Unutmoq osonmas ularni
Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi
… Aksariyat sodda, jön asarlarni tuşuniş, hazm etiş ança oson: ularda qahramonlar yaxşi va yomonga, ijobiy va salbiyga aniq ajratib beriladi. Butun körguliklarning sababçisi – salbiy obrazlar bölsa, jamiki ezguliklar faqat ijobiy qahramondan kutiladi. Bunday kitoblarning dastlabki boblaridayoq xotimaning şarpasi körinib-sezilib turadi. (Şunisi taassufliki, butunjahon öquvçi ommasi orasida aynan şunaqa “asar”larning işqibozlari safi tobora kengayib bormoqda…)
Dunyo adabiyotining mumtoz namunalarini özaro birlaştiruvçi köplab xususiyatlar içida esa bir muhim jihat alohida ajralib turadi. U ham bölsa, mazkur asarlarda qahramonlar taqdiri, voqealar yeçimi, butun hikoyadan hosil böladigan xulosada, u yoxud bu personajni, yoxud holatni sababçi — aybdor qilib körsatişning imkoni yöqligidir. Deylik, I.Gyotening “Faust”, M.Dostoyevskiyning “Aka-uka Karamazovlar” hamda “Jinoyat va jazo”, L.Tolstoyning “Anna Karenina”, E.Remarkning “Uç oğayni” singari asarlaridagi voqea-hodisalar aynan şunday yeçimlar topişida u yoki bu qahramonni “gunohkor” qilib belgilaş oson iş emas. Ayniqsa, hazrat Navoiyning “Farhod va Şirin” dostoni boş qahramonlari qismatida bir lahza izsiz şarpadek körinib yöqoladigan “qaddi dol” kampirni boş sababçi qilib taniştiriş borib turgan göllik bölur ediki, hozir bu borada batafsil muşohadaga beriliş niyatida emasmiz.
Şu nuqtai nazardan betimsol adib Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” romanida yuz beradigan fojiaga nazar taşlaylik. Xöş, Kumuşbibining ölimi, majnuna Zaynab körguligi, Otabek va Yodgorbeklar taqdiri, umuman, yakka-yu yagona, komil farzandlaridan ajralgan ikki pokiza oila fojiasida kimni ayblamoq kerak? Umuman, bu iş, şu amalning özi kerakmi, şartmi?
Roman asosida suratga olingan dastlabki kinofilmni körgan aksariyat odamlar bu fojiada Özbek oyimni ayblaşlariga köp guvoh bölganmiz. Holbuki, bu natija, avvalo, film rejissyorining, qolaversa, mazkur rol ijroçisi Maryam Yoqubova talqinining hosilasi ekanini bu odamlar öylab ham körişmaydi.
Romanni öqigan didli kitobxon esa Özbek oyim xarakteriga xos jihatlarni, bu ayolning Toşkent kiborlari orasida tutgan örnini, öğli Otabek taqdiriga befarq bölolmasligi, oxir-oqibat, özbekning bir onasi sifatida öğli Marğilonda qilib kelgan işni dastlabiga heç hazm qila olmasligi, hazm qilişi mumkin ham emasligini yaxşi his qiladi. Bu kitobxon, nihoyat Toşkentga kelgan kelini Kumuşni qarşilab bağriga bosar ekan, Özbek oyimning yelkalari nima uçun içki yiğidan titrayotganini ham, aslida bu yiği özi qilib qöygan işning qançalar xato bölganini birdan anglagan, şuning barobarida bölajak fojiani yurakdan his qilgan ona qayğusi ekanida teran tuşunadi. Özbek oyimga nisbatan eʼlon qilingan ayblovga qarşi çiqadi.
“Ötkan kunlar” deganda faqat kinofilmni köz oldiga keltiradigan yana bir guruh muxlislar fojia aybdori sifatida ikki qöllab Zaynabni körsatişlari ham köp kuzatiladi. Ular bir muddat özlarini Zaynabning — Toşkentdek şahri azimning eng suluv qizlaridan biri, ne-ne xonadonlardan kelgan sovçilar yetişa olmagan, Hasanaliga aravani qöştirib, “marğilonlik andi”dan öğlini sovutar darajada çiroyli kelin izlagan Özbek oyimning nazariga tuşgan, sodda va samimiy qizning örniga qöyib körsinlar-çi?! Ne umidlar bilan kelinçaklik libosini kiygan bu qizning yozuği nedirki, şarʼiy nikohiga olgan eri biror marotaba u bilan yostiqdoş bölmasa, biror marotaba soçini silab erkalamasa, ming bir bahona bilan kunini köçada ötkazişni kanda qilmasa… va uyalmay-netmay “mijozim ojiz” degan yolğonni işlatsa…
Agar Zaynab insoniy, ayoliy his-tuyğudan bebahra, qotillik uçun yaratilgan bir kimsa bölsa, nima uçun majnuna — jinni bölib qoldi, ne his uning bir yildan keyin xotini qabri ustiga kelgan Otabegini keçasi bexato topib yöqlaşiga sababçi böldi? Endi ayting: şu Zaynabni — çorasiz majmunani ayblaş — unga nisbatan yana bir jafoni ravo köriş bölmaydimi?
Ayrimlar Yusufbek hojida kerak paytda qatʼiyat yetişmagani, öjar, dali-ğuli xotinini joyiga qöyib qöyiş qölidan kelmaganini iddao qilişni ham özlariga ep körişadi. Holbuki, millatning uluğ vakili timsoli yangliğ köz oldimizda gavdalanadigan bu inson har bir kişining, xususan, boşiga “kelin taşvişi” tuşgan xotinining ham insoniy istaklarini, orzu-umidlarini yaqindan his qiladi, şunday tabiiy istaklarni-da yaşaş huquqini hurmatlaydi. Bir yoqdan marğilonlik kelinning Toşkentga yuborilişi paysalga solinayotganidan, ikkinçi yoqdan yagona öğlini elga töy berib uylaşni istagan xotinining qistovlaridan zada bölgan, eng muhimi esa – özining oilasidan labzsizlik çiqişini öziga ep bilmagan Hoji oxiriga qadar ikki kelin — kundoş örtasida paydo bölişi aniq ziddiyatlarning oldini olişga urinadi. Qolaversa, roman hodisalari keçayotgan davr uçun köpxotinlilik bugungidek seskantiruvçi, labzni buzişga arzigulik favqulodda holat sanalgan emas.
Çinakam xalq murabbiyalaridan biri, rahmatli şoira va voiz opamiz Tursunoy Sodiqova özining jontortar maʼruzalari hamda nihoyatda öqişli kitoblarida bu masalada Otabekni sudlamoqdan özini tiyolmas edilar. U kişini eşitgan yoki öqigan odamlar opaning töla haq ekaniga şubha qilişlari, muallif keltirayotgan bir-biridan mantiqli va hayotiy dalillar, tahlillardan qoniqmasliklari ham, darhaqiqat, mumkin emasdek. Biroq biz bu masalada Tursunoy opamizga-da qarşi turişga majbur bölamiz. Zero, u kişi bu muammoga sof hayotiy, hatto maişiy nuqtai nazardangina, köproq aql pozitsiyasidan turibgina yondaşadiki, buning natijasida Otabekni xudbinlikda – faqat özini öylaşdek qusurda ayblaşga ötib ketadi.
Holbuki, Otabekning öziga xosligi, uning Homid yoxud Sodiq tugul, hatto “Mehrobdan çayon”dagi Anvar mirzodan ham boşqa odam ekanligini inobatga olmasak, uning özbek söz sanʼatidagi mutlaqo yangi, ohorli xarakterini tuşunmasak, bu qahramonning jozibasini, ismiga mos öziga bekligini, eng muhimi – çinakam köngil kişisi ekanini his qilmaslikdek noşudlikka yöl qöygan bölamiz. Çunki Otabek mana şu fidoyi köngli bilan, mard va olijanob xarakteri bilan, buyuk şafqati va sadoqati bilan dunyo adabiyoti obrazlari qatoridan öziga munosib joy egallay olgan!
Qolaversa, agar adabiy asar va uning qahramonlari xatti-xarakatlariga Tursunoy opadek sof hayotiy pozitsiyadan yondaşadigan va bunda “fojianing oldini oliş mumkin edi-ku” degan, u kişiga xos samimiy istakdangina kelib çiqadigan bölsak, “Ötkan kunlar” romani ham yozilmas, agar yozilsa, uning hodisalari mutlaqo özga özanlarda keçgan bölur edi. Boşqaça aytganda, roman qahramonlarining har biri aynan şunday odamlar bölgani, yozuvçi dahosi ularni ayni darajada işonarli yarata olgani tufayli ham asar şunçalar öqişli, öziga tortuvçi, mudom muhokama etiluvçi ölmas kitob maqomiga erişgan.
Umuman, “Ötkan kunlar” romanida, biz yuqorida bir qisminigina eslaganimiz mumtoz asarlarda bölgani singari, şundoq ham murakkab, çigal, inson bolasi sirini yeçişga qodir bölmagan şafqatsiz hayot manzarasi yana-da murakkablaştirilib, ziddiyatlari alohida börttirilib, mana şu murakkablik va ziddiyatlar içida yaşamoği talab etiladigan insoniy ruh evrilişlari butun palitrasi bilan aks ettiriladi. Aytganimiz jön, sodda va soxta asarlardan farq qilaroq, bunday kitoblarni bir öqişda “yamlamay yutiş”, idrokka osongina singdiriş mumkin emas. Yana bir bor Navoiy hazratlari: “Közni ökuş saʼy ila zabt etgamen, Yetsa köngil zabtiğa iş, netgamen?!” deganlarida aynan şunday – köz zabtiga emas, köngil zabtiga qaratilgan asarlar qayğusini qilganlarini yaqindan his etamiz…
Abdulla Qodiriyni ham özi yaşaşga mahkum bölgan zulmat saltanidan Navoiylar, Gyotelar, Dostoyevskiylar dahosi bilan oçilgan tafakkur kengliklariga parvoz qilmoği, ana şu buyuklarning nurli qahkaşoniga qöşilmoğini taʼminlagan ezgu qayğular şular bölsa, ajab emas.
Rahmon Qöçqor,
filologiya fanlari nomzodi,
TDYUU dotsenti v.b.
