Uyğoniş payti keldi

Maqsadimiz dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan munosib örin oliş ekan, avvalo, odamlarning intellektual salohiyati yuqori bölişi lozim. Agar mukofot uçun yoşlarni kitob yoki boşqa naşrlarni öqişga örgatamiz desak, bu majburiy öqiş böladi, u mukofotni olgunça davom etib, keyin sönadi…

Bir tanişim iş yuzasidan Yaponiyaga borib keldi. U yerdagi hayot voqealarini öz közi bilan körgani sabab aytişiça: “Jamoat transportida atrofimga razm soldim, hammaning qölida kitob, gazeta, jurnal, hamma nimadir öqiyapti. Heç kim bir-biriga halaqit qilgani yöq. Yölovçilar manziliga yetgunça vaqtdan unumli foydalanayapti. Birdan köz oldimga tuğilib ösgan joyim keldi. Bizdami… bekorçilikdan behuda gap sotib ötirgan yoki pista çaqib, atrofini ifloslantirgan, telefonida baqirib suhbatlaşadigan yoki aroq içib olib, ötgan-ketganning ğaşiga tegadigan, muzqaymoq yeb qoğozini uloqtiradigan odamlar xayolimdan bir-bir öta boşladi. Yaponiyada-çi, odamlar ommaviy öqişmoqda. Odamlar ommaviy intizomli. Töğrisi, hayratimni yaşirolmadim”.

U har gapirganida içki hayajonini yaşirolmasdi, “qani edi bizda ham odamlar çet elliklar singari yaşaşni örgansa, maʼnaviyat sarçaşmalaridan bahramand bölsa”, deydi.

Özimdan misol, mahallamiz yoşlaridan biri oliy öquv yurtiga kirib, koreys tilini örgandi. U bir gal koreys tilidan dars bergan ustozini ota uyiga çaqirib, mehmon qildi. Va bizni ham taklif etdi. Mehmondan söradik: qanday qilib olimlik, ustozlik darajaga erişganini sözlab berişini. Mehmon asli Koreya Respublikasidan ekan.

Uning hikoya qilişiça, otasi undan ösmirlik çoğidanoq   telekörsatuvlarni tanlab, kelajak maqsadiga moslab tomoşa qilişni qatʼiy talab qilgan va asosiy vaqtini kitob, gazeta, jurnal öqişga sarflaş kerakligini uqtirgan. U otasining ögitlariga amal qilib, şu darajaga erişganligini aytdi.

Bizda esa baʼzilarning bu boradagi harakatlari, tasavvurlari havas qiladigan darajada emas. Atrofimizga qarasak, maişatbozlik, vaqtini huda-behudaga ötkazişadi. Umr esa ötayotganini xayoliga ham keltirişmaydi.

Mana qarang, cobiq sinfdoşlar gaştagi, sobiq kursdoşlar ötirişi, hamkasblar, mahalladoşlar, sobiq quroldoşlar, hojilar, ayollar ziyofati… Maʼnaviyatdan uzoqlaşgan töy-maʼrakalar, turli oilaviy tadbirlar, eh-he, sanayversang adoğini topolmaysan…

Qani endi, bu gaştaklarda maʼnaviy suhbatlar yetakçilik qilsa. Qani endi, gaştak qatnaşçilaridan biri öqigan kitobini hikoya qilib bersa-yu, boşqalari jon quloği bilan tinglasa. Qani endi, gaştakka borayotganlar qöltiğiga biron gazeta yoki jurnalni qistirib borsa, qiziqarli maqolalarni birgalaşib öqişsa, muhokama qilişsa!

Şunday bölganda, hayot qançalik gözallaşib ketgan bölardi. Axir ilğor ğoyalar şunday suhbatlarda tuğiladi-da. Yuksak maqsadlarga maʼnaviy mazmundagi gaştaklar onalik qilmaydimi?! Uluğlar kitob, gazeta, jurnal ustuvor muhitda voyaga yetadi-da!

Keyingi paytlarda Prezidentimizning taşabbusi va bu borada qabul qilingan muhim hujjatlar bilan kitob öqiş quvonçli darajada rağbatlantirilmoqda. Bu hali katta va uluğ işning boşlanişi. Yoşlar-çi, ular fikri, tuşunçasi qanday? Hali bu borada izçil ravişda köp işlar amalga oşirilişi, kitob, gazeta, jurnal öqiş hammaning hayotiy ehtiyojiga aylanişiga erişilişi zarur. Şunday muhit vujudga kelişi kerakki, vatandoşlarimiz xuddi qorni oçganda taom qidirgandek, çanqaganda suvga intilgandek, kitob, gazeta, jurnal öqişga taşna bölişsin.

Qiziği, kitobxonlik tanlovlariga qarasangiz, qatnaşçilar köproq qizlar ekanligiga guvoh bölasiz. Yigitlar-çi, qayerda qoldi?

Gazeta-jurnallarga obuna masalasi eng oğriqli muammoga aylandi. Lekin köpçilik “majburiy emas” degan fikrni “gazeta-jurnal öqimasa ham bölaveradi” mazmunida qabul qilayotganga öxşaydi. Afsuski, joylarda obunaning suv bilan havodek zarurligini uqtiruvçi tarğibot-taşviqot qiliş işlari köngildagidek emas. Savol tuğiladi: ziyolilarimizning keng qatlami, maʼnaviyatçilar nima uçun jim? Nega ular ibrat körsatişmayapti? Nega televizor va radioda obunaga daʼvat qiluvçi reklamalar yöq?

“Men gazeta öqimayman”, degan fikrdan: “Men Özbekistonning taraqqiyotiga öz hissamni qöşmayman. Özbeklar dunyoning oldingi millati bölişini istamayman”, degan maʼno kelib çiqmaydimi?!

Öqituvçi gazeta öqib, öz ustida işlamasligini sezib qolgan şogirdlari uning ortidan ergaşsa nima böladi? Gazeta-jurnal ham xuddi kitob kabi milliy maʼnaviyatimizning ajralmas, eng muhim bölagidir. Şunday ekan, obunada özibölarçilikka yöl qöyiş maʼnaviyatimizga zarba beriş bilan barobardir!

Agar biz matbuot naşrlariga obunani öz holiga taşlab qöysak, ertaga mafkura maydonida, şubhasiz, katta böşliq paydo böladi. Bu böşliqni kim, nima bilan töldiradi? Ehtimol, böşliqni töldiruvçi xatarli kuçlar qarsak çalişga tayyor turgandir? Bir paytlar haqiqiy sanʼat asarlarini öqişga eʼtibor susayib, hamma joyni zöravonlikka, hayosizlikka, şahvoniyatga undovçi “kitob”lar bosib ketgandi. Axir, öşa xatoning jabrini hanuzgaça tortayapmiz-ku! Endi közimizni kattaroq oçaylik.

“Obuna majburiy emas”, degan fikrni “gazeta öqiş şart emas” şaklida, özlarining tanbal köngillariga moslab, faqat bir yoqlama talqin qilayotganlar kimlar özi? Yirik davlat va jamoat arboblarimi? Taniqli olimlarmi, atoqli şoir, yozuvçilarmi, adabiyotşunoslarmi? Albatta, bunday emas.

Demak, jamiyatda heç qaçon fikrini moğor bosgan, uzoqni köra olmaydigan, millat qayğusiga begona odamlarning fikri ustuvor bölmasligi lozim.

Gazetalar töğrisida zararli fikrlarni tarqatayotganlar tasavvur doirasi nihoyatda tor, milliy maʼnaviyatimizdan uzoqda bölgan kişilardir. Demak, biz bu borada asl maʼrifatçilarning fikriga ergaşişimiz lozim.

Dunyoning rivojlangan xalqlaridan ibrat olaylik. Qarang, ular tinmay kitob, gazeta, jurnal mutolaa qilib, öz xalqining, davlatining manfaati yölida qanday kaşfiyotlar qilişmoqda. Agar biz öqiş va izlanişdan töxtab qolsak, ilm-fan yangiliklarini boşqalardan katta mablağ evaziga sotib olişga majbur bölamiz.

Ha, öqimagan millat dunyo xalqlari örtasida ana şunday holga tuşadi. Boşqaça aytganda, öqiganlar öqimaganlarning böyniga böyinturuq solib olişadi. Öqimagan millat ana şunday şaklda qul böladi. Bundan Xudoning özi asrasin!

Gazeta — nafaqat bugun, balki erta va tarixdir. Ayniqsa, faqat bittagina gazeta çop etiladigan tumanlarda buning özgaça ahamiyati bor. Agar bugun gazetani yöqotişga intilayotganlarning fikrlariga ergaşadigan bölsak, tuman tarixini kim yozadi? Tumanlarda yuz berayotgan olamşumul özgarişlarni xalqqa kim yetkazadi? Bunday masʼuliyatni ijtimoiy tarmoqlarga yuklab bölmaydi. Ijtimoiy tarmoqdagilar, asosan, şov-şuvli voqealarga zör berişadi.

Albatta, yöl qöyilayotgan kamçiliklarni oşkor qiliş kerak. Lekin matbuotda öziga köproq muxlis orttiriş maqsadida ataylab börttirilgan, yolğon aralaştirilgan xabarlar yetakçilik qilmasligi lozim.

Şunga alohida eʼtibor beriş kerakki, şov-şuv öquvçiga heç qanday   maʼnaviy-maʼrifiy ozuqa bermaydi. Gazetalar esa maʼnaviyat, maʼrifat, odob-axloq, milliy qadriyatlarimiz öçoğidir.

Deylik, oliy taʼlim muassasasiga öqişga kirmoqçi bölib tayyorlanayotgan öğil-qizlar gazetani muntazam öqib borsa, test savollarining ança-munçasiga javob topişi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi oldi-qoçdi, baʼzan yolğon, şov-şuvli xabarlar esa yoşlarimizning bunday intilişlarini heç qaçon qondira olmaydi.

Qarang, falon joyda yonğin çiqdi, falon joyda bir kişini döpposlaşdi, falon joyda maşinalar töqnaşib, odamlar qurbon böldi. Bunday sovuq xabarlarning maʼnaviyatga, ilmga qanday aloqasi bor? Matbuotning vazifasi şundangina iborat deb öylaş jurnalistikani kamsitiş emasmi? “Gazetalarning umri tugadi”, deyiş özida ummonday ilmni, ulkan tajribani jamlagan milliy matbuotimizga nisbatan öta odobsizlikdan boşqa narsa emas, albatta. Ijtimoiy tarmoqlarda fisq-fasod tarqatayotganlar odamlarning qimmatli vaqtini öğirlayotganliklarini, yoşlarni ilm olişdan, maʼnaviy-maʼrifiy saboqlardan çalğitayotganliklarini bilarmikanlar? Agar gazetalar yöqolib, odamlarning kuni şundaylarga qolsa, nima böladi?

Mahallalarda sovuq, yolğon-yaşiq xabarlarni tarqatib yuradigan odamlar böladi. Köpçilik bundaylardan nafratlanadi. Iloji boriça, yöliqmaslikka intiladi. Axir birovning boşiga tuşgan kulfatni elga doston qiliş nafaqat ilmga, balki odamgarçilikka ham heç töğri kelmaydi-ku. Ha, içiqora, hasadgöylargina birovning kulfatidan quvonib, bunday xabarlarni atrofga tezroq tarqatişga intiladi. Afsuski, oramizda matbuot deganda, faqat şunaqa xabarlarnigina tuşunadiganlar paydo böldi.

Demak, gazetalar yöqolib, zukko, talabçan, maʼrifatga taşna öquvçining kuni şundaylarga qolişidan Xudoning özi asrasin.

Keyingi paytlarda menda şunday fikr tuğildi, bu internet deganiga savodsiz, saviyasiz odam ham kirib, öz “mahsulotini” joylaşi mumkin ekan. Şunday bölgaç, saviyasiz odamlarning “mahsulotlari” xatardan boşqa narsa bölmas, albatta.

Eslaylik, mustaqillikning dastlabki yillarida: “Maktab tarbiya bilan şuğullanmasligi kerak. Farzand tarbiyasiga faqat ota-ona masʼul”, degan fikrlar ham tarqalgandi. Oqibatda maktablardan “tarbiya” sözi öylamay çiqarib taşlandi. “Taʼlim-tarbiya maktabi”, deb yozişning örniga “umumtaʼlim maktablari” deb atala boşlandi. Natija qanday bölganligini bugun hammamiz körib turibmiz.

Endi gazetalar narxiga kelsak, arzonlaştiriş,     maqolalarning sifatini, dolzarbligi va öqimişliligini oşiriş töğrisida jiddiy öylaşimiz zarur. Bundan taşqari, ilm-fan yutuqlaridan foydalanib, masalan, Toşkentda çop etilgan gazeta bir vaqtda viloyat yoki şahar markazlarida ham naşrdan çiqişini yölga qöyiş lozim. Öylab köring, tong payti poytaxtda tarqalgan gazeta xuddi şu vaqtda Xorazm yoki Qoraqalpoğistonda ham öquvçisining qölida bölsa, qanday yaxşi!

Azizlar, yurtimizning ravnaqi uçun yuqoridagi işlarni, albatta, amalga oşirişimiz zarur. Buning uçun esa hammamiz ahil va jips bölib intilaylik.

Tovboy XÖJAMBERDIYEV.

Jizzax viloyati

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan