Eslab qololmadim gulning hidini

Muallif haqida: Bahrom Rözimuhammad — 1961 yilda Şovot tumanida tuğilgan. 1983 yilda Toşkent Davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Tovuşsiz qadam”, “Terakka yaqin yulduz”, “Ikki nur”, “Davsaman”, “Tinç gullaydigan daraxt”, “Kunduz sarhadlari”, “Soyalar suhbati”, rus tilida “Zvezda nad topolyami”, “Poslednyaya noç angela” nomli şeʼriy töplamlari eʼlon qilingan. Şeʼrlari turk, ozarbayjon, turkman, qoraqalpoq, ingliz, nemis, fransuz, ispan, assam tillariga ögirilgan. Şoirning “Ich habe mein Selbst vergessen “ (“Men özimni unutdim”) nomli şeʼrlar töplami 2013 yilda Germaniyaning “Leipziger Lituraturverlag “ (“Leypsig adabiyot naşriyoti”) naşriyotida özbek va nemis tillarida çop qilingan.

 

Kök köylakli qiz

U yurganda — yöllar çaroğon,

qizillikka burkanib dala,

qadamidan bölur maşʼala —

çaros közi mavjlangan zamon.

Yonar edi yonoqlari ham…

Ipak soçi qora qaymoqday

yelkasida tovlangan çoqda

har yurakka taşlardi qadam.

Oq navoga yöğrilgan xilqat,

u gul edi qizga aylangan,

ğoyat nafis tabassum bilan

qaraganda zabt etardi qalb.

U adaşdi, alam behuda,

parçaladi nogoh ğururin,

yulduz nuri deya oy nurin

göyo kördi suvda – közguda.

Ruhim içra termular elas…

O, tabiat, uyğotma uni,

sevgimizni ilk bahor kuni

yaşil tusda esga olsang bas.

Qaytiş

Umrim gulin teruvçi şodon,

men serhayrat, zavqparast sayyoh,

köz — quyoşdan uzilgan şabnam,

qalb — köksimga mixlangan farah.

Sakrab ötgum kölmaklar oşa,

huv kengliklar jilolansa şan,

buloqlarga şivirlarman boz:

faqat, faqat kenglik istayman.

Kölankalar qoçur yonimdan,

moviylikka tutqunman asli,

va vujudim şaffof, zangori

havo bilan töliq muttasil.

Yöl yurarman kuylab osuda,

yorişadi tobora içim —

çeksizliklar yoyilmasida

öz-özimga yetmaydi kuçim.

Yomonlik yöq dunyoda butkul,

özligingni anglasang avval,

har odamning köksini körsang

qalb yoqutday yonadi yal-yal.

Közlar

Bu dunyoga kelib körmadim

qiz közidan ortiq sehrni —

uzr sörar gözalligidan

tiniq közlar kulib mehrli.

Şunday közki — göyo közguday,

qoraçiqqa ilkis tik qarab

suvratingni tomoşa ham qil,

gar istasang soçingni tara…

Kimligingni aytib beradi

qoraçiqlar — sokin ifoda.

Işonasan,

çunki közlardan

tiniq narsa yöqdir dunyoda.

Toş

Oqib ketgisi keladi toşning

baliqlarga qöşilib

yengil,

uzoq-uzoqlarga oqib ketgisi.

Daryo

qah-qah otar

moviy rang bilan

harsang toşlar tevaragida.

Tinçlik

Dubulğani

gultuvak deb öyladi

niş otayotgan uruğ.

Oppoq orzulari ila

kömilgan jangçining

qirmizi qonin emib kökardi gullar.

Endi öşa gullar

va moviy osmon oraliğida

sukunatdan boşqa heç narsa yöqdir.

Kumuşrang gul

Kumuşrang, momiq gul tuşimga kirdi,

alvon ufqdan sirğalib tuşdi,

alvon ufqda yöq edi tuman.

Eng mayda giyohgaça

aks etdi tuşimda.

Tonggaça yaşadi momiq gul…

oh, eslab qololmadim gulning hidini.

Terakka yaqin yulduz

Boşqa yulduzlar-la işi yöq uning,

uni çorlayotir yagona yulduz,

yulduz — daraxtsiz kumuş bir meva,

u terakniki bölar bir kuni —

terak ösaversa yulduzga qarab.

Yarim yölda qolib ketdi gujum ham,

daraxtlarning eng darozi — terak

kun sayin ösadi yulduzga qarab.

Yulduz… mevaligin bilarmikan u,

zumrad yaproqçalar kökiş nuriga

çambarças boğlanib oq, oppoq şuʼla

yulduz siljirmikan bir kun örnidan?

… “Hozir yulduz uçdi” degan xabarga

terak işonadi hammadan köproq.

Ğira-şiralikda

Yoqut gullar boş egib nafis,

hamon sözlar — biyron şiviri

eşitilmas şabadalikda.

Vaqt şamoli köksini yöngaç

köpni körgan donişmand misol

harsangtoşlar ğöldirar hamon

Kök tubida binafşa rangi

quyuqlaşib qora rang bilan

yulib olar quyoşning tilin.

Ğira-şira tun tiğida jim

til söraydi mendan tevarak.

Deraza pardasi yaşillanmoqda

Deraza pardasi yaşillanmoqda

oynadan tuşmoqda yam-yaşil şafaq

qarang isteʼfoga çiqibdi bugun

quyoşda qizil rang çarçab nihoyat

yaşil quyoş kötarilar endi ufqdan

bu daraxtga qarang taajjub

yaproği qoğozday oq va yiltiroq

bahor qayergadir ğoyib bölibdi

örnin egallabdi qandaydir fasl

ana tepalikda tunuka daraxt

barg yozib dafʼatan ösa boşladi

faqat öz şaklida keçikkan quşlar

yiltiroq daraxtga kelib qönişdi

tunuka daraxtning ildizlariga

baqrayib qotib qoldi qurtboşi

bir lahza tin oldi boşqa qurtlar ham

keyin esa bir dumalab bu töda

kumuş qurtlar tödasiga aylanib qoldi

qoronği yer ostida

ildizlarning uçquni kabi.

* * *

Taşqariga çiqding

seni qurşab oldi boşqaça havo

yurakdan taşqariga çiqding diydirab

izlagan narsangni topmaysan

xasga yopişasan şuʼlamikan deb

zerikiş hidini tuyasan qattiq

bu hid öldiradi seni bir kuni

tamaki çekasan

kulrang şu tutunga kiyinasan nihoyat

va körasan tund qiyofalarni

hammasi bir çiqib

qayta uyasini topolmagan quyonlar kabi

bezovta

kulrang köylak söraydi ular

berasan

diydirab ketasan dafʼatan.

* * *

Yiğiga öxşab

höngrab yiğlaganiga öxşab ayolning

yolğiz ot kelmoqda soyasi up-uzun

qumursqalar ilma-teşik közida

uvalib-uvalib ustixoni

örmalab kelmoqda yolğiz ot

asrlardan asrlarga quvdilar

öz jismidan quvğin böldi u

ruhi uçqun kabi saçrab ketdi ham

örmalab-örmalab

yolğiz ot kelmoqda

muhimi oyoqda turib biladi

yiğlab bilmaydi lekin

armonga öxşab

uzun bir armonga öxşab

bizning yonimizdan ötib ketdi ot

ötib ketdi qaysar bir çarçoq.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan