Besamar ketmagan yillar
Menga Qobilbek aka bilan bitta jamoada işlaş va u kişining ilmiy-maʼnaviy, siyosiy iqtidoridan bahramand böliş, albatta, har tomonlama ibrat bölib keladi. “Men yoşlik çoğlarimdan boşlab telekörsatuvlarga, ayniqsa, siyosiy mavzudagi körsatuv va eşittirişlarga havasmand edim, — deydi Q.Karimbekov. — Buning uçun qaysi fanlarni köproq öqişim kerakligini maktabda ustozlarimdan söraganman. Şu tariqa, tarix, adabiyot, geografiya darsligini qunt bilan örgandim. 5-sinfda öqib yurgan paytim jahondagi 50 dan ortiq davlatlarning tarixi, geografik joylaşuvi, iqtisodiyoti, aholisi töğrisida maʼlumotlarni yoddan bilar edim”.
Bolalikdagi havas Qobilbek akani 1973 yili Toşkent davlat universiteti (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti) ning tarix fakulteti Xalqaro munosabatlar bölimiga boşlab keldi. 5 yillik taʼlim beiz ketmadi. U xalqaro munosabatlarning turfa jihatlariga qiyosiy va tahliliy nuqtai nazardan nigoh taşlaş sirlarini örgandi.
“Ustozlarim qistovi bilan universitetni tugatib, şu dargohda öqituvçilik qildim. Ilmiy-tadqiqot işlarim sabab nemis tilini örganişga töğri keldi. Keyin bilsam, nemis tili nafaqat Germaniyada, balki Yevropaning Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Fransiya, Daniya, Lixtenşteyn, Lyuksemburg va Şveysariya kabi mamlakatlarda ham ança ommalaşgan ekan. Çexiya va Slovakiyaga qilgan safarim çoğida ham uşbu mamlakatlarda nemis tili ança ustuvor ekanligiga özim guvoh böldim”, degandi bir suhbatimizda Q.Karimbekov.
Ötgan asrning 80-yillarida Qobilbek akaning orzulari uşaldi, u Özbekiston televideniyesida xalqaro masalalar böyiça turkum körsatuvlar tayyorlay boşladi. Köpçilik eslaydi, öşa kezlari avvaldan yozib oliş degan narsa qariyb mavjud emas edi. Ayniqsa, xalqaro mavzudagi körsatuvlar jonli tarzda efirga uzatilardi.
“Oynai jahon” Q.Karimbekovga katta maktab böldi. Bir tomondan ilmiy-pedagogik faoliyatini mustahkamlagan bölsa, ikkinçi tomondan 10 yil mobaynida televideniyening “Axborot” tahririyatida örindoşlik asosida xalqaro şarhlovçi vazifasida çarxlandi. “Şu örinda, bir mulohazam bor, — deydi Q.Karimbekov. — Keyingi yillarda 3-4 bor ekranda köringanlar titriga siyosiy şarhlovçi yoxud şarhlovçi deb yozilmoqda. Agar şu nomga ular loyiq bölsa, marhamat. Ammo nafaqat men, ança tajribali siyosiy şarhlovçilarni köpinça oddiygina jurnalist deb taniştirişardi”.
Qobilbek Karimbekov 1992 yilning yozida “Axborot” tahririyatiga rasman siyosiy şarhlovçi vazifasiga qabul qilingan. Eng muhimi, öşa paytlar televideniyeda Özbekistonda xizmat körsatgan artist Farhod Bobojonov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Tursun Qoratoyev, Özbekiston sanʼat arbobi Ubay Burhon (oxiratlari obod bölsin), Bahodir Muhammedov, Talʼat Soliyev, Muyassar Saidxonova, Bahodir Abdullayevlardek zabardast şarhlovçilar orasidan öziga munosib örin topiş ançayin muşkul edi. Şunga qaramay, Qobilbek aka öz isteʼdodi, dunyoda bölayotgan voqealarga öz fikri, munosabati borligi uçun ham bora-bora ustoz şarhlovçi darajasiga kötarilib bordi.
Ötgan davrdagi efir bilan hozirgi efirni taqqoslaş muşkul. U kezlari asosan “Özbekiston” kanalidagina siyosiy körsatuvlar efirga uzatilardi. “Bugun olamda nima gap?”, “Xalqaro panorama”, “Xalqaro şarhlovçilar davrasida” va boşqa mazmundagi körsatuvlarni asosan, Q.Karimbekov bilan bir qatorda ustozlardan Tursun Qoratoyev, Nasriddin Muhammadiyev, Ahmadjon Meliboyevlar katta mahorat bilan olib borişardi.
“Hali-hali yodimda, — deya eslaydi Q.Karimbekov. — 1992 yildan 2000 yillargaça “Axborot” körsatuvi uçun “Xorij xabarlari”, “Jahon hafta içida”, “Sayyoramiz sadosi” singari 3-4 daqiqalik lavhalar tayyorlardim. Baʼzida bir oy mobaynida 20 ga yaqin videoşarh tayyorlaşga töğri kelgan. “Axborot”da töliq stavkada işlaganim uçun zimmamda qöşimça vazifalar ham bor edi. Masalan, 15-20 daqiqaga möljallangan mualliflik körsatuvlarimdan “Yetti iqlim sadosi”, “Savol bering — javob beramiz”, “Xalqaro voqealar şarhlovçi nigohida” kabi”, deydi u.
1992 yilning yanvarida Toşkentdagi talabalar şaharçasida bölgan köngilsiz voqealar töğrisida Q.Karimbekovga şoşilinç körsatuv tayyorlab, öşa kunning özida efirga uzatiş vazifasi topşirildi. Va bu körsatuvlar yanvar oyining ikkinçi yarmi va fevral oyi boşlarida “Yuzma-yuz” nomi bilan 7 bor efirga uzatildi.
“Bu ham mayli, tezkorligi sabab, teledasturga kiritilmagan bölsa-da, 1999 yil fevral voqealari, Qirğizistonning Botkent hududidagi, 2000 yil yozidagi Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi terroristik xurujlar, 2001 yil 11 sentyabr AQŞda yuz bergan qöporuvçilik, 2004 yil mart oyida Toşkent va Buxoroda sodir bölgan voqealar, 2005 yilning may oyidagi Andijon töqnaşuvlari böyiça tayyorlangan maxsus körsatuvlarni tayyorlaş ham mening zimmamga yuklatilgan edi.
Bugun yillar ötib, öşa zahmatlar besamar ketmaganligiga qayta-qayta işonç hosil qilaman. Öşa körsatuvlarni faqat özim tayyorlaganman, degan fikrdan mutlaqo yiroqman. Çunki, körsatuvni tayyorlaş çoğida butun jamoa bilan birgalikda mehnat qilardik. Ustozlarimga, texnik mutaxassislarga, ayniqsa, rejissyorlarimizga alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman, aynan ular baʼzan yöl qöygan xatolarimni tuzatişga, heç bölmaganda montaj çoğida sayqal berişga imkon topganlar”, deydi Qobilbek aka.
Bugun ota kasbini munosib davom ettirayotgan iqtidorli jurnalist Şohsanam Karimbekova 15 yillik faoliyati davomida oddiy muharrirlikdan to boş muharrirlikkaça bölgan maşaqqatli yölni bosib ötdi. Eng muhimi, körsatuvlari rang-barang, jozibali, ovozida ham jarangdorlik, ham şiddat yaqqol namoyon bölib turadi.
2007 yilning 8 iyuni edi. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati topşiriği bilan Oliy Majlis Senatida ommaviy axborot vositalari töğrisida Q.Karimbekov maʼruza qilgandi. Öşanda minbarda Senatning fan, taʼlim va madaniyat masalalari böyiça qömita raisi, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Erkin Vohidov bilan birga Milliy teleradiokompaniyamizning rahbari ham bölgan. Öşa maʼruzadan keyin telekompaniyada ajoyib gap tarqalgandi, Erkin Vohidov: “Qobilbek, siz özingiz kabi zabardast şarhlovçilarni tayyorlang. Bölajak körsatuvlarga siz kabi katta tajribaga ega bölgan şarhlovçilar juda zarur”, degan ekan.
Darhaqiqat, ustoz jurnalist, mahoratli siyosiy şarhlovçi Qobilbek Karimbekovdan hali hamkasblar, ayniqsa, yoş jurnalistlar köp narsani örgansa böladi. Eng muhimi, ana şunday ajoyib inson bilan birga işlayotganimizdan, zamondoş ekanligimizdan faxrlansak arziydi.
Ğofur JAMOLOV,
Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasining
“Dunyo bo`ylab” telekanali boş muharriri
