Maqsad jazolaşmi?
yoki içki işlar vazirligi mulozimining “plan”ni töldiriş haqidagi “topşiriği”dan keyingi mulohazalar
Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovozli yozuv közi oçiq odamlarni larzaga solgani bor gap. Özbekiston Milliy Axborot agentligi muxbirlarining bildirişiça, uşbu ovozli xabar podpolkovnik Farrux Xolovga tegişli bölib, u har bir profilaktika inspektori kuniga kamida 5 tadan maʼmuriy bayonnoma tuziş, rejada belgilangan jarimani tegişli tartibda bajariş haqida topşiriq bergan.
Bundan taşqari, video xabarda: “Hozir selektor tugadi, şahar rahbariyatidan Vafoyev ötkazdi (polkovnik Mahkam Vafoyev, Toşkent şahar IIBB boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosari H.Q.). Sörov qattiq böldi. Olmazor tumani yöq, “bolşe ne suşestvuyet” biz uçun deyapti. Hozir eşit, diqqat bilan! Keçqurun ham 22:00 da selektor, men kiraman. Uç kundan buyon “protokol” (huquqbuzarlik uçun tuziladigan maʼmuriy bayonnoma H.Q.) bermayapsizlar.
Har bir “uçastkovoy” beştadan “protokol” tuzsin, har xil modda bilan. Mayli, agar sud işlamasa, “arest” (maʼmuriy qamoq jazosi) qilmasin, jin ursin. Boşqa modda bilan “protokol” tuzsin. Qiyin bölyapti javob beriş, sizlar kirmaysizlar-da, selektorga.
Menga gapiryapsan “odamlar ölib ketyapti”, deb. Qölingdan kelmaydi odamlarni qutqariş. Faqat şuning oldini oliş böyiça işlaysan, kimgadir yordam berasan, 183- (mayda bezorilik nazarda tutilmoqda H.Q.) böyiça “protokol” tuzilsa, şu yordaming böladi. Işdamisan, demak, işlaş kerak. Koronavirus, koronavirus, koronavirus deysanlar. “Rezultat” qilib ber menga”, deb gapirgan.
Eng qiziği, uşbu gaplar, uyali aloqa vositasiga yozib olingan ovozli xabar ijtimoiy tarmoqlarda qanday qilib tarqab ketdi? Bunday oşkora topşiriq beriladigan yiğinlarga jurnalistlar, blogerlar taklif qilinmaydi-ku!
Şunday ekan, içki işlar tizimida hali ham qalbi uyğoq, köngil közi oçiq xodimlar bor, ular aholini qölidan kelganiça ogohlantirişga harakat qilayapti çoği. Axir, hozirgi koronavirus pandemiyasi şaroitida mahallalarda istiqomat qilayotgan aholining kundalik oziq-ovqat mahsulotlari uçun ham pul topişi bir munça qiyin keçayotganini hamma körib-bilib turibdi. Buning ustiga yöq joydan “jarima” nima degani? Nahotki xalqni öylaydigan rahbar sunʼiy ravişda şunday topşiriq berişdan uyalmasa?
ÖzA xodimining bergan savoliga F.Xolov quyidagiça javob bergan:
— Bu sizning ovozingizmi?
— Ha, bu ovoz meniki.
— Bu voqea qaçon bölgandi?
— Bu voqea 14 iyul kuni bölgan. Telegramda tuman rahbariyati va 8 ta hududiy IIB rahbarlari aʼzo bölgan guruhimiz bor. Öşa yerda körsatma va topşiriqlarni yetkazamiz. Bu ovozli xabarni öşa içki guruhda qoldirgandim. Lekin qanaqa qilib keyin bu tarqab ketdi, oçiği bilmadim.
Bilasiz, fuqarolar köçada niqobsiz yursa, baribir çora köriş kerak, yöqsa bir-biriga yuqadi, kasallik tarqaydi. Qayerdadir janjal bölsa, profilaktika inspektorini yuboramiz, çora köradi, oğir jinoyatlarning oldi olinadi. Bu faqat oldini oliş uçun, tinçlik-osoyiştalikni taʼminlaş uçun qilingan narsa edi, birovlarga yomonlik uçun emas.
— Demak, içki işlar xodimlari uçun maʼmuriy bayonnoma tuziş böyiça kunlik reja bor ekan-da?
— Heç qanaqa reja yöq, agar niqob böyiça çora körmasak, hamma niqobsiz yuradi va bir-biriga yuqtirib, vaziyatning dabdalasini çiqaradi. Bunga çora körmasa, bölmaydi-ku…
Lekin, bu javoblar vaziyatdan çiqib ketiş uçun aytilgan bahonadan boşqa narsa emasga öxşaydi.
Çunki, Toşkent şahri kundan kunga kengayib, aholi soni ortib bormoqda. Xalqaro tajribadan kelib çiqib, poytaxtdagi barça mahallalardagi turar-joy binolari oldiga kuzatuv kameralari örnatilgan. Içki işlar xodimlari köça kezib yurmasdan tartibbuzarni aniqlaşi va jarimaga tortişi mumkin. Ammo, rivojlangan davlatlarda barça işlar kompyuter orqali bajariladi, politsiya mahalla oralamaydi, ularda örnatilgan tartibga teskari ravişda bizning kundan-kunga mahalla va guzarlarimizda militsiya xodimlari köpayib ketayapti. Bu nimaning evaziga? Kameralar kerakli natijani bermayaptimi?
Eslatib ötamiz, içki işlar vaziri maslahatçisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov iyun oyida OAV xodimlariga intervyu berar ekan: “Içki işlar vazirligi rahbariyati bunday holatga qarşi kuraşadi. Bugun neçta protokol qilding, bugun neçta mast topding, deb söroq qilinadigan holatlardan yiroqmiz. Bizning asosiy vazifamiz — tinçlikni, köçalarda odamlarning bevaqt ölmasligini taʼminlaş.
Töğri, biz xodimlardan ularning hududida sodir bölgan avariyalar uçun hisob söraymiz, ammo bugun neça kişini jarimaga tortding, deb söramaymiz. Bunga barham berildi”, degandi.
Ammo… ahvol, haqiqiy vaziyat general-polkovnik aytganidek emasga öxşaydi.
Darhaqiqat, sohada keng miqyosda tartib örnatilmas ekan, vazirlik mutasaddilari ham içki işlar boş boşqarmasidagi masʼullar ham turli joylarda sodir bölayotgan sohadagi bunday “sir”larni jilovlay ololmaydi. Eskiça tartib va usullarda jazolaş, qöpollik va odamlarga ğayriça qaraş hali ham sohani tark etmayotgan körinadi. Militsiya deganda aholida hanuzgaça “olaböji”ga qaraşdek qandaydir içki hadik saqlanib qolyotgani bejiz emas.
Qolaversa, sir emas IIBB YHX tizimida ham şunday “reja”lar borligi tez-tez quloqqa çalinib turadi.
Bundan taşqari, YHX (xalqimiz tilida hamon GAI deb atalayotgan) xodimlariga ham kuniga neçtadandir “naruşeniye” böyiça bayonnoma tuziş topşiriği berilişi rost ekan-da?!
Dunyoga yangiça köz bilan qaraşni qaçon örganamiz, hurmatli komandirlar! Axir 10-15 million aholi yaşaydigan katta-katta şaharlarni haftalab kezib ham bitta “GAI”ni körmadik, birov kelib: “Sen kim, hujjating qani?” — demadi-ya deb hayratlanadi, karantindan oldin dunyo kezib yuradigan yurtdoşlarimizdan biri. Rost, hamma erkin va lekin hamma joyda kuzatuv kameralari bor.
Axir, poytaxtimiz köçalarida ham kameralar işlayotganiga bir neça yil bölib qoldi. Ammo har bir muyulişda, köçada hamon harakat xavfsizligini taʼminlovçi “GAI”lar köp! Nimaga, kim uçun, nima uçun?!
Nahotki, maqsad odamlarni jazolaş, jarimaga tortiş bölsa?! Nima uçun IIV tizimlarida bugungi davr talabi darajasida özgariş sezilmayapti?!
Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi matbuot xizmati masʼul xodimi Şerali Mirzaçayevning yuqorida keltirilgan ovozli yozuvlar yuzasidan “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi körsatuviga bergan intervyusidan ham biror bir mantiqni anglab oliş qiyin.
Mamlakatimiz yangilaniş, xalqimiz bilan birgalikda Yangi Özbekistonni quriş yölidan ildamlayotgan bir paytda, asosan, kiçik lavozimdagi şaxslar balogardon bölib munosabat bildirişmoqda. Lekin IIV masʼullari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yuqoridagidek audioyozuvlarga, matbuotdagi çiqişlarga izoh bermasliklarining zamirida ham qandaydir “sir” bormi?
Hikmatullo Qodirov.
