Erkin Aʼzamning xassasi
Taniqli yozuvçi Erkin Aʼzamni “Fayzining amakisi”, “Xotira”, “Bir oqşom”, “Sovuq”, “Jiyan”, “Olam yam–yaşil” singari dastlabki hikoyalari orqali taniganman. Öşandan buyon yozuvçining aşaddiy muxlisiga aylanganman.
Erkin akaning ilk kitobi “Çiroqlar öçmagan keça” töplami taqdimoti marosimida u kişi bilan yuzma–yuz tanişganman. Bu tadbirga rahmatli ustozim Neʼmat Aminovga ergaşib borgandim.
Oradan biroz muddat ötib, yozuvçining “Otoyining tuğilgan yili” qissasi eʼlon qilindi. Eʼlon qilindi-yu, adabiy jamoatçilikning eʼtirofiga sazovor böldi. Adabiyotda esa şarttagöy va töğrisöz yozuvçi paydo bölgan edi.
Erkin Aʼzamning ovozi göyo Boysun toğining daralaridan eşitilayotgandek gumburlab çiqsa ham, bu ovozda insoniy mehr bor, samimiyat bor. Baʼzan aka quloğim yaxşi eşitmaydi, deb şikoyat qiladi. Aslida, quloqlari yaxşi gaplarni, adabiyotning yutuqlarini juda yaxşi, maroq bilan eşitadi. Baʼzan özi haqidagi maqtovlarni ham bemalol eşitib, miyiğida kulib qöyadi. Axir, maqtov kimga yoqmaydi, deysiz! Baʼzan esa öz şaʼniga aytilgan bölmağur, çuçmal gap-sözlardan qattiq ranjiydi. Nohaqlikdan jiğibiyron böladi. Tuhmat, odam-ku odam, hatto toşni teşadi, degan gap töğri gap-da.
Hozir internet degan dahşatli bir öpqon paydo böldi. Unda töğriyam, öğriyam, şallaqiyam, bezbet va or-nomussiz kimsalar mağzava tökiş bilan, halol va töğri insonlarni badnom qiliş bilan ovoralar. Internet bergan imkoniyatni notöğri tuşungan ayrim ğalamislar uni “demokratiya”, deb ayyuhannos solayotir. Agar demokratiya degani bir-birovning yuziga loy çaplaş, şaʼnini oyoqosti qiliş bölsa, bunday demokratiya aslo kerak emas!
Emişki, Erkin Aʼzam guruhbozlik qilib, maşhur adib Odil Yoqubovga qarşi “kuraşgan”, degan xabar internetda eʼlon qilindi. Bu ğirt uydirma va yolğon edi. Aksinça, Erkin aka Odil Yoqubovni hamişa uluğ yozuvçilardan biri, deya eʼzozlab kelgan. Adibning aynan adabiyotdagi buyuk xizmatlarini doimo eʼtirof etib keladi. Erkin aka maktabda öqib yurgan paytida ustoz Odil Yoqubovga maktub yozgani va bu maktubga ustozning teran javobi haqida kamina “Odil Yoqubov xazinasidan” kitobimda batafsil söz yuritganman.
Umuman, Erkin Aʼzamning biror ijodkor xususida adabiy davralarda yoki suhbatlarda qattiq gap qilganini eşitmagan yo körmaganmiz. Ayrim tengdoşlariga öxşab baqir-çaqir ham qilmaydi, minbarlarga hadeb intilmaydi. U yozuvçilik eʼtiqodiga juda sodiq. Özi bilmagan, körmagan narsasi haqida yozmaydi. Ustoz Asqad Muxtorning “Sobirman” şeʼrini hayot va ijod yöliga şior qilib olgan:
Bardoşim bor,
hamma narsani men
Sabr bilan kutdim.
Sobirman…
Adabiyot guruhbozlik yoki mahalliyçilik bilan rivojlanmasligini yaxşi bilgan Erkin aka bunday nohalol va nobop yöllarni çetlab keladi. Ayrim ijodkorlarga öxşab, bu dardga mukkasidan ketmagan. Bir dangal odati borki, yomon yozilgan asarni, yomon yozgan yozuvçining yuziga yomon deb ayta oladi!.. Agar qölyozma maʼqul kelsa yoki unda yilt etgan bir nur borligini sezsa, albatta, paxsakaş usta kabi obdan pişitadi…
Ötgan asrning 70-80-yillarida taniqli adib Asqad Muxtor rahbarlik qilgan “Guliston” jurnali tahririyatida haqiqiy tahrir maktabi paydo bölgan edi. “Guliston”ga ijod mahsulini olib kelmoqçi bölgan muallif avval puxta öylab, mulohaza yuritib, keyin qadam bosardi. Töğrisi, hayiqardi, yuragi dov bermasdi. Erkin Aʼzam ana şu tahrir qozonida obdan qaynagan va uşbu sanʼat sirlarini puxta egallagan. Bu qozonça “olovi”ni tahrirçilar ustozi Vahob Rözimatov qalab turgani bois, şogirdlari zör tahrir ustalari bölib yetişdilar.
Kamina ham dastlabki maşqlarimni Erkin Aʼzamga körsatib, kerakli va zarur maslahatlar olganman. U kişining ayovsiz tahriridan söng, “Baxt quşim” degan ilk hikoyam 1977 yilda “Guliston” jurnali sahifasiga qöyilgan.
Adabiyotga yuksak hurmat, katta eʼtibor bölgan öşa davrda bunday nufuzli jurnalda hikoya çop etilişi muallif uçun haqiqiy baxt quşi hisoblangan. Hali-hanuz uşbu hikoyaning şafqatsiz tahrir qilingan nusxasiga tez-tez köz yugurtirib turaman. Söztaroş Erkin Aʼzamning tahrir mahoratidan şu zaylda saboq olib kelaman.
Erkin akani baʼzilar juda injiq, baʼzilar biroz tajang, deydi. Baʼzilar qattiqqöl muharrir desa, ayrimlar heç kimga öxşamagan öz uslubi, öz ijod yöli bor yozuvçi, deb baho beradi. Muhimi, uning hayotini bağişlagan va doimo topinib keladigan yagona dunyosi — ADABIYOT ekanini bilamiz.
Erkin aka baʼzi bir yozuvçilarga öxşab: “Jahon adabiyoti bilan böylaşadigan asarlar yozdim” yoki “Asar yozib xalqimga haykal qöyaman”, deb aslo bir “daʼvo” bilan ijod qilgan emas. Daʼvo bilan asar yozib bölmasligini u juda yaxşi biladi. Bilgani uçun ham ijodning zahmatli va öta maşaqqatli yölini tanladi. Bu oğir va şarafli mehnat haqiqiy adabiyot fidoyisiga, xalq yozuvçisi darajasiga yetkazdi.
“Men bilgan haqiqatlar” telekörsatuvida Erkin aka bir gal qölida hassa bilan namoyon böldi. Jurnalist hassa haqida söraganida, u kişi hazillaşib: “Yomon şeʼr, hikoya yo maqola yozgan muallifning yelkasiga tuşiraman”, — dedi. Keyin bilsak, bu mutlaqo hazil emas ekan. Eşitişimizça, döstlari sovğa qilgan Boysun toğlarida ösadigan tuğdona daraxtidan tayyorlangan bu temirday mustahkam hassani işxonasiga olib borib qöyganmiş. Örinbosari Sobirjon Yoqubovning aytişiça, xodimlar ham Boş muharrirning huzuriga “bronejelet” bilan kirayotganmiş. Jurnal tahririyatiga yaqinlaşolmayotgan ayrim taniş hamkasblar: “Siz Erkin Aʼzam bilan juda yaqinsiz. Nega “Tafakkur” jurnaligayam maqola bermaysiz?” — deb mendan söraydilar. Ularga: “Hoy, birodarlar, jonimdan töyganim yöq, Erkin akaning hassasidan men ham qörqaman”, — deyman.
Erkin aka! Bizga ham muborak yoşlarda Sizga öxşab hassa tutiş nasib etsin!
Aşurali Jörayev
