Hayot – uluğ darsxona
Nukus şahridagi 37-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabi (IDUM) öquvçilari “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Qallibek Kamalov xonadonida bölişdi.
Vatanimizga, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan otaxon bugun 94 yoşni qarşi oldi. Ustoz tinim neligini bilmaydi. “El xizmatida” nomli memuar asarida çorak asrlik faoliyati, qolaversa, qoraqalpoq xalqining tarixi yozilgan qimmatli maʼlumotlar aks etgan.
Qallibek Kamalov yoşlar bilan muloqotda faoliyati davomida köp yurtlar körgani, turli toifadagi odamlar bilan suhbatlaşib, til, madaniyat örgangani, yoşi uluğ insonlarning nasihatini olgani, bolalik, öquvçilik yillari haqida maroq bilan sözladi.
— Faoliyatim davomida yutuq va kamçilik, oq-qora, yaxşi – yomonni köp kördim. “Köp yaşagan emas, köp körgan biladi”, deydi xalqimiz. Tinimsiz izlandim, tarixiy asarlarni tinmay öqidim. Anglaganim şu böldiki, xalqlar tarixi bebaho, benazir ekan, — dedi Qallibek Kamalov. — Öqiganimni yozdim. Tunni kunga ulab yaşadim. Töyib orom olganimni eslolmayman. Elimizning atoqli davlat arbobi Şarof Raşidov bilan yonma-yon mehnat qilganman. Endi bölsa xalqim ardoğidaman, keksalikda kamtarona xizmatlarimning rohatini köryapman.
Ha, hayot – uluğ darsxona. Xalqimizning şunday pirikomil yoşullilari bilan bölgan uçraşuvlar yoşlar uçun katta maktab vazifasini ötaydi.
Sayyora Atabayeva,
Nukus şahridagi 37-sonli IDUMning
ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi.
