Toğa

Bolalik xotiralarga boy davr. Ayniqsa, yaxşiliklar bir umr yodda qoladi. Biz bola paytimizda ayollar bozorga borişmasdi. Bozor-öçarni erkaklar qilişardi. Öşanda Yangi yil kuni bozor (yakşanba) kuniga töğri keldi. Otam bilan Qöşrabot tumanidagi Jöş bozoriga bordik.

Bozorni aylanib yurganimizda bir keksa kişi otam bilan quyuq salomlaşdi. Uzoq söraşdi. “Iye, birpasda katta yigit bölibsan-ku, jiyan”, deya erkalab boşimni siladi, peşonamdan öpdi. Söng çap qöynidan gazeta qoğoziga ixçam qilib öralgan, bir qöşhovuç keladigan konfetni, öng qöynidan esa bir dona magazin (dökon) döppisini çiqarib, “Ma, ol jiyan, Yangi yiling muborak bölsin, hozir sovuq, yozda kiyasan”, deb uzatdi. Söng qölini oçib, uzoq duo qildilar.

Otamdan: “Bu kişi kim, nega bularni menga berdi”, deb söradim. Otam: “Bu odam, Qidirboy toğa. Qidirboy qassob desa köpçilik taniydi, hurmat qiladi”, dedilar.

Uyga kelib bu voqeani onamga aytib berdim.

Onam:

— U kişi Qidirboy qassob, toğam. U bitta senga emas, bozorda qaysi jiyanini körsa, hammasiga şunday qiladi, doimo qöynini mevaga, döppiga töldirib yuradi”, dedilar.

Har gal Yangi yil kunlari bozorga tuşsam şu toğani qidirardim. Ammo toğa körinmasdi. Nafaqat, u, jiyanlariga şirinlik yoki döppi sovğa qilayotgan boşqa toğalar ham körinmasdi. Öşanda: “Nahotki u eng sönggi mehribon, qöni-qönji sovğaga töla toğa bölsa”, deb öylardim.

Şu-şu boşqa heç bir bozorda bunday toğani uçratmadim. Ammo mening qalb kitobimga öçmas bölib yozilib qolgan edi.

Şuhrat Röziyev.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan