Sokin tuyğular tuğyoni
Hikoya sodda, ixçamroq bölgani yaxşi. Ayrim hajmi salkam qissaga tenglaşadigan hikoyalarni soddalaştirib, teng yarmiga qisqartirilsa ham, mazmuniga putur yetmaydi, göyo aslida şunday yozilgandek fikr uyğotadi odamda.
Badiiy asarga qöyiladigan bu talabni maşhur yozuvçi Abdulla Qahhor 1940 yilda yozgan “Hayot qöşiği” maqolasida şunday ifodalagan edi: “Kitobxonga bir fikrni anglatiş yoki bir narsani tasavvur qildiriş uçun kişining boşini qotirmaydigan, oçiq, ravon va sodda til kerak. Surat oldirayotgan kişi suratga çiroyli tuşmoqqa behuda zör berib, özining tabiiy holatini buzganday, yozuvçi “çiroyli” va “qoyil qilib yoziş”ga behuda zör bersa, adabiy asar uçun zarur bölgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi”.
Abdujalol Taypatovning “Öğil” töplamidagi hikoyalarni öqiganimda dafʼatan ulardagi şu xususiyat – qisqalik, soddalik, tasvirlarning samimiyligi öziga tortdi. Töplamdagi hikoyalar katta voqeani, katta ğoyani öziga qamrab olgan bölsada, hajmi ixçam, bayon öta qisqa, tasvirlar sodda va ravon. Şuning uçun hikoyalarni öquvçi qiynalmay öqiydi, oz vaqt sarflab ança köp narsa oladi. Eng muhimi, hikoyadagi voqealar, qahramonlarning harakati, xarakteri sizni öylantiradi, muşohadaga undaydi.
Töplamning boşidagi “Ulğayiş” hikoyasining syujeti oddiy voqea asosiga qurilgan.
Hikoya qahramonining otasi Musurmonqul davlat xöjaligida oddiy şofyor bölib işlaydi. Kattalar nimani buyursa, bajaradi. Xöjalik rahbari davlat mulkidan “özining uluşi”ni xizmat maşinasiga yuklab, uyiga olib borib taşlaşni buyuradi. Yaqin ötmişdagi odatdagi hol bölgan unçalik “yangilik” bölmagan voqea. Biroq işni begona közlardan yaşirib, şofyori bilan imi-jimida bajarmoqçi bölgan amaldor özining uyida “kelişib bölmas” nazoratçining qöliga tuşadi.
“Çol qoronğilikda yaxşi körmasa-da, hassasini töqillatib, maşinaning yoniga keldi.
– Nima bu? – deb söradi. Keyin birdan jazavasi tutib qoldi.
– Ol maşinangni! – Baqirdi Musurmonqulga qarab. – Hozir melisaga xabar qilaman! Nontepkilar!
Musurmonqul boşliqqa qaradi. Boşliq otasiga yaqinlaşib, uning quloğiga nimadir deb şivirladi.
– Ni-m-m-a-a! – Çol baqirişda davom etdi. – Kunjara yeb katta bölganingni unutdingmi? Hali közim oçiq ekan, senlarga bu nomaʼqulni yedirmayman. Ölganimdan keyin esa bilganlaringni qilinglar. Hayda maşinangni! – Çol hassasi bilan kabinaga niqtadi. Musurmonqul “Nima qilay?” degan maʼnoda boşliğiga burildi.
– Böpti, siz boravering! – Boşliq jahl bilan qöl siltadi.
– Buni-çi? – Musurmonqul kuzovga işora qildi. – Buni nima qilay?
– Bilganingizni qiling!..”
Musurmonqul ğallani xöjalikning xirmoniga qaytarib olib borolmaydi, uyiga olib keladi. Öninçi sinfda öqiydigan öğlini uyğotib tuşirib olişni boşlaydi. Maktabda öqituvçilarning töğri yaşaş haqidagi taʼlimi, kitoblardagi halollik haqidagi ğoyalar bilan tarbiyalangan bola otasining bu işi öğrilik ekanligini biladi, içida otasini qoralaydi, bu nopoklikni qabul qila olmaydi. Bu masalada xuddi xöjalik rahbarining otasi Haydar gajirga öxşab fikrlaydi. Haydar gajir öğliga bu qinğirlikni oxiriga yetkazişiga yöl qöymay, ğallani qaytarib yuborgan edi. Ammo bola otasining aytganini bajarişga majbur. Otasiga buyruq berolmaydi. Ğallani tuşirib, joylaydi.
Sokin keçayotgan oddiy voqealar hali hayotning pastu balandini anglab yetib ulgurmagan bolaning qalbida tuğyon qözğaydi.
“Bola taraddudlandi. “Aytsammi? Urişib bersa-ya. Urişsa urişar”.
– Ota-a… – Tovuşi juda siniq çiqdi.
– Ha, nima deysan?
– Şu-şu… işni qilmasangiz-çi? – Bolaning könglidagi gap beixtiyor oğzidan çiqib ketdi.
– Ni-i-ma-a? – Ota örnidan turib ötirdi. Öğlini birinçi marta körayotganday tikilib qoldi. Oyning xira nurida uning yuz ifodasini körib bölmasdi…
“Men sizlarning öqimişli, obröli odam bölişlaring tarafdoriman. Men tortgan azoblarning mingdan birini ham körmanglar, deyman. Özing esli yigitsan-ku, öğlim!..”
U otasining bunçalik kuyinib, dard bilan gapirişini, otam şunça gapni biladi, deb sira öylamagandi. “Demak, hali bu dunyoda uning aqli yetmaydigan köp narsalar bor”.
Bolaning öy-xayollari bizni voqealarning taşqi rivojlanişidan, qahramonlar içki dunyosidagi ziddiyatlar sari yetaklaydi. Hikoyadagi ota-bolalar töqnaşuvi faqat turli yoşdagi odamlar qaraşlarining qarama-qarşiligi emas, aslida davrning, jamiyatning ziddiyatlari ekanligini öylaymiz. Bolaning maktabda domlalardan eşitganlari, körganlari, kitoblarda öqiganlari öz hayotida keçayotgan voqealar ziddiyatga kirişadi. Ularni anglaşga harakat qiladi. U şu ziddiyatlar olamida ulğayadi.
Hikoya şunday yakunlanadi. Biroq voqea rivoji endi bizning, öquvçilarning qalbiga köçadi. Hayotning abadiy ziddiyatlariga, qarama-qarşiliklariga, kuraşlariga duç kelgan, unga yeçim topolmayotgan musaffo bolalikning zavol topişidan hadiksiraymiz. Özi xohlamagan holda kattalarning qinğirliklariga şerik, biroq qarşilik qilişga ojiz bola ulğayganda qanday odam böladi? U özini örab turgan borliqdagi çigalliklardan öziga töğri yöl topa oladimi? Insonning ulğayişidagi bu murakkab yöl öquvçini öylantirişi, mulohazaga undaşi uçun bitta hikoyaga şunça kuç yuklaş, albatta, yozuvçining mahorati.
Insonning hayotda öz örnini topişida u ulğaygan muhitning, atrofdagilarning taʼsiri yozuvçining boşqa hikoyalarida boşqa qahramonlar obrazlari talqinida ham davom etadi. Biz “Ulğayiş”dagi bolaning ulğayganda qanday odam bölganini yozuvçining keyingi hikoyalari — “Jiyan”dagi Abdumurodda, “Xörozqand”dagi Rahimda, “Isteʼfodagi polkovnik”dagi Murodda, “Polvon”dagi Tilovberdi polvon obrazlarida köramiz. Garçi bu hikoyalar umuman bir-birining davomi emas, hatto voqealar tadrijiy rivojlanişida ham biron tartibda birlaştirilmagan bölsada, negadir ularning qahramonlari bir qişloqda ösgan, bir-birlarini taniydigan aka-ukalarga yoki bir odamning turli yoşdagi hayotiga juda öxşaydi.
Bu hikoyalarni birlaştirgan umumiylik, birinçi navbatda, qahramonlarning oddiy qişloq odamlari, ularning şevalari, harakatlari, qiliqlari bir-birlariga öxşaşligida közga taşlanadi. Ammo bular hikoyalardagi umumiy öxşaşlikning ayrim qismlari, xolos. Asosiy öxşaşlik bu qahramonlarning barçasidagi soflik, samimiylik, soddalik, jömardlik. Ularning barçasi sof niyatli, imonli, insofli odamlar ekanligi. Ularning niyat-öylari, orzu-armonlari, tösiqlarga, illatlarga qarşi kuraşda tutgan yöllari, usullari, garçi, turliça bölsada, olijanob maqsadlari, sof tuyğulari bilan bir-birlariga öxşaydi, bir-birlarini töldiradi. Şuning uçun “Jiyan”dagi Abdumurod “Ulğayiş”dagi bolaning katta bölib oliy maktabda işlayotgan paytidek tuyuladi. Bu boladagi nohaqlikka, adolatsizlikka isyonni “Isteʼfodagi polkovnik”dagi Murodda, “Polvon”dagi Tilovberdi polvonda köramiz.
Turli yoşdagi, turfa feʼlu aʼmolga ega bu qahramonlarni niyatlarining sofligi, soddaligi, samimiyligi uçun yaxşi körib qolamiz. Hikoyalardagi voqealar sokin, ötkir syujetsiz voqealar, qahramonlar hikoyalari asosiga qurilgan bölsada, ulardagi içki kuraş, ruhiy iztiroblar, zöriqişlar öquvçini befarq qoldirmaydi. Asar qahramonlarining samimiy tuyğular sehri beixtiyor sizni rom etadi, qalbingizga köçadi.
Aynan şu sokinlik qöynida inson keçinmalarining töğyoni töplamga kirgan hikoyalarning öziga xosligi, muallifning uslubini belgilovçi jihatdir. Odamlar hayotini, taqdirini özgartirib yuboradigan voqealarni sokin, sodda va samimiy hikoya qiliş, inson qalbidagi töğyonni bor böyi bilan körsatiş hamma yozuvçi ham uddalaydigan iş emas. Abdujalol Taypatov sokinlikdagi bu tuğyonni aks ettira olgan.
Töplamga kiritilgan “Tazarru” qissasida ham hayotda insonning örni, odamlar özaro munosabatlaridagi qarama-qarşiliklar haqida sodda, samimiy tuyğular ifodasini topgan. Qissa bundan avval alohida kitob holida naşr qilinganini hisobga olib, hozir batafsil töxtalib ötirmadik. Zero, yozuvçining bu asari tahlil qilişga, örganişga arzirlidir. Biroq uşbu kiçik maqolada buning imkoni ham yöq. Qissaga qanday baho berişni öquvçilarning öziga qoldirib, ijodkorning uşbu töplamga kiritilgan publitsistikasi ayrim jihatlariga eʼtiborni qaratmoqçi edik.
Abdujalol Taypatov ijod yöli voqealarning qisqa va lönda xabarini berişga ixtisoslaşgan Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyati bilan bevosita boğliqligi uning barça asarlarida, şu jumladan, publitsistikasida yaqqol sezilib turadi. Uning barça publitsistik asarlari xoh katta muammo kötargan, xoh biror voqeaga munosabat bölsin, ortiqça jimjimadorlikdan xoli, sodda, ravon yozilgan.
Buni töplamga kirgan “Fonogramma haqiqiy sanʼatning kuşandasimi?”, “Özligini yöqotmagan elim”, “Til — millat ruhi”, “Seni soğindik, bahor!”, “Uyda tinçi bölsin yigitning”, “Oydanda gözalsiz, kundanda gözal”, “Sut soğayotgan ayol” kabi oçerk va publitsistik maqolalardagi sodda, samimiy, lönda tasvirlarda köriş mumkin.
Matbuotda, ayniqsa, elektron ommaviy axborot vositalarida voqealarni yoritişda “bozorbop qiliş”ga, faktlarni “qovurişga”, öquvçining diqqatini tortiş uçun jimjimadorlikka intiliş kuçayib borayotgan paytda jurnalistikaning anʼanaviy usullari, janrlari, badiiy publitsistika afzalliklarini körsatib beradigan şunday asarlar ham kerak. Şu bois töplamga muallifning uşbu janrdagi ijod namunalari ham kiritilgani kitobning qiymatini yanada oşirgan, deyiş mumkin.
Uşbu muşohadalarni bayon etişdan muddao şuki, yurtdoşlarimiz, kitobxon xalqimiz “Öğil” kitobini mutolaa qilsa, menimça sira afsuslanmaydi, aksinça, yaxşi bir yozuvçining xalqçil bitiklaridan bahramand böladi. Sözimizga işonavering, öqib köring.
Toşqul BEKNAZAROV
