Taqiq yöq, tahdid yöq, senzura yöq, matbuot esa…

Matbuot közguga qiyoslanadi. Ha, u hayotni yoritadigan davr közgusidir. Bugun tarixga aylanib, sahifalari sarğayib ketsa-da, bağrida yuz yillik davrni, ijtimoiy hayotda yuz bergan özgarişu talotöplarni sokin saqlab kelayotgan gazeta-jurnallarni körib köz quvnaydi. Zero, matbuot ildizi bir neça yuz yilliklarga borib taqaladi. Balki şuning uçundir, u internet kabi şoşib-hapqirib, maʼlumot çiqarib, yana öçirib, halloslamaydi. Sahifalarida turmuş, işlab çiqariş va madaniy quriliş… qöyingki, butun bir jamiyatda yuz bergan voqea-hodisalarni oğir-bosiqlik bilan aks ettirib, vujudingizga titroq soladi. Internet tezkor, qulay, qolaversa, hamyonbop bölişi mumkin, lekin işonib ayta olamanki, gazeta varaqlaganda dimoğingizga urilgan hid bergan zavqni internetdan topa olmaysiz. Axir har qanday matbuot naşrini hayotdan, davr tölğoqlaridan ayri holda körib çiqiş mumkin emas. Unda hayot mujassam!

Matbuot sohasida bölgan özgarişlar, sohaning yutuq va kamçiliklari, joiz bölsa, yöqotişlari haqida vaqtida juda katta nufuzga ega bölgan, millionga yaqin nusxada çop etilgan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida, Özbekiston Milliy axborot agentligi (ÖzA)da va qator yillar hukumat idoralarida turli masʼul vazifalarda samarali mehnat qilib, bugungi kunda mamlakatimizning nufuzli naşrlaridan biri — “Guliston” jurnalining boş muharriri sifatida faoliyat yuritayotgan taniqli adib, ustoz jurnalist Mamatqul Hazratqulov bilan suhbatlaşdik.

— Mamatqul aka, avvalo, kasb bayramingiz bilan sizni, “Guliston” jurnali jamoasini tabriklaymiz. Bu bayram soha vakillari hayotida qay darajada ustuvor, deb öylaysiz?

— Bu kun, albatta, hammamizniyam quvontiradi. 27 iyun sanasi 1993 yildan buyon har yili Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nişonlanadi. Davlatimiz rahbarining tabrigi böladi, eʼzozli söz va tilaklar aytiladi. Bu şubhasiz, yurtimizda jurnalistikaga qaratilayotgan eʼtiborning bir körinişi bölib, yelkamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Bu yil “Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovi ğoliblari safida jurnalimiz bölim muharriri Manzura Şamsiyevaning ham borligi jamoamizni yanada quvontirdi. Tanlov hayʼatining bunday katta eʼtirofidan minnatdor böldik.

— Matbuot sohasida uzoq yillardan buyon işlab, ustoz darajasiga erişgan insonlardansiz. Tan oliş kerak, ötgan asrdagi matbuot bilan bugungi matbuotning örni, mavqeida har jihatdan yer bilan osmonça farq bor. Bunga sabab davrmi yoki…

— Javob savolingizda turibdi: u davr bilan bu davrning orasida yer bilan osmonça farq bor. Ha, hammasi davrga boğliq. Masalan, mustaqillikdan oldingi yillar bilan bizning asrimizni, u paytdagi odamlar bilan zamonamiz kişilarini bir-biriga qiyoslab bölmaydi. Bugun OAVda ötgan asrda gazeta-jurnallar adadi millionga yaqin yoki undan ham ortiq bölganini köp öqib-eşitamiz. Unutmang, siz aytayotgan paytda nari borsa 400 ta naşr bölgan (balki undan ham kamdir). Bugun mamlakatimizda, adaşmasam, bir yarim mingdan ziyod gazeta-jurnal çop etiladi. Bundan taşqari, u davr­­da yagona axborot manbai matbuot va radio-televideniye bölgan. Bizda internet yoki ijtimoiy tarmoqlar bölmagan. Bu holatda bosma naşrlarga ehtiyoj katta bölgan-da.

— Ayni paytda jurnalist(ika)ning oyoğiga tuşov bölayotgan omillar nimada?

— Bugun jurnalist uçun heç qanday ğov yöq, deb öylayman. Uning oyoğiga tuşov böladigan katta muammoni körmayapman. Fikr erkinligi deysizmi, haq gapni gapiriş, maʼlumot oliş yoki eʼlon qiliş… hammasi oçiq va erkin. Baʼzida öylab qolaman. Jurnalistlar uçun qançalab tanlovlar, rağbat va mukofotlar joriy etilgan. Biz şunga munosib javob bera olyapmizmi, xalqning dardini yoza olyapmizmi? Xalqning dardini yoziş kerak, faqat asos­­li bölsa. Kimnidir birovga xusumati bölsa, “bu odamning dardi bor ekan”, deb yozib ketavermaslik lozim. Yöqsa, jurnalistning obrösi, tahririyat mavqei tuşib ketişi mumkin.

— Boya özingiz aytgan gap: vaqtida millionga yaqin nusxada çop etilgan naşrda m­asʼul kotib bölib işlagansiz. Aytingçi, misol uçun, öşa naşr şu keça-kunduzda sizga topşirilsa, uning adadini heç qursa ellik mingga çiqara olarmidingiz?

— Keçirasizu, nega falon röznoma ötgan asrda million nusxada çiqib, bugun adadi juda kam, degan qaraşni men mutlaqo tuşunmayman. Yaʼni, avval yuz ming adadda çiqqan gazeta bugun ham öşança çiqişi şart emas. U davrni qaytarib ham bölmaydi, u paytga havas ham qilmaslik kerak. Aksinça, bugunni va kelajakni öylasak, özimizdan nimadir qoldirişni öylasak, maqsadga muvofiq bölardi. U qança nusxada çiqişi asosiy masala emas. Hamma gap muayyan naşrni odamlarga yetib borişi yoki bormasligida, uni öqiliş yoki öqilmasligida. Ayni şu jihatlarni hisobga olişimiz lozim. Minglab nusxada çiqqan gazetani odamlar majburligi yoki zerikkanidan öqigani yaxşimi yoki kam adadli gazetani odamlar talab qilib, qölma-qöl öqiganimi?

— Kitoblar-çi, kitoblarning adadi oşirilsa, balki ularning narx-navosi arzonlaşgan bölarmidi?

— Yöq, menimça, bu bilan heç nimaga erişib bölmaydi. Boşqa yölini topiş kerak. Masalan, ilgari kitoblar 100-120 ming yoki undan ham ziyod adadda çop etilardi. Bugun bölsa, ikki-uç ming nusxani biz katta adad, deya baholayapmiz. Aytaylik, ozarboyjonlarning Anor degan maşhur yozuvçisi bor. Uning nomi butun dunyoda maşhur. Asarlari ötgan asrda bir neça million nusxada çop etilgan. Yaqinda u menga Moskvada naşrdan çiqqan ikki jild­lik yangi kitobini sovğa qildi. Xoh işoning, xohi yöq, kitobning adadi atigi beş yuz nusxa.

— Internet zamoni keldi, bosma naşrlar kerakmi, degan gaplar tez-tez quloqqa çalinayapti. Bu gapga munosabatingiz qanday?

— Ha, bugun bosma naşrlarning kuni bitdi, deb jar solayotganlar bor. Men bu fikrga umuman qöşilmayman. Çunki matbuot — tarix. Aytaylik, bundan 50-60 yil oldin çiqqan gazeta va jurnallarni yo bölmasa, özbek matbuotiga tamal toşi, deboça bölgan jadidlarimizning “Oyina” jurnali, “Taraqqiy” röznomalarini bir varaqlab köring, öşa davrni his qilmaysizmi? Nafaqat davrni, balki öşa paytdagi odamlarning tafakkuri, fikrlaşi, dunyoqaraşi, yaşaş tarzi bilan ham aynan matbuot orqali tanişişingiz mumkin. Bugun biz qilayotgan mehnatlar ham tarixga muhrlanyapti. Qaçondir kelajak avlod bizni ham gazeta va jurnallar orqali eslaydi. Şu bois, bosma naşrlar heç qaçon ölmaydi. Internet saytlari yoki ijtimoiy tarmoqlar kerak, albatta. Bu zamon talabi. Faqat bosma naşrlar bilan internet bir-biriga xalal bermasligi lozim. Xalal bermaydi ham. Masalan, zamonaviy kiyimlar çiqdi, deb çopondan voz keçgan yoki faqat “Fast Food” bilan ovqatlanib, palovdan yuz ögirgan odamni topa olasizmi? Hayotimizda har birining öziga yaraşa örni bor. Asrlar davomida qon-qonimizga singib ketgan milliyligimizdan, anʼanalarimizdan har qança zamonaviy bölmaylik, voz keça olmaymiz, voz keçmasligimiz şart.

— Öz vaqtida “Guliston” jurnalida eʼlon qilingan adabiy-tanqidiy maqolalar haligaça tilga olinadi. Çunki u adabiyotga, jamiyatga baralla munosabat bildiradigan yirik naşrlardan bölgan. Bugun, afsuski, könglingizga olmangu, şunçalik deya olmaymiz. Ayni paytda jamiyatimizda “Guliston”ning örni qay darajada?

— Jurnalga boş muharrir bölib kelganimda, birinçi navbatda öşa maşhur bölgan paytlardagi sonlarini olib, bir sidra varaqladim. Va özim uçun tegişli xulosalar çiqardim. Oxirgi bir yilda çiqqan sonlari bilan tanişing-çi, özgariş bormikan. Bu gapim bilan “qoyillatib qöydik”, demoqçimasman, aksinça, harakat qilayotganimizni aytmoqçiman, xolos. Viloyatlardan qönğiroq qilişadi, maqolalarga fikr bildirişadi. Kimdir öz ijodidan jönatadi. Mana şuning özi bekorga işlamayotganimizdan, “Guliston” kimlarningdir hayotida haliyam öz örniga egaligidan dalolat. Biz uçun muhimi şu. Albatta, bugun bozor iqtisodiyoti davrida matbuot bozorida örin topiş oson emas. Kiçkinagina jamoamiz şu yölda astoydil harakat qilyapti, bilmadim, uddalayapmizmi yoki yöq, bu yoği muştariylarga havola.

— Faoliyatingiz davomida katta yozuvçilar, soha darğalari bilan işlaşga muyassar bölgansiz. Bugun negadir ana şunday ustoz-şogirdlik riştalari uzilib qolganga öxşaydi. Bunga sabab nima deb öylaysiz?

— Bilasizmi, men özimni juda baxtli va omadi bor insonlardan hisoblayman. Negaki, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov va adabiyotimizning boşqa yirik vakillari bilan birga işlaganman. Savolingizga kelsak, ustoz-şogirdlik anʼanasi yöqolgan, deyapsiz. Ayting-çi, ustoz şogirdni qidiradimi yoki şogird ustoznimi? Kim kimni topişi kerak? Masalaning yeçimi aynan şu yerda. Ğafur Ğulom, Oybek, Şarof Raşidov, Mirtemir domla, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Asqad Muxtor va boşqa ustozlar köplab yoş ijodkorlarning boşini silagan. Lekin baribir, yoşlar ustozning yoniga özi borişi kerak. Agar ustoz yordam berişdan boş tortsa, bu — boşqa gap. Keçirasizu, yoşlarning özi ustozni izlamaganidan keyin, neça yillik tarixga ega, ildizi mustahkam butun boşli ustoz-şogird anʼanasi barham topişi heç gap emas.

— Özingiz-çi, yoşlar bilan qanday işlaysiz?

— Uzoq yillar gazetada, Özbekiston Milliy axborot agentligida turli lavozimlarda işladim, işlayapman. Yonimga yoşlar qölida jurnalist degan diplomini, turli naşrlarda çiqqan maqolalarini, hatto kitobini kötarib keladi. Afsuski, köpçiligi, gapni salom-alikdan oldin maoş qançaligini söraşdan boşlaydi. Ularning kitob, gazeta-jurnallariga eʼtibor bermayman-da, qöliga ruçka va oq qoğoz berib, öz tarjimai holini yozib berişini sörayman. Afsuski, ayrimlari hatto tarjimai holini ham töğri yoza olmaydi.

— Keling, şu örinda özingiz ilk bora matbuotga kirib kelgan paytlarni ham birrovga eslab ötsak. Bu jarayon sizda qanday keçgan?

— Men matbuotdagi ilk faoliyatimni kuryer — taşuvçilikdan boşlaganman. Öşanda gazetada işlayapman, deb özimga siğmaganman, uçib yurganman! Ana öşandagi quvonçimni tasavvur qilolmaysiz va uni heç narsaga alişmayman. U paytda tahririyatda işlaş şaraf, öz navbatida murakkab edi. Bugungiga öxşab unisi bölmasa bunisi deb, yengilning ostidan, oğirning ustidan ötilmasdi.

— Demak, hamma ayb yoşlarda, şogirdlarda ekan-da?

— Yöq, faqat yoşlarni, şogirdlarni ayblamoqçimasman. Qars ikki qöldan çiqadi. Buni, albatta, yölga qöyiş lozim. Özim misolimda oladigan bölsak, yonimga nimadir yozib kelgan yoşlar işlarini hamişa ruçka bilan tuzataman. Maqsad: xatosini bilsin, körsin. Nimaga bu jumlamni öçiribdi, nega bu yerga falon sözni kiritibdi, deb öylasin, mulohaza qilsin. Çunki özim şunday tarbiyalanganman, toblanganman.

— Jurnalning tahrir maktabi ham alohida mavzu. Tahrir jarayonlari bilan boğliq xotiralaringiz bilan bölişsangiz?

— “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida xalqimizning uluğ yozuvçilaridan biri Asqad Muxtor boş muharrir bölganida men masʼul kotib edim. U kişi kiçkina xabar yozsa ham menga körsatardi. Agar unga qalam tekkizmay qaytarib bersam, “Öqidingizmi? Nega heç narsani özgartirmadingiz?”, deya koyirdi hatto. “Asqad Muxtor yozgan narsaga teginib bölmaydi, deb öyladingizmi? Asqad Muxtor ham sizga öxşagan qalamkaş”, deb tahrir qilişimni sörardi. Heç qaçon men yozuvçiman, mening romanim, mening asarim, demas edi. Oddiylikda gap köp. Odam manmanlik qilmasligi kerak, deb öylayman. Mana, kalavaning uçi qayerda. U buyuk yozuvçi yoki dahomi, kim bölsa ham, avvalo, tom maʼnoda inson bölsin! Hamma ham xato qiladi. Faqat köpçilik aybini tan olmaydi, xolos…

Ustozlar nimamiznidir tuzatib, tahrir qilib bersa, bu xatoni takrorlamaslik uçun nimalar tuzatilganini sinçiklab örganardik. Hozir-çi, şundaylarni kördik, agar yozgan nimarsasini tahrir qilsangiz insofi bölsa, indamaydi, aks holda “buni nega qisqartirdingiz”, deb pöpisa qilişdan ham toymaydi.

— Oçiğini aytganda, hozir matbuotdan nafaqat xalq, balki şu sohada işlayotganlar ham qoniqayapti, deb aytiş qiyin. Söz erkinligi bor, senzura yöq, ammo jasoratli jurnalistlar qayerda?

— Bugun jurnalistga taqiq yöq, senzuraga yöl qöyilmaydi, fikr erkinligi bor. Soha özi kutgan davrga keldi. Endi jurnalistdan mahorat va eng asosiysi, jasorat talab etiladi. Hali aytganimdek, öz tarjimai holini töğri yozib berolmaydigan odam qanaqa maqola yozişi mumkin? Masala tizimga borib taqalyapti. Nazarimda sohani oyoqqa turğazişni mutaxassis tayyorlaş tizimini takomillaştirişdan boşlaş kerak. Sönggi yillarda jurnalistikaga yetarli darajada eʼtibor qaratilyapti, alohida universitet oçilgani ham fikrimiz isboti. Bu işlar hali öz mevasini beradi, deya işonib, umid qilib turibmiz, bu yoği endi vaqt hukmiga havola.

— Jurnalist kadrlar tayyorlaşda köng­lingizga tugib qöygan takliflaringiz bormi? Sizningça, tizimni qanday takomillaştiriş mumkin?

— Prezidentimiz taşabbusi bilan Jurna­listika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil etildi. Bu yaxşi. Sohaga yetarli darajada eʼtibor berilmoqda. Yana bir masala borki, jurnalistika sohasida dars berayotgan öqituvçilar matbuotda qançalik faolligiga, gazeta-jurnal, kitob öqiş-öqimasligiga ham ahamiyat beriş şart. Negaki, özi namuna bölmay, talabadan matbuotda faol qatnaşişni, uni kuzatib borişni talab qilib bölmaydi. Quş uyasida körganini qiladi. Talabalarning tahririyatlarda ötadigan amaliyotiga juda katta eʼtibor beriş zarur.

— Bugungi bayram munosabati bilan soha vakillari va hamkasblarimizga bayram ti­laklaringiz…

— Avvalo, jurnalist öz vijdoni oldida halol bölsin. U tanlagan soha törtinçi hokimiyatligini iç-içidan his etib, çin yurakdan mehnat qilsin. Unga xalq işonibdimi, çin maʼnoda insonlarning dardini kötarib çiqsin. Mana şu maşaqqatli yölda matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga, barça hamkasblarimizga kuç-quvvat tilayman, ularni kasb bayrami bilan çin yurakdan tabriklayman. Xalq oldida har doim yuzimiz yoruğ bölişiga tilakdoşman!

—Mazmunli suhbatingiz uçun taşakkur!

Abdulaziz Ahmedov suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan