Gujum
Tilla suvi yugurtirilgan kuz jilva qilganida Abdusamad otaning oyoğidagi bod osmonga çiqqan bulutdan darak berardi. Çol guvala devorga hassasini suyab yoz böyi taşqarida qolgan özi yasagan eski tança ustida ötirib öng tizzasini muştlab-muştlab qöydi:
“Tavba, tizzangga muştlasang muşt boşingga tegadigan zamon ham kelganga öxşaydi, yoz çilladan ötganga qiş çilla ğov deganlariça bor ekan. Tavba! Tavba, nimalarni öylayapman özi… Omonat baribir omonatda, birovning haqi birovda qolgan emas, Egamning haqi ham,” dedi yiltillagan közidan yoş sizib. Kun körmagan bandaga kunçuvoqda ham kun yöq ekan, zum ötmay ayvonda kelin Manzura muşukni quvib qarğişlay ketdi.
— Ha egaginangni yegur! Biramas, tovuqning ikki oyoğini yeb ketipti! Ur! Ur! Ana qoçdi! Nima közing körmi nima balo?! — dedi u hozirgina köça eşikdan sumkasini qöliga olib hovliga kirib kelgan öğli Rustamni muşuk tomon undab.
Rustam esa bir uy burçagidan burilib közdan ğoyib bölgan muşuk tomonga, bir ayvondagi loy supa ustiga qöyilgan sirli temir lagandagi yangi söyilgan tovuq göştiga qarab onasiga angraydi.
Manzura esa odatdagidek har işda özini oqlaşga gap topdi.
— Uyga kirib çiqqunimça olibdi, yaşşamagur!
Rustam sumkasini eski olaça gilam ustiga qöyib onasining gapidan hayron,
— Tovuqnimi? – dedi.
— Baloni! Körmayapsanmi, ana ikkita oyoği yöq!
Rustam oftobröyada mudrab ötirsa-da bunday paytlar sergak turişini bilib bobosi tomonga ham qarab qöydi.
— Turiptiku! — dedi u onasini battar tuşunolmay.
— Qani?!
— Mana!
— Özi tovuqni körganmisan? — dedi Manzura şahd bilan sirli temir laganga uzana turib.
— Özingiz körganmisiz? – dedi Rustam bunaqa paytlar bir muşt yeb qolişdan çöçib, bir qadam orqaga tislanib.
Manzura öğli Rustamning gapidan özini birlab hovlida donlab yurgan tovuqlarga qarab qotib qoldi.
— Ha, ikkita oyoği… men bölsa törtta deb xayolim ketganiga qara-ya.
— Ana! Tovuqni körganmisan emiş, özi heç tovuq tört oyoqlab yurganini özingiz körganmisiz? — dedi Rustam bobosi tomonga öziça mağrurona iljayib.
“Egang” degan gapga hamişa egalik qiladigan Abdusamad ota bu gaplarni eşitib közidagi yoşni artib kulib qöydi. Ammo kelin Manzura hali ham özini bosib ololmagandi.
— Qayoqqa? — dedi u bobosi tomon ketayotgan Rustamga qöl siltab.
— Hozir bovam bilan…
— Qayt! Orqanga qayt deyapman! Palakat uyimizda ekan. Yangi tişi çiqqanmiş çolning, — dedi u öğli Rustam özidan uzoqlaşgani sayin ijirğanib.
Salom-alikdan söng, Abdusamad ota nabirasi Rustamni yelkasiga urib “barakalla” degandek sözsiz erkaladi. Tunov kungi eri bilan bölgan janjal-töpolondan söng ikkala öğli ham öziga böysunmay kundan-kun aytganini qilmay qöyayotgan Manzuraning battar jaği oçildi:
— Qariga tiş bitsa yoşning boşini yermiş! Ha, tişginang özingning boşingni yegur!
Bola böp aytganingni qilmaydi bular! Hamma işga özim, kelin emas kelisop böp ketdim bu rözğorda? — dedi u alamini oçiq qolgan derazalardan olib.
Şaraqlab yopilgan deraza tomonga qarab olgan Rustam bobosining böynigaça salqib tuşgan ajinlariga razm solib,
— Yiğladingizmi? — dedi.
— Yelvizak, yelvizakka bolam, — dedi Abdusamad ota göşti qoçgan iyaklarida hilpirab turgan kösa soqolini körsatkiç barmoği bilan silab.
— Yoki toğam gujumni kesganiga?
— Qöyaver, toğang ham onang aytganiga… otangga qöy desam öşa kuni feʼlini körsatib aytganimni qilmadi. Içmaganmidi işqilib?..
— Yöq, — dedi Rustam bu safar çinu yolğon otasini oqlab.
— Sen aytsang, işonaman, — dedi Abdusamad ota gap orasi ilmoq taşlab nabirasiga rostgöy böl degandek. Çuqur xörsiniqdan söng ota dardkaşini topgandek.
— Momong ekkandi-da uni, — dedi.
Bu gapdan söng Rustamning közlarida topişmoqning javobini topgandek şodlik uçqunlari çaqnadi.
— Bilaman, Robiya momomniki bölgan, bunisini, siz…
Abdusamad ota boş irğab, — …Öşanda, bahor ötib qolgandi, — deb gap boşladi, — Bu ikki gujum niholini barglab turgan yerida olib kelgandim. Xudoga tavakkal qilib ekkandik öziyam.
Uruş tugab qahatçilikning qahri jondan ötib turgan paytlar edi. Nimasini aytay, birga yaşab ketiş uçun dilingdagi emas, oğzingga tekkani hal qiladigan zamonlar edi. Momong ham bu niholni nimaga juft olib kelganimni sezdimi, “agar şu ikkki gujum tutib ketsa yaşab ketarmiz…” dedi.
Odamzot peşonasida borini köraverar ekan. Sovxoz böldi, kolxoz böldi, pudrat böldi, baribir dehqonning oti dehqon ekan. Şukur qilmasam Qahhorning qahri keladi, ketmonim bilan peşonamiz birga yarqiradi. Suvçi bölganim bilan halol yaşadim. Odamning devori past bölgani bilan ğururi baland bölsin ekan.
…Avval, tört ammang tuğildi, otang Tilovberdidan oldin Xudoyberdi degan ulimam boridi. U çennadi. Polvon bola edi öziyam. Kampirlar böyni pişib, biçilib qolganini körib “böğizlov” bölgan deyişdi. Momong ikkovimiz uni bozorga qassobning oldiga olib bordik. Şarti şu ekan, qassob piçoğini teskari qilib bolaning böğziga bir ikki olib bordi. Şusiz ham paxta bahona elda “böğizlov” ketayotgan mahalda şu ham boşimizda bor ekan. Qassobga narzini berib uyga qaytgan kunimiz gödak beçora battar emmay qöydi. Duxtir degani ham topilmas zamonlar edi, tabibga olib bordik. Tabib, “toza kesak sepmagansiz bolaga, qoni buzilgan” dedi. Hozir duxtirlar buni inpeksi deydi. Şu, inpeksi tuşdimi, işqilib… momongning bölari böldi… Xudoyim marhamatini dariğ tutmadi, ikki yil ötib otang tuğildi.
Bu katta böp öçoqdan çala yongan çöpni olib ham çizadigan böldi. Men polvon böladi deb umid qilgandim. “Rassom bölaman, qişloğimizni çiziş uçun ham şaharda öqişim kerak”, dedi. Momong örtaga tuşdi, bölmasa… qarimay turib soqol qöydi, soç qöydi, meni kösa otim minan yer qildi. Bu şahar kördi-da, avval “otiş”ni, keyin kun böyi çözilib yotişni örgandi. Qöli ketmon, öroq körmadi. Oxiri maktabda rasm mallim böldi. Momongning köngli uçun ayardim.
Rustam bobosining bu hikoyasini köp eşitgan bölsa ham indamadi. Uy içi jimib qolganini payqab, bir közini qisib yana gujum tomonga qaradi.
— Bunisi, siz ekaningizni bilardim, — dedi u bobosining suyanib yuradigan qayrağoç hassasiga qarab olib. Çunki aso kesilgan qayrağoç şoxidan yönib yasalgandi.
— Ha, böyi balandroq bölgani uçun momong şunday derdi. Uyam menga öxşab qartayib qoldi. Mevasi bölmasa ham soyasi bor, nima deding? Oti gujum qayrağoç bu — qari oğoç.
— Ha, buni otam ham bilarkan. Öşa kuni eşitdingizmi, onamga: “Ukang şunaqa daraxt kesadigan bölib qolgan bölsa avval mening oldimga kelsin! Otamni çopib köringlar-çi, tinç qöyinglar, yetar!” dedi.
— Momong örgatgan ungayam. Otang bolaligida bu ikki gujumni otagujum, onagujum deb katta bölgan. Bir rasmida çizgan ham ekan. Momong yöl oldi bir gujumga urçuğini tanğisa, biriga katta römolini taşlab yöl tadorigini körardi.
Şu yerda Abdusamad otaning gapi böğzida çala qoldi.
— Rustam! Rustam deyapman! Kallang quyilib ham bitmading! Kallangni suyiltirib yuboradi bu çol! Böl, öçoq boşiga ötin olib kel! — dedi Manzura bu safar eşikni oyoği bilan turtib yopib ayvonda qaqqaygança.
Abdusamad ota nabirasi Rustamga “boraqol” deb boşi bilan imo qilib yana tizasini çangalladi. Negadir köngli behuzur bölib dildirab hovlidagi narsalarga bir-bir razm soldi:
Arava, — qöşotar zambarakdek yulduzni közlab hangu-mang, bir oyoqsiz heç qayga yurolmasdi. Hovli adoğiga kömilgan yakka mix uzilgan arqonni beliga xamoyil qilib taqqan qizdek turar, qolgan bölsa unda ham şu bir quloç arqon bilan Abdusamat otaning Qorabayir otidan ikki tolim qora yol qolgandi. Devorga suyab qöyilgan tişi singan omoç esa negadir şu lahzada Abdusamad otaning içini toşloq yerni ağdargandek ağdara boşladi, yana öyga berildi:
“Ikkovimiz ham tişsiz qoldik. Kimdan eşitgan bilmayman bu kelin, eti qoçgan iyagimni tiş deb qarğaydi. Kelinning dastidan uyga qadam qöyolmay qolgan muştipar qizlar, birovning xasmi bölsa… Bolalarimga non çaynab bergan tişlarim qarğaldi. Azoblarni tişlagan, rözğor deb, bola deb sitamlardan singan, içim tökilsa tökilgan tişilarim qarğaldi. Endi bu oyoqning oğriğini tişlarga tiş qani, özing ketding, gujum ketdi, onasi…”
Zum ötmay Abdusamad otaning böğziga nimadir tiqilgandek böldi. Yetti qadam narida kesilgan gujum örnida köziga köringan ayoli Robiya momo kulib öziga imlab turganini körib, — Allohu akbar! — dedi.
Otagujumning şoxlari orasidan çumçuqlar pir etib uçdi. Barglari qönğir rangga kirib qolgan daraxtning soyasiga işorat berib bir barg tökildi.
Kelin Manzura esa çapini dunyodan yiğiştirib, öng oyoği oldinga çözilgan, qölini tizzasiga qöyib guvala devor tutgan boşi xiyol egilgan Abdusamad otani pinakka ketgan deya öylab hamon qarğişlardi…
Dilorom Dilxoh
