Erkin sözga va erkin sözliga tahdid

yoxud navoiylik jurnalist mahalla oqsoqoliga tuhmat qilganmidi?

Navoiy şahri hokimligi muassisligidagi “Navoiy ziyosi” gazetasining 2020 yil 6 avgust­dagi 30-31-qöşma sonida çop etilgan yoş jurnalist Mahfuza Pölatovaning “Efir uçun qilinayotgan ehsonlar” sarlavhali maqolasi va undan keyin yuz bergan hodisalar ijtimoiy tarmoqlar va turli matbuot manbalarida köp­lab muhokamalarga sabab bölayapti. Oçiği, özgarayotgan jamiyat uçun buni ijobiy eʼtirof etiş kerak, nazarimizda.

“Efir uçun qilinayotgan ehsonlar”

Maqolada muallif xöjakörsinga ehson qilinayotgani, ayrim saxovatpeşalarimiz dono elimizning “Öng qöling berganini çap qöling bilmasin” degan dono naqlini unutgani va bu xayriya qilinayotgan yurtdoşlarimiz orini toptayotganini, efir uçun emas, çin köngildan savob uçun ehson qiliş kerakligini kuyunib bayon etadi va Karmana tumanidagi “Boği şamol” mahallasidagi holatni misol tariqasida qayd etadi.

– Axir, “Yaxşilik qil, suvga ot, bilsa baliq, bilmasa Holiq biladi», degan naql bejiz aytilmagan. Biroq zarradek saxovatni köz-köz qiliş “epide­miya”si bugungi yaşaş tarzimizni namoyon etayotgandek. Har bir qadamimiz rasmxonlik, qoğozbozlik, hisobotçilik ustiga qurilar ekan, qilgan kiçkina saxovatimizni bir bahya efir qarşisida körsatib qöymasak, köngil qurğur öz joyiga tuşmaydiganday, – deya yozadi Mahfuza Pölatova öz maqolasida.

Maʼlum bölişiça, ötgan haftaning payşanba kuni “Boğişamol” mahalla fuqarolar yiğini raisi Maqsud Pardayev va MFY kotibasi jurnalist Mahfuza Pölatovaning yaşaş xonadoniga borganlar. MFY xodimlari Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Mahfuza Pölatovaning ota-onasidan “Jurnalist qiz qani?” deya kinoyali savolga javob söraydilar. Öşa vaqtda içkari uydan çiqqan maqola muallifiga mahalla oqsoqoli “Meni taniysizmi özi” deydi. “Yöq, tanimayman”, deya javob qaytaradi M.Pölatova. Mahalla raisi esa kinoyali savollarini paydar-pay davom ettiradi: “Qanaqa maqola yozganingizni bilasizmi?”, “Özingiz öqib çiqdingizmi?” Maqsud Pardayevning bu kabi savollariga “Maqolamni yoddan bilaman, hamma yozganlarimga javob beraman” deya qatʼiy javob qaytargan Mahfuza. Uşbu bahs ustiga jurnalistning kam taʼminlangan bir qöşnisi kelib qolgan va “Nima yordam qilayapsizlar mahalla bölib?”, deya mahalla idorasidan kelganlarga savol beradi. Köp ötmay jurnalist hovlisida baqir-çaqir kötarildi. Mahalla raisi va kotibasi hovlidan çiqişlaridan avval “Undan köra, yutuqlarimizni yozing, maqtab yozing”, deya jurnalistga “tavsiya” berişadi.

– Şundan söng ular ketişdi. Bilsak, men maqolada misol keltirgan onaxonning uyiga borib, qizidan bizga mahalla har doim yordam beradi mazmunida pöpisa qilib tilxat yozdirib olibdi. Qiziği, maqolam eʼlon qilingaç, onaxonning uyiga borib öqib berdim. Onaxon ham, qizi ham “Qizim, töğri yozibsiz, bu yerda heç qanday tuhmat yöq”, deya mahallaning boş­­qa kirdikorlarini ham gapirib bergandi. Özlarining şaroiti haqida ham yiğlab gapirdi onaxon. Lekin mahalla rai­sining tahdidi uçun ular qörqqanidan, özlari xohlamagan holda tilxat yozişdi.

Şu kuni jurnalist Mahfuza Pölatovaning otasi keçqurun tungi navbatçilik uçun işga ketadi. Jurnalistning otasi, 4 sentyabr kuni 9:00 lar atrofida işdan qaytayotganida esa yon qöşnisi “…qizing mahallani yomonlab yozib çiqadigan böldimi?” deya bahslaşib ketgan. Öşa vaqt uydan qöşnisining öğli ham çiqib, birgalaşib jurnalistning otasini döpposlaşgan. Kamiga otasiga “Hali qizingni Toşkentda tinç qöymayman” deb dağdağa qilişibdi.

– Öylanib qoldim. Endigina bu sohaga kirib kelayapman. Qiziq, nega tanqidni töğri qabul qilmaymiz? Mahalla raisining menga uni emas, buni yoz, deyişi yoki öşa onaxondan tilxat olişi qançalik töğri? Mahallaga masʼ­­ul odam sifatida qöşnimiz va otamning örtasida adovat yuzaga kelişiga sababçi bölganini qanday izohlaş mumkin? – deydi Mahfuza Pölatova.

Kun.uz jurnalisti Isomiddin Pölatov “Boğişamol” mahallasi raisi Maqsud Pardayev bilan telefon orqali boğlanganida rais bu gaplar tuhmat ekanligini aytgan. Ammo haqiqatan ham M.Pölatovaning uyiga borganligini tasdiqlagan, ammo jurnalistga bosim ötkazmaganligini maʼlum qilgan.

Maʼlum bölişiça, yoş jurnalistga tahdid qilingani uçun mahalla raisi ustidan prokuraturaga murojaat qilingan. Boş prokuratura axborotiga köra, mazkur holat Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan Boş prokuratura nazorati ostida örganilmoqda, örganiş natijalari haqida xabar qilinadi.

“Aslida, jurnalist mavjud qonunçilikka köra, biror axborot yuzasidan maʼlumot töplaşi, maqola yozişi, uni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilişi mumkin… Afsuski, bunday oçiqlikka ayrim masʼullarning hali tayyor emasligi yuqoridagi kabi holatlarga sabab bölayapti”, deyiladi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi munosabatida.

Ehsonni OAVda yoritiş şartmi?

Maqolada muallif kuyunçaklik bilan fikr bildirgan. Yozganlarida jon bor. Ammo…

Ammo kambağal oilalarni misol qilib, maqolada ularga nega moddiy yordam körsatilmayotganini söroqlaydi jurnalist. Rasmiyatçilik uçun ehson qilinayotgani va uning köz-köz qilinayotganini tanqid qiladi. Xöş, mohiyat aslida nimada? Kambağallikdami? Kambağallik mezonlarining aniq emasligidami? Yoki söz erkinligiga tahdiddami?

Gap şundaki, aholi orasida kambağallar borligi uçun ularga ehson qilingan. Bu maqolada bafurja aytilgan. Hatto, Janubiy Koreyada ham karantin davrida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgani bayon qilinadi. Buni yaşirişga hojat yöq. Xöp, ehson qilindi, lekin şuni yoritiş şartmi? Axborotga öç omma uçun asosiy yangilikmi şu? Xöş, yurtning kuyunçak fuqarosi sifatida öz munosabatini bildirgan jurnalist buning uçun tahdid ostida qolişi, oila aʼzolariga jismoniy tazyiq ötkazilişi qançalar maqsadga muvofiq? Öz-özidan bu söz erkinligiga qilingan tajovuz emasmi?!

Demak, masalaning birinçi jihatiga eʼtibor qaratamiz.

2013 yil 15 fevraldagi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida”gi 44-sonli qarori bilan tegişli Nizom tasdiqlangan. Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi Nizomning II bob 8-moddasiga muvofiq nafaqa yo moddiy yordam har bir oila aʼzosiga örtaça oylik jami daromad miqdori aniqlanayotgan davr uçun belgilangan eng kam oylik iş haqi (hozirda bazaviy hisob­laş miqdori)ning 1,5 baravaridan ortiq bölmagan oilalarga tayinlanadi.

Nizomga muvofiq, agar oilada oylik daromad kişi boşiga 334 500 sömdan ortsa, öşa oilaga moddiy yordam berilmaydi. Mahalla idorasidagilar bayroq qilib tutib olgan mezon – şu. 50 kg. unning narxi qayerda-yu, mezon qayerda? Tağin muammoni kötarib, kamçiligingizni oşkor qilgan jurnalist tahdidda qolsa?

Endi ikkinçi masala: ehsonni OAVda yoritiş şartmi? Bizningça ham, yöq. “Saxovat va kömak” umumxalq harakati taşkil etilganida yangiliklarni peşma-peş uzatib turişi kerak edi OAV. Ammo omma uçun hozirda buning ahamiyati yöqoldi. Saxovatpeşa vatandoşlarimiz haqidagi badiiy asarlar, oçerk va lavhalarni OAVda beriş maqsadga muvofiq bölar balki. Hisobot uçun, dalolatnoma uçun suratga oliş uçun esa albatta, fuqaro roziligi kerak. Ustiga-ustak bu işda nihoyatda ehtiyot bölib, fuqaro oriyatini inobatga oliş zarur.

Darvoqe, “Davlatimiz rahbari qayd etganidek, ayni payt­­da yurtimizda 5 millionga yaqin kişi kambağallikda hayot keçirmoqda. Biroq, bu ijtimoiy muammoni bartaraf etişda ehtiyot böliş, insonlarning izzat-nafsiga, oriyatiga tegib qöymaslik haqida söz yuritildi. Zero, xalqimiz xarakterida oriyat tuyğusi kuçli bölib, ularga “kambağalsan” deb oçiq aytiş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin”, — degan edi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva şu yil Senatning ikkinçi yalpi majlisida.

Demak, jurnalistga tanqidiy-tahliliy maqolasi uçun tahdid va söz erkinligiga tajovuz, bu – bir; kambağallik va moddiy yordam mezoni, bu – ikki; işga masʼuliyat, bu – uç. Şu uç masala atrofliça körib çiqilsa, maqsadga molik bölardi.

Yangilanayotgan jamiyat uçun ijobiy holat

Oçiği, yuqorida taʼkidlaganimizdek, bu kabi holatlar demok­ratik jamiyat uçun ijobiy holatdir. Erkin jamiyatda jurnalist har doim muzokara va tortişuvlar orasida yurişi tabiiydir.

Ayon böladiki, gazetalarimizda, ayniqsa, mahalliy naşrlarimizda jiddiy özgarişlar olib borilayapti. Sanjar Qurbonov boş muharrirligidagi “Navoiy ziyosi” gazetasi va Mahfuza Pölatovaning maqolasi bu fikrimizni dalolatlab turibdi.

Avvallari faqatgina internetda şu kabi holatlar kuzatilardi. Navoiydagi voqealar şundan dalolat beradiki, oçiqlik, erkin fikr gazetalar sahifalarida yanada yorqinroq böy körsata boşladi. Yangilanayotgan jamiyat uçun esa yangilanayotgan gazetalar suv va havodek zarur.

Darvoqe, töğri söz töqmoği bilan böladi. Gap şundaki, u faqatgina aybdorlar boşini “yoradi”. Haqiqat va haqgöylar boşini esa omon saqlaşi şart.

Otabek Isroilov,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan