Odamlar hurmatini qozongan şifokor
Sirdaryolik şifokor, köz mikrojarrohligi böyiça yetuk mutaxassis, ustoz Rasul Karimovni nainki sirdaryoliklar, balki mamlakatimizning turli hududlaridan kelib şifo topgan insonlar har doim hurmat bilan tilga olişadi.
Ustozlik maqomiga erişişning özi bölmaydi, albatta. Rasul aka umrining 47 yilini şu sohaga bağişladi. Bir gal işim tuşib, u kişining huzuriga bordim. Oçiq va samimiy va kamtarin inson ekan. Muammo nimada ekanligini bilib, asta-sekinlik bilan közimni va köz pardasini obdon tekşirdi. Taşxis qöyib, davolaş muolajasini boşladi. Töğrisini aytsam, öşa payt çor atrofimda ğubor bordek edi, közim tuzalgaç, birdan hammayoq çaroğonlaşgandek böldi. “Hayot bor ekan-ku”, deganimni bilmay qolibman…
— Rahmat döxtir! Oçiğini aytsam, köpdan buyon köngil qatlarini xijil qilib, azob berib kelayotgan darddan qutulganday böldim, — dedim xursandçiligimni yaşirolmay.
Rasul aka ham quvonganimni, sevinganimni körib sevindi. Buni yuzida bir yoqimli tabassum zohir bölganidan sezdim.
Rasul Karimov iş stoli ustida turgan qoğozga allanimalarni yoza boşladi. Söng:
— Mana şu eritma bilan közingizni tört beş kun çayib turasiz. Bir haftadan keyin kelib ketasiz, — dedi kulimsirab. Eh-he, bunga ham ança yillar böldi…
Yaqinda yana Rasul akaning huzurlariga bordim. U kişi darrov közimga qaray boşladi. Men boşqa yumuş bilan, yaʼni bir dildan suhbatlaşgani kelganimni aytdim.
Qabullarida odam nihoyatda köp ekan. Jizzax, Samarqanddan, hatto Tojikiston va Qozoğistondan kelişgan bemorlarni körib, u kişining öz sohasida haqiqatan ham yetuk mutaxassis ekaniga yana bir bor tan berdim. Bu yerga kelgan bemorning dardi bitta böladi — dunyoni yorqinroq, tiniqroq köriş. Buning uçun Rasul Karimov bor mahoratini ayamaydi.
— Meni közim yaxşi körmay qolgandi, — deydi samarqandlik ayol. — Hatto bolalarim kömagisiz taşqariga çiqa olmasdim. Bormagan joyim, uçraşmagan köz şifokori qolmadi. Bir kuni qöşnim: “Sirdaryoga ham bir boring. U yerda Rasul aka degan şifokor bor. Nihoyatda qöli yengil ekan. Qudamiz u kişidan şifo topdi”, deb aytib qoldi.
Sönggi umid deya sörab-suriştirib kelgandik. Köz va köz qoraçiqlarimni tekşirib, ikki marotaba jarrohlik amaliyotini bajardi. Oldiniga unçalik işonmagandim. Köz boylamlarini yeçganda, Rasul akani yuzlarini aniq-tiniq körib, yelkalaridan quçoqlab olibman.
— Men bir körinay deb kelganman. Özim Forişning Garaşasidanman. Oldiniga közimga biron narsa kirgan bölsa kerak, deb yuraveribman. Köz gavhari ustini parda qoplayotgan ekan. Şifolangani kelganimda bilib qoldim. Bu yerda lazer apparatida jarrohlik yöli bilan közimni davolaşdi. Körib turibsiz, hozir yaxşi körayapman.
Yaqin qarindoşlarimiz şu atrofda yaşaşadi. Ularnikiga kelsam, albatta, Rasul akaga uçrayman, ularning tavsiyasini olmasdan ketmayman. Çunki şu döxtirga işonib qolganman.
Rasul bobo Karimov 47 yillik mehnat faoliyati davomida 32 ming 141 nafardan ziyod bemorga köriş, dunyoni teran anglaş imkoniyatini hadya qilgan. Bemorlarning közlarida yuzaga kelgan muammolarni mikrojarrohlik yöli bilan bartaraf etgan.
— Öqişni tugatib, iş faoliyatimni Sirdaryo viloyat köz kasalliklari şifoxonasidan boşlaganman, — deydi Rasul Karimov. — Eskidan qolgan gap bor: “Daraxt ham bir joyda kökaradi”, degan. Şu muassasada işlab kam bölmadim. Odamlarning mehrini, eʼtiborini qozoniş ham odamga kuç-quvvat berar ekan…
Ayni çoğda, Rasul akaning qöl ostida 6 nafar şifokor va 20 nafar hamşira faoliyat körsatadi. Mutaxassis şifokor boşçiligida ötgan ikki yil mobaynida 69 ming 833 nafar bemorga ambulator, 6 ming 785 nafar bemorga statsionar şaroitda xizmat körsatilgan bölsa, 5 ming 339 nafardan ziyod bemorlarning köz sohasida murakkab, mikrojarrohlik amaliyotlarini ötkazişgan.
Şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Rossiya Federatsiyasidan kelgan 432 nafar bemorni statsionar, 325 nafar bemorni esa ambulator şaroitda davolaşganligi daftarda qayd etilgan.
Viloyat rahbariyati bekorga Rasul Karimovni 2013-2015 yillarda viloyatdagi “Eng namunali şifokor”, deb eʼtirof etmagan ekan. Bu ham u kişiga sohasining mohir mutaxassisi ekaniga berilgan yuksak baho.
Ayni vaqtda mazkur şifo maskani Germaniyadan jarrohlik mikroskopi, Janubiy Koreyadan avtorefraktometr (közoynak tanlaşda foydalaniladi), Şveysariyada işlab çiqarilgan fakoemulsifikator (köz gavharini almaştirişda işlatiladi) kabi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.
Eng asosiysi esa tajribali şifokor Rasul Karimov respublikada birinçilardan bölib glaukoma (köz içki bosimining oşişi) kasalligida mikroinvaziv (kiçik kesim) usulini va kasallikning boşlanğiç davrida jarrohlik orqali davolaşni amaliyotga joriy etgan. Şuningdek, kataraktani fakoemulsifikatsiya (köz gavharini kiçik teşik orqali maydalab sörib oliş va örniga elastik bukiluvçi, sunʼiy gavhar qöyiş) usulida davolaşni ham yölga qöygan ixtiroçi-şifokor hisoblanadi.
Bundan taşqari, qator rivojlangan davlatlardagi yetakçi klinikalar bilan hamkorlik aloqalari ham yölga qöyilgan. Klinikadagi yoş şifokorlar Moskva, Kiyev, Qozon va Yekaterinburg şaharlaridagi yirik oftalmologiya markazlarida muntazam malaka oşirib, köz gavhari (katarakta) xiralaşuvida sunʼiy gavhar qöyiş usullarini örganişadi.
Ötgan yili R.Karimov özi istiqomat qilayotgan “Uluğobod” mahalla fuqarolar yiğini huzuridagi ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça komissiyaning aʼzosi sifatida mahalladagi kam taʼminlangan oilalarga homiylar tomonidan moddiy yordam körsatilişida iştirok etdi. Şuningdek, “Bolalar uyi”da tarbiyalanayotgan bir nafar bolani homiylikka olib, doimiy ravişda uning holidan xabar olib turadi.
U kişini köpçilik “şifokor bobo”, deb çaqiradi. Rasul bobo bundan sira xafa bölmaydi. Yaqin birodarini körgan odamdek, sevinadi.
Hukumatimiz R.Karimovning tibbiyot sohasidagi xizmatlarini munosib taqdirlagan. U 1997 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan soğliqni saqlaş xodimi” faxriy unvoni, 2009 yilda esa “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi.
“Ot izini toy bosar” deganlaridek, farzandi Uluğbek Karimov Daniya, Avstriya, Hindiston, Turkiya hamda Fransiya davlatlarida öz tajribasini orttirdi. Respublikaning yetakçi oftalmolog-mutaxassisi va Özbekiston Respublikasi oftalmologlari ilmiy jamiyatining aʼzosiga aylandi. Uning anjumanlarda “Oftalmologiyaning oldida turgan muammolar” va “Soha xodimlarining malakasini oşirişda eʼtibor qaratilişi lozim jihatlar” mavzularida maʼruzalari eʼtirofga sazovor böldi.
Ğulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat
soğliqni saqlaş boşqarmasi
axborot xizmati rahbari
