“Lison ut-tayr” sari sayr
9 fevral — Alişer Navoiy tuğilgan kun
Birinçidan, maktab bolasi hamma asarni ham yod olavermaydi. Buning ustiga, katta-katta asarlar bölsa bular. Ikkinçidan, “Böston”-ku – şeʼriy doston. Lekin “Guliston” ‒ nazm aralaş nasriy asar. Uni boşdan-oxir yodlagan biror kişi bölmasa kerak.
Alişer Navoiy “Lison ut-tayr” dostonida maktabda öqib yurgan kezlari (“tufuliyat çoği maktab aro” (Alişer N a v o i y. Mukammal asarlar töplami. 20 tomlik. 12-tom. ‒ Toşkent: Fan, 1996. ‒ B. 293.) Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostonini töliq yodlab olganini yozadi. Lekin u bu mahalda neça yoşda ekani heç kimga maʼlum emas. Mutaxassislar, har holda, ön yoşlarda bölganini taxmin qilişadi, xolos.
Navoiyşunoslikdan uzoq mualliflarga oson, çoği, qörqmasdan-netmasdan: “Navoiy hazratlari 7 yoş(lar)ida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yoddan bilganlar” (Sattorov Ş. Mir Alişer Navoiy haqida 15 maʼlumot, 10 hikmat va bir rivoyat / Janob, 2017 yil, № 1. ‒ B. 6.), deb yozaverişadi. Bu borada bir kişigina xato qilsa, heç gap emas. Lekin boşqa bir yerda ham: “Alişer yetti yoşida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini yod olgan”i (Qarang: Jomboy tongi, 2015 yil, 7 fevral.) aytiladi.
Uluğ şaxsga munosabatda bunday taxminlarga örin bermaslik kerak. Bu yerda yoşini kiçraytirib körsatiş bilan şoirning obröyi oşib qolmaydi ham.
Bir muallif nazdida Navoiy maktabda öqib yurgan kezlari avval Saʼdiyning “Guliston” va “Böston” asarlarini, keyin esa Attorning “Mantiq ut-tayr”ini yodlagan: “Saʼdiyning “Guliston” va “Böston”ini allaqaçon yodlab olgan bola Alişerning bu dostonni (yaʼni, “Mantiq ut-tayr”ni – S.O.) hammadan pinhon öqib yurişi, yoddan bilişi uning dunyoni idrok etişga ança erta intila boşlaganidan dalolat beradi” (Mullaxöjayeva K. Goh zavq, goh iztirob / Tafakkur, 2019, № 1. – B. 110.)
Birinçidan, maktab bolasi hamma asarni ham yod olavermaydi. Buning ustiga, katta-katta asarlar bölsa bular. Ikkinçidan, “Böston”-ku – şeʼriy doston. Lekin “Guliston” ‒ nazm aralaş nasriy asar. Uni boşdan-oxir yodlagan biror kişi bölmasa kerak. Uçinçidan, Navoiyning bolalikda “Guliston” bilan “Böston”ni yodlagani haqidagi maʼlumot qayerdan olinyapti? “Lison ut-tayr”ning “Bu kitob nazmida öz munosabatining taqribi”, deb nomlangan 189-bobida “Mantiq ut-tayr”ni yodlab olgani haqida şoirning özi maʼlumot berib ötadi:
Yoşurub daftarni maʼdum ettilar,
Şuğlidin könglumni mahrum ettilar.
Manʼi kulli qildilar ul holdin,
“Mantiq ut-tayr” uzra qilu qoldin.
Çun arodin ötti bir ahdi baʼid,
Böldilar ul holatimdin noumid.
Lek çun yodimda erdi ul kalom,
Yoşurun takror etar erdim mudom.
(B. 294 – 295).
Töğri, şu bobda şoir “Guliston” bilan “Böston”ni ham tilga oladi. Lekin ular tamoman boşqa maqsadda zikr etilgan-da. Yozilişiça, bolalarga bir xil dars ötilaverganidan savodi yaxşilansin uçun muallim ularga öqiş uçun nasrdan “Guliston”, nazmdan “Böston” kabi kitoblarni berganiga işora bor. Yoş Alişerning köngli esa “Mantiq ut-tayr”ga moyil bölibdi.
Maʼlumki, 1992 yili “Fan” naşriyotida çop etilgan “Işq, oşiq va maʼşuq” risolasida “Foniy” — Navoiyning ham forsiy, ham turkiy taxallusi ekanini ilman isbotlaşga uringan jumla bor. Bunga sabab, şoir özining “Lison ut-tayr” dostonini aynan “Foniy” taxallusi bilan bitadi. Şunga qaramay, hanuzgaça bu borada eski xato qaraş özgargani yöqdek. Matbuotda tez-tez: “Alişer Navoiy turkiy tilda yozgan şeʼrlariga “Navoiy”, forsiy tildagi şeʼrlariga “Foniy” deb taxallus qöyadi”, deb yozişaveradi.
Esdan çiqarmaylik: “Navoiy” — şoirning faqat turkiy, “Foniy” esa ‒ ham turkiy, ham forsiy şeʼrlaridagi taxallusi.
Albatta, har qanday asardan har qanday parçani yulib olib, tahlil qiliş mumkindir. Biroq bir muhimdan-muhim şarti bor: matn bunga izn berişi kerak. “Yulib olingan” har qanday matn esa amalda butunning bölagi hisoblanadi. Yulib olingan matnning, avvalo, ana öşa butun tarkibidagi maʼno-mazmunini qamrab oliş lozim. Matnni arxitektonikadan ayri, yaʼni butun bilan qism mutanosibligini buzgan holda tuşuniş xato xulosaga xamirturiş bölişi heç gap emas.
Masalaga şu jihatdan yondaşsak, Vohid Zohidovning mana bu tahliliga qöşiliş qiyin körinadi:
“Navoiy özining keyin (umrining oxirida yozgan “Lison ut-tayr” dostoni oxirida) xabar berişiça, u kiçikligida maşhur Farididdin Attorning mutasavvufona “Mantiq ut-tayr” asarini juda katta qiziqiş bilan öqib, özlaştirib, öşa vaqtdayoq aytgan ekan:
…Kim dedim: “Uzlat eşigin oçqomen,
Dahri bemaʼni elidin qoçqomen”.
Zamonning bemaʼni ekanligidan, uning bemaʼni odamlaridan zorlaniş, yaxşilik haqida orzu qiliş, şunga intiliş Alişerda kuçayib boraveradi (tarkidunyoçilik tomon emas, real maqsadlar tomon)” (Zohidov V. Hayotbaxş badiiyat taronalari. ‒ Toşkent: Adabiyot va sanʼat, 1975. ‒ B. 91. (464 b.).
Ana endi tahlilga tortilgan, şu asosda bir jiddiy xulosa ilgari surilgan baytning butundagi örni va mavqeini belgilab olaylik.
“Lison ut-tayr”ning 189-bobi “Bu kitob nazmida öz munosabatining taqribi”, deb nomlanadi. Unda yozilişiça, yoş Alişer maktabda öqib yurgan kezlari muallim bolalarning “sabaq ozoridin” çarçaşini hisobga olib, ham savodi yaxşi bölişini istab, ularga badiiy kitoblar öqişni buyurganini eslaydi. Baʼzilar Saʼdiyning “Guliston”i-yu “Böston”ini öqisa, Alişer Attorning “Mantiq ut-tayr”ini mutolaa qiladi. Uni öqişga şu qadar berilib ketadiki, eldan uzilib, odamovi bölib qoladi. Çunki dostonda tasvirlangan işq yoş köngilni şaydo qiladi:
Oqibat işq ayladi şaydo meni,
Uyla tabʼimğa etti bu savdo meni.
(B. 294).
Bu yerda Navoiy öşa “Mantiq ut-tayr”ni öqişga berilib ketganidan odamovi bölib qolganini, uzlatga çekinib, odamlardan qoçib, faqat mutolaa bilan maşğul bölganini yozyapti, xolos. Keyin ota-onasi bu holdan xabar topadi. “Bunaqada bolamiz telbalikka mubtalo böladi”, – deb öylab, “Mantiq ut-tayr” kitobini undan olib, yaşirişadi. “Foydasi yöq edi, – deydi şoir, – çunki men uni töliq yodlab olgan edim”:
Lek çun yodimda erdi ul kalom,
Yoşurun takror etar erdim mudom.
Ondin özga sözga maylim oz edi,
Quş tili birla köngul hamroz edi.
(B. 295).
Demak, bu bayt adabiyotşunosga “zamonning bemaʼni ekanligidan, uning bemaʼni odamlaridan zorlaniş, yaxşilik haqida orzu qiliş, şunga intiliş” haqida sözlaş imkonini bermaydi. Bu aynan asarning qismini butunidan uzib olib tahlil qilişning oqibatidan boşqa narsa emas.
Mustaqillik yillarida oliy taʼlim muassasalari talabalari uçun eng qadimgi davrlardan XV asr oxirigaça bölgan davr adabiyoti tarixi böyiça darslik yaratiş ança çözildi. Endilikda N.Rahmonovning darsligiga egamiz. Şungaça, asosan, Alişer Navoiy ijodi yuzasidan dars ötişda, asosan, Natan Mallayevning “Özbek adabiyoti tarixi” darsligidan hamda “Özbek adabiyoti tarixi” beş jildligining 2-jildidan foydalanib kelindi.
“Özbek adabiyoti tarixi” beş jildligining 2-jildi hozirça Alişer Navoiy haqida eng keng maʼlumot beruvçi mufassal ilmiy naşr hisoblanadi. Unda XV asrning ikkinçi yarmi adabiyoti, asosan, buyuk Alişer Navoiy hayoti va ijodi yoritilgan. “Lison ut-tayr”ga ham maxsus bob ajratilgan. Uni filologiya fanlari nomzodi Suyima Ğaniyeva yozgan.
Oçiği, bu jild çop etilgan 1977 yili mazkur doston hali juda kam tadqiq etilgan edi. Bobda asarning muhim jihatlari yoritilgan, albatta. Muallif töğri yöldan borib, “Lison ut-tayr” mohiyatini, asosan, oçib berişga erişgan. Şoir dostonda kötarilgan masalalar böyiça fikrlarini “allegorik tarzda bayon et”gani (B. 323), bu asarini Attorning “Mantiq ut-tayr”iga “tarjuma rasmi bila” javob tarzida yoki uni “şarh etgali” yozgani (B. 325), asar tilining “Navoiyning boşqa dostonlari, şeʼriy asarlari tiliga nisbatan ançagina sodda va ravon”ligi (B. 335) qayd etilgan, syujet nisbatan batafsil bayon qilingan.
Şuni unutmaylikki, bu şöro davrida yozilgan tadqiqot edi. Unga bugungi talablar bilan yondaşilsa, talay xato va kamçiliklar közga taşlanadi. Bugungi navoiyşunoslik ularga munosib munosabat bildirişi kerak. Şuning uçun ularning ayrimlariga töxtab ötamiz.
Doston “bir neça asrlardan buyon Şarq mutafakkirlarini band qilib kelgan ğoyat murakkab falsafiy masalalarga bağişlangan asar” (B. 323) sifatida baholangan. Holbuki, “Lison ut-tayr” ‒ Navoiyning 6 dostoni orasida eng soddasi. Buni “Mantiq ut-tayr”ni öqituvçi maktab öquvçilariga öqiş uçun tavsiya etganidan ham bilib olsa böladi.
Bob muallifining “Lison ut-tayr” tili haqida sözlab: “Navoiyning boşqa dostonlari, şeʼriy asarlari tiliga nisbatan ançagina sodda va ravon” (B. 335), degan xulosasi özining yuqoridagi fikrini inkor etadi ham. “Lison ut-tayr”, xuddi “Mantiq ut-tayr” kabi, aruzning sodda va ravon, xususan, özbek tiliga juda mos tuşadigan ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur), yaʼni “foilotun foilotun faulun (yoki foilon)” vaznida bitilgani ham fikrimizni isbotlaşga xizmat qiladi. Mumtoz şeʼriyatimizda ham, hozirgi özbek nazmida ham bu vaznda eng köp ğazal bitilgan. Şu darajadaki, Atoiy ğazallarining hammasi ramal bahrining turli vaznlarida yozilgan. Hatto, Husayniy, yaʼni Husayn Boyqaro barça ğazallarini ramalning bittagina, yaʼni ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), yaʼni “foilotun foilotun foilotun foilun (yoki foilon)” vaznida yaratgan.
Demak, bugun qaraşimizni özgartirişimiz kerak. Yaʼni, “Lison ut-tayr” — Navoiyning eng sodda dostoni”, deb hisoblaşga majburmiz. Çunki unda tasavvufiy motivatsiya kaliti şundoqqina öquvçining qöliga tutqazib qöyilgan.
— Şayx Sanʼon haqidagi hikoya voqealari bayonida yana şunday jumlalarni öqiymiz: “Şayx öziga kela boşlaydi, muridlariga uzrxohlik qilib, ular bilan Kaʼbaga qaytib ketadi. Şundan keyin Tarso qizga tuşida Isodan Kaʼbaga borişi, Şayxdan uzr söraşi, uning diniga kirib, birga bölişi lozimligi haqida xabar keladi. Qiz Kaʼbaga yöl oladi. Ança azobu uqubatlar, sargaştaliklardan söng u yerga yetib keladi. Şayx bilan uçraşadi, undan uzr söraydi. Uning diniga kiradi va öşa zamonoq dunyodan ötadi. Oradan köp ötmay, Şayx Sanʼon ham qazo qiladi” (B. 331). Holbuki, asarda tasvirlanişiça, tarso qiz Şayx ortidan Kaʼba sari sahro böylab yölga çiqadi-yu yakka-yolğiz bu maşaqqatli yölda holdan toyib, huşdan ketib, yiqiladi. Hali Kaʼba ‒ ança uzoq. Şayx va uning muridlari ham manzilga yetib borganiça yöq. Ular tarso qizdan ança oldinda yölda davom etişyapti. Şunda ham Şayxga, ham uning sodiq muridiga karomat yuz berib, ular tarso qizning ular ortidan kelayotib, yölda huşdan ketib qolganidan ğoyiban xabar topişadi. Ular tarso qiz yiqilib qolgan tomon şoşilişadi. Muridlar bilan birga kelib, qizni topişadi, u uzr sörab, iymon keltiradi, Şayx qölida jon beradi. Uning jasadini olib borib, Kaʼbada dafn etişadi. Keyin Şayx ham vafot etadi.
Bobda “Lison ut-tayr”da 63 ta hikoyat borligi aytiladi (B. 328). Bizning sanoğimiz böyiça esa ‒ 64 ta. Aftidan, “Parvonalar majmaʼi şamʼi haqiqiy şarhida”, deb nomlangan 164-bob hikoyatlar sirasiga kiritilmagan, biz esa mazmun-mohiyatiga köra, uni ham “hikoyat” deb hisoblaymiz va şuning hisobiga ular soni bittaga köpayadi.
Mana bu jumlalarda ham “Lison ut-tayr” mohiyati va şoirning uni yozişdan közlagan boş maqsadini anglamaslik sezilib turibdi: “…Navoiy özining şaxsiy muhabbati haqida alohida doston yaratiş niyati borligini xuddi şu asarida eʼtirof etgan edi… Biroq şoirning bu niyati amalga oşmay qoldi” (B. 331). Holbuki, ilmimizda keyinçalik, uluğ şoirning öz şaxsiy muhabbati haqida bitgan asari — aynan ana şu “Lison ut-tayr”, degan fikr ilgari surildi (Qarang: Olim S. Işq, oşiq va maʼşuq. ‒ Toşkent: Fan, 1992. ‒ B. 48 ‒ 50.) va bu — haqiqatga mos xulosa.
Mana bu fikrda şöro davri mafkurasining kuçli taʼsiri şundoqqina sezilib turibdi: “Lison ut-tayr”da ijtimoiy jarangga ega bölgan qator hikoyatlar ham mavjud bölib, ularda inson mehnatining qadrsizligi, boylikka hirs qöyişning fojiali oqibati, darveşlik va tarkidunyoçilikning behudaligi, taʼmagirlik va tekinxörlikning yomon illat ekanligi qalamga olinadi” (B.331). Dostonning tub mohiyatiga kirib borgan öquvçi yaxşi biladiki, bu asarda darveşlik yöli haddi aʼlosida tarğib qilingan, quşlar aynan darveş timsoli bölib kelgan-ku.
Biz tahlil qilgan jihatlar “Lison ut-tayr” mohiyatini anglaşdagi xato va kamçiliklarning ayrimlarigina, xolos. Asarning asl mohiyatini tuşuniş tadqiqotçidan ham, öquvçidan ham katta masʼuliyat talab qilişini şu misollardan ham bilib olsa, böladi.
Sultonmurod Olim,
filologiya fanlari nomzodi,
Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi.
