Qora kölanka

Ötgan yilning ayni yoz çillasi, Urgançning gavjum dahasida, aynan kunduzi ayançli voqea  yuz berdi…

Qotillik sodir bölgan kuni Eduard boşiga kelib urilgan jismning oğir zarbi ostida huşidan ketgani, şu bois heç nimani eslay olmasligini bildirdi. Uning aytişiça, öşa kungi voqealar çoşgoh mahali, içkilik sabab boşlangan.

“Soat 10 lar çamasi edi, — deydi Eduard tergovda, — köçada yelim idişlarni yiğib topşirdim, kundalik işdan qölim böşagaç uyga ketdim. Yöl-yölakay dorixonadan tibbiyot spirti sotib oldim, sabrim çidamadi, köçadayoq sipqordim, uyga kelib uxlab qolibman. Tuşda uyğonib, yana işga otlansam, ostonada ukam Aleksandr va içkuyovim Doniyor örtasidagi janjalga duç keldim. Ikkalasi ham mast edi. Ularni ajratişga urindim, ammo kuçim yetmadi. Şu orada boşimga kelib urilgan şişa stakanning oğir zarbidan huşimni yöqotibman. Özimga kelganimda Doniyor hovlida qornini çangallagança, oyoğida zörğa çayqalardi. Aleksandr esa yerda majolsiz çözilib yotardi”…

Bölgan voqeadan karaxt Söğdiyona, Sabina, Sirojbeklarning fahmi xonadonda sodir bölgan fojiani tasvirlaşga kamlik qilardi. Sabirzyanovlarning katta xonadonida içkuyov maqomida yaşayotgan Doniyor Maşaripov har qalay aybini böyniga oldi. Qayinukasining ölimiga özi sababçi bölgani, oşxona piçoği bilan unga hamla qilgani va köksiga zarba urganini tan oldi…

Eduardning taʼkidlaşiça, ukasi Aleksandr aslida durustgina odam. Biroq aroq içsa, tamomila boşqa odamga aylanadi. Özini yöqotadi, qörslik va qöpollik girdobiga tuşadi. U aftidan ana şu maşʼum qusurning qurboni bölgan. Içkilik qayni va poççani insoniylik neʼmatidan judo etgan.

Ammo sud jarayonida oraga boşqa taxmin va şubha-gumonlar oraladi. Çunonçi, marhum Aleksandr Sabirz­yanov öziga tegişli bir xonali xonadonni, uşbu uyda ijarada turgan, J.Yusupovga 67 million sömga sotadi. Sotib oluvçi uyning pulini oyma-oy tölab kelgan, baʼzida bir qismini D.Maşaripov olib qolib va öz ehtiyoji uçun işlatib yuborgan. Örtadagi janjalning asosiy sababi ham pulga borib taqalgan, degan gumon paydo böldi.

E.Sabirzyanovning badaniga yetkazilgan jarohat haqidagi daʼvosi gumondorni Jinoyat kodeksining qasddan odam öldirişga doir 97-moddasining 2-qismi “v” va “i” bandlari, qasddan badanga yengil şikast yetkazişga taalluqli 109-moddasi 2-qismi bilan ayblaş uçun asos qilib olindi.

Sudda guvohlik bergan fuqaro J.Yusupov esa özi ijarada yaşagan mazkur uyni haqiqatan ham A.Sabirzyanovdan 67 million sömga sotib olgani, uşbu pulni bir neça oy mobaynida tölaş böyiça zimmasiga olgani, pulni köpinça sotuvçi A.Sabirzyanovning öziga, baʼzan esa uning singlisi, D.Maşaripovning turmuş örtoği, E.Sabirzyanovaga eltib berganini aytdi.

E.Sabirzyanova Doniyor Maşaripovga pul bermaganini tan oldi. Yuzaga kelgan boşqa mantiqiy holatlar ham uyni sotiş va pulini özlaştirişga D.Maşaripovning daxli bölmaganligini körsatdi. Bunday vaziyatda sudlanuvçini taʼmagirlik yöli bilan qotillikka qöl urganlikda ayblab, isbotini topmagan taxminlar, şubha-gumonlar asosida javobgarlikka tortib bölmaydi. Şu munosabat bilan sud mazkur aybni uning zimmasidan soqit qildi.

Ayblanuvçining qilmişi mazkur kodeksning 97-moddasi 1-qismi bilan qayta malakalandi. Işni köriş asnosida sudlanuvçi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi böyiça yuklatilgan ayb ham olib taşlandi. Ayon bölişiça, D.Maşaripovni ataylab şikast yetkazganlik uçun javobgarlikka tortişni sörab, heç kim murojaat qilmagan. Buni jabrlanuvçi maqomida sudga tortilgan E.Sabirzyanovaning özi ham inkor etdi.

Ammo masalaning ikkinçi tomoni ham bor — örtada bir inson vafot etdi. Buni nazardan qoçirib bölmasdi. Sudlanuvçi 97-moddaning 1-qismi böyiça ayblandi va ozodlikdan mahrum qilindi.

Aslida, sud jarayoni hamda guvohlarning körsatmalariga köra, oila aʼzolari jinoiy qilmişga moyil va ötkir ziddiyat girdobidagi şaxslar emasligi maʼlum böldi. Faktlar ham şundan dalolat beradi. Oila aʼzolarining özaro munosabati heç mahal quyuşqondan çiqmagan. Mojaroli va jiddiy ijtimoiy-huqu­qiy oqi­batlarga yetaklovçi holatlar qayd etilmagan. Sudlanuvçining axloqi mahalladagi yaşaş joyidan ijobiy tavsiflangan. Muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

U holda xonadonda röy bergan dahşatli qotillik uçun kim javobgar, jinoyatning tub sabablarini qayerdan va nimadan izlamoq darkor?

Şu örinda, sud hujjatlarida aytilganidek, Urgançni larzaga solgan uşbu qotillik mastlik oqibatida sodir etilgani ayon böladi.

Inson fazilat bobida qançalar benazir bölmasin, içkilik, giyohvandlik singari illatlar uni bir kunmas-bir kun baribir xor va abgor etadi. Fojia yuz bergan xonadon aʼzolari garçi özaro murosa-yu, madora bobida eʼtirozga örin qoldirmaydigan alfozda umrguzaronlik qilgan bölişsa-da, içkilikning qora kölankasi ularni tinmay taʼqib qilgani ayni haqiqat. Katta xonadonning aksariyat aʼzolari şişaning quliga aylanganligi juda açinarli. Içkilikka berilgan odamdan el tugul, hatto uning yaqinlari ham röşnolik körişmaydi, undan hazar qilişadi.

Sardorbek Toğonov,

jinoyat işlari böyiça

Xorazm viloyat sudi sudyasi.

Abdulla Sobirov,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan