Sirdaryo: Faxr-iftixorga yöğrilgan diyor
Yaqinda bir guruh ustoz-jurnalistlar, adabiyot va sanʼat ahli vakillari bilan birga Sirdaryo viloyatida bölib, bu yerda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan bunyod etilgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqur öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internati, rekonstruksiya qilingan viloyat musiqali drama teatri, Yangiyer şahrida qad rostlagan sihatgoh işga tuşirilişiga bağişlangan tadbirlarda iştirok etdik.
Hududlar körkiga-körk qöşgan uşbu bir-biridan çiroyli obʼyektlarning taşqi körinişi, içki meʼmoriy yeçimi, ularda yaratilgan şart-şaroitlarni öz közim bilan körib, rosti, qalbim faxr-iftixorga töldi. Ming marta eşitgandan bir marta körgan afzal ekanini yana bir bor dildan his qildim.
Prezidentimiz taşabbusi bilan Guliston şahrida bunyod etilgan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi quriliş arxitektyrasining öziga xosligi, betakror dizayni şunday deyişga turtki beradi.
Taʼlim dargohiga kiraverişda örnatilgan H.Xudoyberdiyevaning mahobatli haykalining öng va çap tomonlarida milliy va zamonaviy uslubda bunyod etilgan ikkita ajoyib ayvonga közingiz tuşadi.
Hamrohlar bilan maktab binosi içki qismi bilan tanişar ekanmiz, kitobga boy kutubxona, media-markaz, soatiga ming nusxa gazeta, jurnal va kitob çop etişga möljallangan kiçik bosmaxona, öquv va yotoqxonalarining joylaşuv va jihozlanişi eʼtiborimizni tortdi. Maktab muzeyida sevimli şoiramiz hayoti va ijodiga oid köplab eksponatlar, xususan, fotosuratlar, kitoblar bilan tanişiş mumkin. Bu yerdagi uçta katta-kiçik faollar zalida har qanday tadbirni yuqori darajada taşkil etiş uçun keng imkoniyat va qulayliklar muhayyo etilgan. Şuningdek, yopiq va oçiq sport zali va maydonlari mavjud.
Ijod maktabida yaratilgan şart-şaroitlar bilan tanişiş çoğida bu yerda taʼlim olayotgan öquvçilar bilan suhbatlaşdik. Zulhayo Mingboyeva ijod maktabining 5-sinfida öqiydi. Xovos tumanining Qayirma qişloğida tuğilgan. Bolaligidan kitobga, adabiyotga mehri özgaça bu qiz tumandagi 23-umumtaʼlim maktabida boşlanğiç taʼlimni olgan, adabiyotga qiziqişi baland, şeʼrlar maşq qiladi. Uning ayrim ijod namunalari “Sirdaryo haqiqati”, “Maʼrifat közgusi” va “Tong yulduzi” singari gazetalarda eʼlon qilingan.
Zulhayoning “Qayirmalik polvonlar” ilk şeʼriy töplami çop etilgan. Yurtboşimiz rahbarligida uşbu ijod maktabining qurilib, foydalanişga topşirilişi Zulhayo singari köplab iqtidorli öğil-qizlar uçun katta imkoniyat eşiklarini oçdi, boşqaça aytganda, ayni muddao böldi.
Sirdaryo viloyati hokimi Ğofurjon Mirzayev ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan savollarga javob berar ekan, jumladan şunday dedi:
— Jurnalist va blogerlarga munosabatim hamişa döstona bölib kelgan. Döst açitib gapiradi deganlaridek, jurnalistlarni va blogerlarni hamişa haqiqatgöyliklari, adolatparvarliklari uçun hurmat qilaman. Jurnalistlar tabiatan töğrisöz va samimiy bölişadi. Adolatparvar bölmagan odam heç qaçon jurnalist bölolmaydi, sözning orqasidan non topib yeyaolmaydi, öz kasbini şaraflay olmaydi. Çunki, jurnalistika yolğonni yoqtirmaydi.
Maktabda ona tili va adabiyoti fani çuqurlaştirilgan holda öqitiladi. “Adabiyot”, “Şeʼriyat gulşani”, “Yoş kitobxon”, “Jurnalistlar saboği” kabi tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan. Doimiy ijodiy muloqot va maşğulotlarning taşkil etilişi, taʼlim jarayonida öquvçilarning ijodiy salohiyatini östirib borişga alohida eʼtibor qaratilayotgani yaqin kelajakda öz samarasini berişiga şubha yöq.
— Zulhayo şeʼriyatga juda qiziqadi, — deydi adabiyot fani öqituvçisi, xalq taʼlimi aʼloçisi Mohidil Ziyayeva. — Bu qizimizning şeʼrlari dastlab vazn va qofiyaga unçalik tuşmasdi. U maktabimizdagi “Şeʼriyat gulşani” tögaragiga qatnaşib, bu borada ustozlari saboğini olib ana şu kamçiliklarini bartaraf etdi.
Maktab-internat direktori Muhammad Ismoilovning aytişiça, hozir muassasada 120 nafar öquvçi taʼlim olmoqda, 25 nafarining birinçi şeʼriy kitobi çop etilgan, 15 nafari viloyat fan olimpiadalari ğolibi, yana sportning köpgina turlari böyiça viloyat çempionlari tahsil oladi.
* * *
Keyingi yillarda Prezidentimiz tomonidan aholi salomatligini mustahkamlaş, tibbiy xizmat sifatini yuksaltiriş, yurtdoşlarimizning dam olişi va soğliğini tiklaşi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Ana şu işlar doirasida yangi sihatgohlar qurilib, işga tuşirilayotgani quvonarli.
Endilikda yurtimizdagi sanatoriylar yana bittaga köpaydi. Sirdaryo viloyatiga safarimiz davomida Yangiyer şahrida barpo etilgan ajoyib tibbiy va dam oliş maskanining foydalanişga topşiriliş marosimida ham qatnaşdik.
Mazkur viloyatda şu kuni bölib ötgan asosiy tadbirlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov, Sirdaryo viloyati hokimi Ğofur Mirzayev, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov, “Nuroniy” jamğarmasi Respublika boşqaruvi raisi Şuhrat Jalilov, şuningdek, hamkor taşkilot va idoralar vakillari, viloyat faollari iştirok etdi.
Oçiliş marosimida taʼkidlanganidek, mazkur sanatoriyni quriş va uni eng zamonaviy tibbiy diagnostika jihozlari bilan taʼminlaşga Özbekiston kasaba uyuşmalari hisobidan 84 milliard söm sarflangan. Bir vaqtning özida 250 nafar kişi dam olib öz salomatligini tiklaşi mumkin bölgan “Yangiyer” sanatoriysi joylaşiş hududi, tabiati, minerallarga boy şifobaxş suvi bois, kardiologik, nevrologik, ginekologik, urologik, harakat-tayanç kasalliklarini davolaşga ixtisoslaştirilgan.
Uşbu şifo maskani nafaqat sirdaryoliklar, balki mamlakatimizning boşqa hududlarida yaşovçi aholiga ham xizmat qiladi.
* * *
Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrining qayta taʼmirdan çiqqan binosining oçilişiga bağişlangan marosimda Özbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov istiqlolimizni, özligimizni namoyiş etuvçi, tarixiy buyuk siymolarimiz va zamonamiz qahramonlari obrazini aks ettiruvçi eng sara spektakllar namoyiş etilişi, uşbu teatr hamişa muxlislar bilan gavjum bölişiga işonç bildirdi.
Taʼkidlaş joiz, teatr sanʼati xalqimizning maʼnaviyati, madaniyatini yuksaltirişda katta ahamiyatga ega. Şuning uçun ham yurtimizda bunday sanʼat koşonalari faoliyatini yanada takomillaştiriş va rivojlantirişga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelinmoqda.
Özbekiston xalq artistlari Elyor Nosirov, Mirza Azizov, Özbekistonda xizmat körsatgan artistlar Fatxulla Maʼsudov, Gulçehra Ibrohimbekova, Mahfuza Bobotillayeva kabi taniqli aktyor va aktirisalarimiz iştirok etgan mazkur tadbir doirasida teatrda tomoşabinlar va ijodiy jamoa uçun yaratilgan şart-şaroitlar, uning hududida taşkil etilgan xalq amaliy sanʼati hamda milliy hunarmandçilik buyumlari körgazmasi bilan tanişdik.
Kun sayin çiroy oçayotgan Guliston şahrida yangi bino va inşootlarning qurilişi barobarida mavjudlarining zamon talabi darajasida taʼmirlaş işlariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganiga guvoh böldik.
Xolmurod Salimov,
Özbekiston Jurnalistlari
ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari.
