Özimiz ötirgan şoxga arra tortmaylik

Albatta, oçiq maydondagi manzarali daraxtlar qurşovida, yam-yaşil öt-ölanlar bağrida sayr qiliş inson salomatligining tiklanişida tabiiy şifo vazifasini ötaydi.

Olimlarning aytişiça, daraxt barglaridan taralayotgan tabiiy ifordan ruhiyat bahramand bölib, kayfiyati kötariladi. Daraxt tanasiga suyangan odamning tani quvvat oladi. Şuning uçun bölsa kerak, xalqimiz daraxtlarni ruh va vujud tabibi sanaydi. Buni qarangki, bir gektar maydondagi arçalar bir keça-kunduzda 30 kilogramm bakteriya­larni nobud qiladi. Atrof-muhitga foydali uçuvçan mod­dalarni işlab çiqaradi. Bir gektar maydondagi daraxtzor va butazorlar esa bir kunda inson organizmiga zararli bölgan 220-280 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, öz nav­batida tirik­ligimiz manbai bölgan şunça miqdordagi kislorodni havoga çiqaradi. Daraxtzorlar havodagi çang miqdorini kamaytirib, yer yuzidagi ob-havoni möʼtadillaştiriş va filtrlaş   vazifasini ham bajaradi.

Şunday ekan, atrof-muhit tozaligini bar­qarorlaştirişda va tabiat­ni muhofaza qilişda Çirçiq şahar inspeksiyasi nazorat bölimi inspektorlari tomonidan bir qator çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinayotgani maqtovga loyiq. Xususan, Toşkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasining maxsus topşiriğiga binoan 1 va 2 toifaga mansub atrof-muhitga taʼsiri mavjud bölgan obʼyektlar örganib çiqildi. Mutasaddilar bilan kelişilgan holda taşkiliy-texnik tadbirlar amalga oşirildi. Şuningdek, inspeksiya tomonidan Çirçiq şahri hududida ekologik vaziyatning barqarorligini saqlaş va yaxşilaş   borasida joriy yilning 3-çorak holatida 11 ta korxonada 37 ta taşkiliy texnikaviy tadbirlar taşkil etilgan.

Bundan taşqari, Olmaliq toğ metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyatining Çirçiq filiali ilmiy işlab çiqariş bölimi tavsiyasiga köra, soha mutaxassislari çang tozalaş uskunalarini grafik asosida taʼmirlab, suv tizimlari va issiq suv isitiş tizimidagi radiatorlarni registrga almaştirib çiqişdi. 10500 butasimon va boşqa daraxt köçatlari hamda 71789 ta köp yillik va mavsumiy köçatlar ekildi.

— “Yöl xaritasi”ga asosan Çirçiq daryosining qirğoq böyi mintaqasida özboşimçalik bilan qurilgan dala hovlilari, maişiy binolarni köçiriş yuzasidan ogohlantiriş xatlari berilib, böş qolgan maydonda obodonlaştiriş işlari taşkil etildi. Atrof-muhitni beeʼtiborlik tufayli ifloslanişiga va çiqindixonaga aylanişiga sabab bölgan fuqarolar uçun qoplama tölovlari tizimi takomillaştirilgan edi. Joriy yilning şu kunigaça 658 million 560 ming söm mablağ Toşkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi jamğarma fondiga ötkazib berildi.

Şuningdek, şahar havosining tozaligini saqlaş maqsadida viloyat “Toza hudud” DUK Çirçiq şahar filiali tomonidan 4 ta çiqindi yiğiş maydoni qurilib, foydalanişga topşirildi. Eng muhimi, çiqindi yiğiş maydonlari odamlar gavjum yaşaydigan maskanlarda, aholiga qulay qilib barpo etildi, — deydi Çirçiq şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş ins­peksiyasi boşliği Ismatilla Mamadiyorov. — Şahar aholi punktlari hududlarini doimiy ravişda reja asosida kökalamzorlaştiriş şaharsozlikning asosiy şartlaridan biri. Şuning uçun köçalar atrofida tarvaqaylab ösgan daraxtlarga işlov berildi. Uy-joy mulkdorlari şirkatlari bilan kelişgan holda yangi köçatlar ekildi, kökalamzorlaştirilgan maydonlar inspektorlar tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Keyingi yillarda şaharlar, qişloqlar haqiqiy quriliş maydoniga aylandi, desak mubolağa bölmaydi. Lekin şuni ham taʼkidlaş kerak, ayrim holatlarda joylarda notöğri loyi­halaştiriş oqibatida daraxtlarga, öt-ölanlarga katta ziyon yetkazilayapti. Kesilgan bitta daraxtning örniga ekilgan yangi niholning voyaga yetişi uçun kamida 10 yil kerak böladi. Mutasaddilar, şu örinda, bu masalaga töğri yeçim topib, amaliy yondaşişlari kerak. Boş Qomusimizning 55-moddasida “Yer, yer osti boylik­lari, suv, ösimlik va hayvonot dunyo­si hamda boşqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalaniş zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya taʼkidlangan.

Masalan, Çirçiq şahrining 8-mitti tumanida yuqori kuçlanişli elektr simlarining şundoqqina yonida qurilayotgan köp qavatli binolar, avvalo, tok kuçlanişiga, qolaversa, hududning ekologik muhitiga katta taʼsir ötkazmoqda. Bir qança daraxtlar kesilib, yaşil tabiat payhon qilinişi ehtimoldan xoli emas. Kimningdir manfaatini öylab, inşootlarni yuqori kuçlanişli elektr simlarning yonidan qurilişiga ruxsat bergan mutasaddilar nahotki şunga eʼtibor berişmagan.

Masalaga yeçim topiş hamda hukumatimizning sohaga doir qarorlari ijrosini taʼminlaş maqsadida Çirçiq şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspeksiyasi şahardagi mavjud korxona, taşkilot, umumiy örta taʼlim, maktabgaça taʼlim markazi, mahallalar va uy-joy mulkdorlari şirkatlari hududlaridagi mavjud 40 mingdan ziyod daraxtlarni xatlovdan ötkazib, elektron tarzda kompyuter tizimi bazasiga kiritdi. Ayrim holatlarda esa jismoniy va yuridik şaxslarning belgilangan tartib-qoidalarni bilmasliklari maʼlum bölib qoldi. Şu kunlarda joylarda tuşuntiriş va tarğibot işlari olib borilmoqda.

Ayrim şaxslarning amaldagi qonunni mensimasligi natijasida yaşillik olamiga katta ziyon yetkaziş işlari hali ham davom etayotgani açinarli, albatta.

Tabarruk zaminimiz juda saxiy, umid bilan suqilgan nihol albatta, bir kuni öz mevasini beradi. Atrof-muhitni ozoda saqlaş, uni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş esa xalqimizga xos odat.

Flora va faunani asraşda ona tabiatga nisbatan huquqbuzarliklarni bartaraf etişda jamoatçilik nazorati ham öta muhim ahamiyatga ega. Şunday ekan, birgalaşib öz uyimizni, boğ-roğimizni asraylik. Kelajak avlodga musaffo osmonu zaminni, obod maskanni meros qoldiraylik. Zero, bu yaşil olamning musaffo va ozodaligi har birimizning ekologik madaniyatimizga boğliqdir.

Hikmatullo QODIROV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan