Eʼtiqodim titragayki ehtiros aylar közing

Muallif haqida: Rustam Mirvohid — 1987 yili Toşkent şahrida tuğilgan. 2007 yilda Toşkent Davlat şarqşunoslik institutini tamomlagan. “Birinçi kitobim” loyihasi asosida “Bu – oşiq sözim” nomli kitobi çop etildi. Şuningdek, “To quyoş soçgayki nur: Erkin Vohidov hayoti va ijodi zamondoşlari nigohida” hamda “Bahrdan bahralar” kitoblari naşrdan çiqdi. Hozirda Özbekiston Res­publikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti boş mutaxassisi vazifasida işlaydi.

* * *

XX asr — butun köhna Turkiston (Örta Osiyo) şoirlari uçun yangiça şeʼriyat davri bölgan edi. Bu “yangiça”lik faqat şaklda emas, mazmunda ham voqeʼ böldi. Holbuki, bizga yangiça tuyulgan bu şakllar aslida mumtoz şoirlarimiz qitʼa­larida, Maxtumquli, Muqimiy şeʼriyatida yuz körsatgan edi.

Şöro davrida ğazal sanʼati göyo eski, göyo öta anʼanaviy, degan biryoqlama fikr şakllandi. Ana şunday davrda ustoz Erkin Vohidov “Yoşlik devoni” orqali adolatsiz fikrlarni çilparçin qilib:

Ey munaqqid, sen ğazalni

köhna deb kamsitmagil,

Sevgi ham Odam Atodin

qolgan inson qonida! –

deya, gap şaklda emas, gap mazmun va ruhda ekanini baralla eʼlon qildi. Va ustozning özi ğazal sanʼatiga yangiça mazmun, yangiça ruh bağişladi. Oçiğini aytganda, teran tasavvufiy-maʼrifiy mohiyatga ega bölgan ğazal sanʼati yangi davrda zamiridagi maʼrifiy haqiqatlarni yeçib, faqat majoz şeʼriyatiga aylanib qoldi. Muhabbat ham Ilohiy muhabbat liboslarini yeçib, majoziy muhabbatga aylandi.

Erkin Vohidovdan keyin yangiça ğazal anʼanasini Jamol Kamol muvaffaqiyatli davom ettirdi. Keyin esa taniqli olim va şoir Mahmud Hasaniy ğazal sanʼatining qadimiy haqiqatlarini saqlaşga urinib, “Işq devoni”ni tuzdi. Hozir bu sanʼatni Dilorom Ergaşeva degan şoi­ramiz maʼrifiy ruhi ila öziga xos davom ettirmoqda.

Bu kun mening xursandligim şundaki, şoirlarimizda ğazal iştiyoqi hali sönmagan ekan, bu ölmas sanʼatni ustoz Erkin Vohidovning sadoqatli şogirdi Rustam Mirvohid qaytadan uyğotişga kirişibdi va körkam ğazallar bitibdi. Uning söz tanlaşida ham ğazal talabiga mos izlanuvçanlik bor, mumtoz sözlarga yangiça ruh bağişlaşga uriniş bor. Şoirning bu yöldagi izlanişlarida mamnuniyat ila muvaffaqiyat tilab qolaman.

Mirzo Kenjabek.

* * *

Ayni dam

Keldi umring yozi, şoir,

yoz ğazallar ayni dam,

Kim senga ruhiy ğizodur –

soz ğazallar ayni dam.

Bul ğazalning zavqu şavqi,

işqiyu maşqi bölak,

Omma ermas, xos eliga –

mos ğazallar ayni dam.

Dilda ilhom pardasidin

körinib, körinmayin,

Voh, gözallar yangliğ etgay

noz ğazallar ayni dam.

Ayni damda ayni ğamkim:

bulhavas şoirtalay,

Yozilur kun-kundin ammo

oz ğazallar ayni dam.

Tengi yöq tengdoşlar içra

yelkadoşlar çiqsayu

Nazm aro urf ölsa, şoyad,

boz ğazallar ayni dam.

Yaxşi niyat – yorti mol, lek

“qiş”da xöb “qişlay” desang,

Keldi umring yozi, Rustam,

yoz ğazallar ayni dam.

Inʼikos aylar közing

Keldi miş-miş: işqi lof deb

eʼtiroz aylar közing,

Bir nazar sol, közlarimga –

inʼikos aylar közing.

Jozib ul ötli qaroşing

yodima tuşgan mahal

Eʼtiqodim titragayki –

ehtiros aylar közing.

Kipriging tansoqçi ersa,

qoraçöğ xonqiz erur,

Bilmadim tobeʼ yo moneʼ –

turfa noz aylar közing.

Kimsalar xirmonda hozir,

na öroq, boşoqda bor,

Tobakay ğayriga bundoq

imtiyoz aylar közing?

Ne ajab, sidqu vafoning

bobida noqis ular,

Göyiyo jabru jafoga

ixtisos aylar közing.

Dard elin aşki xirojin,

kel, sanam, töxtatmasang –

Bil, jahoniy iqtisodiy

inqiroz aylar közing!

Rustamo, ne özni aldaş,

garçi mağrursan, vale

Har qaraşda yorga “kel” deb

iltimos aylar közing.

Nigor

Toki köngil içra işqing

ganj etib ketding, nigor,

Naqdi umrimni baloga

xarj etib ketding, nigor.

Tillaning vasvosi tuşgan

kimsadek bezovtaman,

Misli sokin suvda böron,

mavj etib ketding, nigor.

Közlarim yölingda zor-u,

ming nigoron böldi, lek

Bir qadam ranjida qilmay –

ranjitib ketding, nigor.

Boğda bulbul birla qumri

oh urarlar basma-bas,

Çunki, dodimni tobora

avj ketib ketding, nigor.

Bitta taskin şul erurkim:

Rustamingga dil aro

Sabrini dardiga monand

darj etib ketding, nigor.

Naylanib bormoqdadir

Ruh qamişdir. Puflading – ul

naylanib bormoqdadir,

Dil uzumdir. Ezding – ul ham

maylanib bormoqdadir.

Bul nayu mayli majolis

un nafoisda, pari,

Közlaring nöş ayladim, boş

aylanib bormoqdadir.

Mastmanki onqadar,

tutkil qölimdan, yöq esa

Boq, aso bölmoqqa xoma

şaylanib bormoqdadir.

Bir qarab oftobga örnin

körsatib qöy, husn aro

Tobakay şohlikka sörmay

saylanib bormoqdadir?!

Rustamingday hajr ötida

nola çekmay, naylasin,

Ruh qamişdir. Puflading – ul

naylanib bormoqdadir.

Şomu şamʼ

Zulfu husning yodga tuşsa

yodlanarmiş şomu şamʼ,

Işq aro bu rutbasidan

şodlanarmiş şomu şamʼ.

Gohi hajringda riyo çun

qözğatib raşşokligim,

Tunlanarmiş… pirpirarmiş…

dodlanarmiş şomu şamʼ.

Men-ku Qays avlodiman deb

iftixor etsam, qara,

Laylining zuryodi biz deb

zodlanarmiş şomu şamʼ.

Beqarormiş til uçida

vasli bomdoding uçun,

Yorlanarmiş yot-la, yor-la

yotlanarmiş şomu şamʼ.

Har na qilsun, lek sadoqat

otliğ ul şatranj uza

Dona sursa Rustaming-la

motlanarmiş şomu şamʼ.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan