Mening uyim

Vatan qanday quriladi?

Uzoq yillar burun şoir Şavkat Rahmon Dörmonda uy qura boşlaydi. Har şanba-yakşanba kunlari borib işlaydi, qora mehnat qiladi. Şunda yozuvçi Şukur Xolmirzayev uning yoniga ötib: “Şoir, şeʼringni yozsang-çi, ana, “Selxoz”ning rektoriga aytaman, ukamiz böladi, talabalaridan yuboradi”, desa: “Yöq, Şukur aka, men vatan qurayapman, vatanni özimning qölim bilan qurişim kerak”, deya javob bergan ekan.

Ha, vatan şunday barpo etiladi. Vatanni öz qölimiz bilan qursak, uning qadri böladi, qimmati oşadi. 2019 yili Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga aylantirilgan xonadondagi ikki qavatli sinç uyni, ğiştli şiyponni yozuvçining şaxsan özi qöllari bilan qurgan ekan.

Aytgança, bugun sinç, paxsa, loysuvoq, somonsuvoq, qumsuvoq, lömbozli, pastak uylar quriş judayam kamayib bormoqda. Bu kabi uylar qişda issiq, yozda salqin bölgan. Ularni qişda isitiş uçun unça köp issiqlik ham kerak bölmagan.

Ammo XIX asrning örtalarida işlab-çiqariş, fan va texnika taraqqiyoti natijasida paydo bölgan zamonaviy arxitektura, metal (pölat) qaziş, qayta işlaş texnologiyasining rivojlanişi arxitekturada kutilmagan özgarişlarga olib keldiki, bu öz-özidan XX asrda yurtimiz hududiga ham öz taʼsirini körsatdi. “Yangi arxitektura” bu davr talabi, albatta. Lekin nima uçun asrlar sinovidan ötgan öz qadimiy arxitekturamizdan bugungi qurilişlarda deyarli foydalanmayapmiz. Axir ularni yangi arxitekturaning zamiriga singdirib yuboriş mumkin-ku!

Qodiriyning uyini kim qurgan?

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriyning aytişiça, uning arxivida otasi Habibulla Qodiriy rassom Alişer Mirzayevga aytib turib çizdirgan boğ-hovlining eski körinişi aks etgan surat bor ekan. U yerda hamma narsa oddiy emiş: paxsa va loysuvoq devorlar va hokazo. Nazarimda, muzey ana şu surat asosida qurilganida öz zamonasiga mos bölgan bölardi. Uning hozirgi körinişi ustunli ayvonlardan iborat, yaʼni asliga qaraganda dabdabaliroq ekan.

Davlat rahbari taşabbusi bilan qurilgan, 2019 yil 26 dekabr kuni oçilgan Abdulla Qodiriy ijod maktabi, “Turon” kutubxonasi, “Abdulla Qodiriy” muzeyi binolarida anʼanaviy arxitektura bilan zamonaviy arxitektura ğoyat uyğunlaşgan. Masalan, binoning taşqi devorlari loysuvoq qilingan, ayvonlariga ustunlar örnatilgan. Bino içkarisidagi şiftlar, öquvçi va öqituvçilarning partalari XX asr maktablarini eslatadi.

Afsuski, Özbekistonda bugun juda köp musulmonlar katoliklarning çerkoviga öxşagan katta-katta, baland-baland uylar qurişmoqda. Köçirmakaş arxitektorlar internetdan loyihalarni köçirib olyapti va talabgorlarga göyoki “çizib” beryapti-qöyayapti. Hayhotday uylarni isitiş uçun esa juda köp elektr, gaz kerak bölmoqda. Nazarimda, bu körib çiqilişi kerak bölgan ulkan muammo. Töğri, beton va pişgan ğiştli uylarning “umri” uzoq böladi. Ammo menimça, bu kabi uylarni qurişda ham zamonaviylik bilan qadimgi anʼanalarimizni uyğunlaştirib yuboriş kerak.

Mahallada qurilgan “dom”lar

Yana bir muammo. Hozir hovlili mahallalarda köp qavatli uylar ham paydo bölyapti. Yaʼni, tadbirkorlar eski, deylik olti sotixlik joyni sotib olyapti va u yerga yertöla va 4 qavatli uy qurib, 10-15 ta kvartira sifatida sotyapti. Şundan söng, bu inşootning kanalizatsiya, elektr toki, gaz, suv, çiqindi, avtoturargoh singari muammolari paydo bölyapti. “Dom”ning tepadagi derazalaridan qöşni xonadonning hovlisi bemalol körinib turadi. Bundan esa, uyi past bölib qolgan qöşnilar norozi. Masalan, 2018 yilning iyun-iyul oylarida aholidan tuşgan ana şunday mazmundagi şikoyat xati asosida “Özbekiston-24” telekanalidan Yunusobod tumani Turkqörğon mahallasiga sʼyomkaga bordik. Yusupov familiyali tadbirkor mahallaning bir neçta joyidan eski uylarni sotib olib, ularni buzib, örniga uç-tört qavatli, köp xonadonlar qurib taşlabdi. Yunusobod tumanining öşa paytdagi hokimi Baxtiyor Abdusamatov bilan uçraşdim. U vaziyatni örganib, buning hokimiyatga aloqasi yöq, bu haqda heç qanday qaror çiqarmaganman, bu Davlat xizmatlari agentligidan röyxatdan ötadigan inşootlar, deb tuşuntiriş berdi. Toşkent şahar Yer resurslari va davlat kadastr boşqarmasining Yunusobod tumani filiali mutaxassisi Şarofiddin ismli aka bilan gaplaşdim. U binoning tuman meʼmori tomonidan tasdiqlangan loyiha asosida qurilgani, kadastr yiğma jildi şakllantirilgani, ammo imoratga egalik huquqi berilmaganini aytdi. Avvallari bu egalik huquqi hokimning qarori bilan qonuniylaştirilgan, endi esa bu huquq Davlat xizmatlari agentliklaridan olinyapti ekan. Bunda ham komissiya tuzilib, uning dalolatnomasi xulosasiga köra egalik berilar ekan. Öşanda Toşkent şahar arxitektura va quriliş boş boşqarmasiga ham bordik. Yunusobod tumani meʼmorini qidirib. Ammo tuman meʼmori Iskandar Boynazarovni topa olmadik. Qönğiroq qildik, “bolniçniy”daman, dedi. Işxonasidagilardan söradik, “bolniçniy”si tugagan deyişdi, qayta qönğiroq qildik, telefoni öçirilgan böldi. Savollarimizga boşqa heç kim tayinli javob bermadi.

Meʼmorni topa olmaganimiz bois öşanda körsatuv efirga berilmay qolib ketdi. Boşqa lavhalar bilan çalğib, şundan söng bu mavzuga qaytmadik ham.

Qarang, hamma muammodan özini olib qoçadi. Muammo bor. Aybdor esa yöq. Öylaymanki, aholining şikoyati bugun ham öz yeçimini topmagan. Balki davlat xizmatlari agentligi qöşnilarini norozi qilgan “dom” egasiga egalik huquqini bergandir, balki yöq, bunisi menga qoronği.

Stadion örniga xususiy klinika qurilmoqda

Kelajak yoşlarniki, deymiz. Ular mamlakatning ertasi bölişi uçun maʼnan va jismonan soğlom bölişi kerakligini köp aytamiz. Ammo buning uçun şaroit yaratiş juda muhim ekanini doim ham anglamaymiz. Masalan, men avval yaşagan hudud — Alimkent mahallasida Yaşnobod tumani hokimi Dilmurod Turdiyevning 2017 yil 18 iyuldagi “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla markazlari hamda savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari taşkil etiş uçun yer maydoni ajratiş haqida”gi qarori bilan tadbirkor mavjud sport maydonini buzib örniga mahalla binosini qurdi. Evaziga loyiha içida qişki suziş havzasi bor bölgan maişiy xizmat uyi uçun unga joy ajratildi. Uşbu hujjatga esa göyo Prezidentning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni asos qilib olingan. Ammo har ikkala hujjatni hijjalab öqib çiqdim, ularda sport maydoni örniga mahalla markazi quriş haqida heç gap yöq. Nega unda ular bunday qilişdi?

Masalaga yanada çuqurroq yondaşsak. Alimkent MFYning neça yildan beri foydalanib kelayotgan bir qavatli binosi bor edi, hozirgi kunda mazkur bino boşqa mahallalarda qurilayotgan zamonaviy mahalla markazlaridan qolişmaydi. Lekin uşbu bino 2-sektorga berib yuborildi. Modomiki, Alimkent MFYning avvaldan “ötirgan” öz binosi bor ekan, nega unda ularga yangi bino kerak bölib qoldi? Nega özi ötirgan yaxşi binoni boşqa taşkilotga beradi?

Yana bir gap. Mahalla binosi boşqa taşkilotga berib yuborilgan ekan, unga bino quriş kerak ekan, nega aynan sport maydoni buzilib, uning örniga qurilişi kerak? Mahalla hududida boşqa taşlandiq hudud kammi? Mahalla markazi baribir ham qurilişi kerak ekan, binoni öşa taşlandiq hududlarda qurişsin, şunda bir qarovsiz joy obod maskanga aylanib qolardi.

2019 yilning boşida “Huquq” naşridan savollarimga javob topdim. Boş prokuratura Toşkent şahrida sobiq hokim Rahmonbek Usmonov davrida yangi mahalla markazlari qurişda aholi roziligini olmasdan binolarni buziş va quriliş qiliş holatlariga yöl qöyilganini aniqlaydi. Maʼlum bölişiça, qonunçilikda Toşkent şahrining tuman hokimlari doimiy foydalaniş uçun yer uçastkasi ajratiş vakolatiga ega emas. Biroq Toşkent şahar sobiq hokimi jami 11 ta qarorida mazkur qonun talabiga zid ravişda tuman rahbarlariga “Zamonaviy mahalla” loyihalari uçun yer ajratiş yuzasidan topşiriq bergan. Bu xato esa boşqa yuzlab xatolarga yöl oçgan. Buning natijasida tuman hokimlari tomonidan 392 ta qonunga zid qaror imzolangan.

Demak, bu yerda Prezident farmoni ortiga berkinib, “iş” qilinmagan, deya olasizmi? Bu yerda sallani olib kel deyilganda, kallani kötarib boriş yöqmi? Kiçik mahalla binosi va katta xususiy inşootning loyihasi bizni şunday öylaşga majbur qildi.

Noqonuniy qurilişni töxtatiş uçun bormagan, yozmagan joyimiz qolmadi hisob. Tuman hokimiyati, şahar hokimiyati, xalq qabulxonasi, şahar prokuraturasi, boş prokuratura, televideniye, internet naşrlari, Toşkent boş plani loyihalaş va ilmiy tadqiqot instituti va hokazo. Ammo foydasi bölmadi. Adaşmasam, bugungi kunda u yerda 4 qavatli klinika qurilyapti. Bahaybat. Kunbotiş tomondagi köp qavatli uylarning şundoq biqinida: quyoşni tösib qöymoqda, havo aylanişini buzyapti. Qarang, stadion, sport maydonining törtdan bir qismiga bir qavatli mahalla binosini qurib beriş evaziga tadbirkor stadion, sport maydonining törtdan uç qismiga xususiy klinika qurib olişi adolatdanmi? Aholi endi çiqib u yerda futbol öynolmaydi, sport bilan şuğullana olmaydi, dam ololmaydi. Bolalar-çi, qayerda öynaydi, qayerda sport bilan şuğullanadi endi?

Qiziq, fuqarolar uşbu işlardan noroziligini bildirib, köp joyga borişadi, şikoyat qilişadi. Qilingan murojaat ularning “baxtiga” yana aylanib, Yaşnobod tumani hokimiyatiga kelaveradi. Demak, tuman mutasaddilariga sport maydonidan köra, xususiy klinika binosi kerak, kelajak avlodning soğlom bölişi ularni qiziqtirmaydi.

Ariza va murojaatlarimiz futbol töpiday koptok qilib tepildi. Otangga bor, onangga bor tarzida. Eng qiziği, Toşkent boş plani loyihalaş va ilmiy tadqiqot institutidan qurilişga ruxsat berilmagani töğrisida javob oldik. Kayfiyatimiz kötarildi. Kayfiyatimizni tuşiradigani esa quriliş davom etyapti. Şahar bedarvoza, deb şuni aytişsalar kerak-da.

2018 yil iyun oyida Yaşnobod tumani Maʼmuriy sudida Toşkent şahar arxitektura-quriliş nazorati inspeksiyasi tomonidan Alimkent mahallasida sport maydoni (stadion, bolalar maydonçasi, turnik, brus va boşqalar) örniga mahalla binosi, maişiy xizmat uyi qurayotgan “Sarvar baraka” XK rahbari Boboxodja Kurbanovga nisbatan qözğalgan maʼmuriy sud ikkinçi marotaba bölib ötgan. Birinçi suddan söng Boboxodja Kurbanov: “…bugungi kunda quriliş-montaj işlari töliq töxtatilgan va bu holat boşqa takrorlanmaydi”, deb öz qöli bilan tuşuntiriş xati yozib bergan, şunga qaramasdan, u qurişda davom etyapti.

Bolasi yöq odam haqiqat uçun kuraşişi mumkin emasmi?

Quriliş bölayotgan hududning yonidagi uyda yaşaydigan 83 yoşli Flyura ismli tatar kampir bor. U “beçora” bu işlar bolalar tarafiga hal bölişiga boş-qoş. 2018 yili mutasaddilardan biri özi örindiqqa ötirib olib, kampirni esa tikka turğizib qöyib: “Sizning futbol öynaydigan bolalaringiz yöq-ku, yuraverib bezor bölmadingizmi? Odamlar nomidan murojaat qiliş uçun notariusdan işonçnoma olişingiz kerak! Bölmasa, sizni uç sutkaga qamattirib yuboraman!” deb tahdid qilibdi. “Qamat!” debdi heç kimdan qörqmay qöygan opa. Qanaqa işonçnoma? Qanaqa öz bolalari? Ey, nomard! Özbekiston bolalarining kelajagini öylaş öz bolalarining kelajagini öylaşdan köra yuksakroq fazilat emasmi? Böralatib sökkim keldi. Ammo tilimni tişlayman. Flyura opa yöltösarning yuziga aytganiday, u şu gaplari bilan içini körsatdi. Afsuski, bunday yöltösarlarning badböyi açigan tuxumday börqsib yotibdi bugun. Ularni topib, sassiğini ketkaziş uçun esa yillar kifoya qilarmikan?

Opaning aytişiça, baʼzi esini yeganlar uni hatto jinnixonaga yotqizmoqçi ham bölişibdi. Agar biror kun, Xudo körsatmasin, Flyura opa jinnixonaga yotqiziladigan bölsa, biz haqiqatni öz qölimiz bilan “psix bolnitsa”ga topşirgan bölamiz.

Öqigan bölsangiz, Çexov hikoyalarining qahramonlarini köz oldingizga keltiring! Masalan, bormagan joyi qolmagan çolu kampir nohaq qamalgan öğlining işi böyiça oxiri şifokorga murojaat qiladi. Qanday dahşat-a?!

* * *

Bundan ikki yillar avval xolis odamlar, xolis rahbarlar Alimkent mahallasiga kelib, haqiqiy vaziyatni örganadi, aholi bilan muloqot qiladi, ularning bu işlarga munosabatini – rozi yo noroziligini söraydi, kim buzgan bölsa, Alimkentning kelajagi bölgan yoş avlodning soğlom bölib voyaga yetişi uçun sport maydonimizni tiklab beradi, deb umid qilardim. Ammo u umid bugun söndi.

Stadionimizni buzişganda mening bolalarim yöq edi. Endi farzandim bor, biroq men u manzildan köçib ketdim. Lekin Yaşnobod tumanidagi Alimkent mahallasida bolalar köp. Ular endi futbolni köçada, podʼyezdlar oldidagi beton yölakda öynaşga majbur. Bunday holatlarni kuzatib turib içim açiydi.

Yana futbol böyiça jahon çempionatiga çiqa olmayapmiz, deya jar solamiz. Mana, bolalarga munosabatimiz. Ularga futbol öynaşga şaroit yaratib beriş örniga, bor sport maydonini buzib, örniga pultopar xususiy klinikalar quraversak, qaydanam “mundial”ga çiqardik?!

Uyingiz “snos”ga tuşsa…

Adaşmasam, 2015 yili Taraqqiyot (hozirgi Maxtumquli) köçasi uzaytirilib, Parkent, Temur Malik, Ohangaron köçalariga oborib ulanadigan böldi. Natijada Yaşnobod tumanida joylaşgan 22-aviaşaharça hududidagi 18 xonadon yaşaydigan köpqavatli ğiştli uy, 15 taça oila yaşaydigan hovli uylar “snos”ga tuşib buzildi. Harbiy vraç bölib işlaydigan Hamid jezzam ham oilasi bilan öşa xonadonlardan birida yaşardi. Şahar hokimligi öşanda hammaga uy körsata boşladi. Uyi buzilganlarga öringa örin uy berişdi. Şaharçadagi 3 xonali uyda yaşagan jezzamga esa 4 nafar farzandini hisobga olib, Qöyliq 2-dahasidan 4 xonali uy berişdi. Avvalgi uyining yaşaş maydoni 42 kvadrat metr edi, yangisi 56 kvadrat metr böldi. Xohlovçilar ikki yo uç xonali uyining ustiga mablağ qöşib, 4 yo 5 xonaga almaştirib olişdi. Baʼzilar uyning pulini yaxşi narxda olişgan. Xullas, hamma rozi bölgandi öşanda. Ammo bir narsa ğaşli edi. 15-20 yillik qöşnilar, kasbdoşlar şaharning har qayeriga tarqab ketişayotgani ularni xafa qilardi. Öşanda Dilfuza ammamning qadrdon qöşnilari bilan yiğlab xayrlaşgani heç esimdan çiqmaydi.

Endi mening ham uyim bor

Maqolamni nekbin tarzda tugatgim keldi. 2020 yil Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining 110 aʼzosiga Qozirabot mahallasida Prezident qarori asosida qurilgan köp qavatli xonadonlar ipoteka krediti asosida berildi. Yigirma yilga. 110 kişi içida men ham bor edim. Töğri, uç xonali uyimiz kiçik ölçamli, törtinçi qavatda joylaşgan. Ammo ikki derazasi va oçiq ayvonining eşigi kunçiqarga qaragan, boşqa ikki derazasi esa kunbotarga qaragan. Yaʼni, kunning har qanday mahalida ham uyimizga quyoş nuri tuşib turadi. Eşik va derazalarining hammasidan yöl, anhor körinib turadi. Yaqinda qor yoğib, keçasi harorat -80 darajagaça tuşganda, eng kiçkina xonamizda jon saqladik. Demak, kiçik ölçamli uylarda ham mana şunday hikmat bor ekan.

Nasib etsa, bir kun möʼjazgina yer olib, uy quradigan bölsam, albatta, şoir Şavkat Rahmonga öxşab vatanimni özim quraman. Uyning atrofini yoğoç yo beton sinç qilaman, içiga paxsa devor uraman, tomi pastroq böladi, ustini lömboz qilib yopaman, devorlarini loysuvoq yo qumsuvoq qilaman.

Fozil Farhod

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan