Pok niyatlar, xayrli işlar ijobati

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, xalq artisti Ozodbek Nazarbekovga

Hurmatli Ozodbek Ahmadoviç!

Sizni avvalo Özbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlanganingiz bilan samimiy tabriklayman. Bu şarafli lavozimga har jihatdan loyiqsiz. Sohani yaxşi bilasiz. Ipidan-ignasigaça desam, aslo mubolağa bölmaydi. Çunki, köp yillardan buyon vazirning örinbosari, birinçi örinbosari vazifalarida işlab katta tajribaga ega böldingiz. Sizga köproq davlat odami, sohaning asosiy rahbari sifatida murojaat qilyapman. Ayni paytda xalqimizning sevimli va ardoqli sanʼatkori sifatida ham.

Men salkam 40 yildan buyon matbuotda sanʼat va madaniyat jurnalistikasi böyiça faoliyat yuritib kelayotganim bois, til uçida turgan ayrim mulohazalarimni aytişni lozim topdim. Bunga ozgina bölsayam maʼnaviy haqqim bor, deb öyladim. Qolaversa, bu dadillikka Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi ham undadi.

Murojaatnomada şunday ibratli sözlar bor: “Şarq donişmandlari aytganidek: “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxşi tarbiya, eng katta qaşşoqlik – bu bilimsizlikdir!”

Şu sababli hammamiz uçun zamonaviy bilimlarni özlaştiriş, çinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi böliş uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanişi kerak”.

Şubhasiz, “yuksak madaniyat”ni şakllantiriş, odamlar ongiga singdiriş oson jarayon emas. Ayniqsa, bu yoşlar tarbiya­sida katta ahamiyatga ega.

Keling, yaxşisi gapni Sizga bevosita yaqin va aloqador bölgan milliy qöşiqçilik va aşula sanʼatiga oid mulohazalarimni bildirişdan boşlasam. Öz vaqtida kamina ham uşbu mavzuda köplab ijobiy va tan­qidiy maqolalar yozganman. Kamçiliklarni bartaraf etaman, deb yozaverib soçlarim oqarib ketgani ham rost…

Bugungi kunda milliy musiqa va qöşiqçilik, estrada sanʼati sohasida yutuqlar bilan birga ança-munça muammolar, kamçiliklar töplanib qolgani – bor haqiqat. Bundan aslo köz yumib bölmaydi.

Özingiz ham yaxşi bilasizki, har bir davrning öz sanʼatkorlari, ularning öz muxlislari, tinglovçilari böladi. Bu tabiiy hol. Masalan, maşhur qöşiqçilar hayoti va faoliyati bilan tanişsangiz, ular hamişa xalq bilan birga bölgan. Faqat töy-maʼrakalar bilan çeklanib qolmay, qayerda ulkan işlar, bun­yo­d­korliklar boşlangan bölsa, ular ham faol qatnaşib, özlarining betakror kuy-qöşiqlari bilan odamlarga kuç-ğayrat bağişlab, madadkor bölganlar. Sanʼat tarixida bunga misollar köp. Lekin ular hozirgi ayrim sanʼatkorlarga öxşab, pulni birinçi öringa qöymaganlar.

Masalan, biz bolaligimizdan Maʼmurjon Uzoqov, Jöraxon Sultonov, Komiljon Otaniyozov, Faxriddin Umarov, Olmaxon Hayitova, Bobomurod Hamdamov, Otajon Xudoyşukurov qöşiqlarini tinglab voyaga yetganmiz. Esimda: 3-sinfda öqiyotgan davrimda öşa paytda maşhur bölib ketgan Faxriddin Umarovning “Olma töla savatingni yerga qöy” qöşiğini aytib berib 5 baho olganman. Bolalikda nimalar bölmaydi deysiz? Aslida bu qöşiqning yuksak taʼsir kuçi edi…

Mamlakatimiz mustaqil bölganidan söng milliy kuy-qöşiqlarga köp tomonlama munosabat özgarib ketdi. Qöşiqçilikning kölami, dolzarbligi ortdi, mavzusi yangilandi. El sevgan köplab xonandalar kaşf böldi. Mavridi keldi aytib ötay, Siz ham mustaqillik davrida xalqimiz qalbidan örin olgan taniqli sanʼatkor bölib tanildingiz. Bugun köplab isteʼdodli şogirdlarning ustozisiz.

Bugun qöşiqçilik sanʼatimiz batamom özgarib ketganligining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Ijobiy tomoni köplab yoş isteʼdodlar paydo bölayotir. Xalqaro körik-tanlovlarda ğolib bölib, Vatanimiz şarafini yuksaklarga kötarmoqda. Salbiy tomoni esa şou-biznes bilan estrada qorişib, töğrisi qovuşib ketdi. Ularni ajratib oliş muşkul bölib qoldi.

Ustoz sanʼatkor Bobomurod Hamdamov aytganidek: “Ilgari faqat ovozi borlar, hozir esa köpinça oğzi borlar qöşiq aytayapti”. Şaxsan men bu fikrga qöşilaman. Siz-çi?..

Pala-partişlik, sayozlik, baçkanalik, baqir-çaqir oqibatida estrada qöşiqçilik sanʼatining obrösi bir qadar tuşib ketdi. Tinglovçi bunday “qöşiqlar”ni tinglamaydigan darajaga yetdi. Diydasi ham, quloği ham toşday qotdi. Bir narsaga hayronman: “Özbeknavo” (hozirgi “Özbekkonsert”) degan taşkilot litsenziya berib, litsenziyani bekor qilib, yana uç kundan söng yana qaytarib beradigan bozor­qömga öxşab qoldi. Katta sahnalarda berilayotgan konsertlarning dasturlarini köriş, ularga kerakli maslahatlar beriş “Özbekkonsert”ning asosiy fao­liyati bölişi kerak emasmi? Qaçonki, bugun estrada qöşiqçiligi boşi berk köçaga kirib borayotgan, baçkanalik va sayozlik tobora avj olayotgan ekan, bunga kimdir javob berişi lozim, albatta.

Yana bir jiddiy sababi ötgan yigirma beş yil içida qöşiqçilik, ayniqsa, estradaga bilib-bilmay aralaşiş oqibatida, bir qator kamçiliklar röy berdi. Ayrim el sevgan taniqli hofizlar sahnalardan, teleekranlardan çetlaştirildi. Yillar davomida qöşiqlari berilmadi. Bunday şafqatsizlik faqat qöşiqçilikda emas, sanʼatning boşqa sohalarida ham röy berdi. Baʼzan bilib, baʼzan bilmay şöro davrini rökaç qilib, köpgina qadriyatlardan, hayotimizga singib ketgan milliy urf-odatlar, anʼanalardan voz keçildi. Afsuslar bölsinki, şöro davri “mahsuloti” deb kutubxonalardagi noyob va kerakli kitoblardan ham voz keçildi. Yuksak mahorat bilan yaratilgan badiiy va telefilmlar, ayrim videofilmlar öçirib taşlandi. Salla va soqolli qahramonlar aks etgan barça turdagi filmlar hamda ayrim spektakllar qatağonga uçradi. Aslida asosiy nuqson filmlardagi qahramonlarning sallasida emas, balki yaxşi kitoblarni ayovsiz yöqotgan, ayrim film va spektakllarni taqiqlagan, nönoq kimsalarning kallasida edi.

Yaratganga şukrki, muhtaram Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Prezidenti etib saylanganlaridan söng ADOLAT qaror topdi. Sönggi uç yildan buyon Prezidentimiz rahbarligida izçil olib borilayotgan barça sohalardagi ulkan islohotlar, innovatsion yuksalişlar qatorida milliy adabiyot, sanʼat va madaniyat gurillab rivojlanmoqda. Daryolar özanlariga qaytmoqda. Toptalgan taqdirlar qadr-qimmati tiklanmoqda. Prezidentimizning farmonlari bilan “Maqom” va “Baxşiçilik” sanʼati böyiça xalqaro körik-tanlovlarning ötkazilişi tarixiy voqea böldi. Bu qadim sanʼatlar barhayotlik fasliga kirdi.

Sizdan iltimosim şuki, mamlakatimizning uluğ mutafakkir bobomizning muborak nomlari bilan ataladigan Navoiy viloyatida teatr umuman yöqligidan yaxşi xabardorsiz. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Joriy yilda byudjet mablağlari hisobidan 22 ta teatr va madaniyat obʼyektlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi”, deb qatʼiy belgilab qöyilgan. Navoiyliklar zamonaviy teatr bun­yod etilişiga umid qilsalar böladi. Şunday emasmi?

Yana bir taklifim: badiiy kengaşlarni yanada jonlantiriş, ularning faoliyatini qaytadan jiddiy köriş – zamon talabi. Badiiy kengaşning qarori adolatli va haqiqiy qaror bölsin. Işlamagan va özgartirilgan qarordan putur ketadi. Oqibatda baçkana, yengil-yelpi qöşiqlar kösak qurtiday bolalab köpayadi.

Ayniqsa, kliplarni ham tartibga soliş payti allaqaçon kelgan. Çunki, olinayotgan kliplar nihoyatda açinarli va şarmandali ahvolga tuşib qoldi. Aksariyat qizlarimiz özbekligini, hayosini, or-nomusini unutib qöyayotgan bölsa? Öylab qolaman, jilla qursa ularning ota-onalari qayoqqa qarayapti?

Qadrli Ozodbek Ahmadoviç!

Gapirsak gap köp. Muammolar ham, kamçiliklar ham yetarli. Men avvalo, yuqorida aytganimdek, siz maşhur sanʼatkor va qöşiqçilik sanʼatini teran tuşunadigan yangi vazir bölganingiz uçun öz mulohazalarimni eʼtiboringizga havola etdim. Bundan ranjimaysiz, degan umiddaman. Çunki niyatimiz bitta — milliy madaniyat va sanʼatimiz jahonga çiqsin, yanada rivoj topsin.

Gözal madaniyatimiz va sanʼatimiz siz Madaniyat vaziri bölgan davrda yana yuksaklarga kötariladi deb umid qilib qolamiz.

Hurmat bilan,

Aşurali Jörayev,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan