Mavlon Umurzoqov: “Siyosatçi ham romantik bölmoği kerak”
Adolat haqida fikr yurita turib yozuvçilardan biri uni “dunyo ustidan ötguvçi dor”ga qiyoslagan. Unda yurgandan köra u haqda xayol surgan afzalroq deydi. Darhaqiqat, adolatsizlikka, haqsizlikka uçragan odam adolat haqida ana şunday öyga borişi tabiiy. Biz Birinçi Prezidentning sobiq Davlat maslahatçisi Mavlon Umurzoqov bilan uning hayot yöllari haqida suhbatlaşar ekanmiz, tuhmat va fitnaning, nohaqlik va iğvoning yöli baribir boşi berk köçada ekanligiga amin böldik. Marhamat, sizni suhbatdoşimiz bilan yuzma-yuz qoldiramiz.
- Vatanning “oltin xazina”si
- Siyosatçiga qarşi işlagan fitna va tuhmat “maşina”si…
- Davlat maslahatçisidan siyosiy mahbusgaça…
- Sobiq Davlat maslahatçisining topilmagan tillalari…
- Xalq şoiridan yeçib olingan taqinçoqlar….
— Mavlon aka, mana Vatanimiz Mustaqil bölganiga 29 yil töldi. Bu öz-özidan bölmagan, albatta. Mustaqillik qabul qilingan pallalarda siz davlat mahkamasida nufuzli lavozimda işlagansiz. Yangi davlat barpo etişning özi bölmagan bölsa kerak?
— Mustaqillik afsonaviy tortiq sifatida osmondan tuşmagan. Aslini olganda sobiq SSSR deb atalmiş imperiya 1970 yillar oxiri 1980 yillar boşida siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy jihatdan inqirozga yuz tuta boşlagan edi. Öşa yillardagi turğunlik nafaqat iqtisodda, balki mafkurada, odamlar orasidagi munosabatda körinardi. Eliga va vataniga emas, öz boşliğiga sadoqati bois tanlangan kadrlarning xato va kamçiliklari urçigan va buning oqibatida KPSS degan “maşina” yurişdan çarçagan edi. Şuning barobarida unga tobe mamlakatlar va aholining ham sabr kosasi tölgan bir palla edi.
“Qayta quriş” degani bilan uning aniq bir strategiyasi yöq, oşkoralik deb juda köp korxona va taşkilotlarni tartibdan çiqarib yuborgan Moskvaning boşqaruv qobiliyati allaqaçon koma holatiga kelayotganligi aniq bölib qoldi. Bularning hammasi SSSRning parçalanişiga va mustaqillikka erişişga qulay vaziyat yaratgan edi. Natijada mamlakatimiz sobiq Ittifoq respublikalari orasida birinçi bölib, öz mustaqilligini eʼlon qildi va 1991 yil 1 sentyabr — Mustaqillik kuni deb eʼlon qilindi. Bu albatta, juda quvonçli tarixiy hodisa. Biroq ana şu lahzadan boşlab bizning, ayniqsa, davlat tepasida turgan har bir mutasaddilarning yelkasiga juda katta masʼuliyat yuklandi.
Biz bu davrda kabinetda ötirib işlamaganmiz, xalq orasiga kirib borganmiz. Bu paytda qöyilgan ilk masala “Paxta işi” masalasida nohaq qamalganlarni ozod qiliş masalasi böldi.
1991 yilning dekabr oyida Namangan voqealari sodir etildi. Buni köpçilik yaxşi eslasa kerak. Tohir Yöldoşev degan kimsa olomonni töplab, ular nomidan Islom Karimov oldiga Özbekistonni Islom jumhuriyati deb eʼlon qiliş, diniy siyosat asosida davlatni boşqariş kabi önlab talablarni qöydi. Öşa kuni aeroportda I.Karimovni kuzatar ekanmiz, Ismoil Jörabekov va men tinçlik örnatilgunça bir muddat Namanganda qolişimiz haqida topşiriq oldik. Bu bir muddat bir yarim oydan oşişini öşanda ikkovimiz ham bilmagan edik. Bu vaqt mobaynida maktab, kollej, institut yoşlari bilan uçraşuvlar qilib, vaziyatni töğri baholovçilar sonining oşişiga erişdik. Tohir Yöldoşev va Juma Namangoniy esa öz harakatining kelajagini bilgaç, xorijga qoçib ketişdi. Boringki, Öş, Farğona, Böka voqealarining har biri bizdan oqilona iş olib borişni talab qilardi. Mamlakat hayotidagi eng oğir, eng qaltis, eng tarixiy pallalarda işlab, elimizga xizmatimiz singiganidan ğururlanib ketamiz.
— Mamlakatimiz rivojiga hissa qöşgan siyosatçi, iqtisodçi olim sifatida bugungi ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlarni qanday baholaysiz?
— Bugun odamzotning boşiga tuşgan bu sinovli damlardan çiqiş uçun har bir mamlakat öziça yöl tutmoqda. Aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamiga alohida eʼtibor qaratilayotgani tahsinga sazovor. Vatanparvar, fidoyi va islohotçi Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev pandemiya şaroitida xalqimizning manfaatlarini öylab, qator farmon va qarorlarga imzo çekdiki, buni quvonç bilan eʼtirof etaman. Kezi kelganda aytay, şunday oğir va sinovli kunlarda xalqimizning yordamga muhtoj qatlamiga ajratilgan mablağlar ayrim noinsof mulozimlar tomonidan talon-toroj qilindi. Şu yurtning bir fuqarosi sifatida bu xildagi munosabatdan yuragim qattiq oğridi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim bilan boğliq uluğvor maqsadlar sari dadil qadam taşlanyapti, lekin ularning töla-tökis amalga oşişi yengil keçayotgani yöq. Boşqaruv tizimida faoliyat olib borayotgan ayrim mulozimlarning nönoqligi esa, bugungi tezkor va globallaşuv jarayonlariga moslaşa olmayotgani, korrupsiya botqoğidan qutula olmayotgani, fidoyilik va vatanparvarlik tuyğularidan yiroqligi mamlakatda boşlangan jiddiy islohotlarni qiyinlaştirmoqda. Yurtda boşlangan yangiça yondaşuv bu xildagi mulozimlarga murosasizlik qilib, zudlik bilan ulardan voz keçiş kerakligini körsatmoqda. Çunki, Prezident Şavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak», «Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi», «Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxşi yaşaşni istaydi», degan mutlaqo yangiça tamoyillari odamlar qalbida umid va işonç tuyğularini uyğotdi.
Şavkat Mirziyoyev davri xalqimiz hayotida uyğoniş va islohotlar davri bölib tarix sahifalariga kirişi uçun boşlangan keng kölamli islohotlar özining samarasini berişi kerak. Salmoqli va xalqimiz kutayotgan farovon hayotni barpo etiş xohlaymizmi, yöqmi, baribir yetuk kadrlar faoliyati bilan bevosita boğliq. Vaqt va umr esa kutib turmaydi. Şiddat bilan ötib bormoqda. Şunday bölgaç, fidoyi, jasoratli, vatan va xalqimiz manfaatlarini öylaydigan odamlarning masʼul lavozimlarda faoliyat olib borişlariga barçamiz birdek harakat qilişimiz bugungi muhim vazifamizga aylanmoği lozim. Tarixdan maʼlum, dono podşohlarning yonida donişmand vazirlar, bilimdon allomalar, yuksak iqtidor egalari qanot bölgan. Axir Husayn Boyqaroga hazrat Navoiyni qançalik yomonlaşmasin, eng murakkab vaziyatda sulton Navoiyga suyangan. Saljuqiy hukmdorlarga qirq yil boş vazirlik maqomida faoliyat olib borgan dono vazir Nizomulmulk aqlli va donişmandligi tufayli mamlakatning işonç toğiga aylangan. Demak, noyob isteʼdod egalari Vatanning “Oltin xazina»si sifatida islohotçi va tolmas Prezidentning yonida bölişlari boşqaruvda adolat va haqiqatning qaror topişini taʼminlaydi, deb öylayman. Ana öşanda mamlakat gullab, yaşnaydi. Ana öşanda odamlarimiz iş izlab, turli mamlakatlarda sarsonu sargardon kezmaydilar.
— Davlat boşqaruvi tizimida işlagan davringiz katta bir tarix, albatta. Lekin bu köpçilik uçun qiziq ekanligi ayon. Ayting-çi, bu tizimga işga kelişingizga nimalar sabab bölgan, katta lavozimda işlaşdan, siyosat “öyinlari”dan qörqmaganmisiz?
— Har bir odamning kelajagiga, uning şakllanişiga oilaviy muhit, tasodifiy uçraşuvlar yoki hodisalar sabab böladi. Bu jarayon çetdan qaraganda tabiiy holday körinadi. Mening iqtisodçi bölişimga paxta terimi paytida uyimizda ikki oy yaşagan Toşkent Davlat xalq xöjaligi institutining beş nafar talaba — haşarçilari sabab bölgan edi. Ularning odobi, kamtarligi va özaro munosabatlariga havas qilganman. Mana şu havas meni Toşkent Davlat xalq xöjaligi institutiga yetaklab kelgan. 1970 yilda institutni imtiyozli diplom bilan tamomlaganimdan söng meni rektorimiz M.Qoriyev taşabbusi bilan institutda olib qolişdi. Keyinroq Moskva Davlat moliya institutiga iş örganuvçi — tadqiqotçi bölib bordim hamda u yerda aspiranturaga qabul qilindim.
Ha, umr oqar daryo deganlari rost ekan, köz oçib yumgunça ötib ketdi. U yerda asosiy vaqtim Lenin nomidagi öşa maşhur kutubxonada keçardi. Haftada ikki kun talabalarga amaliyotdan maşğulot ötardim. Har bayramda Qizil maydonga piyoda yölga tuşardik. Moskvada dissertatsiyamni himoya qilgandan keyin Toşkentga qaytib yana institutda dars bera boşladim. Institut öqituvçilari yoşlarga maʼruzalar öqiş uçun viloyatlarga çiqardik. Bu guruhlarga öşa vaqtlar Özbekiston Kompartiyasi Markaziy qömitasi va Komsomol taşkiloti masʼul xodimlari rahbarlik qilgan. Ana şunday safarlardan söng meni Komsomolning markaziy qömitasiga işga taklif qilişdi. U yerda ozroq işlab, siyosat havosida ozmi-köpmi toblanişga töğri keldi.
1985 yilda meni Markazqömga çaqirib, Işlar boşqarmasining moliya sektori mudirligiga işga taklif etişdi. Şu sabab, Moskva — KPSS Markaziy komitetiga suhbatga bordim. KPSS MK apparatining Özbekiston böyiça kuratori N.Girko, işlar boşqaruvçisi Ye.Krugina, Markazqöm kotiblari Biryukova va Dolgixlarning suhbatidan ötgaçgina uşbu lavozimga tayinlanganman.
— Endi sir bölmasa kerak, öşa davrdagi “Markazqöm”da siz işlagan sektor qanday vazifani bajargan?
— Bu sektor asosan partiyaning byudjeti bilan şuğullangan. Öşa yillar Özbekistonda partiyaning moliyaviy ahvoli köpgina boşqa ittifoqdoş respublikalarga qaraganda ança yaxşi bölgan. Respublikadan to eng quyi böğinlargaça xodimlarning soni, maoşlarigaça “Markaz”dan belgilanardi. Hatto partiya qömitalari kotiblariga biriktirilgan avtomaşinalarning bir yilda qança kilometr yurişi, qaçon şinalari almaşişi muddati va tartiblari ham KPSS Markaziy Komiteti tomonidan tasdiqlanardi. Bu esa “Markaz”ning quyi böğinlariga işonçsizligidan dalolat berardi. Öz navbatida partiya xodimlari orasida norozilik kayfiyatining tuğilişiga sabab bölgan.
— Kadrlar siyosati qanday olib borilgan. Öşa paytda mamlakat qay darajada özining yetuk va salohiyatli kadrlariga ega edi?
— Aytişim kerakki, sovet davridagi kadrlar siyosatini yuz foiz qoralab bölmaydi. Kadrlarni tanlaşda asosan Respublika, viloyat, şahar va tuman darajasida kadrlar zaxirasi hujjatlariga asoslanardi. Viloyat rahbarlari va muovinlari “Moskva tasdiği”dan ötişi şart edi va şu boisdan rahbar deganlari Moskvaning könglini ovlaş bilan band bölgan. Rus tilini bilmagan, taşabbuskor ilmiy kadrlarning rahbarlik lavozimiga ötişi öta murakkab hol edi. Ayniqsa, Şarof Raşidov ölimidan söng kadrlar siyosati butunlay “Markaz” qöliga ötgan. Özbekiston Respublikasi Kompartiyasi markazqömining olti nafar kotibidan uç nafari rus millatiga mansub bölgan. Tez-tez “Markaz”dan “desantçi” — rahbarlar taşlanardi. Bundan közlangan maqsad ayon — Özbekistonda “tartib örnatiş”, şiori ostida özbek xalqining ğururini sindiriş, özlariga yanada kuçliroq tobe qiliş, elni el bilmas olomonga aylantiriş edi.
— Maʼlumki, siz işlagan davrlarda yuqori lavozimlarga kuraş zimdan davom etgan. Manfaatlar, lavozimlar töqnaşuvi oralab töğri kadr tanlay biliş juda murakkab keçgan bölsa kerak?
— Albatta. Bu yerda ikki xil manfaatlar töqnaşuvi yuz bergan: yurt, mamlakat manfaati uçun va öz uruğ-aymoği-yu oşna-oğaynisi uçun xizmat qilguvçilar manfaatlari. Böş emas, munosib öringa munosib kadrlarni tanlaş va tayinlaş ajdaho oğzidan olov keltirişday xatarli edi. Çunki tepangizda har qanday fitna sizga qarşi qiliç qayrab turganligini his qilib turiş mumkin edi u paytlarda.
Öşa paytda Özbekiston teleradiokompaniyasi raisi örinbosari lavozimiga I.Karimovning taklifi bilan yurtimizdagi isteʼdodli jurnalistlardan birining nomzodini tayinlaş töğrisida farmoyiş tayyorlaş buyurildi. Ertasi kuni uşbu farmoyiş loyihasini tayyorlab olib kirsam, sobiq prezident bu masalaga keyinroq qaytamiz, deb bu işni orqaga surdi. Xuddi şuningdek, Boş vazir örinbosari lavozimiga Toşkent şahridagi tuman hokimlaridan birining nomzodini tavsiya qilgan edik. Prezident rozilik berdi, biroq bir kun ötib bu masala ham töxtab qoldi. Bu ham öşa atrofdagi fitnaçilarning, oşna-oğaynibozlarning işi bölgan. Ular iloji boriça halol, malakali kadrlar ustidan turli iğvo va fitnalarni uyuştirib, imkoni boriça ulardan tezroq qutulişga bel boğlagan edilar. Nafaqat men, balki xalq va millat taraqqiyoti yölida astoydil mehnat qilib, Prezidentning nazariga tuşgan har qanday odam saroydagi bir uyum fitnaçilarning boş duşmaniga aylangan.
— Öşa yillarda kadr tanlaşda maʼlum bir meʼyorlarga amal qilinganmi?
— Mustaqillik eʼlon qilingandan söng, kadrlar borasida “Markaz tasdiği” kabi sarqitlar va iş uslublariga barham berildi. Yangiça tuzum va uning tuzilmasida sezilarli özgarişlar qiliş uçun yangiça ruh va yangiça kuç bilan işlaydigan kadrlarni topiş ustida iş olib borildi. Aytganimday, kadrlarni topiş, tanlaş, ularni munosib örinlarga qöyiş juda qaltis va oğriqli masalalardan biri edi.
Çunonçi, mahalliyçilik, oşna-oğaynigarçilik öşa yillar kadrlar siyosati kun tartibidagi asosiy masala bölgan. Öşanda bunga barham berişning yangi usulini öylab topdik. Unga köra mamlakat markaziy organlarida qömitalardan tortib, vazirliklargaça hamma viloyatlardan vakillar bölişi, yaʼni maʼlum kvotaga böysuniş kerak edi. Kvota öşa viloyat aholisi mamlakat aholisining neça foizini taşkil etişiga qarab belgilanardi. Kadr tanlaşning uşbu usuli ança-munça muvaffaqiyatli keçgan edi.
Prezident devonida işlab yurganimda va hozir ham rahbar atrofida mayda gaplar aylanişi meni köp öyga toldiradi. Menimça, bizda şaxsga siğiniş emas, mansabga siğiniş unsurlari har doim ustunlik qilmoqda. Har bir davrda ham şikoyatçilar bölgan. Xöş, ular nimadan paydo böladi: albatta, özi duç kelgan muammoning quyi hokimiyatlarda adolatli hal etilmaganidan. Çunki har qanday şikoyat zamirida ozmi-köpmi adolat istagi yotadi. Qayerdaki adolat bölmasa, öşa fuqaro rahbar eşigidan norozi bölib çiqadi. Natijada davlat siyosatiga nisbatan işonçsizlik paydo böladi.
Şuningdek, har bir rahbar öz sohasini, öz kasbini romantik darajada yaxşi körişi kerak. Menimça, hatto siyosatçi ham romantikaga moyil bölmoği kerak. Buyuk sanʼatkor Rastrapoviçning buyukligi nimada edi? Uning buyukligi “Tuğilganidan ölimiga qadar uning uçun faqatgina musiqa borligidadir”. Rahbar uçun ham uning kreslosi emas, işi mazmunga aylanmoği kerak.
Yana qaytarib aytamanki, kadrlar siyosatida halollik va adolat boş mezondir. Baʼzan ommaviy axborot vositalari orqali falon hokim falonça ming dollar olibdi, yoki pismadon hokim öz viloyatidagi bir oilaning uyini özi boş bölib buzdirib taşlabdi, deganga öxşaş xabarlarni öqib qolaman. Mana şu va şu kabi holatlar bois, allaqanday kaltabin rahbarlarning egri siyosati bilan hukumat ham, davlat ham uyatga qoladi, yuzi şuvut böladi.
— Ötgan yillar davomida siyosatçilardan kimlarning şaxsi va amalidagi uyğunlikni qadrlaysiz? Sizningça Özbekiston özining professional siyosatçilariga egami?
— Avvalo, men Şarof Raşidov şaxsiga va faoliyatiga çeksiz ehtirom bilan qarayman. Şarof Raşidov respublikamizni çorak asr oqilona boşqargan davlat arbobi edi. U kişining mehridan, ğamxörligidan bahramand bölgan odamlar juda köplab topiladi. Şarof Raşidov davlatni boşqargan yillar mamlakatning gullagan davri edi. Öşa davrda respublika iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantiriş öz-özidan amalga oşmagan. Uning zamirida katta kuraşlar, sobiq “Markaz”ning korçalonlari bilan til topişişlar, hatto bir tonna sement oliş uçun ularning roziligini oliş oson keçmagan. Mamlakat xalq xöjaligi tarmoqlarining har biri bevosita u kişining rahbarligida rivojlangan. Endi u kişining nomi qoralanişlari-yu uni oqlaş uçun qilingan harakatlarni aytay desam, buning özi alohida bir mavzu.
Şuningdek, yana bir iqtidorli, talabçan siyosatçi bu Ismoil Hakimoviç Jörabekov, men uni 1985 yildan buyon bilaman. Bu odam bilan iş yuzasidan respublikamizning viloyat, tuman, kolxoz va sovxozlarigaça aylanib çiqqanman. Hokimlar, kolxoz, hatto brigada boşliqlarining ismigaça bilardi. Xalq hayotiga singib ketmagan odam bunday yaqinlikni his qilmasdi, albatta. Umrini, jöşqin faoliyati va salohiyatini, qişloq va suv xöjaligini rivojlantirişga bağişladi. U mamlakatimizning har bir qariç yerini qadamma-qadam aylanib çiqqan. Boş vazir örinbosari, Prezidentning Davlat maslahatçisi lavozimlarida turib ham oddiy xalqning “öz odami”ga aylanib ketgan edi. Uning qatʼiy irodasi, siyosiy bosiqligi sabab mamlakatimiz juda köp tahlikali vaziyatlardan eson-omon ötgan. Bu kabi kadrlar kam emasdi. B.Rahimov, N.Xudoyberdiyev, M.Musoxonov, O.Salimov, O.Sodiqov, A.Törayev, S.Sirojiddinov kabi yuzlab kadrlar el olqişiga sazovor bölganlar. Men bu tarixiy şaxslarni hamda bugun mamlakatimizda muhim islohotlarni ötkazayotgan Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevni haqli ravişda yurtning asl farzandlari va oqil siyosatçilari deb bilaman.
— Ruslarda bir maşhur maqol bor: “Vek jivi, vek uçis” deyişadi. Özimizda esa bundan ham kuçli gap bor: “Beşikdan to qabrgaça ilm izla”. Şunday ekan, hukumat tarkibida işlagan yillaringizni bugun özingiz qanday baholaysiz?
— Har qanday odam özi qilgan işlaridan könglim töldi, qotirib bajardim, degan fikrlardan uzoq bölmoği kerak. Şu işni sening örningda boşqa odam bajarganida balki undan ham yaxşiroq natijaga erişgan bölarmidi…
Endi özim bajargan işlarga keladigan bölsam, ulardan könglim töq bölganidan tölmagan hollar köp bölgan. Nega, deb sörarsiz? Qon-qonimizga singib ketgan odat bor: bir-birimizga töğri sözni ayta olmaymiz, yuz-xotir qilamiz, andişaga berilamiz. Baʼzan esa qörquv vijdonimiz ustidan ham ğolib keladi. Aksar hollarda rahbarlar tanqid qilgan odamning fikrini örganib, xulosa çiqariş örniga ulardan qasd oliş payiga tuşadilar. Şunday ekan, huquqiy davlat quriş yölidan borayotgan mamlakatda fuqarolarning şaxsiy fikri qayerda qoladi?!
— Mamlakat va millat taqdiri uçun tinim bilmay işlab, yana nomingizga “doğ” tuşib, tuhmat bilan işdan çetlatiliş bu çidaş oğir bölgan azobli holat, albatta. Işdan çetlatilganingizda ehtimol, adolatli bölişga adolatning, haqiqatni aytişga haqiqatning qurbi yetmagan bölişi mumkin. Bugun hammasini oçiqlasa bölar, çunki Oliy Sud Sizning aybsiz ekanligingizni isbotladi. Ayting-çi, agar mumkin bölsa, öşanda nima bölgan edi?
— Albatta bu azobli, qayğuli hol, mening rahbarligimda işlayotgan masʼul xodimning öz boşliği ustidan şikoyat yozişi keçirib bölmas holat edi. Biroq bu şikoyatning, töğriroği, fitnaning taşkilotçilari boşqalar bölgan. Bu xatda göyoki mening mahalliyçilikka, oşna-oğaynigarçilikka berilganim bitilgan edi. Oddiy referentlikdan bir yil içida örinbosarlikkaça kötarilgan kimsaga “ustoz”ini sotiş evaziga katta amallarni vaʼda berişgan. Biroq niyatlari amalga oşgaç, fitna taşkilotçilari uni keraksiz buyumday çetga uloqtirişgan.
Şundan söng öz vazifamdan ozod etilib, Sirdaryo viloyat hokimiga örinbosar etib tayinlandim. Biroq bu bilan fitnaçilar tinçimadi. Göyoki sobiq davlat maslahatçisi kelgusida davlat rahbari vazifasini egallaşga intilmoqda, degan uydirmalarni tarqataverişgan. Ana şu sabab mening işimni mahkamaga tortişga körsatma berilgan. Sud hukmida esa hatto çet eldan sovğa sifatida olib kelingan va qiymati 50 dollarga baholangan ikki kilogramm konfet ham pora sifatida körsatilgan edi.(Oradan 22 yil ötib uşbu hukm Oliy sudda qayta körilganida bu ayblov taroziga qöyişga ham yaramadi). Jinoiy dalillar yetarli bölmagani sababli yangi, turli xil qabihliklarni öylab topişardi. Katta boylik orttirgan bölişi mumkin degan taxmin bilan Boyovut tumanida yaşovçi aka-ukalarim va qarindoşlarimning uylari ham tintuv qilindi. Oltin bor joyda çirillab ovoz çiqaradigan uskuna bilan boylik axtarişdi. Uskuna har çirillab ovoz çiqqanida xursand bölib qaraşsa, afsuski, u oltin emas, tuproq ostida qolib ketgan konserva qutisi yoki zanglagan temir bölaklari bölib çiqqan ekan.
— Axir, öşa paytda Oliy Majlis deputati bölgansiz-ku. Nahotki Qonunçilik palatasi öz deputatini himoya qila olmagan bölsa?
— Aynan şunday. Oliy Majlis deputati, qolaversa, hukumat tarkibidagi siyosatçi edim. Biroq hammaning tiliga qulf osilgan edi. 1994 yil 4 avgustda jinoiy javobgarlikka tortildim va hibsga olindim. Na Oliy Majlis, na Xalq demokratik partiyasi öz aʼzosining taqdiri bilan qiziqqani yöq. Bilasizmi, sen Adolat deb tikiladigan hukumatning özi boşingga uyum-uyum iğvoni ağdarib ötirsa, çidab bölmas edi bunga. Hukm öqilib, qamoqxonaga jönatilganimdan söng ham kuzatuv va bosimlar muntazam davom etaverdi. Bir zonaga yuborişadi, biroz vaqt ötgandan keyin turmalar boşqarmasidan körsatma keladi: “Falon saylov yaqinlaşmoqda. Bu zonada kontingent juda köp, “Falonçiyev” saylovga yomon taʼsir körsatişi mumkin”. Şundan söng meni yana boşqa zonaga köçirişadi. Qiziq, turmada ötirib, maxbus holimda saylovlarga qanday qilib “yomon taʼsir” ötkazişim mumkin edi? Köryapsizmi, qançalar ayançli, tuturuqsiz va kulguli bölgan bu xatti-harakatlar. Amnistiya vaqti yaqinlaşganda esa arzimagan xatolarni topişardi, maqsad — amnistiyaga ilintirmaslik bölgan.
Birinçi prezident Islom Karimovga xat yozganimdan söng, uning farmoyişi bilan 1996 yil 9 avgustda men ozod etildim. Biroq Toşkentga — oilam bağriga emas, Sirdaryoga — ukalarim yaşayotgan qişloqqa borişim kerak ekan. Qişloqda uy-joyim yöq, şunga qaramasdan, uysiz qişloqqa röyxatga olingan edim. Nima uçundir, öz jonajon uyimdan röyxatdan öçirilgan bölganman. Uzoq yillar qölimga pasportim ham berilgani yöq. Faqat 2015 yil, 21 oktyabrda Toşkentga — öz uyimga röyxatga olindim.
— Bu kabi dahşat öpqonlariga har kuni ming marta yiqilib, uning oğriqlarini yengib yaşaş noziktaʼb şoiramiz Halima Xudoyberdiyevaga ham oson bölmagan bölsa kerak?
— Halima opangiz özining oxirgi kitoblaridan birini “Osoyişta şam” deb atadi va öşa kitobdagi bir turkum şeʼrlar “Dahşatli yoz” deb nomlangan. Bu bejizga emasdi, albatta. Çunki öşa yoz kunlarida mening, oilamizning, qarindoş-uruğlarimning boşiga hayotimizdagi eng ayançli kunlar tuşgan edi. Halimaning özi öşa kunlarni şunday izohlagan edi: “Nega dahşatli yoz?.. Negaki öşa yozda oilamizning qahraton sovuqlaridan battar kunlari boşlangan edi… Biz yozda goh izğirindan, sovuq nigohlar, sovuq xabarlardan muzlaganmiz, goh tuhmat qozonlarida qovrilganmiz. Umr yöldoşim — bolalarimning otasi qamoqda, bolalarim azobda, rözğorim parişon… Özim qamoq eşiklarida…”
Halimani, öğillarimni, qarindoş-uruğlarim va yaqin döstlarimizni doimiy ravişda suriştiruvu söroqlarga çaqirib turişdi. Uyni tintuv qilib, oilamiz aʼzolariga tegişli kiyim-keçak, mol-mulk bormi — hammasini xatlov qilib olib ketişgan. Hatto turmuş örtoğimning taqinçoqlarigaça yeçib olişgan. Yaşayotgan uyimiz xususiylaştirilganiga qaramasdan musodara qilingan. Uşbu zulm ortidan ikki farzandimiz ham jinoiy javobgarlikka tortildi. Ular ham “sudlangan” degan tamğani olişi kerak bölgan, şekilli. Köp ötmay esa ikkinçi öğlim vafot etdi. Bunday voqealardan söng Halima opangizning yuragidan ötgan haddan taşqari qayğuli onlarni Siz bir ijodkor, qolaversa ona sifatida his qilsangiz kerak. Qamoqdan çiqqandan söng Halima opangiz ham, men ham turli çeklovlar va kuzatuvlardan foriğ bölmadik. Radio, televideniye, matbuot va naşriyotlar eşiklarida biz uçun katta qulflar osiğlik turardi.
Şu örinda yana bir voqeani gapirib bersam… 2011 yilda Halima tuğilib ösgan Boyovutning “Taraqqiyot” fermer xöjaligida uçraşuv uyuştiriladi. Unda Halima bilan birga Azim Suyun, Umrzoq Öljaboyev, Qozoqboy Yöldoşev kabi şoir va olimlar iştirok etişgan. Öşa uçraşuvdan esdalik sifatida olingan fotosurat muzey devoriga ilib qöyilgan ekan. Öşa birgina fotosuratni deb maktab direktori suriştiruv va söroqqa tortilgan. Men töla oqlanganimdan sönggina suratni qaytarib joyiga qöyişgan. Bu oğir damlar kayfiyati şoiraning şeʼrlariga köçgandi:
Keça hayotga toj biz köplarimiz,
Bugun şu hayotning mağlublarimiz…
Keça oyat misol közga surtilgan
Bugun öqilmadi… maktublarimiz.
— Öşanda Siz kabi juda köplab millat oydinlarining boşi turli tuhmatlar ostida qolgan. Bunga tuhmatçi va fitnakorlar sabab bölgan ekan-da…
— Men kabi neça önlab öz işini sevib işlaydigan odamlarga qilingan iğvo va fitnalar sabab kadrlar siyosati oğir ahvolga tuşib qolgan edi. Adolatli, töğrisöz va taşabbuskor kadrlar yo yurtdan badarğa qilindi yoki qamaldi. Hatto özining ilmi bilan butun Islom dunyosida dong taratgan şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ham maʼlum yillar yurtimizni tark etişga majbur bölgan edi. Aytişadi-ku: “Agar podşo donişmand bölsa ham uning atrofini johil va nodonlar egallasa, podşoning donoligiga putur yetadi”. Eng afsuslanarlisi, davlatçilik va boşqaruv bor ekan, uning atrofida har doim fitnaçi va iğvogarlar bölgan. Bu fisqu fasodlarga aldanmagan hukmdorlargina adolatli jamiyat barpo eta olganlar. Şunday ekan, bugun mamlakatda adolatli tizimni töliq amalga oşiriş nafaqat Prezidentning, balki barçamizning vazifamizga aylanmoği kerak. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, balki bugun baxtli yaşaşi kerak” degan uluğ niyati töla-tökis hayotga köçmoği lozim.
Axir 2018 yilda men bilan birga men kabi minglab nohaq jabrlanganlar, qoralanganlar oqlandi-ku! Oila aʼzolaring, qarindoş-uruğlaring oldida yuzing yoruğ bölişdan ham uluğ neʼmat bormi? El oldida-çi? Mana mening muhtaram Prezidentimiz Şavkat Miromonoviç olib borayotgan siyosatga mehrim va xayrixohliklarim nimadan?! Töğrisi, bu kabi siyosiy donişmandlik qoşida hayratlanmay böladimi, axir!
— Millat taqdiri haqida öylaganingizda nimalar haqida xayolga berilasiz? Xalqni rozi qiliş uçun sizningça qanday işlaş va qanday yaşaş kerak?
— Menimça, muammolardan biri bu — fuqarolarni qabul qiliş masalasidir. Çunki rahbarlar bilan xalq orasida masofaning kattaligi, ular orasidagi jar mana şu muammodan kelib çiqadi. Tanişlarimdan biri öz şaxsiy işi böyiça mutasaddi rahbarlarga 300 martadan ortiq xat yozganini aytadi. Nahotki, 300 ta xatdan birortasiga javob ololmasa? Aksariyat rahbarlar aholini qabul qilişdan qoçadilar. Xöş, nega? Mana yuqori taşkilotlar bilan boğliq yuzlab savollar javobsiz qolib ketmoqda. Amerikaning sobiq prezidentlaridan Ruzvelt haftada ikki marta jurnalistlar, sportçilar va noşirlar bilan suhbat ötkazgan ekan. Axir xalqning dardu taşvişlarini kötarib yuradigan odamlar öşalar-da.
Hikoya qilinişiça, prezident Ruzvelt onasi vafot etgan jurnalistni yakşanba kuni keçki ovqatga taklif qilgan ekan. Yoxud boşqa safar jurnalist keçikayotganligi bois, poyezdni maʼlum muddat töxtatib turgan ekan. Aytmoqçimanki, biz xalqning dilidagini bilişimiz uçun, avvalo ularga yaqin bölişimiz kerak.
— Ayni paytda nimalar ustida iş olib borayapsiz?
— Men iqtisodçiman. Partiya işiga ötiş uçun Moskvaga borganimda ilmiy rahbarim, professor Yu.Ratmirovning uyida bölganimda, “Seni ilm bilan şuğullanasan deb umid qilgan edim. Siyosatga bekor aralaşibsan” deb meni mayin koyigan edilar. Bu aslida mening notöğri tanlagan yölimmidi yoki taqdirning yozğiti, haligaça anglay olmayman. Biroq siyosat öz saroyidan haydagani bilan ilm ummoni meni heç vaqt özidan uloqtirmadi. Işdan çetlatilganimdan söng Moskvada doktorlik dissertatsiyamni yoqlab keldim.
Hozir esa ikkita — şeʼr va maqolalar kitobim naşrdan çiqdi. Şuningdek, yana ikkita kitob ustida iş olib boryapman. Bu — biografik oçerklar va Halima opangiz haqidagi xatlar va fikrlardan iborat kitobdir. Xudo xohlasa, bular öquvçilarga asl haqiqatlarni oçib beradi.
Gözal Begim suhbatlaşdi.
