Dunyo taqdirini maʼnaviyat hal qiladi

Maʼlumki, taʼlim va tarbiya tuşunçalari heç qaçon bir-biriga zid qöyilmagan, qolaversa, ular örtasidagi çegara ham nisbiy, hatto ularni bir-biridan ajratiş ham mumkin emas: biri pöst bölsa, biri mağiz yoki aksinça. Xöş, qay biri pöst yoki mağiz? Mabodo masalani şu taqlidda qöyadigan bölsak, inson kamolida tarbiya muhimmi, taʼlim degan savolning paydo bölişi aniq. Xöş, taʼlim orqali tarbiyalaşmi (taʼlimiy tarbiya) yoki tarbiyalab, taʼlim berişmi (tarbiyaviy taʼlim)?

Aksariyat hollarda odam hayotida taʼlim muhim, ilm-bilimsiz (savodsiz holda) yaşab bölmaydi, tarzida mulohaza qilinadi-yu, negadir heç kim “tarbiyasiz yaşab böladi” deb dangal ayta olmaydi. Mabodo şunday gap til uçiga kelib qolsa, dastlabki mulohazadanoq   uni tiyamiz. Negaki, tarbiya bilan hazillaşib bölmaydi. Demak, inson kamolida tarbiya birlamçi ekan (xuddi “Olim böliş oson, odam böliş qiyin” degandek). Holbuki, köp (aksariyat jami) tartiblar taʼlimni rivojlantiriş, taʼlimni qöllab-quvvatlaş zamiriga qurilgan. Masalan, talabaning faoliyati fanlarni qay darajada örganganiga qarab baholanganidek, uning tarbiyasizligi tufayli öqişdan haydalişi mumkinligini tasavvur ham qilib bölmaydi. Yoki jamoat joyida öz tarbiyasizligini oşkora namoyiş etgan (masalan, quçoqlaşib turgan yigit-qiz yoki beöxşov qiliq qilayotgan bola)   kişiga biror jazo tayinlanmagan.

Yaqinda bir hamkasb bilan iş yuzasidan muloqot qilişga töğri keldi. U gapni dabdurustdan taʼna bilan boşladi: “Nega keyingi paytda yomon kinolarni köpaytirib yuborayapsila?”. Aslida u biror rejissyor yoki kinoaktyorni tanimaydi, keyingi yillarda yaratilgan   asarlardan bittasini ham batafsil körmagan, ammo tinimsiz savol yoğdirar, aniqroği, maqolasini sözma-söz yozardi. Unga bildirilgan eʼtirozlarimizdan oşiqça xafa böldi, hatto tahdidga ötdi: “Aslida sohadagi salbiy holatlar şu joydan boşlangan ekan”. Afsuski, unga xizmat odobini tuşuntirib bölmadi, gap bozordagi oldi-sotdiga öxşab qoldi. Şunda xayoldan har bir odamning şaxsiy madaniyati, aniqroq qilib aytganda, tarbiyasi haqidagi mulohazalar ötdi.

Şu bahona “inson manzaralari”ga bir qur nazar solaylik.

  1. Baʼzi ğayratli, taşabbuskor kişilar imkoniyatlarini faqat öz foydalari hisobiga işlatadilar. Garçi ular boşqalarning, jamoa aʼzolarining köziça yelib-yugurib, özlarini ötga-çöqqa urib yursalar-da, bu harakatlarining zamirida şaxsiy manfaat yaşiringan böladi. Mabodo bu manfaat çegarasi biroz kemtilsa, ular dunyoni boşlariga kötarib, şunday ayyuhannos soladilarki, keçagi tarbiyali odamdan asar ham qolmaydi.
  2. Şunday oqköngil, xokisor odamlar borki, ularni körib, öpkasini yelkalab olgan har qanday kişi ham hovridan tuşib qoladi, ammo ularning fojiasi şundaki, meʼyorni bilmaydilar, hammaga – böriga ham, qöyga ham bir xil muomala qiladilar. Köpinça ularda did, farosat oqsaydi.
  3. “Bir kam dunyo” deganlaridek, har jihatdan töliq odamlar bor: şaxsiy madaniyati ham joyida, mulozamatni ham örinlatadilar, oqibatlari ham köngildagidek, biroq ölgudek xasis böladilar.
  4. Atrofimizda kimlar yaşamaydi: hayotning aççiq-çuçugini yetarliça totgan, issiq-sovuqni ötkazgan, yoş ham bir joyga borib qolgan, ammo hali özlarini topa olmagan zotlar ham bisyor. Fikrlari har kuni ön marta özgaradi, birovni ertalab yaxşi körsalar, tuşdan keyin undan çeksiz nafratlanadilar –   ularda taassurotlardan tuğilgan axborotlarni qayta “işlaş” va zarur xulosalar çiqarib, uni amaliyotda qöllaş malakasi şakllanmagan, bir umr “jangçi” bölib yaşaşgan.
  5. Dovuldek suron solib yuradigan kişilar bor, har joyda hoziru nozir. Taşvişingga kömakdoş, şodligingga şerik. Afsuski, ular heç kimning qölidan kelmaydigan yaxşiliklar qiliş bilan birga senga nisbatan eng dahşatli yovuzlikkaça borişlari ham mumkin… (Közlarimiz yoruğlikka muhtoj, dunyoda esa komil insonlar bisyor. Baribir nazarga “qora nuqta” birdan taşlanadi. Hayotimiz naqşi – yaxşilar köpaysin).

(Bu “manzara”larda qay darajadadir nuqs bor, umumiy nomi esa “tarbiyasizlik”).

Gapning nafsilamri esa bunday körinişlarni sanab, hatto tasniflab bölarmikin? Taʼbir joiz bölsa, qança odam bölsa, şunça “manzara” mavjuddir. Inson miyasida aks etadigan taassurotlarning son-sanoği yöq, köçaga çiqasan, bir sinoatga duç kelasan, uyga kirasan, yana bir sinoat…   Ammo bu körinişlarning umumiy jihatlari ham bor. Xususan, bolalikdagi tarbiya asoratlari bir umr saqlanib qolar ekan. “Quş uyasida körganini qiladi” degan naqlda yuz foiz haqiqat bor. Zero, bolalikda tasavvurlar xuddi toza qoğozdek oppoq böladi, undagi soç tolasidek ingiçka qora çiziq ham öçmay qoladi.

Iş yuzasidan yana bir voqeaga guvoh böldikki, uning şarhi qançalik alamli bölmasin, sözlovçi özini neçoğli oqlamasin, gap yana “Janob Tarbiya”ga borib taqalardi. Körinmas bu qudrat köp narsalarga qodirligini takror eslatib turardi.

… Bu maktubni beparvo öqib bölmasdi. Unda hayotga katta umidlar bilan qadam qöygan, birinçi uşlagani çöğ bölib çiqib, qölini kuydirgan va şu bilan butun orzulari barbod bölgan ayol qalbining iztiroblari juda taʼsirçan ifodalangan edi: “Men baxt dökonida navbatga turganlarning oldingi qatorida edim. Hammani sevardim, odamlarga yomonlikni ravo körmasdim va şuning evaziga niyatimga yetaman, deb öylardim. Afsuski …”. Albatta, u atrofdagilarni ayb¬lar, özini haq deb hisoblar, şu orqali tiriklikka nafratini yaşirmasdi. Aslida ham şundaymi? Axir heç narsa behuda sodir bölmaydi-ku, “Behikmat zirapça sançilmas tovonga”. Nahotki biz özimiz sezmagan holda yovvoyi örmonda yaşaymiz? Holbuki, atrofimizda baxtdan masrur, çinakamiga hayotning ardoğida umrguzaronlik qilayotgan son-sanoqsiz odamlar bor-ku. Şubhasiz, ularga ham yaxşi kunlar sovğa qilinmagan, balki bu vaqtiçoğlikka toşni kemirib, suvni simirib yetişganlarini köpçilik biladi.

Ana şunday mulohazalar bilan aslida gap nimadaligini çuqurroq örganişga kirişdik. Bu yumuşda mahalla oqsoqollari, jabrdiydaning yaqinlari, ruhşunosu pedagoglar kömaklaşişdi. Ularning yordami bilan bu hayot “laboratoriyasi”ning içiga teranroq kirib borişga urindik.

… U barbod bölgan turmuşi haqidagi alamli hikoyasini yakunladi. Albatta, köplab baxti qaro bölgan juvonlar kabi u ham omadsizligida özgalarni, köproq sobiq turmuş örtoğini yomonlar, özini qöy oğzidan çöp olmagan qilib körsatardi. Holbuki, xalqda “Qars ikki qöldan” degan gap bor. Omadi gap esa har kim hayotdan izlaganini topadi. Agar kimgadir döst kerak bölsa, yaqin kişisidan nuqul şu fazilatlarni izlaydi, uçratsa, uni qabul qiladi, murodiga yetadi.   Topolmasa, undan uzoqlaşadi, voz keçadi. Mabodo ikki kişining örtasidagi munosabat er-xotinlik riştalari bilan boğlanganda ham mohiyat şu: könglidagiga duç kelgan bölsa, olam guliston. Aksi bölganda esa… bizning millatimizda murosa yöli tanlanadi. Şubhasiz, jami er-xotinlik juftliklari omadli bölavermagan, xuddi şunday, jami er-xotinlar oilada özlarini baxtli hisoblamaydilar. Biroq yaşaydilar: ota-ona hurmati, qarindoş-uruğ şaʼni, bolalarning baxti uçun… Şu aqidadan kelib çiqib, “Baxtga erişa olmasligimizning sabablari aksariyat özimizda emasmikan?” degan nuqtai nazar bilan masalaga yondaşdik.

Ayolning mahzun hikoyasi sirasida bir eʼtirofi quloğimizda qoldi: “Qaynotam nuqul: “Tarbiyasiz ekansan” deb koyirdilar”. Keyinroq maʼlum böladiki, u voyaga yetgan muhit köngildagidek bölmagan.

Endi şunday oilani tasavvur qiling. Ota içkilikka ruju qöygan, rözğorning butun yuki onaning gardanida. Tört nafar norasida gödagini voyaga yetkaziş uçun suv kelsa simirib, toş kelsa kemirib, tirikçiligini taʼminlayapti. Azbaroyi qozon qaynatiş ğamida bozorga çiqib ketdi. Erning parvoyi palak, şişaning tor oğzidan içkariga kirib olgança, şu ummonga ğarq bölib ketgan. Bu ahvoldan xotin darğazab, bozordan çarçab, ezilib keladi-da, butun zahrini pajmurda erkakka soçadi. Oilada har kuni janjal, töpalon, ur-yiqit. Bolalar ana şunday muhitda ösişdi, ulğayişdi.

Şörpeşona kelin şu oilaning tönğiçi edi. Uning baxtsizligida özining, aniqroği, oilaviy tarbiyaning taʼsiri yöqmi? Tarbiya jarayonining zanjirsimon taʼsirini qarang: uning notöğri asosga qurilganligi tarbiyasiz ota-onaninggina emas, ularning zurriyotlari hayotini ham barbod qilayapti.

Voqea: ota-onasining boşdan suvi loyqalangan, dastlabki ğidi-bidilar yillar ötgan, oila muammolari kattargan sari çuqurlaşib, oşkora janjalga aylangandi. Gohi-gohida bölib turadigan bu yeng içidagi muhorabalar keyinçalik doimiy maşğulot tusini oldi. Köz oçgandan işga ketgunça, işdan qaytib, uyquga yotgunça tortişuv, gap talaşiş va oxirida janjal.

Taassurot: muttasil şovqin-suronning içida ösayotgan bolalar bu holga butunlay könikişdi, ularning tasavvurida oila, er-xotinlik, turmuş şunday bölişi kerakdek edi. Endi baʼzida ota-onalari jim qolgan pallada bolalar özaro uruş çiqaradigan bölişdi. Buning uçun esa bahona yetarli. Qolaversa, bolaning har bir harakati ukasi yoki aka-opasida eʼtiroz qözğaydi, agar ular kelişiş, murosa ruhida tarbiyalanmagan, bir-birini qadrlaş, keçiriş tarzida ulğaymagan bölsa, har lahzada töpalon kötarişga turtki topiladi. Şunday qilib, tegirmonda tuğilgan siçqon momaqaldiroqdan qörqmaydi, deganlaridek, oilaning farzandlari quloqsiz, gap uqmas, janjalkaş bölib ösişdi.

Oqsoqolning eʼtirofi: “Farzand uçun ona mehri, ota nasihati havodek zarur. Mehr berilsa, mehrli böladi, nasihat eşitsa, odobni örganadi. Mehr körgan bola dilozor bölmaydi. Otaning har bir pand-nasihati boşqalarga hurmat ruhini singdiradi, ota nasihatini eşitmay ösgan farzand boşqalar bilan hisoblaşmaydigan, heç kimdan fikr söramaydigan, hamma narsada özi qaror qabul qiladigan özboşimça va xudbin bölib yetişadi”.

Sobiq qaynota hikoyasidan: “Kelin qöl-oyoği çaqqon, muomalasi şirin, xuşçaqçaq qiz ekan. Bu fazilatlari bilan hammamizning mehrimizni tezda qozondi. Aslida keyinroq maʼlum bölib qoldiki, bu qiliqlari köça-köyda körganlari asosida şakllangan yuzaki sifatlar ekan. Oila tarbiyasining sayozligi, ayniqsa, ota ögitini eşitmagani tezda öz kasrini körsata boşladi. Unda umuman özidan yoşi katta odam oldida odob saqlaş, uning hurmatini joyiga qöyiş, pand-nasihatlarini tinglaş malakasi şakllanmagan ekan. Mening oldimda ham özini erkin tutadi, boşqalardek muomala qiladi. Hatto tortişib, baʼzan közimga tik qaragança “Bekor aytibsiz” singari nomaqbul gaplarni ham aytaveradi…”.

Pedagogning mulohazasi: “Bolani kamolga yetkazişning sinalgan usullaridan biri – u esini tanigandan boşlab foydali maşğulotga jalb qiliş. Masalan, uy-rözğor yumuşlariga. Qiz bolalar esa uy tutiş, sarişta-saranjomlikka gödakligidanoq örgatib borilmoği lozim”.

Sobiq qaynona: “U uy-rözğor işlariga ham epsiz edi. Narsalari ivirsib yotar, qozon-tovoqdan yiroq, biçiş-tikişda uquvsiz edi. Negaki, onasi bozordan beri kelmagan, qizining ayni zehni oçilayotgan pallada ayol kişiga asqotişi kerak bölgan maşğulotlardan saboq bermagandi. Barqaror muhitda ulğaymagani uçun har narsada meʼyorni saqlaş, tartibli böliş singari odatlarga ham könikmagan, demak, issiq-sovuqqa çidaş, oğir-yengilga könikişni bilmas, xullas, turmuşga tayyor emasdi. Tartibsizligi tufayli xafa bölsa, juda iztirob çekib, xursand bölganda yer-kökka siğmay quvonardi. Birovdan ranjisa ham qattiq nafratlanar, yoqtirib qolsa, joniga tegib ketardi – meʼyorni bilmasdi”.

Voqea: buning isbotiga bir misol aytib berişdi: kuyov safarga ketiş oldidan yoş rafiqasiga erkalanib, “Yaxşi tilaklar bildirmaysizmi?” degan. Bunday muomalaga   örganmagan kelin esa “Ölimga ketayotganingiz yöq-ku, qaytib kelasiz-da” tarzida sovuq javob qilgan. Bu gapning erkakka qanday taʼsir etişini çamalab köring.

Mulohazalarni tinglab, xat muallifiga murojaat etdik. Taassufki, u bu gaplarni eşitişni xohlamas, hammasida baribir boşqalarni aybdor deb bilardi. U parvariş körmay ösgan toğ olçasiga öxşardi: yovvoyi tabiat qöynida daraxt betizgin tarvaqaylab rivojlangan va özining borliğini şu tartibsizlikda, deb biladi. Juvon ham “Men şundayman va şu holimça qolaman. Kerak bölsa boşqalar menga moslaşsin” degandek kibr bilan ötirar, odatiça, hammadan qusur topib, hamma narsadan norozi bölardi. Afsuski, hayotning şunday temir qonuniyatlari borki, u şohdan ham, gadodan ham öziga buysunişni talab qiladi, ularga zid boriş esa ötkir arra tiğiga qarşi turişdek gap. Buni bizning suhbatdoşimiz tuşunib yetmasdi, halizamon tuşunib yetişni ham xohlamasdi. Albatta, har doim özini haq deb biliş ham tarbiyasizlikning bir körinişi. Holbuki, donolarning “Hammani yaxşi bilgin-u, özingni yomon de, hammani dono bilgin-u, özingni somon de” qabilidagi nasihati bor.

Bunday hikmatli gaplar biror bilim yurtida öqitilmaydi, uning maktabi ham yöq. Şundanmi, tarbiya hamma şuğullanadigan umumiy işga öxşab tuyuladi. Binobarin, tarbiyaga hamma ega-yu, aslida egasi yöq. Uning uçun hamma masʼul-u, aslida heç kim masʼul emas. Hatto tarbiya bilan maxsus şuğullaniş şart emas, odam öz-özidan tarbiyalanib qoladi, singari tuşunçadagi odamlar ham uçraydi. Masalan, özbeklarda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan maqol bor, deyişadi ular. Bu jihatdan tarbiya işi taşkilotlardagi jamoatçilik topşiriğiga öxşaydi: işlanadi-yu, haq tölanmaydi, demak, buning uçun heç kim javob bermaydi.

Mulohaza qilib körilsa, bitta tarbiyasi komil bölmagan odam jamiyatga keltirayotgan zararning örni¬ni önta olim ham qoplay olmasligi mumkin. Nomaqbul oila şaroitida ulğaygan, aksariyat munosabatlarda noqobilligi bilan baxtidan mosuvo bölgan, boz ustiga özining nohaqligini tuşunib yetmagan “kelinçak” alamzadalik bilan hali qançalab taqdirlarni ostin-ustun qilib taşlaşi mumkin? (Bunday misollarni atrofimizdan istagança topa olamiz). Global darajada olib qaraladigan bölsa, insoniyatga köplab taşvişlar olib kelgan bosqinçilar ham birinçi navbatda tarbiyasiz odamlar bölgan (afsuski, ularning aksariyati taʼlimda nuqsonsiz edi).

Fikrimizni davom ettirib, hozirgi paytda jami insoniyatni tahlikaga solib turgan fojialarni köz oldimizga keltiraylik. Terrorizm deymizmi, giyohvandlikmi yoki fohişabozlikmi – bularning hammasida “rol öynayotgan” bandalar u yoki bu darajada tarbiya körmagan, ğayriinsoniy muhitda tarbiyalangan va şakllangan kimsalar. Ularning qalbi insoniy tuyğulardan mahrum, mehrsiz, toşbağir yoki alamzada, ğururi toptalgan zotlar. Hatto hozir yuzaga kelgan ekologik tanglik ham loqaydlik, tarbiyasizlik mahsulidir, yaʼni tabiat oldidagi burç unutilgan, meʼyorga amal qilinmagan.

Balki “Nur bor ekan, soya bor” deganlaridek, salbiy holatlar bölişi tabiiydir, yaxşilik bor joyda yomonlik ham bölar, yaʼni tarbiyasizlik ham ijtimoiy meʼ¬yor deguvçilar ham topilar. “Oyda ham doğ bor” deydi kamsuqum odamlar. Afsuski, ayni paytda yomonliklar haqida köp gapirilmoqda, vaziyat taşvişli ekani zamon mutafakkirlari tomonidan taʼkidlanmoqda, yaʼniki soya (zulmat)lar nurni tösib qöymoqda. Bularning hammasi bir haqiqatni tasdiqlaydi: tarbiya joyida emas. Ehtimol, tarbiyaning mazmuni özgargandir, endi uni boşqaçaroq qöyiş kerakdir yoki usullari eskirgandir. Balki tuğilajak farzand tarbiyasini u dunyoga kelgandan söng boşlaş ham keçikişdir, balki bu yumuşni bölajak ona vujudida gumona paydo bölişi bilan yölga qöyiş kerakdir. Bugungi zamonaviy meditsina homilador ona hayotida röy berajak barça voqealar çaqaloq tabiatida aks etişini aniq-tiniq isbotlab qöyibdi-ku.

Texnika yuksak darajada taraqqiy topgan hozirgi kunlarda köp narsalarga közqaraşlar ham, munosabatlar ham özgarib ketdi. Odamzod taşvişlarimga dastyor böladi, oğirimni yengil qiladi, degan ezgu maqsad bilan yaratgan ixtirolari oxir-oqibat öziga yov bölib qolayapti. Hissiz, tuyğusiz, sovuq temirni boşqariş qiyin bölib bormoqda. Bir kun bu matoh öz xojasiga böysunmay ham qöyişi ehtimoldan yiroq emas. Ana şunday qaltis şaroitda ham buyuk aql va isteʼdod egasi – Inson bir yölini topadi.

Odamzod ilmu urfon(taʼlim)da eng baland nuqtaga – apogeyga yetdi. Dunyoning bundan keyingi taqdirini esa baribir TARBIYA, MAʼNAVIYAT hal qiladi.

Hakim SATTORIY,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

masʼul xodimi, yozuvçi

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan