Oçiq joyga tuşar quyoş nuri ham

Bugun ommaviy axborot vositalari – radio va televideniye, bosma va internet naşrlarini  kuzatgan kişi bir narsaga amin böladi. Mamlakatimizda keçayotgan jarayonlar haqida odamlarimiz emin-erkin öz fikrlarini bildirişmoqda.  Bir masalaga turliça yondaşuvlar közga taşlanayotir. Baʼzida oşkora muloqotlar turli bahs va munozaralarga ham sabab bölayapti.  Söz va matbuot erkinligi şaxsiy munosabatlar doirasidan kötarilib,  tobora ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.

Bunga boş sabab, jamoatçilik uç yil muqaddam Prezident taqdim etgan Harakatlar strategiyasidan  maqsad — qoğozda emas, amalda hayotni yaxşilaş, odamlarni rozi qiliş, mamlakatni obod etiş, özbek xalqi va jonajon Özbekistonimizning butun dunyoda  obrö-eʼtiborini yuksaltiriş ekanini öz közlari bilan körib, öz hayotlari misolida his etmoqdalar.

Ijtimoiy siyosiy  hayotda har qanday  ğoya ahamiyati, birinçi galda, uning xalq manfaatlariga neçoğli muvofiq ekaniga köra belgilanadi. Ötgan  hafta, şu maʼnoda, xalq manfaatiga daxldor köp­lab masalalar hal etilgan,  istiqbol ahamiyatiga molik köp­lab ğoyalar ilgari surilgan yetti kunlik,  davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, tarixiy hafta böldi. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga  Murojaatnomasi –  şu tarixiy haftaning gultoji, istiqbolimizning dasturi. Barça sohalarda ta­­raq­­qiyo­timiz kelajagi  bel­­gilab berilgan  Murojaatnoma  bamisoli jöşqin dilnoma kabi yuraklarni ijobiy maʼnoda larzaga soldi, töl­­qinlantirib yubor­di, işimiz­da iştiyoq  işonç va rağbat uyğotdi.

Çunki bugun hayotda  bölayotgan yangilanişlar jarayonini öz közimiz bilan körib turibmiz. Tong yoruğida pana-pastqamlardan soya qoçganidek, jamiyatdan qörquv, hadik va yolğon çekinmoqda. Töğri, haqqoniy va rost sözni aytişga tilimiz kelişib qolgani rost. Kuni keça paxtakor tumanlardan birida yaşaydigan eski tanişim qönğiroq qilib qoldi.

Paxta va ğallaga davlat buyurtmasi bekor qilinadigan böldi. Uning tagidagi gapni hammayam tuşunavermasligi mumkin, deya sözlay ketdi u haya­jonlanib. Şunça yil berib kelingan buyurtma nega bekor qilinayapti. Davlatga paxta kerak emasmi? Ğalla kerak emasmi? Kerak. Davlatga endi yolğon kerak emas. Buyurtmani bajaraman,  deb qöşib yoziş körinişidagi közböyamaçilik kerak emas. Rostning iloji bölmagan  joyda yolğon aralaşadi.  Albatta, paxta kerak,  lekin  hosil ortidagi işlar ham paxtaning öziday, dehqonning köngliday oq bölsin. Ğallayam  albatta kerak. Lekin hosil yiğib olingandan keyin dehqonning rizqi qiyilib qolmasin. Buyurtma hisobiga omboridagi qolgan-qutgan don ham taşib ketilmasin. Paxtayam, ğallayam  dehqonga azob-iztirob emas, daromad keltirsin, rağbat keltirsin. Mana qarang, bir yangi fikr, yangi ğoya zamirida qança ezgu öy, toza niyat, umid va işonç mujassam.

Şunça gapni soha tufayli  non yeb yurganlar bilmas edilarmi? Bilar edilar. Lekin ayta olmas edilar. Oşkoralik yöq edi, şaffoflik yöq edi.  Eşiklar yopiq edi. Özimizni, bir-birimizni  aldab keldik.  Endiyam aldayversak, zamon aravasining orqasida qolib ketiş mayliku-ya, katta karvondan uzilib qoliş heç gap emas. Endilikda   “…demokratik islohotlar yöli – biz uçun yakka-yu yagona va eng töğri yöldir”.  Barça işlarimizni butun xalqimiz bilan birgalikda hal etamiz. “Jamiyat – islohotlar taşabbuskori” böladi. “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqqa xizmat qilişi kerak”,  degan oltin qoidaga izçil amal qilamiz. Xalq qabulxonalari, virtual qabulxonalar, “Mening fikrim” portali eşiklari muloqot, taklif va taşabbus, tanqidiy mulohaza uçun hamişa oçiq turadi.  Orqaga yöl yöq, oldinda esa –  xalq tanlagan yöl.

Yaqin-yaqin vaqtlardayam davlat idoralari rahbarlarining gazetalarda çiqiş qilişi, televideniyeda intervyu berişi favqulodda bir holat, uyam bölsa,  uzun va zerikarli,  faqat yutuqlarni ifoda etuvçi raqamlar qalaştirib taşlangan hisobotdan iborat bölar edi. Endilikda ular voqea qiziği ustida fikr bildirişmoqda, öz kamçiliklarini aytişdan çöçimayaptilar, jurnalistlardan qoçayotganlari yöq. Real holatdan kelib çiqib, sohaga oid zarur takliflarni ilgari surmoqdalar.

Tanqidiy-tahliliy munosabat jamiyat poklanişiga xizmat qilişi lozim. Bu — taraqqiyotimiz yölida oğir töğanoq  bölayotgan  korrupsiyaga qarşi kuraşda, ayniqsa, muhim. Murojaatda taʼkidlanganidek, faqat “halollik vaksinasi”ni qöllaş orqali bu illatning oldini oliş mumkin.  “Halollik vaksinasi”– bu toza imon, bu pok vijdon. Bu –  şaffoflik,  oşkoralik. Bu –  sözi va işi birlik. Bu –  söz va matbuot erkinligi.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritişi va ijod qilişlari uçun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratilganiga alohida eʼtibor qaratdi.  Bundan buyon ham jurnalistlarimiz “törtinçi hokimiyat” vakillari sifatida erkin va xolis faoliyat yuritişlari, islohotlar jarayonini mamlakatimiz içida va undan taşqarida keng tarğib etişlari  uçun  barça şart-şaroitlar yaratib beriladi.

“Joylardagi muammo va kamçiliklarni röy-rost oçib beriş, ularni haqqoniy yoritişlarida men professional jurnalistlarni hamişa va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman”, – dedi davlatimiz rahbari.

Bu örinda men  “professional jurnalistlar” iborasiga urğu berişni istar edim. Töğrisi, yaqin vaqtlarda ham fuqarolik jurnalistikasi de­yilsa,  bu ommani çalğitiş uçun töqib çiqarilgan narsa, deya baholaş heç gap emas edi. Bugun fuqarolik jurnalistikasi degan ibora eriş tuyulayotgani yöq. Faol fuqaro sifatida blogerlar ijtimoiy hayotda öz fikrlari bilan  iştirok etmoqdalar. Xatolar uçrab turibdi. Kamçiliklar ham.  Ammo befarqlik yöq.  Jamiyatni karaxt qilib kelgan,  “Menga nima?”  degan loqaydlik yöq.  Albatta,  har qanday sohani obod etguvçilar – bular öz işining ustalari. Professionallar. Bilib aytilgan gap iş bitirar, deydi dono xalqimiz. Bilib, örniga qöyib aytilgan gap oğir botmaydi. Öylantiradi. Fikrlaşga daʼvat etadi. Nafaqat tanqidga munosabatda, balki tanqid qilişda ham madaniyat yetişmayotganidan köz yumib bölmaydi. Professional yondaşuv, heç şubhasiz, jurnalistlarimiz qalamini yanada taʼsirçan qiladi, hayotiy muammolarni xolis va haqqoniy yoritişda boş omil böladi.

Jurnalistlarimiz Prezidentimiz tomonidan Murojaatnomada belgilab berilgan barça ustuvor maqsad va vazifalarni töliq qöllab-quvvatlaydilar. Uyuşmamiz ularning islohotlar jarayonini keng yoritiş, mavjud muammolarga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş borasidagi ijodiy izlanişlarini turli tanlovlar misolida rağbatlantiriş, faxriylarning hol-ahvolidan xabar oliş, yoşlarni qöllab-quvvatlaş orqali bir maqsad yölida birlaştiriş borasidagi işlarni yillik reja asosida izçil amalga oşirib boradi.

Xususan,  Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligining taklifiga köra,  mamlakatimizning xalqaro imijini  yuksaltiriş,  turli mamlakatlarda respublikamiz hayotini   xolis va haqqoniy yoritayotgan jurnalistlarni rağbatlantiriş maqsadida “Oltin qalam” Milliy mukofoti uçun xalqaro tanlovning  “Çet ellik jurnalistning Özbekiston haqidagi eng yaxşi materiali uçun” rağbatlantiruvçi  nomina­siyasi  asosiy mukofotga aylantirilmoqda.

Şuningdek,  barça viloyatlarda  ötkazilişi rejalaştirilayotgan “Jurnalist va hayot” mediaturlari, heç şubhasiz,  jurnalistlarimizni xalq hayotiga yanada yaqinlaştiradi. Islohotlar surʼati,  kölami xususida keng jamoatçilikni xabardor etişda muhim örin tutadi.

Yil davomida “Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi yöllanmasi bilan”  turli omma­viy axborot vositalarida xizmat qilayotgan jurnalistlarni “Döstlar klubi” hisobidan ijodiy xizmat safarlariga yuborişni doimiy yölga qöyamiz. Dolzarb va muammoli mavzularni yoritişga qaratilgan mazkur loyiha, avvalo, jurnalistlarimiz uçun ijodiy malaka, maktab vazifasini ötaydi. Şu bilan birga, joylarda muammolar yeçimiga jamoatçilik eʼtiborini qaratiş va hal etişga kömak beradi, jamiyatimizda oçiqlik va şaffoflik yanada mustahkamlanişiga xizmat qiladi:

Ming yillardan kelar bu or, bu ğurur,

Bobolaring içgan quyoşga qasam.

Zulmatdan yuz ögir, kunbetkayda tur,

Oçiq joyga tuşar quyoş nuri ham!

         Saʼdulla  Hakimov,

         Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan