Matbuot öz yolğonlarining qurboni böldi…mi?

Nega? Uşbu savolni inson tafakkurining qayroği deb hisoblayman. Odamzot bugungi yutuqlariga şu savolga javob axtariş natijasida erişgan bölsa ajabmas. Ongimiz “nega”larning makoniga aylanib, unga javob axtariş fitratimizga singib ketgan. Mening ham fikratimda “Bugun yoşlar nega gazeta öqişmayapti?” degan savol köpdan buyon tinçlik bermayapti. Şu masalada telegram tarmoğining asosiy qismini yoşlar taşkil etadigan yirik guruhlarida ijtimoiy sörovnoma ötkazişga qaror qildik.

U quyidagi savollardan iborat edi:

  1. Bugun yurtimizda aholining, ayniqsa, yoşlarning gazeta öqimayotganiga yoki kam öqiyotganiga sabab nima?
  2. Gazetxonlar, asosan, qanday mavzudagi maqolalarni öqişadi? Nima uçun?
  3. Sizningça, matbuotni rivojlantiriş uçun nima qiliş kerak?

Uşbu sörovnomaga yuzdan ziyod javoblar kelib tuşdi. Quyida “joni bor” deb hisob­laganlarimizdan bir neçtasini eʼtiboringizga havola etamiz va undan söng mulohazalarni xulosalaymiz. (Javob yöllovçilar ijtimoiy tarmoqdagi nomlari bilan berildi).

Somebody: — Yangiliklarni gazetalar mayli, televideniyedan ham avvalroq internet orqali bilib oliş mumkin. Avvalda gazetalar asosan yangiliklardan boxabar böliş uçun öqilgan, endi buning örnini internet bosayapti. Menimça, gazeta öqimaydiganlarga majburlab öqitiş muşkul. Balki, internetdan topiş qiyin bölgan maʼlumotlar gazetalarda bölsa, qiziqiş­lar ortar, ehtimol.

O.G: — Davlat gazetalarida, asosan, rasmiy xarakterdagi materiallar beriladi va ular faqatgina maʼlum ixtisos­likdagi kişilar uçun kerak. Ommaga esa bu qiziqarsiz. Balki gazetalarda statistik maʼlumotlar köpligi uçun öqişli emasdir. Qolaversa, ulardagi ayrim maʼlumotlar haqiqatdan yiroq.

Gazetalarda bosilgan maʼlumotlar oldin internetda berilgan böladi va odamlar özi bilgan narsa haqida qayta öqişni, tabiiyki, xohlamaydi, pul ham sarflamaydi.

Gulnora: — Menimça, gazeta va jurnallarda xalq tili yöqolgan. Ijodkor yoşlar adabiy gazetalarni öqişadi. Yoşlar qatlami uçun ixtisoslaşgan naşr ham bölişi kerak. Masalan, yangi tarjimalar, tasviriy sanʼatga oid, texnika va kaşfiyotlar haqida, biror narsani örganiş mumkin bölgan davriy naşrlar. Men bunday gazetalarni rus tilidagisini bilaman, xolos. Matbuot, ehtimol, elektron sotuvga köproq urğu berişi kerakdir. Dizaynni kreativlaştiriş lozim. Masalan, sönggi paytlarda ayrim naşrlar rasmiy saytidagi maʼlumotlarning QR kodini berayotganini körayapmiz. Yana bir masala, gazetaning elektron ilovasi bölişi zarur.

M.Nazarov: — Köpçilik “Gazeta öqişning sustligiga sabab — internet”, deya­yotgandir. Ammo men bunga qöşilmayman. Oçiği, aksariyat, mahalliy (tuman, viloyat) naşrlarning saviyasi past. Gazetalar öz yolğonlariga qurbon böldi. Matbuot aldaşi yoki miş-miş tarqatişi emas, odamlarni uyğotişi kerak!

Shalola Safartosheva: — Savollarga umumlaştirib, quyidagiça javob beraman:

— tezkorlik — bu juda muhim. Holbuki, gazeta qoğozlarga bosilişidan avval biz deyarli barça maʼlumotlar bilan internetda tanişib bölamiz. Ammo şu tomoni ham borki, ayrim ilmiy maʼlumotlarni faqat gazetadan topiş mumkin;

– reklama – Respublika miqyosida neçta nomda, qaysi turda gazeta çiqişini bilmaslik tabiiy hol. Naşrlar auditoriyasini kengaytiriş uçun kengroq tarğib qilinişi ham lozim;

– yetkazib beriş xizmati öta sust. Kutubxonada işlaganimda gazetalarning tört-beş sonini bir qilib olib kelişardi. Davlat muassasasiga yetkazib beriş şu darajada bölganidan keyin, obunaçilarga böladigan munosabat haqida gapirmasa ham böladi. Bilişimça, çet elda eşikma-eşik tarqatişadi. Har bir ziyoliman, deganning nonuştasi gazeta bilan boşlanadi.

Parizoda Röziboyeva: — Bugun gazetxonlarning kamayişiga çekka hududlarda kiosklar faqat tuman markazida ekanligini; sönggi paytlarda gazeta-jurnallar öqituvçilarning ustama oliş uçun yozgan maqolalari, ötkazilgan tadbir xabarnomasi bilan “boyib” borayotganini asosiy sabab qilib körsatiş mumkin. Gazeta-jurnallarda dizaynga, imlo xatolarga ham alohida eʼtibor qaratilişi kerak.

Normurodov. S: — Keçirasizlaru, saviya­miz past, tan olaylik. Öqimayotganlar — bu juda katta muammo! Hozir ota-onasining oldida uyalmay işqiy manzaraga töla filmlarni körayotgan yoşlar qanday qilib hayotiy muammolarni siyosiy qaraşlar asosida oçib bergan maqolalarni yoki badiiy, ilmiy gazeta-jurnallarni öqişadi?!

Şohrux: — Gazetalar ijtimoiy-siyosiy masalalarni yetarliça real talqin qilayotgani yöq. Lekin tuşungan insonga ilmiy axborotlar böyiça baribir internet gazetaga tenglaşa olmaydi. Şuningdek, gazetalarning moddiy taʼminoti ham muammo. Muxbirlarni moddiy rağbatlantiriş bugun yetarliça eʼtibordamikin?! (Internetda blogerlarning topayotgan daromadi bizga yaxşi maʼlum.)

Nurjahon Ubaydullayeva: — Adabiyotga muhabbati bor yoşlarninggina qöllarida adabiy gazetalarni körişingiz mumkin. Ular ham ijodiy işlari çop etilgan gazeta sonlarini öqişadi, afsuski. Men “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasini juda yaxşi bilaman. Eng muhim adabiy naşr deb hisoblayman. Nazm ruknini har bir sonida kuzatib boraman.

Akrom: — Gazetaning ommaviyligi undagi xabarlarning qançalik muhimligi va aniqligiga boğliq. Odamlar özi izlab topadi muhim va işonçli axborot yetkazuvçi gazetani.

Marjona: — Menga şov-şuvli, odamning diqqatini tortadigan, lekin quruq gapdan iborat maqolalar yoqmaydi. Gazeta şunday bölsinki, öquvçini fikrlaşga undasin. Dunyoni boşqa tomondan köriş mumkinligini körsatsin.

Iroda: — Men köp gazeta-jurnal öqiyman. Töğri, yaxşi maqolalar möl. Lekin har doim ham emas. Bir gazeta biror muammoni yoritsa, boşqalarida ham şuni yozişadi. Yangilik yöq.

Malika Tursunmatova: — Xalqqa tuşunarli bölsa, siyosiy gazetalarni ham öqişadi. Yangi qaror, farmon çiqqanda, oddiy odamlar rasmiy tilga deyarli tişi ötmaydi. Şunday huquqiy hujjatlarni ommabop usulda şarhlab yozilgan maqolalar bölişi kerak.

Dilnavoz Najimova: — Gazeta öqiş borasida xorij tajribasi bilan örtoqlaşsam: “The Times”ni olsak, internet saytlaridan köra muştariylari köproq va xaridorgirroq. Birinçidan, har kuni çop etiladi, xabarlar tezkor. Ikkinçidan, internet saytlari kabi ular hamma narsani çop etavermaydi. Qayerdadir avtohalokat bölgani, undagi qupbonlar soni ular uçun “qiziq emas”, axborotni saralab eʼlon qiladi. Odamlar internet saytlaridagi bir dunyo maʼlumotdan köra, gazetadagi eng saralarini öqişni afzal körişadi.

Bizda, menimça, köpçilik gazetalar qanaqadir qolipga tuşib qolgan. Ular maʼlum auditoriya uçungina yozadi, xolos. Siyosiy-ijtimoiy gazetalarning muştariylari, asosan, hokimiyat organlarida işlaydiganlar böladi. Ularga ommaboplik yetişmaydi. Masalan, biror qaror çiqsa, gazeta uning özini berib qöyadi. Lekin oddiy odam uçun bu qarorni şarhlab, tuşuntirib beriş kerak. Ilmiy naşrlarning ham ahvoli qoniqarli emas. Aksariyatida pul berib çiqarilgan ahamiyatsiz maqolalar köp uçraydi.

Şeraliyev Şukrillo: — Men Yevropa kişilarining gazetxonligi haqida aytmoqçiman. Odamlar internetga kirmasa kirmaydi, lekin “The Times”ni olib öqiydi. Çunki bu gazeta odamlarga ular kutgan narsani beradi. Odamlar unga işonadi. Gazeta özi yoki yana kimlardir istagan narsalarni emas, xalqning istagini yozişi lozim. Bugun turli şou-biznes xabarlarimi yoki şu xarakterdagi muvaqqat maʼlumotlarni odamlar internet orqali ham bilib olaveradi.

Bosimova: — Bugungi kunda gazetalar talab darajasida. Ammo bugungi kun yoşlari-çi?!

A.Ahmedov: — Gazeta — bu tarix, qadriyat. Internetning tezkorligi, qulayligi yaxşidir. Lekin u odamga heç qanaqasiga maʼnaviyat bera olmaydi. Unda savodsizlik, şoşma-şoşarlik va miş-mişlar avj olgan. Vaqtida tilga tuşgan “Minbar”, “Töğri.uz” va boşqa maşhur internet saytlarining bironta maqolasini bugun topib bera olasizmi? Gazetaning esa xohlagan yilingizdagi sonini sörang, albatta topiladi. Faqat sal sarğaygan, eskirgan bölişi mumkin, xolos…

Çet elni oling, gazeta öqiş ularda ziyolilik belgisi. Biz qaçonki, şu darajaga yetsakgina, maʼnaviyat haqida kökrak kerib gapirişimiz mumkin.

Mana ayrim yoşlarimizning gazeta va gazetxonlikka munosabati qanday? Oçiğini aytganda, bu sörovnomaga kelib tuşadigan javoblarning deyarli barçasida texnika va internetning rivojlangani asosiy sabab sifatida körsatiladi, deb öylagandim. Ammo körib turganingizdek, yoşlar bundan boşqa ança omillarni ham körsatişibdi.

Şuningdek, ularda fikriy bahslar ham mavjud. Garçi sörovnoma qatnaşçilarining 70 foizga yaqini ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarining tezkor va qulayligi gazetalarga bölgan talabning tuşib ketişiga sabab bölayotganini aytişsa-da, ularni inkor qiluvçilar ham kam emas. Bir neçta tengdoşlarimiz, fan-texnika borasida bizdan ançagina oldinda bölgan Yevropada gazetaga bölgan talab bizdagidek past emasligi haqida aytib, buning sabablarini ham körsatişgan.

Sörovnomamizga javoban kelgan xabarlarni xususiyatiga köra quyidagiça tasnifladik: tanqid va takliflar, gazetalar faoliyatiga salbiy munosabat, yoşlarga, muştariylarga nisbatan salbiy munosabat, obuna va yetkazib beriş xizmati borasida kamçiliklar.

Muammolar talaygina, ammo(!) bu endi vaziyat önglanmaydi, degani emas. Çindan ham, takliflarda aytilganidek, gazetalar internetdan topiş qiyin yoki umuman ilojsiz bölgan maʼlumotlarni yozsa, özgaça dizayn va zamonaviy imkoniyatlar(masalan, QR kodli multimediya manzillari, özlarining elektron ilovalari va b.)ga ega bölsa, xalq istayotgan haqiqatlarni olib çiqsa, bizningça ham gazetalarga bölgan talab oşadi. Xullas, odamlarga “Agar falon gazeta yozgan bölsa, unda bu gap töğri”, deyiş mumkin bölgan naşr kerak. Va buning uçun ançagina mehnat talab qilinadi!

Taʼkidlaş lozimki, barça matbuot naşrlari ham “öz yolğonlarining qurboni” bölgani yöq. Ammo “Bunday naşrlar umuman mavjud emas”, ham deyolmaymiz.

Şahzod Şodmonov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan