Qora kursi işqibozi

yoxud 43 yillik umrning 33 yili sudlar tomonidan ozodlikdan mahrum etiş jazosiga tortilgan şaxs xususida

Siz nima deysiz? Özining 43 yillik umri mobaynida 7 bora sudlanib, salkam 33 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan şaxs­­ni jazolaş yöli bilan tarbiyalasa bölarmikan?

Taʼkidlaş joiz, bu misolni xayolan töqib aytmadik. Oramizda umrguzaronlik qilayotgan Umirbek Sapayevning alğov-dalğovli hayoti, ayançli qismatiga nazar solib ayt­dik. U dastavval, 2000 yilda Boğot tuman jinoiy sudining hukmiga köra, öğirlik va giyohvandlik kabi jinoyatlar sodir etganligi bois 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Oradan 1 yil ötmayoq amnistiya aktiga muvofiq jazoning qolgan qismi keçirilib, oilasi bağriga qaytadi.

Afsuski, şundan söng u hayotining atigi yarim yilini ozodlikda ötkazdi. Keyin yana jinoyatga qöl urdi. “Örgangan köngil örtansa qöymas”, ekan-da, öğriliksiz turolmadi. Boyiş ilinjida giyohvandlik bilan şuğullandi. Bilmay qoldi, axir Umirbekning yuriş-turişi nazoratga olingandi, yana qölga tuşdi. Bu gal 7 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo bağrikenglik tamoyiliga asosan, 3 yilu 5 oy deganda, sud ajrimiga köra, ozodlikka çiqdi.

Naçora, toza havodan nafas olib, emin-erkin yaşab örganmagan odamga ozodlik tatirmidi. Oilasi bağrida umrguzaronlik qiliş uzoqqa çözilmadi. Salkam 1 yildan söng u tağin hibsga olindi. Jinoyat kodeksining oğir oqibatga olib keluvçi giyohvandlik qilmişi uçun belgilangan 270- va 273-moddalari talabiga köra, bu gal 6 yilga kesildi.

Adolat va mehr-oqibatga yöğrilgan yurt qonunçiligi unga yana muruvvat körsatdi. Uç yildan söng jazoni ötayotgan U.Sapayev, yaʼni 2009 yil kuz çoği muddatidan ilgari ozod qilindi. Vo ajabo, deya yoqa uşlamay turing, oradan roppa-rosa 2 oy ötgaç bu kimsa tağin jinoiy işga bel boğladi. Qilmişi bu safar ham beiz ketmadi. Öşa yilning noyabr oyida aşaddiy bezorilik harakati uçun jazo tayinlandi, 5 yil muddatga ozodlikdan mosuvo etildi.

Ajabki, 2012 yili jazoni töla ötaşga 2 yilu 1 oy qolganida yana muddatidan ilgari ozod qilindi. Ötgan davrdagi qilmişi sabab jazoga tortilgani unga zarraça taʼsir qilmadi. Balki qamoqda yaxşi boqişgandir, kim biladi. Oradan köp ham, oz ham emas, 3 yil ötib Qöşköpir tumanida mömaygina öğirlik qilgani uçun yana sudning qora kursisiga “mix”landi. Bu gal 3 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Şunday esa-da, jazoni töla ötamayoq şartli ravişda ozodlikka çiqarildi. Bu safar jazoni ozodlikda ötaş tartibini qöpol ravişda buzdi, tağin panjara ortiga qaytdi. Öylab qolasan, odam nima uçun köra-bila turib jinoyatga qöl uraveradi? Ammo ol-a, deydigan odam yöqki, bu jinoyatçi şu yilning noyabr oyida jazo muddati tugamay kim neçançi bora ozod qilindi.

Özini bilgan va insoniylik siyohini unutmagan bandalar bu yangliğ qismat, körgulikka röpara kelişmaydi, çunki ular bundan özlarini asraşadi, manfur qilmişdan qoçişadi. Ha, şoir haq: kimki hayotdan saboq ololmas ekan, unga uluğ muallim ham saboq berolmaydi.

U.Sapayevning qinğir-qiyşiq hayot yöllariga razm solgan kişi hayotdan saboq ololmagan bunday kimsa Yaratganning bandasidan saboq olarmikin, degan öy-andişaga borişi turgan gap. Başarti buning aksi bölganida, Umirbek özining jinoyatkorona “yurişi”ga allaqaçon çek qöygan bölardi.

Afsuski, u töğri yölni ixtiyor etmadi, ögit va saboqlar, qonunçiligimiz talablariga quloq tutmadi. Oqibat galdagi jinoyatga qöl urdi. Tağin öğirlik bilan qölga tuşdi. Bu gal Umirbek ozodlikdagi hayotining ikkinçi oyi poyoniga yetmayoq xavfli qilmişning boşi berk köçasiga kirdi. “Hammaning közi ikkita bölsa, öğriniki törtta böladi”, deyişganidek, özi yaşayotgan tumanning “Hurriyat” mahallasida yaşovçi fuqaro B.Egamovga tegişli maşina garajining oçiq va nazoratsiz qolganini darrov payqab qoldi, harakatga tuşdi, barça mulk va jihozlarni ömardi-yu voqea joyidan uzoqlaşdi.

”Öğrigina bola”ning fahmi şu joyda oqsadi. Ulovni olib qoçganimni heç kim körmadi, payqamadi, degan xayoli puç bölib çiqdi. Qöşnisiga tegişli mulk notaniş kimsa tomonidan olib ketilayotganligini körgan 3-4 çoğli hamsoyalar şoşa-pişa Umirbekni taʼqib qilişdi. Özganing ulovini öğirlik yöli bilan özlaştirmoqçi bölgani barbod böldi. Ayblanuvçi U.Sapayev Jinoyat kodeksining 25-, 169-, hamda 60-, 61-moddalariga asosan 5 yilu 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi…

Balki bu safar tayinlangan jazo unga kor qilarmikan? Sirasini aytganda, oddiy fuqaro sifatida, bunga işoniş qiyin. Mabodo U.Sapayev sodir etgan jinoyatlari uçun berilgan jazoni töliğiça ötaganida u 33 yil qamoqda ötirişi kerak edi. Biroq, qonunlarmiz keçirimli, adolatli. Bu keçirimlilik, afvni töğri tuşunmay, qinğir qilmişini kanda qilmayotgan bu kimsaga nima deyiş mumkin?!

Akbar Aminov,

Jinoyat işlari böyiça Hazorasp

tuman sudi raisi.

Abdulla Sobirov,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan