Asl aytimlarni kuylaylik!
Ramazon — muqaddas röza oyi kirganidan xabar beruvçi, har bir satrida şukronalik, hayotimizdan mamnunlik kayfiyati ufurib turgan marosim qöşiği. Anʼanaga köra, hududlarda röza oyining dastlabki uç kunida yoki öttiz kun davomida öğil bolalar iftorlikdan keyin uyma-uy yurib, ramazon qöşiqlarini kuylaydi. Avvaliga xonadon sohiblarining yaxşi xislatlarini uluğlovçi misralar örin oladi:
Rözaning uç kunini tutib keldik sizga, Rözaning zakotini bering bizga. Röza ham öttiz kunlik mehmondir, Rözani tutmaganlar yomondir.
XX asr örtalarida kuylangan ramazon qöşiqlarida uy egalarining olijanobligi, mehmondöstligi taʼriflangan. Ularga sihat-salomatlik tilab, fikrlaşga undaydigan qiziqarli rivoyat, tildan-tilga köçgan hikoyatlar ham kiritilgan. Ayrim jumlalarni anglaş uçun aytuvçidan muayyan bilim talab etilgan. Unda asosan payğambarlar hayoti, qissa va hikoyatlar örin olgan:
Payğambarning ön bir öğli bor yedi,
Ön biridan şoh Yusuf gulzor yedi.
Şoh Yusufni ovga olib çiqdilar,
Çoh(quduq)ga taşlab, böri yedi, dedilar.
Salom ayting Ali şer-u Xudoga,
Salom ayting Muhammad Mustafoga.
Ramazon aytgan bilan töyamizmi,
Burungining qada(odat)sini qöyamizmi?
Xalq oğzaki ijodida römol — oila, oila haqidagi orzu, oy ramzi. Quyidagi misralarda buning isbotini köramiz:
Uyingizning orqasida qöyning izi,
Maşhadi römol tikar boyning qizi.
Maşhadi römol bordir belimizda,
Ayta-ayta ketamiz biz yölimizda.
Eʼtibor bersangiz, bu satrlarda beğuborlik, samimiylik bor. Bolalar heç qanday iddaosiz, heç kimdan biror manfaat kutmasdan “muqaddas oy kirib keldi, suyunçi bering, suyunçi”, deyayotganday quvonayotgani anglaşiladi. Bugun-çi? Zamonamizning ayrim “aytuvçi”lari köp hollarda “pul işlaş” maqsadida ostona hatlaydi. Afsuski, ularning ota-onalar bu oyning muqaddasligi, fazilati haqida yetarliça tuşunça bermagan körinadi:
Öçoqda kul,
Karmonda pul.
Çiqara qoling
Ming söm pul…
Xalqimizning boy merosi, ota-bobolarimiz kuylagan gözal folklor namunalari bir çetda qolib, bunday qofiyalarni kuylaş — olma va öriklar ğarq pişib turgan boğda qoqi-yu turşak yeb ötirişga öxşaydi.
Qadimgi ramazon qöşiqlarini nihoyatda keng maʼno qamrab olgan. Ularda uy egalariga “qöçqordek öğil”, “köngil guli — qiz” tilaş kabi satrlar bor. Zamonaviy ramazon aytuvçilar xonadon egasi nimadir ehson bersa, uni olib köp holatlarda indamasdan çiqib ketadi. Ayrimlar bir oğiz “rahmat” bilan çeklanadi. Vaholanki, asl ramazon qöşiqlarida rahmatni ham şeʼrga solib aytişgan ekan:
Sim-sim tillo, sim tillo,
Suvga solsa botmasin.
Xudo bergan keng davlat
Tepkilasa ketmasin!
Muxtasar aytganda, uluğ oyning muqaddas qöşiğini öynoqi, havoyi sözlar bilan emas, ota-bobolarimizdan meros qolgan asl aytimlar bilan kuylaylik. Zero, qadriyatlarga va milliy anʼanalarimizga hurmat közi bilan qaramoq — har birimizning burçimiz.
Abdulaziz Ahmedov,
“Hurriyat” gazetasi muxbiri
