IIB boşliği podpolkovnik N.Röziyevga jönatgan 2019 yil 25 fevralda 67-sonli xatida hamda Kogon tuman prokurori, adliya maslahatçisi B.Yaraşevga 2019 yil 29 martda şu işga doir xatida eʼtiborga molik faktlar bor. Şu xatdan muxtasar köçirma keltiramiz:

“Iş hujjatlariga köra, Ş.Xayriyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169- moddasi, 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, mazkur jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari töliq olib borilmaganligini, işda guvohlar A.Itolmasov, B.Murotov va Ş.Röziyevlardan tuşuntiriş xatlari olinmaganligini va materialda mavjud emasligini, suriştiruv harakatlari bir tomonlama olib borilganligi sababli fuqaro Ş. Xayriyev tomonidan 14.10. 2018 yilda yozilgan va tuman IIB xodimlari tomonidan olingan tuşuntiriş xatining qöşimçasida haqiqatan ham sentyabr oyida T.Murodovning oğilidan 3 ta eçki(taka)lar, ikkita qöçqor va bitta ona qöyini (sov­liq. Tah.) öğirlab sotib, qarz­larini tölaganligini yozganligini, tuman IIB xodimlari tomonidan u kimdan qarzligi va pullarni kimga berganligi töliq tekşirilmaganligini, arizaçi T.Murodov tomonidan yozilgan ariza vajlari töliq tekşirilmaganligidan dalolat beradi”.

R.Kenjayevning xatini öqigan har qanday odamda nima uçun dast­labki tergov harakatlari töliq olib borilmagan, nima uçun guvohlardan tuşuntiriş xatlari olinmagan va materialda mavjud emas, nima uçun R.Kenjayevning özi 2019 yil 16 sentyabr kuni işni körganda işdagi kamçiliklar töğrisida lom-mim deb oğiz oçmagan, degan haqli savollar tuğiladi. Biroq qança urinmaylik bu savollarga javob topa olmadik. Balki bu savollarga Qorovulbozor tumani va Kogon tumani IIB tergov bölinmasining rahbarlari javob berişar?

Nima bölganda ham kimdir yoki kimlardir öğirlik sodir etgan Ş.Xayriyevni öz panohlariga olişganga öxşaydi. Bu işda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining ham salmoqli “hissa”si borligi şubhasiz. 24 millionlik zarar tört millionga tuşirilibdi. Mollarni öğirlaşda “Labo” rusumli avtomaşinadan foydalanilgani aniqlangan bölsa-da, u kimga qaraşli ekanligi ham oçiqlanmagan. Bir katta hökizni va bir qança qöy va eçkilarni öğirlaşni ehtimol Ş.Xayriyevning bir özi eplay olmagandir, uning jinoiy şeriklari bölgandir? Şu masalaga ham oydinlik kiritilgan emas.

Aytilganidek, öğrilik sodir etilganiga ham qariyb ikki yil bölibdi. Haligaça T.Murodovning daʼvo qilişiça unga yetkazilgan zarar töliğiça qoplangani yöq. Öğrilik jinoyatini sodir etgan şaxs esa kimlarningdir “panohi”da hamon yallo qilib yuribdi.

Jinoyatga panja orasidan qaraş kelgusida yanada kattaroq, yanada oğirroq jinoyatga yöl oçmaydi, deb heç kim kafolat bera olmaydi. Jazosiz qolgan masalalar ikki milliard söm kredit olib fermer xöjaligini yanada rivojlantirişga qattiq kirişgan Temir Murodovga va u singari çorvaçilikni rivojlantiriş bilan keçayu kunduz şuğullanayotgan insonlarga tinçlik bermasligi aniq. Tadbirkor ertangi kunga işonç bilan yaşaşi kerak.

Şunday ekan, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasidagi mutasaddilar Qorovulbozorda yuz bergan öğirlik va uning atrofidagi voqealarga huquqiy baho beradilar va biz bu haqda gazetamizning kelgusi sonlarida muştariylarimizga xabar beramiz, deb umid qilamiz.

Şavkat Nosirov,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan