Adaşib ketmaydi osmonda quşlar…
Bilibmi… bilmaymi
adaşdik nogoh,
ajraşsak
köngullar sovuşarmidi?
Barça muşkulotlar
yerning yuzida
osmonda…
ajabmas qovuşarmidi?..
Ammo,
kökning çeki yöqdir
hayronman, hayron,
keçagi kunlarim
boşimga muştlar.
Oyoğim zamindan uzilganida
yiqilsam kim mening
qölimdan uşlar?..
Adaşib ketmaydi osmonda quşlar…
* * *
Sözlarida yolğon bor, sezdim,
nigohi ham riyo aralaş.
Menga juda malol kelardi
Bu yolğon söz,
Bu yolğon qaraş…
Suvdek oqib bormoqda sekin
essiz umr,
lahza,
onlarim…
Menga yetib ortardi, axir,
özim aytgan köp yolğonlarim.
* * *
Urilib ketmayin deya bir lahza,
qoqildim, nimadir tuşdi qölimdan.
Ötib ketaverdi odamlar
töxtamadim men ham yölimdan…
Çiqib olsam böldi nariga,
kimgadir dard – yukimni ortmay.
Tongga yetib bormoqçi edim,
men bugun heç narsa yöqotmay.
Ammo, buning iloji qani?..
töxtay desam, yurak bermas dov.
“Tuşib qoldi nimangdir” deya,
hoy, ham demas ortimdan birov…
* * *
Yer uyğondi, bunçalar gözal
yomğir yuvdi qiru dalani.
Bu tumanli, harir saharda
dili yoruğ, qarang, hammaning…
Bulut, senga rahmat, dedim men,
bahor, sen ham xuş kelding, qani…
Qorlar yoğib iz bosilganda,
esga solding, qara, hammani…
* * *
Otib borar oq, oppoq tong,
qizdiradi quyoş qirni.
Tun soyadek gumdon böldi,
olib ketdi zör bir sirni.
Köngil – közgu, boqib töydim,
ne damlaru ne ğamlarga.
Rahmim keldi indamay jim
ketayotgan odamlarga…
* * *
Ortiq bunga qanday çidayman,
juda rostga mengzasa yolğon.
Luğatlarda haq söz borligin
unutdikmi yo, allaqaçon?
Ğamni dildan qanday öçiray? –
busiz ham köp edi kam-köstim.
Keça qalbda yöq edi kemtik,
bugun, endi, yöq bitta döstim…
* * *
Öylar birdan çuvaşib ketdi,
ketdi yoruğ kunlar burilib.
Fasllarning ortidan nogoh,
yillar çiqdi bir-bir surilib.
Xazon bölgan barglar ostidan
bir dil boqdi bejilva, yupun.
Qaçonlardir yellarga uçgan,
juda ğarib, faromuş bir kun.
Qarşisida tiz çökdim, netay,
xotiralar unut tanada…
U kunlarni qattiqroq suydim,
hayot, seni suydim yanada…
Bu yoruğ…
Bu yoruğ kunlarning yuzlarida doğ,
közlarida asriy tözon yotadi.
Şör bosgan zaminning kaftidagi toğ,
tuproqning böğziga oydek botadi.
Devona şamollar vujudingda el,
yalanğoç boğlarda tunar xazonlar.
Qodiriy qabrini topolmasdan yel,
eşigingdan yiğlab ötar azonlar.
Bu yoruğ kunlarning doği – bir qöşiq,
bolalay boşlaydi… yuraklaringga.
Yiğlaysan,
qoningda zang bosgan piçoq,
biram botib ketar suyaklaringga…
Bu yoruğ kunlarning…
Alişer Narzullo
Alişer Narzullo — 1967 yili Tojikiston Respublikasining Kofarnihon tumanida tuğilgan. «Rangin olam», «Yaşil daraxtlar», «Bolalikning sönggi kuni» kabi kitoblar muallifi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
