Gurvak kurmakka aylanmasin
yoki Vamberi maqtagan Xorazm qovunlari qani?
Joriy yilning 4 sentyabrida “Sevimli” kanalining “Zamon” informatsion dasturi bir xuşxabarni eʼlon qildi. Özbekiston qovunlarining kilosi Daniya bozorlarida ikki yevrodan sotilayotgan ekan. Kimlardir mazkur yozuvlarni közining qiri bilan öqigandir. Ammo bu taʼrif qovunçilik tarğiboti ila şuğullanayotgan kaminaga qattiq taʼsir qildi. Zotan, paxta “Oq oltin” maqomida köklarga kötarilayotgan davrlarda asalni ortda qoldiradigan qovunlarimizga ögay nigohlar ila qaralgan edi. Xususan, qadimda Xorazm qovunlarining şohi sanalgan, venger olimi Herman Vamberi maqtagan gurvak kurmakka aylanib qolgandi. (Kurmak deganimiz — mayda-çuyda mahsulot).
Men 2017- 2019 yillar mobaynida Urganç şahrida işlaganimda ikki gurvak pişiği manzaralarini kuzatdim. Viloyatning eng nufuzli qovun bozorlarini aylanar ekanman, “avvalğilarğa öxşagan” kişini sarxuş qiladigan iforga duç kelmadim. Qovunlarni hidlab turganimni körgan keksa yoşdagi xaridorlar, ay, qadimgi gurvaklar nerda (qayerda.-B.R.) deysiz? Hozirgi gurvakning yarmi dori, qabilida gapirib, boş çayqab ötib ketişardi.
Adib oğamiz Komil Avaz menga “Könglimga maktublarim” kitobini sovğa qildi. “Uçinçi maktub”da ayni men öylab yurgan gaplarni yozibdi: “Bir kuni şoir Mahbubiy domla qovun bozorini aylanib, handalaklar uyumi oldida birpas töxtaydi va sotuvçi qariyaga mahzunvaş ohangda söz qotadi:
— Assalomu alaykum birodar, avvalgi handalaklarda ajib bir xuşböy hid bölar edi… Hozir mana bularingizda öşa yoqimli hid yöq.
Qariyaning öz tengdoşi, qolaversa nozik didli odam bilan sözlaşiş iştiyoqi paydo bölganidan suyunib ketgani uning javobida aks etgan.
— Eh, tengdoş, nimasini aytasiz… Lekin, hozirlarda avvallardagidek ajib xuşböy hidli odamlar ham yöq…
Qariyaning bu yangliğ ilmoqli gapi Mahbubiy domlaning neça vaqtdan beri qiynab yurgan savoliga javob topilgandek yuzlari yorişib, uning yoniga çökkalagan”. (Komil Avaz. “Könglimga maktublarim”, Toşkent, 2018. 16-bet).
Uşbu satrlarni öqib bölgaç bolalik davrlarimda boğimiz içidagi bir parça yerga momomiz zomça (Xorazmda handalakni “zomça” deydilar) va gurvak uruğlari qadagani esimga tuşdi.
Momom: “Yer ham odamga öxşaydi – ariqlaydi, semiradi. Yerni boqiş kerak. Yerni boqsang seni boqadi. U suv içadi, şirin narsalarni simirib içadi” der edilar. Va ana öşa gaplarni “isbotlaş” maqsadidami boğimizning nurab yotgan devorlarini bolğa bilan heç erinmasdan uşatib, etagiga solib polizga tökar edi. Sababini sörasam: “Bu devorlar kamida yigirma yildan beri quyoş nurlarini emadilar. Quyoş nurlarida esa quvvat jamlangan. Kesaklarni qovun otiziga töksak, suvda şakarday erib uruğ ildizlariga yetib boradi” der edi.
Darvoqe, biz gazda yoki elektr çoynakda suv qaynatib, çoy içardik. Momom esa temir quduqning suvini xuş körmas, köpinçi solma (ariq) suvidan olib, qumğon ostiga ğözapoya yoqib, qaynatardi. Öçoq çoylari taʼmini hozirgaça eslayman; xayolan gaz çoyi bilan öçoq çoyini qiyoslab köraman. Ajabo, bu ona tabiatdan uzoqlaşganimizning alomatimikan, deyman içimda. Ikki xil çoy — tafovuti osmon ila yerça?!
Ayni davrda biz Quyoş va Yer töğrisida yetarliça mulohaza yurityapmizmi? Uluğ maqomşunos Matyoqub Xarrot Oyni “Ollohning çiroği” degan va öşa bir oğiz tagdor qoçirimi bois qança jabru sitam körgan. Astoydil öylab körsak, biz samo jismlariga jiddiy nigohlarimizni qadamayotganimiz oydinlaşadi. Ajdodlar esa bundoq qilmaganlar.
Manbalarda yozilişiça, “Xorazm” atamasining luğaviy maʼnosi xususida turliça taxminlar bildirilgan ekan. Şulardan biri – “Xvarrizem”, yaʼni “Quyoş qabilasining yeri” demak. Qadimgi davrlarda xorazmliklar Quyoşga sajda qilganlar. Ajdodlarimiz bayramlarining aksariyati Quyoşga atalgan. Ölkaning yozi qattiq issiq, qişi esa qattiq sovuq bölgan. Gujum daraxti – qadimgi Xorazmning timsollaridan biridir. Aytişlariça, gujumdan tabiiy kondinsioner sifatida foydalanadilar. Yoz çillasida gujum soyasida ötirsangiz havo haroratini umuman sezmaysiz.
Taxminimizça, “gurvak” atamasi negizida “qör”, yaʼni, issiqliq alomati mujassam. Gurvak bahor quyoşining harorati ila yetiladigan ertapişar qovundir. Kamina mamlakatimizning boşqa viloyatlarida gurvak yetiştirilişini eşitmaganman. Buxoroda gurvakning ayrim turlari bor, deydilar. Çunonçi, gurvak ham Xorazm viloyati timsollaridan biri hisoblanadi.
Davlatyor Rahim va Şixnazar Matrasul qalamlariga mansub “Feruz” nomli kitobda tasvirlanişiça, venger olimi Herman Vamberi yoz faslida Xivaga sayohat qiladi. Xiva hukmdori Sayyid Muhammadxon Herman janoblariga qalʼani kezib çiqişi uçun oq eşak sovğa qiladi. Mehbon bozorlarga boradi, xorazmliklarning urf-odatlarini örganadi. Keyinçalik u: “Ayniqsa, Hazorasp olmasi, Xeva naşvatisi va anori, qovunlari hatto Rossiya bozorlarida ham ança qadrli va qimmat turadi” deb yozgan” (Qarang: Davlatyor Rahim, Şixnazar Matrasul. “Feruz”, Toşkent, 2011. 22-bet).
Sayyoh Vamberi Xorazm qovunlarining turlari haqida fikr-mulohaza yuritmaydi. Taxminimizça, u tilimi tilni yoradigan gurvaklardan tanovul qilgan bölişi kerak. Çunki, iyulda gurvak pişa boşlaydi.
Biz paxta yakkahokimligi qanday salbiy oqibatlarni keltirib çiqarganligini öz közlarimiz bilan körganmiz. Yodimda otamakonimiz — Şovot viloyatidagi Ijtimoiyat qişloğini kesib ötgan loyqa suvli Rözimyop kanali sohillariga yondaş şörhok yerlarga Xorazm qovunlarining önlab navlari ekib parvarişlanardi. Qöşnilarimiz Matyusuf bobo va Qoraxon bobolar polizga çayla qurib, bahordan toki kuzakkaça öşa yerlarda yaşar edilar. Biz yoş kolxozçilar polizga qovun tergali borardik. Yiğim-terim nihoyasida çapani tabelçimiz: xohlagan qovunlaringizdan xohlaganingizça yenglar, deya buyruq berardi. Oh, öşa zamondagi qovun tiliklari! Asaldan ham şirinroq edi. Töğriroği, şirin sözining eng kuçli sifatini anglatmak uçun “qovun” deyişning özi kifoya edi. Şungayam qirq beş yillar bölibdi. Şunça yillar tumanlari aro bir voqeani aniq-tiniq eslayman. Hammamiz tanovulni oxirlatib palagu kesaklarga barmoqlarimizni artib qözğalganimizda bir löppi qiz ötiravergandi. “Böl, traktorga çiq!” desalar: “Turib bilmayman axir?!” deya yiğlab yuborgan. Beçora tilik şirinligidan töyganini ham sezmay qolgan ekan… Qani öşa qovunlar? Vamberi maqtagan qovunlar qani? Hozir esa suvdan salgina taʼmliroq qovunni tanovul qilsak, yaxşi ekan-ku, deyarak sevinamiz. Taʼmning ozginasiga qanoat qilamiz. Avvalgi qovunlar tilni yorardi, hozirgilarning tilga kuçi yetmaydi.
Kuç yetmaydi, deganlariday… 1990 yilning bahori. Yaxşi eslayman, qişloqdagi eski hovlimizda boğ içkarisiga qovun uruğlarini ekdik. Ariq böylariga qovoq… Şuningdek, kartoşka ham ekdik. Özimça, mineral öğitlarsiz hosil kötarmoqçi böldim. Qovunlar muştday bölganiça qoldi. Bujmaydi… Demakki, qovun yetiştirişga yerning kuçi yetmagan. Bundan xulosa çiqarib, kartoşka dalasiga mineral öğitlardan köproq quydim. Poyalari ğovlab ketdi. Men bunday tez ösadigan poyani körgan emasman. Kartoşkalar esa…. bedana tuxumidan sal yirikroq böldi. Qöni-qöşnilar hazil aralaş: “Bahromboy, bizlarga qaçon uşr berasiz?” dedilar. Ammo qovoq şunday hosilga kirdiki, hattoki tok xodalariga ham, örik şoxlariga ham osildilar. Hammayoqni oltinrang qovoqlar egalladilar. Bundan şunday xulosa çiqardim: dehqonçilik ham öziga yaraşa ilm. Xususan, qovunçilik sohasi.
Yana bir voqea esimga tuşdi. Universitetni tugallab Şovot tumanining “Sovet paxtakori” ( Endilikda “Şovot istiqboli”) gazetasida endigina iş boşlagan kezlarim. Öşa davrlar tuman Qişloq xöjaligi bölimi mudiri lavozimida işlayotgan hamqişloğim Abdulla Vaisov: “Sizni maşhur qovunçi bilan taniştiraman. Tezda rayqömga yetib keling” deya işxonamga sim qoqdi. 1984 — yillar… Nuqul paxta mavzusida maqola yozamiz. Qovun xususida esa heç kim qayğurmaydi. Xullas, bölim mudiri hamrohligida qaydasan “Özbekiston” kolxozi, debon yölga tuşdik. “Özbekiston” kolxozi — Turkmaniston Respublikasi çegarasidagi hudud. Yerlari Şovot kanaliga yaqinroq. Unumdor.
Abdulla aka meni öz qişloğidan dovruği çetga çiqmagan maşhur qovunçi Otaş aka bilan taniştirdi. Qotmadan kelgan, tez gapiradigan, çapaniroq odam ekan. “Raisdan yontoq ösib yotgan qarovsiz joyni söradim. U: “Bunday yerlarda ekin-tikin bitmaydi” dedi. “Şu yerni bering, boşqasi bilan işingiz bölmasin!” deb turib oldim. Berdi. Yontoqlarni ildizini qoldirib ördirdim. Keyin esa ildizlarga qovun uruğini qadab çiqdik. Şunday şirin qovunlar döradiki ( paydo böldi.-B.R.) bol uning yonida hijolatda. Odamlar ellik yil avvalgi qovunlar şunday edi, deya talaşib-tortişib xarid qildilar”, — dedi u.
Otaş qovunçiga “Polizga mineral öğitlarni qanday miqdorda işlatasiz?” deb savol berdim. “Men ikki xil usulda qovun yetiştiraman. Birinçisiga mahalliy öğitlardan işlataman. Ikkinçisiga esa mineral öğitlar qöllayman. Birinçi usuldagisi öta şirin qovun böladi. Ikkinçisidagi hosilning şirasi kamroq. Sezayotgan bölsangiz kerak — öta şirin qovunlar yoşullilar ( rahbarlar.- B.R.) dan ortmaydi. Işonasizmi-yöqmi, obkom Madiyor Xudoyberganovni ham men özim qovun bilan taʼminlayman”, dedi u.
Rahmatlik Madiyor aka bizga qöşni “Özbekiston” kolxozida tuğilib-ösgan. Muallimlik qilgan. Bizning Alişer Navoiy nomidagi maktabda direktor bölib işlaganini yoşi uluğ kişilar eslab yuradilar. Obkomning birinçi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan kezlarida xos qovunçisi Otaş akaga yordam bera olmadi. Çunki, öşa zamonlarda sobiq Ittifoq rahbarlarining köziga “oq oltin”dan boşqasi körinmas edi.
Kamina Otaş qovunçi faoliyati xususida maqola yozib, eʼlon qildirdim. Keyinçalik esa Şovotda kartoşkaçilikka asoslangan sovxoz bor, nega qovunçilik sovxozi taşkil qilinmagan, Xorazm şirin-şakar qovunlarning vatani-ku axir, qabilidagi savol belgilarini qöyib maqolalar yozdim. Javob bitta böldi: qovunning narxi bozorlarda nihoyatda past – bu ekin öz xarajatlarini qoplab bilmaydi, dehqon öz zarariga işlaşi mumkin emas.
Çindan ham öşa davrlarda qovunning bahosi qariyb suv narxiga teng edi. Binobarin, kamina mantiqli javoblar oldida ojiz qoldim. Tabiiyki, Otaş qovunçining tajribalari-yu ixtirolari öz qişloğida qolib ketdi…
Bugungi ahvol tamomila özgaça. “Qozonçining erki bor qaydin quloq çiqarsa” deganlaridek, dalasiga qanday ekin ekişni dehqonning özi hal qiladi. Qovunçilik sohasidagi bir qator özgarişlarga ham közim tuşdi. Voqean, Xorazmda işlaganimda bir marotaba Urganç xiyobonida ötkazilgan qovun saylida qatnaşganman. Qovunçilik bobida tanlovlar ötkazilganini kördim. Biroq, hali bu kam. Masalan, Lotin Amerikasi kişilari öz qahvalarini millat iftixori maqomiga kötarganlar. “Muhabbat qahvasi” yangliğ teleseriallar fikrimizga dalil bölaoladi. Xöş, nega özbekistonliklar Gurvakni yoki boşqa önlab turdagi poliz mahsulotlarimizni şu maqomga olib çiqmayaptilar? Maşhur bir tadbirkor aytganidek, gurvakdan jannat isi keladi. Tabiiy usulda yetiştirilgan gurvakning pöçoğini ham tanovul qilmoq mumkin. Kosalasangiz “qaymoği” tillodek tovlanadi. Gurvak yemabsiz — dunyoga kelmabsiz. Şundoq tabiat möʼjizasiga qaçon eʼtibor qaratamiz? Qaçon “Gurvak” murabbolari, şarbatlari jahon bozoriga olib çiqiladi? Darvoqe, gurvak Daniya bozorlariga olib borilsa, narxi qança yevro bölişi mumkin? Bu savollar — javob olinişi lozim bölgan savollardir.
Bahrom Rözmatov,
jurnalist.
