Mahorat maktabi: Erkin Vohidov va ona tilimiz
Til, söz haqida tölib, yayrab, yoyilib yozişga, dil törida, til uçida turgan fikr-mulohazalar, orzu-armonlar, izlaniş-kuzatişlarni bemalol ifodalaşga keng maydon oçib beradigan janr ilmiy-badiiy publitsistikadirki, Erkin Vohidov uning imkoniyatlaridan unumli foydalanib kelmoqda. Köpçilikning yodida bor, ötgan asr saksoninçi yillar adoğida, maʼnaviy qadriyatlarimiz taqdiri uçun kuraş qizigan kezlarda, tilimizga davlat tili maqomi beriş töğrisidagi qonunning ilk loyihasi matbuotda bosilib, muhokamaga qöyilgandi. Öşanda şoirimiz Erkin Vohidov “ÖzAS” sahifasida “Özbekça salomga özbekça alik bölsin” degan ötkir, dadil maqola bilan çiqdi.
Söz durlarin termoqdir işi
Ona tili — umummillat mulki, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men özbekman degan har bir inson özbek tili uçun qayğurmoği kerak. Til yolğiz mutaxassislarning mulki, xususiy tomorqasi emas, uni boyitiş, gözal qiliş, xas-xaşaklardan tozalaş, unutilgan, maʼnosi özgargan sözlarni tiklaş hammaning işi…
Özbekiston Qahramoni, Xalq şoiri Erkin Vohidovning betakror, şeʼriy, dramatik asarlari, qoyilmaqom tarjimalari, hofizlar tilidan tuşmay kelayotgan gözal ğazallari adabiyot, maʼnaviyat şaydolari qalbini zabt etgani, yurtimiz sarhadlari oşa yaqin-yiroq manzillarga yetgani, madaniyatimiz xazinasini boyitib kelayotganiga yarim asrdan oşib ketdi. Bu haqda köp iliq gaplar aytilgan, yozilgan. Ayni çoğda şoirning ona tilimiz haqida goh suyunib, goh kuyunib aytib, yozib kelayotgan fikrlari, mazmundor, ilmiy-publitsistik maqola, tadqiqotlari ham borki, mavzuimiz şu xususda.
Til, söz haqida tölib, yayrab, yoyilib yozişga, dil törida, til uçida turgan fikr-mulohazalar, orzu-armonlar, izlaniş-kuzatişlarni bemalol ifodalaşga keng maydon oçib beradigan janr ilmiy-badiiy publitsistikadirki, Erkin Vohidov uning imkoniyatlaridan unumli foydalanib kelmoqda. Köpçilikning yodida bor, ötgan asr saksoninçi yillar adoğida, maʼnaviy qadriyatlarimiz taqdiri uçun kuraş qizigan kezlarda, tilimizga davlat tili maqomi beriş töğrisidagi qonunning ilk loyihasi matbuotda bosilib, muhokamaga qöyilgandi. Öşanda şoirimiz Erkin Vohidov “ÖzAS” sahifasida “Özbekça salomga özbekça alik bölsin” degan ötkir, dadil maqola bilan çiqdi. Sababi, loyiha rus tilida yozilib, özbek tiliga xom-xatala ögirilgani, bir qator xatolari borligini dalillar bilan körsatib bergan, pirovardida köpçilikning fikr-mulohazalari, taklif-istaklari inobatga olinib, loyiha töldirilib, ança mukammal holga keltirilgan, 1989 yil 21 oktyabrda qonun qabul qilingan edi. Uşbu tarixiy voqea, hurriyat elçisi, Mustaqillikning maʼnaviy poyondozi hamyurtlari, hamkasblari qatori Erkin Vohidovni ham behad ruhlantirgan edi. Ardoqli şoirimiz tilimizning boyligi, husni-jamoli, sofligi, muammolari, istiqboli haqida mudom qayğurib, jonkuyarlik qilib kelayotgan faol ijodkorlardandir. Şoirning “Ona tilim” (“Xalq sözi”, 2003 yil, 21 oktyabr), “Tirik xazina yoxud “jahongaşta söz” ( “ÖzAS”, 2009 yil, 27 fevral), “Söz – zabarjad, Söz – gavhar, oltin” (“Kitob dunyosi”, 2013 yil, 9 oktyabr, 2014 yil, 29 yanvar) maqolalari fikrimiz dalilidir.
“Ona tilim” tarixiy qonun qabul qilinganiga 15 yil tölişi munosabati bilan yozilgan. “Bir marta yaşaydigan inson öz qismatiga özi ega bölib, özgaga mute bölmasdan, ozod-emin yaşasin ekan. Öz ona tilida sözlab, öz Ollohingga siğinib, öz ota-onangni öz uduming bilan kömolmasang, bu dunyoga kelmaganing ham maʼqul ekan. Biz şunday kunlarni boşdan keçirdikki, hozirgi yoşlar tinglab yoqa uşlasalar ajab emas…”
Maqolaning ilk satrlariyoq öquvçini qiziqtirib qöyadi, öyga toldiradi, huşyor torttiradi. Keçagi tarixdan, istiqlol şarofatidan hikoya, misollar vaʼda qilinayotgani anglaşiladi. Muallif ökinçli ohangda boşlangan sözlarini ötgan kundan noliş, umrini yaşab ötgan tuzumga yana bir toş otib qöyiş deb anglamaslikni, keçagi kun xatolaridan saboq çiqariş xayrli işligini pisanda qiladi. Maqolaning “E, özimiz ekanmiz-ku”, “Til fidoyilari, qaydasiz?”, “Nelar topdik, nelar yöqotdik”, “Jahon tajribasi va “izm”lar”, “Bobilmi yoki Vavilon?”, “Ğalati maşhur”, “Proba” özbekçada qanday böladi?” kiçik sarlavhaçalari öziyoq uning mazmuni, kötarilgan muammolaridan darak berib turibdi.
Muallif istibdod zamonida ona tilimiz nufuzi pasayib, xizmat doirasi torayib, hukmron til soyasida qolib ketganligini, ayrim yurtdoşlarimiz öz yurti tili qolib özga tilda gapiriş, yozişga majbur bölişgani yoxud şuni maʼqul körişgani, tarki odat amrimaholga goh jiddiy, goh tagi zil hazil misol, dalillar keltiradi. Çindan-da bir qança xorijliklar özbekçada binoyidek, şirin gaplaşganlari holda özimizning ayrim kişilarimiz, hatto ziyolilarimiz…
Keling, şoirning Ilza Sirtautasga bağişlangan şeʼrini öqib biling:
Termulaman Ilza xonimga,
Közlarimga işonmay hayron.
Amriqolik xuşröy olima
Sözlar edi özbekça ravon…
Keling, sizni ona yurt uçun,
Fidolar bir tinglab quvonsin.
Bu quvonçdan lekin bir umr
Judolar ham quvonsin, yonsin…
Öz elati mehridan dilin,
Yot tutganlar sizni eşitsin.
Öz yurtida öz ona tilin,
Unutganlar sizni eşitsin.
“Tirik xazina yoxud “Jahongaşta söz” maqolasi Qaroyib sarlavhasi bilanoq diqqatni tortgan, öqişga rağbat uyğotgan, barçaga maʼqul, manzur bölgan edi. Biz hayotda, ijodda tez-tez duç keladigan, köp işlatadigan, lekin kelib çiqişi, “tarjimai holi”, maʼnaviy, axloqiy çegarasi, qismati bilan unçalik qiziqmaydigan ança-munça sözlarning etimologiyasi, bugungi holatiga jiddiy eʼtibor qaratadi, mağzini çaqib beradi, qiyosiy tahlillar qiladi. “Ulğaygan sözlar”, “Bir pas neça daqiqa?”, “Fuqarolar deyiş töğrimi?”, “Madina va madaniyat”, “ğarib, ğaroyib sözlar”, “Tilning joni bor” fasllari misol, dalillarga, tahlil, tadqiqlarga boy.
Mahkama sözi ustidagi bahsning guvohi bölgani, hokim, hukm, hakam, hukumat, muhokamaga özakdoş, hikmat daraxti ham şu ildizdan unib çiqqanini eslatişdan boşlangan möʼjaz tadqiqot öqigan odamni, ayniqsa, ijod ahlini loqayd qoldirmasligi tabiiy.
Muallif sözning bamisoli tirik jondek hayot keçirişi, tuğilişi, kamol topişi, zavolga yuz tutişini qayd etar ekan, istak, xohiş maʼnolarini anglatgan iroda sözi ösib qalb qudrati, qatʼiyatni, Bobur ruboiysida azob-uqubatni bildirgan mehnat sözi bugungi kunda baxt-saodat omili, şon-şaraf işiga aylanganini eslatadi. Navoiyning
Qaro közum, kelu mardumliğ emdi fan qilğil,
Közum qarosida mardum kibi vatan qilğil –
misralari avval anglatgan, hozir anglatayotgan maʼnolar doirasi tadqiqida qora köz va köz qorasi birikmalarida ham özgaça maʼno ottenkalarini ilğaydi. Tahlil jarayonida “bilsangiz ham qaytaray” degan pisandaga kelsak, bu, birinçidan, kamtarlik bölsa, ikkinçidan, “Qaro közum” haqida olim, şoir, sanʼatkorlarning bir qança şarhlari mavjud bölsa-da, bu şoh ğazalning teran mazmun-mohiyati töliq oçib berilmaganligiga işora, nazarimizda. Şoirlar sultonining “Bir pos çu tundin ötdi ul xayl” misrasiga zarrabin nigohini qadab, luğatlarda pos tunning sakkizdan biri, bir soatga teng tungi muddat, soqçi, posbon, rusça çasovoy maʼnosini beruvçi atama ekanligini aniqlaydi. Sözning boşiga ham yaxşi-yomon kunlar tuşişini yigit, bahodir sözlari Rossiyaga kelib “djigit”, “bagatыr” bölib qadr topgani, lekin polvon-balvanga, pahlavon axlamonga aylanib obrösizlangani haqidagi faktlar ham ğaroyib. Fuqaro, madaniyat, mamluk sözlari tadqiqi ham qiziq. Qadimda sahroyi arablar, badaviylar, şaharliklar madaniy deyilgani, tilimizga ham şu maʼnoda kirib kelganini eslatgaç, şahar va şaharlik atamalariga, madaniyat tuşunçalariga özgaça maʼno baxş etganini, masalan, qişloq madaniyati deganda qişloqning şaharlaşuvi, qişloqlik endi ilgarigi emas, kiyinişda, muomalada, yuriş-turiş, rözğor tutişda heç bir şaharlikdan kam emasligini alohida qayd etadi.
Muallif ayrim sözlarimiz xorijda boşqaça maʼno anglatişidan ogoh qilib, ibratli misollar keltiradi. Şulardan biri, inqilob yillari Turkistondan quvğin qilingan bir guruh vatandoşlarimizga Istanbulda şahar voliysi hurmat körsatib, qanday istak-orzulari borligini söraganda, mehmonlarning uluği taşakkur bildirib, har narsa yetarli, faqat bekormiz, bizga korxona kerak, deb mehmonni ğalati holga solib qöygan ekan: u yerda bekor sözi böydoq, korxona sözi işratxona maʼnosini anglatar ekan.
Erkin Vohidov uşbu maqolasida ham Navoiy dahosiga, lisoniy boyligi, tengsiz mahoratiga murojaat qiladi, ibratli misollar keltiradi. Hayratlanarlisi, bobokalonimiz ançayin şoirlar töpori, jaydari hisoblab işlatişni ep körmaydigan supurgi, tiş qirçillatiş kabi sözlarni qöllab, ajib maʼnolar çiqargan edi. Xalq şoirimiz Şarq va harb adabiyotidan çuqur xabardorligi, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Maşrab va boşqa uluğlar şeʼriyatini sinçiklab örganganligi, ularga muxammaslar boğlagani, şarhlar bitgani, tarjimalar qilgani, betinim izlangani, zahmat çekkani uçun ham taniqli nozim, Ğazalnavis, dostonnavis maqomiga yetişga, “Yoşlik devoni”, “Muhabbat”, “Tirik sayyoralar”, “Nido”, “Ruhlar isyoni” kabi yetuk asarlar, zamonaviy “Muhokamat-ul luğatayn” yaratişga muvaffaq böldi. Muallifning Mahmud Qoşğariy bobomizning kitobi yostiğimiz ostida bölmoği kerakligini taʼkidlaşi, arablar grammatika ustida tortişib qolişsa, Zamaxşariy bunday deb yozgan deyişlari bilan bahs tugaşini eslatişi bejiz emas.
“Söz – zabarjad, söz – gavhar, oltin” maqolasini muallif şoir, adib, publitsist, lingvist, muarrix, faylasuf bölib yozibdi, desak mubolağa bölmas.
Uşbu maqolasida ham şoir ajib, sirli, sehrli söz olamiga sayohat qiladi, sözni idrok etiş, ildiziga yetiş, mağzini çaqişda öquvçini ham hamrohlikka, hamkorlikka çorlaydi. Muallif aytganiça bor: sözni eşitamiz, sözlaşni qotiramiz, uning mağzini çaqiş esa aksar xayolimizga kelmaydi. “Köz”, “Uz”, “El”, “Omonat”, “Böl”, “Çaq”, “Yurak”, “Kök”, “Oy” kabi sözlardan urçigan yangi söz, atamalar tarixi, tadqiqini öqiş maroqli va huzurbaxş. Özagi çaq sözi bilan boğliq yigirma beş söz, birikmani sanadim, oxiri gugurt çaqiş, söz mağzini çaqiş, çaqçaqlaşib oliş bilan tugaydi. Ana, tilimizning imkoniyatlariyu muallifning hafsalasi!
“Olimlar, topib bering, qaysi tilda quyoşning öndan ortiq ismi bor! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek yetti xil nom bilan ataydilar? Osmon, falak, samo, çarx, gardun, fazo, kök… Arş, davvor, minu singari kam işlatiladigan xos sözlar ham sanalsa röyxat yanada uzayadi” – faxr, ğurur bilan yozadi şoir. Oy, el, köz sözlari ham tandirgan uzilgan nonday yangi söz, birikmalar yasaşda xamirturuş vazifasini ötagan ekan.
“Uzum” yedim, “uzum” dedim, bilsam tokdan uzib yedim, degandek, qölim bilan işkomdan uzum uzaturib, bu sözning uzmoqdan olingani xayolimga kelgan edi. Axir ungan narsani unum, ğuj ösgan mevani ğujum, jamiyat tuzilişini tuzum, çöğning qöridan qolgan kulni qurum, deymiz. Oğizga solib yutganimizni yutum, tomoqdan qult etib ötgan suv qultum bölganidek, işkomdan uzib yeganimiz uzum böladi-da… Kuraydigan qurolimiz kurak, içki aʼzo içak, gul tubida turadigan idiş tubak – biz uni tuvak deymiz – ekanini biliş qiyin emas, lekin köksimizda gursillab urgan yurakni yurak deyiş töğrimi yoki urak? Yurak yuradimi, uradimi?…
Saj usulidagi uşbu şoirona satrlar, teran tahlillar, gözal iboralarni maqolamizda ataylab köproq keltirayotibmiz, toki jön, jaydari ifodalarim nozik, nafis, taassurotni susaytirmasin deb.
Maqolaning “Eng avvalgi söz”, “Oy farzandi”, “Kömirga aylangan umr”, “Damaşqda maşq”, “Maoş va oş”, “Ismiyaminning ismi yaminmi?” boblari özi alohida ğaroyib hikoyalar, ularni albatta öqiş kerak, aytib berilsa jozibasi kamayadi.
Yana bir iqtibos keltirişimning boisi bor: “Gap köp, kömir oz” degan iborada muallif çuqur maʼno, tagdor fikr körmaganini aytadi. Suhbat çözilsa, sandalning çöği sovub qolgani uçun şunday deyilarmikin, degan fikrga işonqiramay yozadi: “Öylaşimça, bu ibora aslida gap köp-ku, umr oz bölgan. Ku yuklamasining keyingi sözga qöşilib ketişidan umr kömirga aylangan. “Aslini tiklasak, dunyoning dardini aytişga umr yetmaydi, degan falsafiy xulosa çiqadi”. Uşbu talqin yo taxmin familiyamga bevosita daxldor bölgani uçun qiziqtirib, öylantirib qöydi meni.
Muallif fikriça, özbek tili uç buyuk daryo – turkiy, arabiy, forsiydan suv içiş barobarida eski lotin, xitoy, möğul, rus, Yevropa tillaridan bahra olgani bois boy, heç bir tilda bölmagan şakldoş sözlar sanʼati tuyuq özbek tilida bor, boşqa xalqda yöq askiya, söz öyini bizda mavjud.
Til töğrisida xalqaro bitim yöqligini, xalqlar bir-biridan söz va atamalarni heç ijozatsiz olişlari, özlariga moslab istagan şaklga solişlari, xohlagan maʼnoni yuklab, tanib bölmas holga keltirişlarini taʼkidlagan muallif (“oğizdagi tilga xöjayinlik qilişimiz mumkin, lekin jamiyat hodisasi bölgan tilga hukm ötkaziş imkonsiz”) xorijga borib qolgan vatandoşlarimizni öylab, ehtiyot bölib söz işlatişdan ogoh etadi. Masalan, Hindistonga borganda kamina muxbirman deyilsa, yaramas josusman degani, taklif olib keldim degani kulfat olib keldim, degani bölarkan. Özimizda töyxatlarga baʼzan hozir ham bitilib kelayotgan “Lutfan taşrif buyurişingizni sörayman” iborasida öz şaxsini uluğlab, mehmonni kamsitiş maʼnosi bor ekan.
“Ustoz otangdan uluğ” iborasi xususida fikr yuritib, otadan aziz va uluğ kişining yöqligi şak-şubhasizligi, maqol xalq ijodi ekanligi, ijod esa badiiyatsiz, badiiy mubolağasiz bölmasligini taʼkidlab, fikrini asoslaş uçun postulatlar, qiyos, dalillar keltiradiki, bu muallifning publitsistikada (şeʼriyatida ham) qöllaydigan sinalgan usullaridandir.
Inson boşi toşdan qattiq emasligi, yigit toğni urib talqon qilolmasligi, dunyoni suv bossa töpiqqa çiqmasligi barçaga ayon, lekin maqolni heç kim notöğri demaydi: “Odamlarda tafakkur kuçi ortgan sari tasavvur kuçi kamayib bormoqda. Zavq-şavq örnini sovuq hisob-kitob egallamoqda. Aql va yurak bahsida hissiyot yengilib, quruq mantiq ğalaba qilmoqda. Bu jamiyat uçun xatarli hol” – degan xulosaga keladi publitsist. “Dan” örniga “dek” işlatiş tarafdorlariga muallif “qamişdek xizmat qiliş” ni hazilomuz maslahat beradi, garçi qamiş köp böğinli, içi böş, şamolda tebranuvçi, xipça, ingiçka, çaqqon, yigitlardek xizmatga şay bölsa-da, “qamişdan bel boğlab” degan “notöğri” ibora xalqqa singib ketgan.
Tilimizga xos yana bir jihatga – qadimda tur, yur, yot, ot, çop kabi qisqa, bir böğinli sözlar askarlikda köp işlatilgani, buyruq berişga qulay bölganligiga eʼtibor bergan, maʼqullagan muallif özimizga oson bölsin uçun sözni qisqartiriş (Muhammad Rahim, Mamaraim, Maraim, Mirim), atamaning yarmini yutiş (közingni oç, oyoq ostiga qara deyiş örniga közingga qara deyiş), joy nomlarini notöliq aytiş (Anjan, Rişton va h.k.) nojoyiz mantiqqa zidligini, tarki odat – amrimahol bölayotganini kuyunib yozadi, gapiradi.
Ona tili — umummillat mulki, til oldidagi masʼuliyat ham umummilliy. Men özbekman degan har bir inson özbek tili uçun qayğurmoği kerak. Til yolğiz mutaxassislarning mulki, xususiy tomorqasi emas, uni boyitiş, gözal qiliş, xas-xaşaklardan tozalaş, unutilgan, maʼnosi özgargan sözlarni tiklaş hammaning işi, maqolalar yozişga tayyorlaniş jarayonida saksondan ortiq unutilgan, maʼnosi özgargan yo buzilgan sözlarni topdim.
Erkin Vohidov til uçun qayğuriş, uni boyitiş, sofligini saqlaş hammaning işi, der ekan, eng avvalo, tilşunoslar, adiblar, ijodkor ziyolilarni nazarda tutadi. Qilni qirq yoradigan, beş jildli “Izohli luğat” ni yaratgan, köp kitob, tadqiqotlar bitgan tilşunoslarga dam-badam murojaat etib, Alibek Rustamov, Şavkat Rahmatullayev singari taniqli allomalar nomini tutib ğoyat muşkul va murakkab iş – “Etimologik luğat” tuzilişini, til muammolarini kötarişda faol bölişga undaydi. Ayni çoğda şoirning maqolalarida tilşunos olimlarga nozik iddaoni seziş qiyin emas. “Şunça vaqt sarflab, material yiğib, nufuzli gazetamizda “Ona tilim” degan katta maqola bilan çiqsamu birorta ham aks-sado çiqmasa-ya, deya ginaxonlik qilganini eşitgan, öqigan, xijolat çekkan edik.” “Tirik xazina” bosilganda professor Şavkat Karimov ikkimiz kiçik bir maqola bilan çiqqandik. “Söz – zabarjad…” ayrim, viloyat, tuman gazetalarida köçirib bosildi, aks-sadolar berildi. E. Umarov, N. Jumaxöja, N. Rahmonov, V. Rahmonov, A. Meliboyev, Ş. Tölaganov va boşqa ijodkorlarning katta-kiçik maqola, tadqiqotlari çiqib turgani, ardoqli ijodkorimiz Erkin Vohidovning tilimiz haqida dil törida, til uçida turgan salmoqli sözlarni topib yozgani, uning millatning öq ildizi bölgan tilga nisbatan jonkuyarligidan dalolatdir.
Maqolaning söngi bobi “Dasturxon”, deb ataladi. Ardoqli şoirimiz “Kitob dunyosi”ning xontaxtasida biz, öquvçilarga tökin dasturxon yozib tildan tayyorlangan, biri-biridan mazali tört xil taom bilan mehmon qildi. Keling, taomilga köra, qöl oçib fotiha qilaylik: “Ilohi omin, ekkanning (izlab, topib yozganning), tikkanning (bir neça sonda çop etganning), yeganning (öqiganning, bahramand bölganning) otasiga rahmat”.
Söz zargari, tilimiz jonkuyari
Bu yuksak bahoga hamma şoir, adib, olimni ham birdek munosib deb bölmaydi. Bir neça tilni, eng avvalo, ona tilini çuqur egallagan, “egarlagan”, uning boyliklari, nazokati, tarovati, tovlanişlaridan keng xabardor, sözni öz hukmiga töliq böysundirgan, soqqaday öynatadigan sanʼatkorlargina eng yuksak taʼrifga loyiqdirlar.
Buyuk şoirlarimiz Navoiy, Bobur, Maşrab, uluğ allomalar Koşğariy, Zamaxşariylar şunday zotlardandir. Qolaversa, yaqin tariximizda yaşab ötgan Qodiriy, Çölpon, Oybek, Ğafur Ğulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Odil Yoqubov, Şukur Xolmirzayev, Toğay Murod kabi adiblar, Ozod Şarafiddinov, Ğaybulla Salomov kabi olimlarning gözal, latif asarlari xotiramizda birma-bir jonlanadi.
Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov ham gözal, purmaʼno badiiy asarlari, qoyilmaqom tarjimalari, tilga, sözga oid ilmiy, publitsistik maqolalari, maroqli suhbatlari bilan madaniyatimiz taraqqiyotiga salmoqli hissa qöşib kelayotgan faol ijodkorlardan. Erkin akaning ijodi, faoliyati, şaxsiyati haqida köplab tadqiqotlar yaratilgan, risola, kitoblar yozilgan, ğazallari hofizlar repertuaridan keng örin olgan bölsa-da, ularning yana bir katta xizmati — tilimizga oid ilmiy-publitsistik maqola, nutq, suhbatlari, izlanişlari, jonkuyarliklari alohida mulohaza yuritişga loyiq. Tadqiqotçilarining yozişi, özlarining eslaşiça, bolaligidan kitobga, yozuv-çizuvga mehr qöygan, qöliga tuşgan badiiy, ilmiy, tarjima asarlarni öqib taşlayvergan, maktabda hamma fanlarni birdek puxta özlaştirgan bölsa-da, til, adabiyotga iştiyoqi özgaça bölgan, sözni yaxşi his qilişi bois şeʼr yozişga erta kirişgan. Fakultet devoriy gazetasida domlasi Yoqub Ğulomga “Tilimizda votti-votti, asta-sekin yöqolvotti”, deya hazil satrlar bağişlaşiyoq talabaning sinçkovligi, talabçanligidan nişona edi. Öşa kezlarda yozilgan “Qaro qoşing, qiyiq qayrilma qoşing, qiz”, — deb, sözlari faqat “q” harfi bilan boşlanuvçi ğazali, “Olma” va boşqa tizmalari şeʼr texnikasini puxta egallayotgani, teran mazmunni çiroyli şaklda ifodalaşga intilayotgani, asardan asarga ösib borayotgani dalolati edi.
Şoirning öquvçilarga tandirdan endi uzilgan nondek taqdim etgan har bir şeʼr, doston, drama, maqola, tarjimalari (ayniqsa, tanqidçilik öz vaqtida, tezkor munosabat bildirgan, yuqori baholagan “Yoşlik devoni”, “Nido”, “Ruhlar isyoni” dostonlari, ğazallar şarhi, “Tirik sayyoralar” turkumi, “Şoiru şeʼru şuur”, “Iztirob” kitoblari, özbekçaga ögirilgan “Doğistonim”, “Faust”, “Fors taronalari” ijodiy kamoloti, badiiy mahorati bobida yangi bosqiç, öziga xos çöqqi ediki, bu köp jihatdan asar tili ustida jiddiy işlaş, söz ummoniga çuqur kirib boriş, betinim izlaniş, topiş samarasi edi.
“Söz durlari termoqdir işim” — şoirning qutluğ maqsadi, estetik kredosi, butun ijodi — buning isboti. Şeʼriyatida bevosita tilga, sözga bağişlangan tizmalari (masalan, “Ona tilim ölmaydi” (1976), “Ilzaxonim” va hokazolardan taşqari, ularga bilvosita daxldor, aloqador satrlari ançagina “Özbek böliş oson emasdir” şeʼrida xalqimizga xos köplab fazilatlar içida birini alohida taʼkidlaydi:
Neça bölib yöqlikka mahkum,
Tildan, dindan bölmagan mahrum.
Sinib, singib ketmagan mardum –
Özbek böliş oson emasdir.
Erkin Vohidov haqidagi bir risolada “u sözni soqqaday öynatadi”, — degan maqtov ibora işlatilgan. Bu — aslo mubolağa emas. Mana, şoirning ikki satri:
Qalbga gar istarsan orom, böl yomon sözdan yiroq,
Karvalol içmoq kerakmas, kar va lol bölmoq kerak.
“Şaxmat abadiydir, şeʼr ham abadiy” maqolasida Navoiyning “Şah yonin farzin kibi kajlar maqom etmiş, netong, Rostrovlar arsadin gar çiqsalar ruhdek qiroq” misralarini şunday teran tahlil etib, tagdor maʼnolarini çaqib beradiki, bu mumtoz şeʼriyat va qadimiy öyindan çuqur xabardor kişininggina qölidan keladi.
Bir neça yil muqaddam öşa kezlar Puşkin köçasida joylaşgan yozuvçilar uyuşmasida bölib ötgan yiğilişda Erkin Vohidov bir hazil şeʼr öqigandi. Notiq naşriyotga rahbarlik qiyin, serğalva işligi, hammaning ham könglini topib bölmasligini aytib şunday kulgili, beğaraz satrlar öqib bergandi.
Ixtiyor Rizo,
Baxtiyor Rizo,
Moskvalik Nikolay Dorizo
Bari mendan norizo
Men — direktorman!
Yoki samolyotda töqilgan uşbu törtlikni oling:
Safar çoği tayyoraning dilbar kelini
Kök yuzini barçamizga taxti sulaymon qildi.
Lekin eʼlon öqiganda özbek tilini
Davlat tili bölganiga puşaymon qildi.
Erkin Vohidov tabiatiga xos yumor tuyğusi ijodiga ham köçgan. Mayin, beozor kulgi asarlarini yanada maroqli qilgan (loaqal “Donişqişloq latifalari”ni yoxud “keksalik gaştini surayotgan” otaxonning dil izhorini eslaylik). Bilsa-hazil, bilmasa-çin maqomidagi mayin, beozor, birda yumşoq, birda qattiq yumor şeʼr, ğazallari, dostonlari, dramalari, maqolalar aro soçilib yotganday tuyulsa ham aslida maqsadni, ğoyani birlaştirib, yozuvlarni “yelimlab” turadi.
Şoir buyuk bobokalonimiz ijodini keng, çuqur örganiş zamoni kelganidan benihoya şod, xurram, Navoiy ğazallariga muxammaslar bastalaydi, şarhlar yozadi, yoş döstlariga nasihat qiladi, ogoh etadi:
Özbek Navoiyni öqimay qöysa,
Oltin boşning kalla bölgani şudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora soçning malla bölgani şudir.
Yayrab, yoyilib, tölib yozişga, dil törida, til uçida turgan dard, muammo, fikr-mulohazalar, orzu-armonlar, izlaniş-kuzatişlarni bemalol ifodalaşga keng maydon oçib beradigan janr ilmiy-badiiy publitsistikadirki, Erkin Vohidov uning imkoniyatlaridan unumli foydalanib kelmoqda. “Şoiru şeʼru şuur”, “Iztirob” kitoblari, matbuotdagi maqola, suhbatlari, efir, ekran, uçraşuvlardagi çiqişlari buning dalili. Ötgan asr saksoninçi yillar adoği, tilimiz taqdiri, muammolari haqida gaplar ayni qizigan kezlarda Erkin Vohidov maʼnaviyatimiz jonkuyari, mohir publitsist sifatida ham faollik körsatdi.
Şoir Amerika, Kanadaga safarlari çoğida taqdir taqozosi bilan uzoq zamonlar u yoqlarga borib qolgan vatandoşlarimiz öz tillarini, urf-odatlarimizni saqlab qolganliklari, farzandlari, nabiralarini ham şunga örgatişgani, yoşlarning aksariyati 5-6 tilda bemalol gaplaşişlarini körib xursand böladi, havasi keladi, özimizning yigit-qizlarimiz ham köp tillarni egallaşlarini orzu qiladi (istiqlol yillari bu orzu amalga oşayotgani guvohimiz).
Şoirning N.Karimov, U.Normatov, N.Otaxonov, N.Muhammad, Q.Oçilov, Ş.Otabek, Ş.Jabborov va boşqalar bilan suhbatlari, maqolalari, şeʼr, ğazallari şarhida ham tilga eʼtibor, söz masʼuliyatiga oid muhim fikrlar ibratli misollar köp uçraydi. Muallif istiqlol yillarida “Ona tilim”, “Tirik xazina”, “Söz — zabarjad…” nomli salmoqli tadqiqotlar bilan çiqdi. Ardoqli şoirimizning zamonaviy “Muhokamat ul-luğatayn”i yoxud Navoiy tadqiqotiga nasriy muxammasi alohida maqola, risola mavzusidir.
Saydi Umirov – Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi.
Manba: «Kitob dunyosi» va «Hurriyat» gazetalari.
