Lölilar (hikoya)
Öşanda hayotimiz bugungidan köra butunlay boşqaça edi. Biz uç qizdan keyin ukam tuğilgaç, otam dala hovliga uy soldi va biz köçib ketdik. Kiçik amakim Rossiyaga işlagani ketib qaytib kelmagaç, buvim yolğizlanib qoldi. Keyin opalarim içida bir men maktabga borayotganim uçun buvim bilan yaşay boşladim. Bu hovli biz yoşlikda katta bölgan hovli edi, lekin juda sirli körinardi. Yaʼni uydagi hamma narsalar buvim tomonidan sehrlab qöyilgandek tuyulardi. U vaqtlarda yetmiş yoşlarni qoralagan buvim ança tetik edilar.
Men — ön bir yoşlardagi qizça, buvimni dunyoda eng aqlli, deb bilar, barça aytganlarini sözsiz ado qilişga urinar edim. U kişi özlari non yopib, özlari kir yuvardilar. Uruş yillari, qahatçilik, oğir zamonlarni körganlaridan heç narsani isrof qilmasdilar, isrof qilganlarni yomon körardilar. Uzoq yillar davomida körgan-bilgan qança odamlari hayotdan ötib ketgani uçunmi, odam zotini, xoh u katta bölsin, xoh kiçik, qattiq hurmatlar, yoş bolalarni ham sizlab gapirar edilar. Köçadan biror qöşnimi yo qarindoş kirib kelsa, har qanday işlarini yiğiştirib, dasturxon solib çoy tayyorlaşga ötardilar. Hatto köçama-köça yurib, eçki junlarini sörab, örniga bir piyola berib ketadigan lölilarni har mavsumda neça martalab mehmon qilganlarini eslasam (oçiği, öşa vaqtlarda buvimning bu işlaridan ğaşlanardim), hali-hali avvaliga kulgim, keyin yiğlagim keladi. Lölilar öz uylarida ötirgandek, bemalol çoy içişardi-da, yana buvimga “Momo, eski soat, medal, eski bilaguzuklar bölsa bering, baribir ular heç narsaga yaramaydi-ku”, deb söraşar, buvim allaqaçon unday narsalarni özlariga tarqatib bölganlarini eşitgaç, heç bölmasa, sim römolmi, şol römolmi söraşar, buvim ularning “qutluğ uydan quruq çiqsalar, bexosiyat bölişi” haqidagi pandlariga örin qoldirmay, hammalariga römol ulaşardilar. Örtoğimning uyiga borganimda körgan edimki, lölilar odamlarga jun örniga römollar ham berişar ekan. Buvimdan römollarni boşqalarga beriş uçun olişayotganini bilib, battar ğijinardim.
Har gal men buvimning ularga osongina aldanayotganini körib çidolmay, yenglaridan tortqilardim, buvim esa beşbattar qilib, boğdagi uzumdan ikki boş uzib çiqişimni buyurardilar. Dasturxon böşab, lölilar çiqib ketgaç, biroz ötib, narigi mahalladan ularning “Opö-yu”, deb çaqirgani eşitilar, bu çoqda buvim xuddi saroy aʼyonlarini kutib olib endi martabasi oşişiga umid qilib turgan ğulomdek xursand qiyofada dasturxon yiğiştirişga tuşardilar.
Bir gal şunaqa köça daydisi, oçu sulloh lölilarni kutib olaman deb adabiyotdan berilgan şeʼrni yodlolmadim. Ular ketganda, buvimga zarda bilan dedim:
— Buvi, şularga çoy qilib berişingiz şartmi? Ğovada sizga öxşab heç kim löli boqmasa kerak.
— Qöyavur, işing bölmasin.
— Bu lölilar ham har safar tekin çoy bor, deb yangi-yangilarini boşlab keladi. Bir uy jahon bölib katta xolasining uyida ötirganday ötirişini qarang. Yana xoxolaşişiga nima bor?
— Bolam, ular musofir. Keyin kambağal. Oçin-töqin yuradi. Bola-çaqa boqaman, deydi-da, bölmasa şundoq oğir qoplarni kötarib eşikma-eşik zarilmi?
— Qanaqa kambağal? Zör yaşarmiş. Ana Mahmudjon akam aytdi.
— Böpti, köp kalxabarçi bölmasdan, maktabingga jöna. Soat ön ikki böldi.
Nima nodonlik qilib şu gal sinfdoşim Muxarramga lölilar biznikida çoy içganiyu, şuni deb dars tayyorlolmaganimni aytibman. Biz u bilan juda qalin edik. Tanaffusda birga par tepardik, devorga koptok urib öynardik. Bir galgina bilagimdagi taqinçoqni bir kun taqib kelişga söraganida bermaganimga sinfdagi hamma qizlarga lölilar biznikida çoy içişini eʼlon qilib yubordi. Kamiga hamma qizlarga öşa taqinçoqni körsatib:
— Qaranglar, mana bu matohini lölilardan olibdi. Çoy qilib berişgan ekan, lölilar şuni beribdi.
Şu-şu böldi-yu, sinfdoşlarim men bilan sal aytişib-tortişib qolsa, “löliboqar” deb jiğimga tegadigan bölişdi. Ayniqsa, Lobar onaboşi har gapida meni ösal qilib, “Bunaqa sirğang yöq edi-ku. Qayoqdan olding? E ha, lölilar narsa berib turadi-a senga?”, “Biz köçadan keladigan gadolar bilan gaplaşmaymiz. Pulini berib jönatvoramiz”, deb yo şunga öxşaş gaplarni aytib tirjayadi. Yiğlab yuboray deyman. Bir-ikki 8-“A”sinfga ötib ketmoqçi ham böldim. Bölmadi.
Uç-tört oy ötib bir kuni buvimning qistovlari bilan daladagi loviyaning qanday suv içganini bilib perovxonalarni töğrilab, ariq boşini jimlab suvni yiqib, uyga qaytib kelsam, sörimizni töldirib yana lölilar ötirişibdi. Tişimni-tişimga bosib, öçoqboşiga keldim. Buvim çoy damlayaptilar. Mening turiş-turmuşimga qaramay turib ham, gap qotdilar:
— Namunça qovoq uyasan? Senga qöygan ilikni yeb qöyadimi bular? Mehmon atoyi Xudo. Bor, yonğoq çaq.
Jahl qilaman deb taqsimçaning çetiga bolğa urib olib sindirib ham qöydim. Lölilar jağlari tinmay gapirişar, qaysi biri eşitib, qaysi biri gapirayotganini bilib bölmasdi. Tezroq çoyini içib bölib ketişsa edi deyman.
Qöşnimiz Umarali akani tor odam deyişadi. Uylariga heç kim kirmaydi. Köçadan kelayotganda yerda yotgan toşni ham kötarib keladi-da, supa qilib kötarmoqçi bölgan joyiga irğitib qöyadi. Qovunsotarlarning oldiga çelak qöyib keladi. Birpasda borib boşqa çelakka almaştirib, bor pöçoqni olib kelib uçta eçkisiga töğrab tuz sepib beradi. Asli qovunçining özida ham mol-hol bor. Lekin pöçoq yöq deyişdan xijolat qiladi, şekilli, harqalay, Umarali akaning ikkita çelagi qovun-tarvuz pişiğida guzarda navbatçilik qiladi. Umarali aka bizga devordarmiyon ötiradi. Ora-sira devor ustida uning xotini boşini körsatib qoladi. U ustimizdan kulib ötirgandir. Hali ertaga hammaga gapirib çiqadi. Uff.
Öşa kuni lölilar har doimgidan ham köp ötirişdi. Yuragimni qon qilib, uyimizga mahalla kengaşidan, maktabdan saylov işi bilan uç-tört kişi keldi. Buvimga nimalarnidir tuşuntirib turişganida lölilar ularga hatto qayrilib ham qöyişmadi. Ular mehmonlarimizga hayron-hayron qarab ketişdi.
Lölilar qorinlari töyib, endi çoyni xörillatib içib ötirişar ekan, bir-birlari bilan tinmay sözlaşişar, baʼzan baqirişib ham ketişardi.
Bu orada poda qaytar mahal bölib ketib, köçaga çopdim. Darvozamizni oçişim bilan doim birinçi kirib keladigan “Çiroyli” laqabli eçkimizga közim tuşdi. Ketidan qolgan oltita eçki kirib kelyapti. Oxirida “Ilimiliq” deydiganimiz lanğillab keldi. Unga qarayman deb avval kirganlarni qaznoqqa hayday olmadim. Bu yaramaslar harçand haydasam ham, har yoqqa yurişdi. Jahlim çiqib turgan edi, eçkilarni töğri lölilarning xurjunlari tomonga haydadim. U yer özi burçak joy, eçkilar mening maqsadimni tuşunmay xurjunlar ustiga tikka çiqib ketişdi. Xurjundan birin-ketin çaq-çuq ovozlar eşitildi. Aksiga olib birini haydasam, ikkinçisi xurjun ustiga sakrab, idişlar singani sari battar tepkilaydi. Nihoyat, ularni amallab öz joyiga qamadim.
Endi özim köçaga çiqib biror qöşninikigami qoçib ketişni öylay boşladim. Biroq çiqolmadim, aksiga olib, ğira-şira tuşib kelyapti.
Ivitilgan somonga kepak sepib sigir bilan buzoq oldiga qöyişim kerak. Ariq labiga kelib, tagida kepak quyqalari qotgan idişni oldim-da, bittagina derazasi qorayib turgan içki-taşqilik omborxonaga kirdim. Siçqondan ehtiyotlab, kepak içkariga eski karavot ustiga qöyilgan. Aksiga olib çiroği yöq. Timirskilanib kerak narsani topolmaganimdan keyin öçoqboşiga çiqib gugurt olib keldim-da, çaqib yoruğida kepakqopga idiş botirdim. Qaytişimda yumşoq bir narsani oyoğim bilan bosib olib, kalamuşmi, deb yuragim şuv etib ketdi. Öng tokçada çim paxta borligi yodimga tuşdi. Ha, şundan yerga tuşib qolgan, şekilli.
Mol-holni tinçitib kelganimda lölilar haliyam gaplaşib ötirişar, ovozlari yetti mahallaga yetib yotardi. Buvimning manziratlari ortib ketganiga battar jahllana boşladim. Çunki bularning yotib qoliş niyati borga öxşardi. Ularning oldidagi idişlarni yiğib olib, ariqqa olib keldim-da, qovoğimni olti qariç qilgança şaqir-şuqur qilib yuvişga tuşdim. Bularda farosat bormi, derdim özimga özim.
Yöq, bir vaqti bitta yoşi kattasi qölini duoga oçib biz tuşunmaydigan antiqa şevada rosa duo öqib, dasturxonga fotiha tortdi. Duosidan men ham qolmadim. Ular qoplarini yelkalaşdi. Idişlar yoqimsiz şaraqladi. Tamom, hozir qopni oçişadi, idişlar singanini körişadi, keyin buvimga “endi biz nima qilamiz”, deyişadi. Keyin buvim özlarining içkaridagi yaxşi-yaxşi idişlarini solib beradilar, deya xayolimdan keçirib miyam ğovlay boşladi. Biroq ular idişlar ovoziga emas, boşqa nimagadir eʼtibor berib, bir-birlari bilan nimanidir aniqlamoqçi bölgandek sözlaşa ketdilar. Ança vaqt hovlining boğga ötib ketadigan tomonida — haligina özlari soyaga deb qop qoldirgan joylarida gaplaşib qoldilar. Ular öz tillarida sözlaşişar, men tuşunolmasdim. Buvim esa ularga bir yelimxalta olma solib beriş uçun kuymalanardi.
Bir payt öşa duo öqigan kattasi buvimni çaqirdi:
— Ena, beriga qarang. Mana şu omboringizda bir narsa kuyoptimi, tutayoptimi, qarang. Hidi kelopti. Tiklob qarasa çöğ körinoptimi.
Buvim şoşib öşa yoqqa kirib ketdilar. Keyin darrov meni çaqirdilar.
Bordim. Boplabman. Içkarida taxmonga öxşaş tokçadagi tittirib qöyilgan paxta tutab yotibdi. Buvim şoşa-pişa içkariga kirib çimni quçoqlab olib çiqdilar. Tutagan bölaklar yöl-yölakay tuşib qola boşladi.
— Bor, Bahodir akangni çaqir! — dedilar. Serraygan joyimdan köçib taşqariga otildim.
Bahodir aka omborxonaga peşayvon lampoçkasini olib kelib qöydi. Omborxonada har yer-har yerga tuşib tutab yotgan paxtalarni yiğib ola boşladik. Lölilar ham ketişmagan, bir-ikki çaqqonroği yukini yerga qöyib bizga qaraşişga tuşgan edi. Ariqdan suv olib çimlarga sepdik. Tutun örnini boşqa — bijğigan çigit hidi egalladi. Lölilar ketar bölişdi. Buvim ularni quyuq kuzatdilar. Yana kelsinlar emiş. Kattakon rahmat emiş.
— Ha, xola, uruğlaringizdan ham yaxşi kutib olasiz-a lölilarni? Nimasiga rahmat endi? Uyingiz kuyib ketay dedi-yu.
— Işing bölmasin. Kirib çoy iç, bölmasa çiq uyingga. Sen ham kam bölmagin, böldimi?
Bahodir akam kulib çiqib ketdi.
Buvim neça kun lölilarni alqab yurdilar. Öşa kuni ularni çoyga uşlamaganlarida naq uyimiz kuyardi ekan. Men esa hali ham qiynalaman. Xurjunlarini qayerda oçişdi ekan. Erta-indin janjal boşlab kelib qolişadimi.
Ança vaqt yurak hovuçlab yurdim. Boşqa bir neça marta köçadan çaqirib jun sörab kelişdi, lekin biznikida çoy içib ketadigan töda qaytib kelmadi. Ehtimol, xurjunlarini oçişganda idişlarining singanini mendan körişgandir. Xafa bölişgandir. Meni atayin qildi deyişgandir. Bir öylasam, men qilmadim deyman, bir öylasam, içimni yeb qiynalib ketaman.
Bölgan işlarni, heç yöq özimni oqlab, eçkilarga tönkab bölsa-da, buvimga heç aytolmadim.
Maʼmura Zohidova
Muallif haqida:
M.Zohidova — 1973 yilda Çust tumanidagi Ğova qişloğida öqituvçilar oilasida tuğilgan.
Namangan davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning “Hikoyalar” (2000), “Aytilmay qolgan gaplar” (2013), “Najot kuyi” (2017),
“Buloqlimozor siri” (2018) kabi şeʼriy va nasriy töplamlari naşr etilgan. 2018 yilda çop etilgan “Nur yoğilgan yurt odamlari” nomli yirik formatdagi kitob-albomga, turli bayozlarga şeʼrlaridan namunalar kiritilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Ayni vaqtda badiiy ijod bilan birga Çustiy ijodining badiiy xususiyatlari hamda xalq oğzaki ijodi asarlari böyiça mustaqil ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
