Aslini saqlagan nasl gözaldir
Tursunoy Sodiqova nafaqat şoira, taʼbir joiz bölsa, jamoat arbobi ham edi. U maqsad yölida tolmaydigan kuraşçan ayol edi. Yarim asr mobaynida xalqimizning hayotiy muammolari bilan qorişib yaşadi. Albatta, barça muammolarga yeçim topiş muşkul, ammo ezgu yölda kamarbasta böliş ham oson emas.
Bu kuç-qudrat, ehtiros, kuraşçanlik maʼnaviyat fidoyisi bölgan T.Sodiqovaning içki tuğyonlarida bor edi. Uning ruhiy isyoni özini özbekman deb his qilganni azaliy qadriyatlarimizni anglaş, özlikka qaytiş, özlikni ardoqlaş va asrab qoliş yölida ommaviy safarbarlikka çaqiriq edi.
“Şeʼrga siğmay qolayotganga öxşayverdim. Bir talay nasriy yozişmalarim dunyoga keldi… Gohida yana betoqatlik boşlanadi, qoğozga emas, endi elning köziga qarab dardimni aytib olgim keladi. Qarabsizki, sanoği yöq uçraşuvlar, bahsli anjumanlar sodir böladi. Maʼnaviyat muammosi — mening qonab turgan yaram, bu dardni aytib yiğlayveraman… Siz tufayli, heç yöqsa, bir yurak uyğonib, bir kişi yaxşi köçaga kirsa, armonsiz ketganingiz şu-da. Nasr elning şevasida gapiradi, yomğirday tökilgan dard pastu baland yerga birday yetib boradi. Odamlarga tezroq yetkaziş uçun ham şu yölga ötdim”, deydi şoira.
Bu ijodkorning şeʼrdan qaytdim, degani emas, aksinça, şeʼriyatni nasrda davom ettirdim, degani edi. Minbarga çiqib, elning köziga qarab söz aytiş, odamlarning dardu armonini eşitiş, xatolarni töğrilaş, murosaga çorlaş uning hayot tarziga aylandi. Neça ön yillar mobaynida minbarlarda aytgan sözlari zoye ketmadi, hayotimiz keçmişlarida böy körsatdi. Albatta, odamlarning dardiga malham böliş jon fidolikni talab qiladi. U bu yölda töxtab qolmadi. Ha, amaliy işlarni moddiy rağbat uçun ham qilmagani rost: “Maʼnaviyat mening qonab turgan yaram”, degan bir maʼrifatparvar, ziyoli şaxsning hayqiriği, avvalo, öz “yara”siga malham izlaş böldi.
“Agar tinglovçilarim, menga orzumand odamlar qoşiga çiqmasam yuragimning yuki oğirlaşayotgandek böladi. Göyo odamlarning omonati menda qolayotgandek va tezroq egalariga topşirmasam, xiyonat qilayotgandek betoqat bölaveraman”, derdi yurak yorib T.Sodiqova.
Maʼnaviyat ulaşuvçilar, ezgu amallarga daʼvat qiluvçilar qadim-qadimdan ham bölgan. Şunisi qiziqki, ular davlat oliygohlarida öqimaganlar, qöllarida “Sen notiqsan, sen voizsan”, degan diplom, muhrlari bölmagan. Lekin xalq bilan yuzma-yuz kelganda sözi, ovozi bilan hammani qoyil qoldirganlar. Bunday diydor onlari heç vaqt beiz ketmagan. Turli xil turmuş tarziga ega oilalar hayotiga madaniy-maʼrifiy, özgariş olib kiriş naqadar uluğ kasb.
Öylab qolaman, bunday jonli muloqotlarda sir bor, sehr borga öxşaydi. Bu hammaga ham nasib etavermaydigan ilohiy neʼmat. Tursunoy Sodiqova, özi taqdiri azal deb aytganidek, ilohiy tuhfa bilan tanglayi kötarilgan ijodkor edi. Uni mahalla-köy, oliygoh talabalari, şahar va qişloq aholisi, barça-barça quloq qoqmay eşitsa, unga işonsa, sözlari taʼsiridan turmuş tarzini yangilasa, yaxşilasa va hatto tubdan özgartirsa, bu voizaga berilgan ilohiy qudrat bölmay, nima axir?!
U minbarga qoğoz kötarib çiqmas, qoğozdan öqib, maʼruza qilmasdi. U uçraşuvga yiğilgan jamoa ruhiyatidan, kasb-kori, örtaga taşlanayotgan muammolardan kelib çiqib suhbatni boşlab yuboraverardi.
Tursunoy Sodiqova Andijon televideniyesida uzoq yillar “Onalar sözi — hikmatning özi”, degan jonli körsatuvni, şu bilan birga, “Oila ilmi” nomli uzluksiz jonli muloqotni ham olib bordi. U 90 daqiqa davom etar, 90 daqiqada 90 ta savol. 90 xil savolga 90 ta javob… Bu möʼjiza yangliğ haqiqatda yana va yana ilohiy qudrat borligini köraman.
U 73 yillik umri davomida yarim asrli şoiralik, voizlik maqomidagi körgan-keçirganlari, aytgan-aytmaganlari, orzu-armonlari, döstu-birodarlari, minbarlarda aytib-aytib “kabutar yangliğ osmonda çarx urib lazzatlanganlari”, şirin tölğoqlari bitilgan kulliyotlari orqali hamon bulbuldek xoniş qilib turibdi.
“Odamlarning içki dunyosiga kirganim va ularning muammolari bilan oşno bölganim sayin maʼnaviyat olamida qiladigan işlarimiz hali juda köp ekaniga işonç hosil qildim”, deya ovoz berayotganga öxşaydi olima.
“Aslini saqlagan nasl gözaldir”, deya köp taʼkidlardi voizamiz. Ijodkor naslimiz qayğusiga nega tuşib qoldi, nega bu borada xalq orasida maʼnaviy saboqlar zarur degan fikratni şiorga aylantirdi. Va bu şior ijrosi uçun u juda şoşdi, uning peşqadamlaridan biriga aylandi. Ha, ijodkor kelajagi sahroga aylaniş arafasidagi maʼnaviy merosimiz bölmiş milliy qadriyatlarimizning yöqolib ketayotganidan qayğuda edi.
T.Sodiqova qadriyatlarni tiklaşni — Vatanimizni, millatimizni tiklaş, asrab qoliş, rivojlantiriş, deb bildi.
Biz yangi avlodni özlikni anglaş ruhida tarbiyalay olsakkina, 70 yillik mustabid tuzumda ajralib qolişimizga bir bahya qolgan aslimizga qayta olamiz, degan vijdon amri ijodkorni tinç qöymadi. U yurtimiz böylab ijodiy safarga otlandi. Bu safar uzoq davom etdi. U muloqotlardan, bahs-munozaralardan, suhbatlardan, tortişuvlardan maʼnan boyidi. “Aslni, öziga xoslikni saqlay oliş milliy ğururdir”, deyişdan xorimadi, yoşlarni şu asnoda tarbiyalaşga çaqiraverdi.
Beş jild! Har qaysi kulliyot tirik mavjudotlar içra eng buyugi sanalmiş inson, u bilan boğliq hayot, turmuş tarzi, inson ruhiyati va uning birdan bir beşigi bölmiş oila ilmi, oila tilsimi, oila muammolari haqida adibaning tahlillari, taxminlari, fikr-mulohazalari, takliflari, eng muhimi, hayotiy mulohazalari yuz körsatadi. U hayotda körgan-keçirganlari, odamlar bilan muloqotdan olgan taassurotlari, nasihati kor qilgan, kor qilmaganlari haqidagi bilganlarini qalb va aql çiroğidan ötkazib yozadi. Qolaversa, u röbarö kelgan inson keçinmasi va taqdiri maʼnili, samarali yeçim topişi uçun kuraşgan damlari (öşa taşvişli on har birimizning boşimizdan ötgan yoki keçayotgan bölişi ham mumkin), iztirobli lahzalarni qoğozga tuşiradi, söng kitob bölib taqdim qilinadi. Oçiği, bu kulliyot millatimiz dardi, oğriqlaridir.
Oila ilmi! Oila — er-xotin, farzandlardan iborat kiçik bir jamoa. Lekin jamiyatning muhim bölagi. Tursunoyim bu mavzuga yanada kengroq qaraydi. Özbegimga xos hayotimizning, turmuşimizning ming bir jabhalaridan ming bir hikmat topadi. Va bu bilan oila ilmining keng olamiga bizni yetaklab ketadi. Biz bilgan va bilmagan bu sirli, sinoatli dunyoning baland-past, önqir-çönqir, gohida gaştli, gohida ğaşli keçinmalari ustidagi uning taşbehlarini inson ruhiyatini anglaş bobidagi ilmiy, olimona tahlil sifatida qabul qilamiz.
Oçiğini aytsam, ijodkorning erkak zotiga marhamati juda baland. Şunga yaraşa unda tilak-istaklar ham bisyor. Çunki: “Erkakka oila boşliği deb berilgan maqom aslida unga atalgan mukofot, erkakka işonç, unga toğim, yetilgan boğim, suyançiğim deb qaraşlik kerak”, deydi şoira.
Şunday martabaga kötarilgan erkakni eʼtibordan tuşib qolişini sira istamaydi: “Tört muçangiz soğ böla turib, ahli ayolingizni issiq-sovuqdan, isnod va xatardan himoya qila olmasangiz, qozonini qaynata olmasangiz, öz-özidan oiladagi ovozingiz pasayib boradi”.
Sababi, oilada bekalik, onalik dardi naqadar oğriqli. Bola tuğiş, uni oyoqqa qöyiş, tarbiyalaş, uy-rözğor tutiş kabi ming bir masʼuliyatlar qatori, kerak bölsa, oilani iqtisodiy taʼminlaşda ayol ham heç qaçon qöl qovuştirib ötirmaganini eʼtirof etarkan, quyidagiça fikrlaydi…
Bugun qançalab xotin-qizlarimiz bozor-öçardan panoh qidira boşladi. Çet elma-çet el qatnab, qop kötarganlari qança… Ayol ne azobu uqubatlarda topgan-tutganlarini hovuçida farzandlariga tutadi. Şunday erkaklar borki, xotini topib kelganlarini bolalariga qöşilib yeb-içadi. Bundan vijdoni qilt etmaydi…
Axir, bu Şarq erkaklari uçun tanazzul emasmi?! Bu tanazzulliklarga sabab qilib mustabid tuzumdan qutiliş va mustaqillik bayroğini asrab qolişdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy qiyinçiliklarni yoki bozor iqtisodiyotiga ötiş maşaqqatlarini rökaç qilib körsatayotganlar ham yöq emas.
“Lekin har qanday davrda ham, u ayol böladimi yoki erkak, öz mavqeini, oriyatini saqlab qolişi kerak”, deydi voiza…
“… Ota-onangizni yöqlaganingizga qança vaqt böldi? Farzandlaringiz bilan yakkama-yakka dildan suhbat qilganmisiz, unga uxlaş oldidan ertaklar aytib, kitoblar öqib berib allalaganmisiz, ularni boğ sayriga, qöğirçoq teatri tomoşalariga olib borganingizni eslaysizmi”, deb savolga tutadi yana. Baʼzi öziga bino qöygan erkak: “Oilamni boqaman, heç narsaga zoriqtirmayman, deb erta ketib, işdan keç qaytsam, mendan sizga yana nima kerak?!” — desa-da, farzandlarimiz qorni töq bölsa-da, maʼnan boyimas ekanlar, boşqasi bekor. Ular yegan qazi-qartalarini ham, kiygan şoyi atlaslariyu, kimxoblarini ham unutişlari mumkin. Lekin ota bilan muloqot — ota bilan dardlaşiş, ota bilan sirlaşiş, toşga öyib yozilgan duoi kalom misol, bola qalbini maşʼalday bir umr yoritib turadi.
Boladan qanday kitob öqiyotgani, döstu örtoqlari kimlar, kelajakda kim bölmoqçi, qaysi kasbni egallamoqçi ekani bilan qiziqqan, yordam qölini çözgan, maslahatini ayamagan otani bola qadriga yetmaydimi? Yetadi albatta! Lekin biz ota-onalar ota-onalikning eng masʼuliyatli bu jihatiga hamişa ham eʼtibor qaratmaymiz! Baʼzan bu hayotda yaşaşdan katta murod-maqsadlarimiz oldida heç narsa emasga öxşaydi. Yöl-yölakay tuzatsa ham, tuzatmasa ham bölaveradigan masala deb qaraymiz. Bizning xatoimiz ham şunda.
“Vaqt ketyapti, otajon! Umr ötyapti, otajon! Bolalar ösyapti, voyaga yetyapti, otajon! Farzandlaringizda otajoni bilan ötgan kunlaridan qanday xotiralar qolyapti? Bu haqda öylab körganmisiz? Qissadan hissa şuki, kelajakda sizni nima kutyapti, hazrati ota!” — deydi voiza.
Maʼnaviyatşunos olima Tursunoy Sodiqovaning öz tinglovçilari, öquvçilariga taʼsir kuçi şundaki, u beixtiyor sizni öylaşga, fikrlaşga çorlaydi. Suhbatga tortadi. Unga qöşilib u bilan aytişuvga çoğlanganingizni bilmay qolasiz.
T.Sodiqovaga kelgan ayrim maktublarda manmanlik, özibilarlik, behayolik isi kelib tursa-da, voiza javob yozişdan erinmagan. Bunga uning kitoblarini öqisangiz siz ham guvoh bölasiz. Lekin xalqimizda ajoyib maqol bor: “Men yomondan ayrilib, yaxşini topganing qani?!” Bu sözlar oilasini taşlab, boşqa turmuş qurgan aksariyat insonlarning puşaymoni, armoni, hasrati, nadomatidir. Bundaylarga ey ğofil inson, uyğon, közingni oç, deging keladi. Beixtiyor Abdurauf Fitratning “…fikri zaif bölgan odam öz işlari ustida öylanmaydi, zarar va foydasini andişa nazaridan ötkaza olmaydi, hissiyotga asir va şahvoniy lazzatga tobeʼ bölib, jismi zaif va axloqi vayron böladi”, degan sözlari esga tuşadi.
“Oila muammolariga aralaşganimga yarim asr böldi, — degandi özaro suhbatlarimizdan birida şoira. — Oilaviy mojarolarning ellik ming rangini kördim. Oilaviy muammolarni hal qilişda, oila mustahkamligini saqlaşda erkak zotini öta sust kördim”, deganida balki şoira şunday kimsalarni közda tutgandir.
Koşkiydi, şu bilan alamidan çiqsa, ammo badaniga yopişgan bu dard alanga-otaş bölib yonar, köksini kuydirardi. “Tamakiga ruju qöysang, hujayralaringdan tutunda kuygan bola unadi! Aroq bilan suğorilgan tomirlaring bergan meva aççiq böladi”, deb yuragini böşatib olardi.
Bunday jarayonlarda voizamizning artistlik mahoratini köriş ham heç gap emasdi. “Qahramoni”ni ota-onasi, ustozi yangliğ boşini silar, dösti bölib qalbiga yöl topar, gohi uzoqdan, gohi yaqindan kelar, gohi ters, gohida şirin sözlardi… Va hatto baʼzida “qahramon”ini bezor qilayotgandek bölardi… Daʼvatlari, tarbiya usullari qanday şaklda bölmasin, qançalab odamlarni ğaflat uyqusidan uyğotdi, töğri yölga boşladi. Bu qaltis, maşaqqatli faoliyatdan u sira nolimas, aksinça, har bir muşkuli oson bölgan oila şodligi uning qalb sandiğidan joy olib boraverardi.
* Bugungi ayol eridan bir qadam ilgarilab ketdi. Erdan ilgarilab ketiş esa bizning millat ayoliga heç qaçon rohat bağişlamagan. Biz doim otasining böyini körsatib turib, bola tarbiyalab kelganmiz.
* Qaysi erkak olğa ketayotgan bölsa, ğayrat-şijoatda, ixtiroda va taraqqiyotda bölsa, bilki uning ayoli aqlli…
* Ayoli oriq yurtning millati oriq, ayoli öksik yurtning millati nosoğdir.
* Quyoş aslida ikkita! Biri kökda, biri esa Zamindagi ayol.
* Sabr ayoldan, keçiriş ayoldan, farzand beriş ayoldan, tarbiya ayoldan, millatning kelajagi ayoldan, deb unga ikki qölini barobar çözib turgan er, farzand, jamoa, davr andak hijolat çekişi kerak…
Yuqoridagi taşbehlar özbek ayoli haqidagi maʼnaviyatşunos olima Tursunoy Sodiqova taʼriflaridan bir parça, xolos.
Voizaning hazrati ayol haqidagi eʼtiroflarini xohlang şior sifatida qabul qiling, xohlang, hikmat deb biling, xohlang har ikkovini bir maqomda qabul qiling. Hamma gap şundaki, ijodkorning ayol haqidagi har bir taʼrif-tavsifi ortida uning neça ön yillar davomidagi oila ilmi borasidagi kuzatişlari, ilmiy izlanişlari, tadqiqotlari, turmuş deb atalmiş oilaning qirq çiğiriğidan omon çiqqan özbek ayolining hayot tarzi, sinovlari xulosasi yotibdi.
Er yigitlar haqidagi fikrlari ham kişini öylantiradi, muşohadaga çorlaydi: “Iliging quvvatga tölgan, xotirang, zehning körganingni muhrlab qoladigan, şahd qilsang osmondagi yulduzni uzişing mumkin bölgan paytlaringda ğayratingni, şiddatingni nega uxlatib qöyding?! Nurafşon yuraging bor edi, ularni soçişga, köngillarning qulflarini oçişga nega şoşilmayapsan?!” — deya bong uradi şoira.
Rostini aytganda, özbek xonadonlarida qiz bola tarbiyasiga, maʼlum darajada, alohida eʼtibor qaratiladi. Qizlarni uzatgunça, heç bölmaganda, uy-rözğor tutişga, pazandalikka öqitiladi, örgatiladi…
Öğil bolalarga-çi? Ularga nimadan saboq beriladi?!
Töğri, keyingi paytlarda farzandlarimizni tarbiyalaş borasida bir qadar siljişlar röy bermoqda. Ularni çet tillarini örgatadigan, oliygohlarga kiriş uçun xususiy kurslarda öqitiş urfga aylandi.
T.Sodiqova: “…Öğlonim, önta barmoğing önta şogird bolangdir. Har birini har xil hunarga örgat. Hunarli yigit, qöli qadoq yigit eng çiroyli yigitdir va qizlarning baxtlisi öşanga tuşadi…”, deb daʼvat qilarkan, öz kuçiga, öz imkoniyatiga işongan va suyangan yigitlar tarafdori sifatida ularni tobeʼlik, muteʼlik balosidan asrab qolgisi keladi.
Adiba kulliyotlarining “Öğlim, senga aytaman” bobida uning yigitlarga atalgan köngiloçar, yangroq bir qöşiği ham bor:
“…Yurakka işq tuşişining özi katta baxt, – deydi Tursunoy. – Sen endi heç qaçon yolğiz qolmaysan, doimo bağringning qoq örtasida sen bilan şirin suhbatlar quradigan dardkaşing, mahrami jon – muhabbat bor!.. Muhabbat köksingga botgan quyoş!”
Şoira muhabbat bor joyda turmuş gaştli, rözğor deb atalmiş olaxurjunni kötarmoq yengil, oilada uçraydigan ikir-çikir muvozanatlardan çiqmoq eşiklari oçiq, demoqçi. Muhabbat bor joyda er-xotin bir-biriga suyanadi, bir-birini keçiradi, eng oğir vaziyatlardan ham yengil çiqib keta oladi, deydi va nihoyat, muhabbatli oilalarda ajrimlar kamdan-kam uçraydi, degan xulosaga keladi…
Voizamizning beş jildlik kulliyotidan birini olib, birini qöyib varaqlayman, qayta-qayta öqiyman. Öqiganim sayin meni taqdirlar, qismatlar, diydor onlari öz oğuşiga tortgandan tortadi…
“Oila tilsimi” ruknidagi “Oğa-inilik ilmi”, “Öğlim, senga aytaman”, “Kuyovlik ilmi”, “Kelinlik ilmi”, “Qaynonalik ilmi” kabi qator esselari örin olgan jajji kitoblari bejiz qölma-qöl bölib ketgani yöq. Xalqimiz şunday daʼvatlarga talabgor edi. Naşriyotlar Tursunoy Sodiqovaning esselarini çöntak kitob tarzida katta tirajlarda çop etdi. Bu esselar katta davralarning suhbatijon mavzulariga aylandi. Bu kitob qizlarimiz sepiga qöşib sovğa qilinayapti.
Umuman şoiraning maʼnaviyat rukni ostidagi har bir yangi kitobi xalq orasida şov-şuvga sabab bölar, gap-gaştaklarda qölma-qöl bölar, hatto çoyxona gurunglarini qizitib yuborardi. Uning dil yozmalari bitilgan bunday kitoblarning taqdimoti, öqiş, örganiş loyihasi joylardagi xotin-qizlar qömitalari bölimlarining iş rejalariga kiritilardi. Uning radio-televideniye orqali çiqişlarini xalq jon quloği bilan eşitardi. Uning daʼvatlarini eşitgani qöşni qişloqlardan, qöşni şaharlardan neça çaqirim yöl bosib kelganlar qança, keksalar duoga qöl oçib, yaxşilik tilaganlari qança…
Bunday kezlarda voizamiz bahor gullariday yaşnab ketar, ilhomiga ilhom qöşilib, bir soatga möljallangan uçraşuvlari ikki-uç soatgaça çözilib ketardi.
Şunday abadiyat qonunlari borki, yozuvçi bularni bot-bot eslarkan, avvalo, özi taskin topadi. “Agar ming yil umr körsam, otajonim, onam jahonim fidoyiligining yana ming olami aytilmay, ming iqlimi yoritilmay qolişi aniq” derkan, u:
Bir armonim bor mani,
Bordir bitta faryodim.
Topib bering, onamni,
Unga hali töymovdim! — deydi.
Bu satrlar har qanday muz yuraklarni ham eritib yuborişga qodir.
Dilbar MAHMUDOVA,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi
