Farmoyiş kutadi botir daraxtlar
Yomğirli peyzaj
Çiğanoq höplaydi nayson tomçisin,
Boğlar soyasidan Oy berar sado.
Borliqqa taralib dengizlar isi,
Xörsinib qöyadi yomğirli dunyo.
Tomçilar halqobga otilar xurram,
Orziqib termilar adaşgan baxtlar,
Sodiq mulozimdek boşin qilib xam,
Farmoyiş kutadi botir daraxtlar.
Böm-böş uyalarga hayron boqar tun –
Höl bölgan qanotlar ortga qaytmaydi.
Derazalar yiğlar odamlar uçun,
Ularning közyoşin heç kim artmaydi.
May tonglari
1-çizgi
Qoqigullar mitti bulutdek
Suzib yurar may dalasida.
Tunda qaymoq boğlagan sutdek
Jimirlar suv tong pallasida.
Bu jimirlaş bir tölqin bölib
Yöl olarkan qirğoqqa tomon,
“Qizil, soriğ, yaşil” ga tölib
Hazratimni takrorlar Osmon.
2-çizgi
Xöp yuvinib-taranmiş bahor,
Havo çaşma suvidek toza.
Ninaçilar töplaşib ifor
Ötloqlarda oçmiş mağoza.
Ğimirlagan xonqizilarga
Hovuçidan içirib şudring,
Tong şöx imlar boğlar tomonga:
“Imillamay, men bilan yuring”.
Afsun atrin taratar jiyda,
Qulab tuşar sarxuş arilar.
Hisortoğning etaklarida
Quvlaşmaçoq öynar parilar.
Toğ oçadi ulkan közlarin,
Siğdirolmas lekin aqliga:
Parilarning körib yuzlarin
Toşlar kirmiş odam şakliga.
Quvvat olib tavba, hollardan
Qaytib olam bahorlariga,
Jinlar yaşil majnuntollardan
Çiviq eşar tulporlariga.
Dunyo baxtga intiq hali ham –
Nur kaftida havoyi bösa.
Şamol “puf”lar darenii xurram –
Suv sathida harir kulimsa.
Söroq
Hoy Söz, qaçon bölganding ozod,
Nahot, senga yot bölsa xörlik?
Sezilmagay nega bir imdod,
Sezilmagay nega bu hurlik?
Neʼmatlardan mudom mahrumday
Qöşildingmi yana söl safga?
Yo bir qari, xasta mahkumday
Tuşganmiding umumiy avfga?
Davroningga et bizni guvoh –
Bir xojaday kuldir qulingni.
Yolğon bölsa, bilaylik – goh-goh
Şiqirlatib turgin ğulingni.
Uç kundir
Uç kundir
Naysonning tinmas yoğmuri,
Uç kundir
Çaqinlar uradi qah-qah.
Uç kundir
Körinmas ufqning oxiri,
Böron qöllarida yulqinar farah.
Uç kundir
Böşamas Kökning ummoni
Qasos tomçisiga dönar savdolar.
Ayovsiz savalar xasta dunyoni…
Jön ekan biz bilgan jami ğavğolar.
Uç kundir
Quşlarga rizq bermas bahor
Rostlab ololmaslar çeçaklar qaddin.
Uç kundir
Yer tinglab bölmadi bezor
Ölik bola tuqqan oğoçlar dardin.
Şivirloq xitob
Ey, hayot tuxmini asrab kelgan Nur,
Ey, ğam ildizidan suv içgan Şajar,
Bölinmak onida tuygança huzur
Qutluğ doğlaridan sevingan Qamar,
Ey, har qabatida teranlaşgan Kök,
Kamonidan tinmay nur otgan Kunaş,
Ey, Toğ ismin olgan buyuk teva, çök,
Majnun kelmagunça – yöq endi jönaş!
Ey, Nur jamoliga oşiqqan Tuproq,
Borliğu borliğin yuvib bergan Suv,
Ey, umr kaftida muzlagan Idrok,
Ey, Idrok qamçisin soğingan Tuyğu.
Ey, goh ortib, gohi yetmagan Havo,
Ey, heç bir hukmni tan olmagan Vaqt.
Ey, Abad tongini ottirgan Navo,
Ey, ismi ulkan-u, özi inja Baxt.
Ey, hayot tuxmiga “kuh-kuh”lagan Nur…
Gulnoz Möminova
Gulnoz Möminova — 1978 yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Fasllar şiviri”, “Sayyoh quşlar”, “Dil siniqlari” va “Çiğanoq” nomli şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
«Yoşlar» radiokanalida işlaydi. Oilali.
