Ijodkorning qalb izhori
Amirqul Karim şoir, publitsist, tarjimon sifatida adabiyot muxlislariga yaxşi taniş. Uning yaqin 30 yil içida respublikamizning nufuzli naşriyotlarida bosilib çiqqan “Şabnam terayotgan quyoş”, “Kök quşlari” şeʼriy töplamlari, “Tarixning uzilgan parçasi”, “Istiqlol tarixidan lavhalar”, “Boqiy atirgullar”, “Mukammal insonni izlab” badiiy – publitsistik kitoblari, Sohibqiron şaxsi va saltanati tarixi haqidagi “Amir Temur ögitlari”, “Buyuklik yöli” kitoblari muallif ijodining eng yaxşi namunalari sifatida köpçilik tomonidan eʼtirof etilgan va öquvçilari tomonidan sevib öqilmoqda.
A.Karim V.Çerevanskiyning “Amir Temur” tarixiy qissasi, Nobel mukofoti laureati J.Steynbekning “Javohir” qissasi, rus şoiri, taniqli xonanda V.Visotskiyning “Taqiqlangan qöşiqlar” şeʼriy töplamining mohir tarjimoni sifatida ham öquvçilariga yaxşi taniş.
Yaqinda A.Karimning “Oltin meros press” naşriyotida birdaniga uçta – “Basyo yurti möʼjizalari”, “Boqiy atirgullar”, “Idel mavjlari” kitoblari bosilib çiqdi.
Taniqli jurnalist A.Karimning Yaponiyaga safari natijasida yuzaga kelgan “Basyo yurti möʼjizalari” kitobida kunçiqar yurt iqtisodiy möʼjizasi siri, yapon xalqi maʼnaviyatining öziga xos jihatlari, milliylik hamda demokratik anʼanalar uyğunligiga erişiş tajribasi, xalq oğzaki ijodi, adabiyoti, ommaviy axborot vositalari, Özbekiston va Yaponiyaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, fan, maorif, taʼlim, sanʼat, madaniyat, sport sohalaridagi özaro döstona aloqalari, hamkorligi haqida hikoya qilingan.
Şuningdek, kitobda Özbekiston bilan Yaponiya aloqalari tarixi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning yaqinda kunçiqar mamlakatga taşrifidan keyin, bu ikki mamlakat örtasidagi turli sohalardagi aloqalar böyiça yangi sahifalar oçilgani haqida yangi, aniq fakt, raqamlar, qöşimça maʼlumotlar keltirilganki, bu omillar öquvçi muşohadasini yanada boyitişga asos böladi, deyiş mumkin.
Kitobdan “Kunçiqar yurt möʼjizasi”, “Yaponlar sevgan Özbekiston”, “Sadako turnalari”, “Ryoanji boğining hikmati”, “Yaponiya OAV”, “Urf va odat: yaponça tabassum”, “Ikebana”, “Yaponiya şeʼriyati. Matsuo Basyo”, “Yaponiya nasri. Akutagava Ryonoske” sarlavhalari ostidan joy olgan publitsistik maqolalarda yapon xalqining urf-odatlari, anʼana, madaniyatining öziga xos jihatlaridan tortib, şeʼriyati-yu adabiyoti haqida juda qiziqarli, batafsil, aytiş lozimki, mahorat bilan yozilgan.
“Basyo yurti möʼjizalari” kitobi siyosatşunoslar, şarqşunos, yaponşunos mutaxassislar, şuningdek, kunçiqar yurt taşqi va içki siyosati, adabiyoti, sanʼati bilan qiziquvçi yurtimiz köpming sonli kitobxonlariga manzur böladi, deb işonç bildiriş mumkin.
Amirqul Karimning “Boqiy atirgullar” adabiy-badiiy badihasi joy olgan kitobçasida dunyodagi eng möʼtabar tuyğular — ezgulik, mehr-muhabbat, muruvvat, odob-axloq va beğubor samimiylik haqida yozilgan. Kitobçadagi hayotiy lavhalarda muallifning bolaligi haqidagi yorqin xotiralari — yöllarini pörsildoq tuproq qoplagan qişloq, keng dalalardagi rassom möyqalami ham taʼriflaşga ojizlik qiladigan gözal manzaralar, bölib ötgan qiziq-qiziq voqealar soğinç, içki bir entikiş bilan eslanadi va öquvçi ham beixtiyor öşa olis, uzoq-uzoqlarda qolib ketgan bolaligidagi beğubor, betaşviş damlarga qaytadi, eslab, qömsagan holda, oğir xörsinib qöyadi.
Badihada ota bilan bola munosabati, ularning bir-birlarini tuşunib yetiş yöllari haqidagi içki keçinmalar muallifning bolaligida ota-ona mehrini qanday tuyganligi, bu bebaho, lazzatli tuyğuni tuyişga erişiş yölida ota va onaning farzandiga mehr-muhabbati, hayotdagi örni, namuna böladigan tomonlari, öşa damlarda otasi bilan bölib ötgan hayotiy voqealar bilan boğliq tarzda körsatib berilgan.
Mazkur badihaning yoşlar, hatto ota-onalarga ham ibrat böladigan tomonlari şundaki, inson xoh yoş, xoh katta yoşda bölsin, özaro tuşunişga harakat qilib, bir-birining köngliga yöl topa bilişi kerak.
“Boqiy atirgullar” kitobçasining kirilça va lotin alifbosida çop etilgani yanada köproq öquvçilarning badihani heç bir moneliksiz öqişlari uçun qulay bölganligini taʼkidlab ötişni istardik.
“Turkiy xalqlar şeʼriyati” rukni ostida bosilib çiqqan “Idel mavjlari” kitobida Tatariston şoirlari şeʼrlaridan özbek tiliga ögirilgan tarjimalar jamlangan.
Tatar adiblari asarlari ilk tarjimonlari – Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Mirtemirlarning anʼanalarini davom ettirgan holda, Amirqul Karim tatar xalq qöşiqlaridan bir neçtasini, jumladan, buyuk tatar xalq şoiri Abdulla Töqayning “Ona tilim”, “Tuğilgan ovulim”, “Bölmasa”, “Alla” şeʼrlarini tatar tilidan özbek tiliga mohirona ögirgan. Şuningdek, A.Karim yoş tatar adiblaridan Rifat Salexov, Yulduz Minullina, Elvira Xadiyeva, Liliya Gibadullinaning şeʼrlarini rus tilidan özbek tiliga tarjima qilgan va uşbu töplamga kiritgan.
“Idel mavjlari” töplamidan şoir Tohir Qahhorning tatar şoirlaridan Dardman, Zarif Başariy, Zinnur Mansurov, Renat Xaris, Sibat Hakim, Miraziz Uqmasiy, Najib Dumaviy, Şayxzoda Babiç, Nuriy Arslonovning şeʼrlarini tatar tilidan özbek tiliga qilgan tarjimalari ham joy olgan.
Köplab tatar mumtoz va yoş şoirlari ijodidan özbek tiliga tarjima qilinib, töplam holiga keltirilgan şeʼriyat guldastasining öquvçilarini öziga jalb qiladigan yana bir jihati, yaʼni töplamda tatar şoirlarining şeʼrlari matni ona tillarida ham berilgan.
Bu şeʼrlar jamlanmasi katta auditoriyaga ega bölgan özbek kitobxonlari, şuningdek, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan köpming sonli qardoş tatar millati öquvçilarining ham eʼtirofiga sazovor böladi, degan işonçdamiz.
Yusuf Hamdamov,
ÖzMU dotsenti.
