Teatr tomoşabinga taşna, tomoşabin-çi?..

Heç tatib körmagan mevasining taʼmini avvaldan taxmin etolmaydi kişi. Va köpinça “Men buning mazasini bilmayman”, deyiş örniga, öşa meva haqida köpçilik nima deyayotgan bölsa, osongina ularning hamfikriga aylanib oladi.

Boşqa masalalarda ham şunday. Masalan, teatrga tuşib körmagan odam atrofdagilarning “Eh, teatr deganlari zerikarli ekan” mazmundagi gaplari taʼsirida teatrga tuşmoq istagidan voz keçib qöyişi mumkin. Yana şu tomoni ham borki, biror kim “Spektakl deganlari ajab narsa-da, xuddi özing ham televizorning içida ötirib körgandek bölasan”, deb taʼrif etsa, uning eʼtirofi boşqa odamning qiziqişiga ham sabab böladi, albatta.

Teatrning tomoşabopligi, albatta, milliy dramaturgiyamizning rivoji bilan boğliq. Bugun adabiyotimizdagi qator nasriy va nazmiy janrlar sayqallanib borayotgan bir payt­da, dramaturgiya bu taraqqiyotdan ortda qolayotgandek, nazarimizda. Holbuki, yurtimizdagi salobatli teatr binolarining çinakam sahna asarlariga va tomoşabinlarga taşnaligi şundoqqina sezilib turadi.

Garçi jamiyatda köplab mavzularga ğoya böladigan voqealar yuz berib turgan bölsa-da, tragediya janridagi maqtagulik sahna asarlari deyarli uçramaydi, komediyalarning esa saviyasi kişida haqli eʼtiroz va jiddiy xavotir uyğotadi. Dramatik turning asosiy janri va mavzu kölami ança kengroq bölgan dramaga mavzu topilmayotgandek. Taqdim etilayotganlarining mazmuni, undan kelib çiqadigan xulosalar bir xillaşib bormoqda.

Vaholanki, sahnaga olib çiqiş mumkin bölgan mavzular sanoqsiz. Masalan, jadid maʼrifatparvarlar hayoti, mustaqillik davri qahramonlari, global, ekologik muammolar va ularning oqibatlari, inson ruhiyati bilan boğliq ziddiyatlar, agar sanayversang, adoğiga yetiş qiyin. Mumtoz adabiyotimiz namunalariga ham murojaat qilmay qöydik. Soniya sayin yangiça texnika jihozlar, qulaylik­lar yaratilayotgan bir davrda odamlarning şahar çetidagi “köhna” teatrni xuşlamaslik­lari-yu, zuvalasi pişitilmagan sahna asarining takror va takror namoyiş etilişi ham teatr ixlosmandlarini undan uzoqlaşişiga sabab bölmoqda.

Bugungi sahna asarlari taniqli şoir Anvar Obidjon, olim va dramaturg Şuhrat Rizayev, yozuvçi Tohir Malik, Şarof Boşbekov, Erkin Xuşvaqtov singari ijodkorlar mehnati doirasi yoki atrofida qolib ketmoqda. Bilamizki, axborot asrida odatiy hol bölib ulgurgan uyali aloqa vositalari, internet tarmoqlari bolalarning ongu şuuriga taʼsir etmay qolmayapti. Bolalarda kaltabinlik, şafqatsizlik, badjahllik, beparvolik kabi qusurlarning şakllanişiga, şuningdek, atrof-muhitga, yaqinlariga nisbatan hissiz bölib qolişiga sabab bölmoqda. Bu jarayon xuddi qumsoat qumlarining tökilişiga öxşab, sekin keçayotgan bölsa-da, natijasi juda oğir bölişi tayin. Şunday vaziyatda biz uçun yagona najot nima bölişi mumkin? Albatta, çinakam adabiyot va sanʼat!

Tobora erinçoq bölib borayotgan insonlarga makon, zamon, harakat birligini jamlagan dramatik tur namunalari boşqa turlarga nisbatan tez taʼsir qiladi.

Milliy dramaturgiyamizning suprasi qurib qolayotgan bölsa-da, yoş ijodkorlarimiz orasida bu sohaga qiziquvçilar unça-munça topiladi. Ötgan yili “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida ikki nafar yoş ijodkorning dramatik turdagi asarlarini öz içiga olgan ikki kitob naşr qilindi. Bulardan biri Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat ins­titutini tamomlagan Şavkat Döstmuhammadning “Koinot himoyaçisi” nomli, ikkinçisi, şu institutning magistranti Obidjon Röziboyevning “Merosxör” nomli kitoblaridir. Obidjon Röziboyevning “Meros­xör” pyesasida hozirda keng ildiz otib borayotgan mol-dunyoga ruju qöyiş, yaqinlarga bölgan eʼtiborsizlik, jismoniy yoki ruhiy xastaligi bölgan insonlarni kamsitiş illatlarini va ularning taqdirimizga taʼsirini körişimiz mumkin. Pyesa sönggidagi qotillikning kutilmagan tarzda amalga oşirilişi tomoşabinni hayajonga soladi.

Şavkat Döstmuhammadning kitobi bolalarga bağişlangan bölib, ikki pyesa va bir multfilm ssenariysidan iborat. Albatta, bolalarga atab asar yaratiş eng masʼuliyatli va murakkab iş. Bola nozik niholdek gap, şamol notöğri essa ham taʼsiri seziladi.

Şavkat Döstmuhammadning kitobidagi birinçi asar “Gulsevarning gullari” nomli qöğirçoq teatri uçun tört körinişli ertak-pyesa bölib, bolalarni tabiatga yaqinlaşişga undaydi, uni sevişga örgatadi. Muhimi, mavzu ahamiyatli va yetarliça yoritib berilgan. Tabiatga nisbatan unitayozgan mehrimizni yodga soladi. Kitobçadagi ikkinçi pyesa “Şalpangquloqlar” deb nomlangan. Çaqimçilik, badxulqlik, kattalarga hurmatsizlik holatlari tanqid qilingan va ulardan qutuliş uçun bolalarga örinli maslahatlar berilgan. Qahramonlarni nomlaşda ham öziga xoslik bor. Tomoşa davomida bolalarga murojaat qiliş, ularni faollikka çorlaş, fikrlarini söraş pyesa ijrosi jonli va qizğin keçişini taʼminlaydi. Ammo tabiiyki, yoş ijodkorimizning asari kamçiliklardan ham xoli emas. Muallif Otquloq (Otaquloq) bilan bola­lari örtasidagi muloqotda odobsizlikni börttirib yuborgan. Ammo barçaning nomidan xulosa örnida aytilgan sönggi band pyesaga omadli yakun yasagan:

Köngilga yaxşi niyat

Tugiş kerak har kuni.

Oilamizga foydamiz

Tegiş kerak har kuni.

“Koinot himoyaçisi” multssenariysi esa birmunça zamonaviy ruhda va bolalarning qiziqişlariga yaqinroq, tabiatning bölagi — oyu yulduzlarga bolalar eʼtiborini özgaça yöl bilan qaratgan asar bölgan. Yengil kulgi bilan birga aççiq kinoya ham uçraydi: Nahotki yulduzlar heç kimga kerak bölmasa?

Öylaymizki, milliy dramaturgiyamiz yoş isteʼdodlar hisobiga yana jonlanadi, yana öz sohasining ustasi bölgan rejissyorlar, aktyorlar, dramaturglar bilan boyiydi. Ustoz adabiyotşunoslarimiz ham yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşlari, kerakli örinlarda tanqid qilib, yöl-yöriq körsatişlari zarur.

Şuningdek, tegirmonni quruq aylantiravergan bilan buğdoy solmasangiz, un qayda? Ijodkor ölib-tirilib, qoğoz qoralayversa-yu, unga rağbat bölmasa, asari sahnada öynalgan mahal uni tomoşa qiladigan qoraköz tomoşabin bölmasa, qanday böladi? Kimning yozgisi keladi? Şuning uçun özimizda ham tomoşabinlik madaniyatini, teatrga işqibozlik ruhini şakllantirişimiz, kuçaytirişimiz kerak. Toki, sahna asari yozilgaç, ustozlar tomonidan maʼqullanib, rejissyor mahorati bilan sahnada jonlanganda, tomoşabin öz “vazifa”sini bajarsin! Pyesadan ibratni, maslahatni, ruhni öziga singdirib, keyin boşqalarga yoysin. Şundagina teatr sanʼa­tini bugunimiz bilan boğlay olamiz, şundagina uni ertamizga tatbiq eta olamiz. Jadid bobokalonlarimiz: “Teatr ibratxonadir”, deganida neçoğlik haq bölganlarini teatrga tuşsangiz, bilasiz-da.

Öylab köring, oxirgi marta qaçon teatrga borgansiz? Yoki farzandlaringizni teatrga yetaklab borganingizni eslay olasizmi?

Şalola SAFARTOŞEVA,

Alişer Navoiy nomidagi

Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti

universiteti talabasi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan