Bola baxşi. Unga taxallusni Muhammad Rahimxon Feruz qöyganmidi?
— Xivada bir yoş baxşi çiqibmiş körsangiz hayron qolasiz,özinnan dutori ulli(katta)miş. Şundin zör ovozi bormişki,eşitganlar “tasdiq”aytamişlar.
1908 yilning ayni bahorida Xiva qalʼasi içinda şunday gap tarqalgan ekan. Qurbonnazar baxşini eşitganlar uni zör berib maqtaşsa eşitmagan, körmaganlar bir körişga iştiyoqmand edilar. Qalʼada tarqalgan gap Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy — Feruz quloğiga yetibdi. Feruzxon ham adabiyot va sanʼat şaydosimasmi baxşini ustozi bilan birga saroyga oldirişga farmon beribdi. Töqqiz-ön yaşar Qurbonnazar ustozi Jumanazar baxşi hamrohligida dutorini olib xon huzuriga kiradi.
Muhammad Rahimxon Feruz kiçkina baxşidan bir noma eşitib kördi.
— Tufalam-a, köz deymasin, ino bola baxşi. Ustozinga, ota-onangga rahmat öğlim. Kamol top. Bundan keyin sening oting Bola baxşi bölsin, deb Qurbonnazarning yelkasiga qoqib qöydi.
Şu-şu xivalik nomdor baxşi Qurbonnazar Abdullayev Bola baxşi bölib el içinda tanildi. 1899 yilda tavallud topgan Bola baxşi ön yoşidan qölida sozi bilan elga xizmat qildi.
Aytişlariga qaraganda Bola baxşining ajdodlari öz davrining közga köringan atoqli baxşi va göyandalari bölişgan ekan. Sandiqda bobosining dutori köz qoraçiğiday saqlanarkan. Qurbonnazarning otasi uni heç kimga bermay avaylab saqlarkan.
Qurbonnazar 3-4 yoşlarida kasal böladi. Isitmasi sira tuşmaydi. Uni tabibga körsatişadi. Tabib unga damlama beradi. Kunlarning birida onasi damlamani sandiqdan olmoqçi bölib turganda Qurbonnazarning közi sandiqdagi dutorga tuşadi. Bu dutor uning bobosidan yodgor bölib heç kimga körsatilmas va berilmas edi. Bobosi buni qaçonki mening korimni tutgan bolalaringga berasan, deb vasiyat qilgan ekan. Qurbonnazar onasiga dutorni olib bering deb xarxaşa qiladi. Dutorni olib berişga esa otasi ruxsat qilmagan. Qurbonnazar şu payt huşidan ketib yiqiladi. Yuziga suv sepib öziga keltirişadi. Endi u yiğlaşga tuşadi. Onasi bolasidan ayrilib qolişdan qörqib dutorni sandiqdan olib beradi. Bola yiğidan töxtab öziga keladi. Kun kundan soğaya boşlaydi. Bu voqeani tabibga aytişadi. Tabib boladagi ğayritabiiy holni sezadi. Unda Alloh tomonidan berilgan ilohiy bir kuç bor edi.
Uning bobolaridan qolgan eski lisonda yozilgan doston kitoblari bölib xat savodi çiqqaç, Qurbonnazar ota-onasi yordamida ularni öqib örgana boşlaydi. Öşa yillari Xivada Yodgor bulomonçi va Jumanazar baxşilar nom qozongan maşhur baxşilardan edilar. Otasi Qurbonnazardagi iqtidorni payqab, ularga şogirdlikka beradi. Yoş Qurbonnazar bu ikki baxşidan dutor çalişni, baxşi termalarini örganadi.
— Yodgor bulomonçi ilmi daryo sanʼatkor edi, — deb eslagan edi Bola baxşi şogirdlari bilan suhbatda. — U kişidan juda köp narsa örgandim. Bola baxşi bölib tanilişimda şu ustozlarimning hissalari köp.
Bola baxşi repertuarida “Oşiq Ğarib va Şohsanam”, “Oşiq Mahmud”, “Bozirgon”, “Xirmondali”, “Avazxon”, “Kampir”, “Qirqming”, “Safar kösa” kabi 20 ga yaqin doston bölib, ulardan “Bozirgon” dostoni 1965, “Avazxon” dostoni 1967 yili yozib olinib, naşr etilgan. U hayoti davomida juda köplab anjumanlarda iştirok etgan. 1937 yilda Moskvada ötkazilgan Özbekiston adabiyoti va sanʼati dekadasida, 1938 yili Özbekiston xalq ijodçilari olimpiadasi, Xalqaro Oltoyşunoslar folklor anjumanida qatnaşgan. U 1938 yili Özbekiston xalq dostonçisi unvonini olgan.
Bola baxşi hayoti davomida yuzdan ziyod şogirdlar yetiştirgan. Uç Respublika xalq artisti Komiljon Otaniyozov, Ivot bola, Otaxon baxşi, Qalandar Normatov, Karim baxşi Otamurodov, farzandlari Matyoqub, Matnazar, Davlatnazar, Özbekiston xalq baxşilari Norbek va Yetmişboy Abdullayevlar ana şular jumlasidandir.
Baxşining yetmişidagi Yetmişboyi
1970 yili yangi yil kirib kelişiga 17 kun qolganda Bola baxşi öğil farzandlik böldi. Yetmiş yoşida körgan farzandiga Yetmişboy deb ism qöydi. Baxşi buva Allohning qariganda bergan bu uluğ neʼmatiga şukrona keltirib eliga uç keça-yu uç kunduz töy beradi. Yetti iqlimdan baxşi şoirlar, göyandalar taşrif buyurib soz-suhbat qildilar. Yetmişboy baxşilar oilasi muhitida ösgani uçun ham doston qöşiqlariga oşufta bölib ösdi. Bola baxşi qayerga borsa Yetmişboyni otining orqasiga mingaştirib olib borardi. Doston keçalarida unga ham bir ikki noma ayttirib körardi. Tanimaganlar “Baxşi buva, bu yigitça nevarangizmi?” deb söraşardi. Ismini eşitgaç, yigitçaning sozu ovoziga qoyil qolişardi. Xullas, Yetmişboyni ham otasining Bola baxşi bölib elga tanilgan yoşida xalq tanidi.
Yetmişboy 1988 yili tumandagi 4-umumtaʼlim maktabini tomomlab, öz iş faoliyatini Ogahiy qişloğida taşkil qilingan “Doston” folklor-etnografik ansamblida baxşi doiraçi bölib boşlaydi. 1990 yilda Toşkent davlat Madaniyat institutining kunduzgi bölimiga öqişga kiradi. Öqişni 3-kursdan sirtqiga özgartirib, tumandagi Sayot qişloq madaniyat uyi badiiy rahbari, 1999-2009 yillarda Yangiariq tumanidagi 40-sonli Nafis sanʼat gimnaziya maktabida musiqa fani öqituvçisi, hamda Ostona madaniyat markazi badiiy rahbari vazifalarida faoliyat olib boradi. 2008-2011 yillari Xiva şahridagi 5-bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Baxşiçilik” yönalişi böyiça öqituvçi, 2009 yildan boşlab hozirgi vaqtgaça Xiva pedagogika kollejida musiqa yönalişi böyiça katta öqituvçi vazifasida işlab kelmoqda.
Yetmişboy Abdullayevning el-yurt oldida qilgan xizmatlari va baxşiçilik yönalişdagi qilgan samarali mehnatlari inobatga olinib unga 2011 yilda Özbekiston xalq baxşisi unvoni berildi.
U şu paytgaça Respublikamiz hamda jahon miqyosida bölib ötgan turli körik-tanlovlar va xalq ijodiyoti anjumanlarida iştirok etib faxrli örinlarni qölga kiritişga erişdi.
Jumladan, 1982-1983 yillarda Toşkent şahrida ötkazilgan “Sanʼat bayrami” festivalida Respublika bosqiçi ğolibi, 1985 yilda Xorazm viloyati Şovot tumanida bölib ötgan “Baxşi şoirlar” körik-tanlovida qatnaşib “Kiçik baxşi” nominatsiyasiga sazovor bölgan. 1989 yilda Örta Osiyo, Qozoğiston, Doğiston, Kavkazorti davlatlarining Ozarbayjonda bölib ötgan butunittifoq “Baxşi özanlar” xalq ijodkorlari festivalida Gran pri sovriniga, 2003-2005 yillar “Alpomiş” dostonining 1000 yilligi munosabati bilan Surxondaryoda bölib ötgan “Baxşi şoirlar” körik- tanlovida 2-örin, 2007 yilda Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumanida bölib ötgan “Baxşi şoirlar” körik-tanlovida 2-örin sohibi böldi. 2006 yilda “Baxşi, rep muzika, brek va milliy raqslar” konsert festivali uçun Şveysariya davlatining rivojlaniş agentligi sertifikatini qölga kiritdi. 2018 yilda esa YUNESKO tomonidan nomoddiy madaniy meros böyiça sertifikatga ega böldi.
Uning repertuarida qadimiy dostonlardan “Avazxon”, “Bozirgon”, “Xirmondali”, “Oşiq Mahmud”, “Oşiq Ğarib va Şohsanam”, Göröğli turkumiga kiruvçi dostonlar örin olgan. Bir qança xorijiy davlatlarda bölib baxşiçilik sanʼatini namoyiş qilgan. Jumladan, Ukraina, Ozarbayjon, Turkmaniston va 2006 yilda Yevropaning Şveysariya, Germaniya, Belgiya davlatlariga borib konsert dasturlari namoyiş qilib tomoşabinlar olqişlariga sazovor böldi.
Yetmişboy Abdullayev uç nafar farzandning otasi. Katta öğli Avazxon Abdullayev Xiva tumanida maktabgaça taʼlim muassasasida musiqa taʼlimidan saboq beradi. Örtança öğli Qurbonnazar Abdullayev Urganç davlat universitetining musiqa yönalişining 2-bosqiç talabasi, kenja öğli Bahromjon Abdullayev ham otasidan dostonçilik sir-asrorlarini örganib kelmoqda.
— “Alloh bermasa natali, boş olib qayga ketali”, — deyiladi dostonlardagi nomalarda, — deydi Özbekiston xalq baxşisi Yetmişboy Abdullayev. — Otamning taqdiri misolida baxşiçilik ilohiy ekanini yorqin köriş mumkin. Alloh bergan iqtidor, isteʼdod bölmasa qölga tor olib el oldiga çiqiş qiyin. Baxşiçilik — bu bir teatr. Baxşi obrazga kirib goh Göröğli bölib, goho Bozirgon bölib gavdalanib tinglovçiga dostonning mazmun-mohiyatini yetkaza olişi kerak böladi.
Yetmişboy ijodi davomida otasi bergan ögitlarga amal qilib keladi. Bola baxşi: “Xonanda böl, sozanda böl, ammo baxşi böliş osonmas” deb köp taʼkidlardi. Doston aytiş uçun sanʼatkordan zehn, mustahkam xotira talab etiladi. Bola baxşi hatto bir dostonni uç keçalab aytganini odamlar haligaça eʼtirof etişadi. Buning uçun albatta, Alloh yuqtirgan iqtidor bölişi kerak.
Yetmişboy ham otasi boşlab bergan Bola baxşi dostonçilik maktabini davom ettiriş yölida yangidan-yangi dostonlarni örganiş, şogirdlar tarbiyalab xalq xizmatiga yöllaş borasida tinim bilmay ijod qilmoqda. Bugungi kunda uning Rasulbek Abdurahmonov, Sevinç Otajonov, Rustamboy Ollaquliyev, Kamoladdin Böjonov kabi şogirdlari el xizmatiga kamarbasta bölişmoqda. Bularning parvozidan el ham, ustozi ham mamnun.
Boltaboy Matqurbonov,
jurnalist
