Çiqindini axlat qutisiga taşlang, ijtimoiy tarmoqqa emas!

Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda turli mazmundagi murojaatlar köpayib qoldi. Ularning aksariyatida kundalik hayotdagi kamçiliklar, yetişmovçiliklar bayon etilgan. Albatta, tegişli idora va taşkilotlar tomonidan muammolar atrofliça örganilib, bartaraf etilayapti. Ammo…

Masalaning ikkinçi tomoni ham bor-da, yaqinda ijtimoiy tarmoqda öqib qoldim, “Köça burilişida ikki çelak axlat tökilgan, masʼullar qayerga qarayapti, buni qaçon bartaraf etişadi?” Bunday madaniyatsizlikdan aslo köz yumib bölmaydi, albatta. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinayotgan video yoki foto murojaatni körib, baʼzan kişining ensasi qotadi. Öylab qolasiz, “endi rahbar har bir odamning orqasidan poyloqçi qö­yişi kerakmi”, deb.

Aslida-çi, şu çiqindini kim köçaga taşlagan? Balki u öşa ijtimoiy tarmoqqa yozgan şaxs­ning qarindoşi bölişi mumkin-ku, axir. Agar odamda insoniylik, ekologik madaniyat, farovonlikka masʼuliyat tuyğusi bölsa, çiqindini ijtimoiy tarmoqqa joylamay, özi çiqindixonaga olib borib taşlagan bölardi. Şunday emasmi?!

Şu yurtda tuğilgan, şu zaminda mehnat qilayotgan, maʼnaviyatli, madaniyatli inson borki, bu murojaatni öqib: “Yozganning otasiga rahmat”, demasa kerak. Rostini aytsam, ikki çelak axlatni tört tomonidan aylanib, tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylaştirgunça behuda ketgan vaqtiga açinadi-da odam. Beixtiyor ana sizga musulmonçilik, deganingizni bilmay qolasiz. Mabodo murojaatçi ota-bobolar udumiga amal qilib, çiqindini olib taşlaganda, madaniyatsizlik bölarmidi, aslo yöq! Ana unda odamlar: “Falonçining otasiga rahmat”, deb rostakamiga aytgan bölardi. Xalqimiz: “Odobni beodobdan örgan”, deb bejiz aytmaydi-da.

Şunga qaramay, biz murojaatçini aybdor demoqçi emasmiz. U har tugul ayrim şaxslarga köça madaniyatiga rioya qiliş kerakligini eslatgan. Ha-da, azaliy madaniyatimiz, maʼnaviyatimiz bilan hammaga namunamiz, deb faxrlanamiz. Lekin bunday dilxiraliklar ajdodlardan qolgan ibratimizga soya solmaydimi? Albatta, soya soladi!

Nahotki, endi xonadonimizda töplangan çiqindini maxsus joyga taşlaş uçun ham tepadan topşiriq yoki buyruq bölişi kerak? Bu ham mayli, baʼzan çiqindini oqar suvga taşlayotgan fuqarolarni körib, odamning dili ranjiydi. Unga açinib qaraysan. Axir, hatto ota-bobolarimiz suvga tupurişni ham gunoh, deganlar. Yoki bugun bu hikmat, ögitlar unut böldimi?

Rostini aytganda, özimiz yuriş-turişimiz, bajarayotgan yumuşimiz bilan, birinçi nav­batda, farzandlarimizga namuna bölişimiz kerak. Xalqimizda: “Quş uyasida körganini qiladi”, degan maqol bor. Bolalar kattalarga qarab ösib-ul­ğayadi. Şu bois, ularni töğri tarbiyalamoqçi bölsak, avvalo, özimizni çiğiriqdan ötkazib olişimiz lozim. Ana şunda ertamiz obod, kelajagimiz nurafşon böladi.

Özi köça madaniyati nima? Qölimizdagi tamaki qoldiği yoki işlatilgan niqobni, yo boşqa axlatga taşlanadigan qoldiqni duç kelgan joyga irğitib ketiş emas, albatta. Ayniqsa, öz yaqinlarimiz, hamşaharlarimiz soğligini öylasak, bunday holat oddiy gigiyena qoidalariga ham töğri kelmaydi.

Şahrimizning gözalligi va saranjom-sariştaligi, avvalo, özimizning soğligimiz uçun kerak. Şu bois, hadeb kiçik muammo bilan olamga jar solişdan oldin, uni joyida hal etiş çoralarini körişga harakat qilaylik. Bunday muammolarni özimiz hamjihatlikda va birdamlikda hal eta olamiz, albatta.

Otabek ASLONOV,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi

Navoiy viloyati bölimi raisi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan