Tanganing “uçinçi” tomoni

Şoira Rajabova, jurnalist, “Özbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri, xalq deputatlari Pskent tuman Kengaşi deputati:

— Köpinça odamlar kasbni biz tanlaymiz, deyişadi, menimça, kasb ham odam tanlaydi. Qaysidir kasb sizni qabul qiladi, qaysidir kasbga heç qovuşolmay yurasiz. Şukrki, radio meni qabul qilgan.

ToşDU (hozirgi ÖzMU) ning jurnalistika fakultetida öqib yurgan çoğimdayoq, radioga işga olişgandi. Mana, 20 yilki, Pskentdan Toşkentga qatnab, “Özbekiston 24” teleradiokanalida işlayman. Hayotim davomida minglab yurtdoşlarimiz bilan suhbatlaşib, ularning dardu taşvişi, xursandçiligiga şerik bölganman.

Hozirda “Özbekiston 24” radiokanalida “Xalq qabulxonalarida” onlayn loyihasiga mualliflik qilayapman. Bizga har haftada respublikamizdan yuzlab murojaatlar tuşadi. Vazirliklar, qömitalar va boşqarmalar mutasaddilari bilan jonli efirda muammoni yeçişga harakat qilamiz. Boş muharririmiz Şerzod Zuhriddinov, rejissyor Şahnoza Döstmuhammedova bilan hamkorlikda işlayapmiz. Uşbu loyiha ortidan 2018 yilda “Yilning eng faol jurnalisti” böldim, “Eng uluğ, eng aziz” körik-tanlovlarida taqdirlandim.

Bugungi jurnalistikadagi oçiqlik, oşkoralik, öz sözini ayta oliş bizning katta yutuğimiz. Ammo sohaga endi kirib kelayotgan baʼzi yoşlar jurnalistikani ayrim blogerlarning ijtimoiy tarmoqlardagi filtrlanmagan axborotlari bilan çalkaştirib qöyayapti. Şunisi taşvişlanarli, xolos.

Ular özbekning şaʼniga mos bölmagan, ertaga iziga tuşişi tayin bölgan oilaviy masalalarni ham bayroq qilib olib çiqişga harakat qilişayapti. Bizning davr­dagi yoşlar bir kiçkina xabarni qoralab, ming hadik va istihola bilan tahririyatga olib kelardik. Matnda bitta xato çiqsa, qizarib ketardik. Hozir-çi, ayrim özini jurnalist deb atayotgan blogerlar tuzgan matnning özi ğij-ğij xato. Bundan uyaliş örniga, gerdayişgani ortiqça. Jurnalistikada ustoz-şogird anʼanasini yana tiklaş payti keldi.

Albatta, ayrim yoşlarni körib, havasimiz keladi. Ulardagi tezkorlik, qatʼiyat, şiddat va zamondan-da ildamlaşga harakat qilişadi. Bugunning jurnalisti bir kun öz ustida işlamasa, izlanmasa, tengqur hamkasbidan ortda qolib ketişi tayin.

Jurnalist “tanganing uçinçi tomoni”ga ham ahamiyat berişi kerak. Qaçonki, uning mehnatidan odamlar öz dardi va muammolariga yeçim topa oladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan