Zulfing kabi tölğonar oqşom

Köngil

Köngil qoldi…

Qaylarda qoldi?

Ayting, qaçon yöqotdim uni?

Topib bering, axir kim oldi?

Körgan bormi, ğarib kulbamni?

Qadahlarim tölar paydar-pay,

Içib bölmas, şarobi taxir.

Siz hayotga çorlaysiz tinmay,

Borolmayman, könglim yöq axir!

* * *

Şom quyilar…

Yodingdek qaro,

Yulduzlari közingdek mahzun.

Kulgularing şamollar aro,

Yana dilga boşlaydi huzun.

Zulfing kabi tölğonar oqşom,

Nafasingdir – yellar beomon.

Tun – qölimda oğu töla jom,

Sen tunlarga aylanding qaçon?

Har tun tongni kutarman dilxun,

Endi visol umidi söndi.

Ketişingdan qörqardim u kun,

Kelişingdan qörqaman endi.

 

Xayol

Ballada

Yurak misol uvişar oqşom,

Köl yuzida titrar yulduzlar.

Qop-qora tun – köngildagi ğam,

U haqida nimadir sözlar.

Asta ortga boşlaysan yölni,

Peşvoz çiqar qadrdon tollar.

Qaçonlardir kömilgan dilni,

Tiriltirar masih xayollar.

Jilmayadi bepoyon keça,

Sirli-sirli şovullaydi soy.

Şunda asta bulutlar içra,

Çiqib kelar sen yöqotgan oy.

– Nega ketding, qara, dilda dard,

Oğularga töldi har onim.

– Men köngilga ketdim to abad,

Visolsiz işq mangudir, jonim.

– Sensiz ötgan kunlarim oğrir,

Xayolingni kömaman şeʼrga.

Yelkamdagi toğlarim oğir,

Botib borar oyoğim yerga…

– Umrim ötdi visolni kutib,

Köngil uyi hamon böm-böşdir.

Kelolmadi bizgaça yetib,

Baxt – qanoti kesilgan quşdir.

Quyuqlaşar bulutlar asta,

Vujudingga kiradi titroq.

Oy yuzini tösib bir pasda,

Gumburlaydi momoqaldiroq.

Çöçib tuşar keça daʼfatan,

Uzoqlaşib ketar samovat.

Sen aftoda ortga qaytasan,

Kutib turar tong – aççiq hayot!

 

Yölovçi

Ketib borar horğin yölovçi,

Yolğizoyoq söqmoqlar aro.

Rutubatli samovatlar va

Şom qöyilib kelar tobora.

Olislarda boyquşlar sayrar,

Çorlagandek böladi kimdir.

Yöl çetiga taşlab jandasin,

Çöziladi horğin musofir.

Samolarga ketar xayollar,

Tuşib kelar yulduzlar bari.

Sukunatni buzadi goho,

Tunning oğir xörsiniqlari.

 

Alişer Nazar

Alişer Nazar — 1976 yili Çiroqçi tumanida tuğilgan. 1998 yili Xalqaro Gumanitar akademiyasini tamomlagan. «Bizga atalgan tonglar» şeʼriy majmuasi (1999) va «Xolislik ehtiyoji» pub­litsistik töplami (2012) çop etilgan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan