“Öqiyapsizmi, demak, befarq emassiz!”

Hamqişloğim bor. Bir devor qöşnim, desa ham böladi. Rosa kitobsevar ayol. Hovli çetida hujrasi — suvoqsiz va körimsizgina uyning törida 2 ta sandiq qör tökib turadi. Birida mustaqillikdan oldin çop etilgan turli gazeta va jurnallarning taxlamlari bölsa, yana biri eng noyob, heç qayerdan topilmaydigan badiiy kitoblar bilan liq töla. Opa hozir ham “joni bor” 4-5 ta naşrga obuna bölgan. Uning aytişiça, rözğorga xöjayinining topganini yetkizsa böladi. Maʼnaviyat “qorin ğami”dan keyingi, lekin eng muhim masala…

Işonmayapsiz-a? Odamlar gazetaga obuna böladigan zamon qolibdimi, deysizmi? Işonavering, bunday oilalar haliyam bor. Töğri, imorati qöşnilarnikidan sal körimsizroqdir, uyi pastroqdir, tomini ötgan yili şifer qilgan va endi darvoza oliş harakatida yurgandir, lekin mana şu suvoqsiz devorlar ortidagi hovlilarda maʼrifat şuʼlalari ham yonib turibdi.

Yaqinda şu qöşni opa qönğiroq qildi. Raqamimni uyimizdagilardan olibdi. Özida yöq xursand: bu yil maktabni bitiradigan öğli tayyorlov kursiga bormoqçi ekan. “Jurnalistika öqişi oçilgandiku, ana şuning matbuot yönalişi borakan. Öşa fakultetga imtihon qaysi fanlardan böladi, bilib ber, ukang jurnalist bölmoqçi”, — deya quvonib gapirdi. Aslida, u kişining farzandi bilan birga ulğayganmiz. Internet u yoqda tursin, oddiy asfalʼt yöl ham yetib bormagan olis qişloqda ön soatlab çiroq öçganidan şam yoki moyçiroq yoruğida gazeta taxlamlarini titiş, ötgan asr muhitini his qiliş, maqolalarni va publitsistlarning yoziş uslublarini tahlil qiliş, tun yarmigaça keçadigan mutolaa gaşti… baribir özgaça edi!

Opaning özi ham tuman markazidan nariga çiqmagan ayol. Bir paytlar: “Qişloqda odamlar mehnat bilan uyğonib, mehnat bilan uyquga ketişi bor gap. Lekin Taşkentga borsang, u yoqda hamma özingdayçikinlar böladi. Haaamma ziyoli, ular matbuotni muntazam kuzatib borişadi, iyaqlarda bizdagiga öxşab gazetaning yangi soni 10-15 kundan keyin yetib kemaydi. Kunligini kunlik öqiysan”, deya miyamga singdirgandi…

Afsuski, telefon va ijtimoiy tarmoqlardan, bosma naşrlarni “öldi”ga çiqargan “zamonaviy” kimsalardan, gazeta öqişga “eskilik sarqiti” sifatida qaraydigan, tuşini ham ingliz tilida köradigan ayrim tengdoşlarimdan, agar biror naşrga obuna bölişini sörasangiz, “majburiy obuna” deya olamga jar soladigan kaslardan meni ogoh etmagan ekan. Balki oddiy qişloq ayolida umrida qöliga gazeta uşlamagan, “TikTok” bilan uyquga ketib, “Instagram” bilan uyğonadigan odamlar haqida tasavvur ham bölmagandir. Tabiiyki, öğlini ham oppoq qoğozdek qalbi bilan poytaxtga öqişga jönatmoqçi…

Darvoqe, nafaqat katta avlod vakillari, ayniqsa, yoşlar orasida mutolaa körsatkiçi keskin pasayib ketgani, “kelajagi buyuk” öğil-qizlar na gazeta-jurnal, na kitob öqiyotgani masalasi ançadan beri muhokamalar markazida turibdi. Sönggi yillarda jurnalistika sohasiga eʼtibor berilayotgani, yoş jurnalistlar maktabi, jurnalistlarni tayyorlov öquv kurslari taşkil etilayotgani yaxşi, albatta. Jumladan, boşqa taʼlim muassasalarini bilmadimu, maxsus “Bosma OAV va noşirlik işi” yönalişi bölgan, aynan matbuot sohasidagi jurnalistlar ham tayyorlanadigan, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini olaylik. Uning faoliyat yuritayotganiga 3 yildan oşgan bölsa ham, universitet atrofida birorta matbuot dökoni yöq.

— Öqiş boşlanganidan buyon darslarda berilgan uy vazifalari, asosan, gazeta-jurnallar bilan boğliq böladi. Maqolalarni tahlil qilamiz va bosma naşrlarda özimiz ham “körinib turişimiz” kerakligi köp aytiladi. Kursdoşlarimning köpçiligi bir neça yillardan buyon bosma naşrlarda işlaydi. Şu tufayli, köp hollarda har kim özi faoliyat yuritadigan naşrnigina öqiydi. Jumladan, men ham iş va öqişdan vaqt orttirolmasligim va yangiliklarni asosan internetdan kuzatişim sababli özim işlaydigan gazetani öqiyman xolos, — deydi “Şifo-INFO” gazetasi muxbiri, JOKU talabasi Nodira Romanova.

Xöş, bu vaziyatda yoş jurnalistlar, kelajakda matbuot yönalişida işlayman, deb niyat qilib yurgan umidli avlod vakillari dardini kimga aytsin? Internetdagi blogerning yoki biror saytning yengil-yelpi materiali bosma naşrlarning maqolalarini “bosib” ketsa, “xaşaki” mavzulardan voz keça olmasak, saviyamiz ham, fikrlaş doiramiz ham şunga yaraşa bölib, maʼnaviy qaşşoqlik sari yuz tutilaveradimi? Axir har qanday sohada, har qanday jamiyatda ham yoş kadrlardan umid qilinadi, ulardan nimadir kutiladi…

— Bosma OAV yönalişida taʼlim olganim uçun gazetalarning ertangi kunidan xavotir olganim yöq. Aksinça, vaziyatga real yondaşyapman. Töğri, internet tezkor. U dunyoni egallab oldi. Biroq bosma naşrlarning yöq bölib ketişi mumkin emas. Axir u tarix! Tarix haqida “gapirişga” faqat bosma naşrlarninggina “haqqi” bor. Internet bu darajaga qaçon erişadi, menga qoronği. Bosma naşrlar jurnalistikaning otasi hisoblanadi. Yaxşimi, yomonmi, yoş yoki qari — u baribir ota!

Men va baʼzi tengdoşlarim bosma naşrlarning kuçini his etamiz. Biroq bugun bosma naşrlarda faoliyat yuritayotgan ayrim ijodkorlarning özi ham uning kelajagiga qayğurmasligi gohida oğir botadi odamga.

Atrofimda şunday talabalar bor: hatto biron bir gazetani varaqlab ham körmaydi, öz yönalişi, yeydigan “non”ini öqimaydi, kuzatmaydi, tahlil qilmaydi. Işonib ayta olamanki, ular matbuotning yaqiniga ham yölamagan. Lekin muntazam matbuotda qatnaşib turadigan kursdoşlarim ham ançagina. Özim ham “Adolat közgusi” gazetasida işlayman. Şuningdek, Maftuna Sunnatillayeva(“Toşkent haqiqati”), Olamgir Abdiyev(“Özbekiston ovozi”), Çölponoy Ahmedova (“Oila va jamiyat”), Şahnoza Töramurotova(“Xalq sözi”)larni misol keltirişim mumkin, — deydi “Adolat közgusi” gazetasi muxbiri Maftuna Abdukarimova.

Körib turganingizdek, talabalar orasida matbuotga befarq bölmaganlar ham talaygina. Lekin ular ham aytarli biror naşrga obuna bölişmagan. Menimça, bunga moddiy asoslar sabab bölsa kerak. Universitet tomonidan beriladigan stipendiyaga obuna bölsinmi, ijara uyiga tölov qilsinmi, yegulik olsinmi, ust-boşini but qilsinmi? Balki matbuot dökoni bölsa, kunlik naşrlarni heç qursa haftada bir bölsa ham sotib olib öqişmasmidi? Töğri, bosma naşrlarning elektron şakli ham yöq emas. Lekin gazetani qölga olib, varaqlab öqiganga nima yetsin?

Savol tuğiladi: nega bu taʼlim muassasasi faoliyat boşlaganidan buyon uning yon-atrofida aqalli birorta matbuot dökoni oçilmagan? Axir, talabalar obuna bölişga qiynalişsa, kunlik naşrlarni muntazam kuzatib boriş uçun xarid qilişi, darsda ularni tahlil qilişi, gazetalarni bir-biriga taqqoslaşi kerak emasmi? Qaçon “Matbuot tarqatuvçi” AK bilan hamkorlikda universitet binosi atrofida “kioska” oçiladi, qaçongaça talabalar(mabodo şunday talabalar köpaysa, deylik-da. A.A) gazeta oliş uçun Oloy bozoriga yoki bir neça çaqirim uzoqqa borişadi? Bu borada universitet rahbariyati uşbu taklifni eʼtiborsiz qoldirmaydi, degan umiddamiz.

Siz-çi, hurmatli öquvçi, maqolani öqiyapsizmi, demak şukrki, bu mavzuga befarq emassiz. Öylab köringçi, özingiz qaçon, qaysi gazetadagi maqolani öqidingiz? Xöş, eslay olmayapsizmi, unda bu mavzuda bitta jumla aytişga maʼnaviy haqqingiz bormi?

— Tahririyatimizga maqolasini çop etiş uçun köp öqituvçilar keladi. Gazetangizda bitta maqolamni çiqarib bering, istagan pulingizni beraman, deydi. Biz ularga pul emas, gazetaga heç bölmasa yarim yillik obuna bölişni taklif etamiz. Vaholanki, biz u maqolasini çiqariş uçun vaʼda qilayotgan puldan ikki baravar kam miqdordagi narxni aytamiz. Ular esa: “Yöğe, mana, pulingizni olib, maqolamni çiqarib bering, böldi”, deydi. Negadir, ustozlar yarim yillik(!) obunadan köra bitta maqolasini çiqarib ketişni afzal köradi. Endi öylab köring, millat tarbiyaçilarining ahvoli şu bölsa, ularning qölida taʼlim olayotgan farzandlarimizdan nima ham kutardik? — deydi “Olmaliq haqiqati” gazetasi boş muharriri örinbosari Dildora Abdurahmonova.

Aslida gazetalarning bunçalik qadrsizlanişida ayrim davriy naşrlarning özlari ham sababçi. Bu borada davlatimiz rahbari ham joriy yil “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yöllagan bayram tabrigida” alohida töxtalgan edi: “…milliy media maydonimizda zamonning ötkir talab va mezonlari, eng muhim tendensiyalarini oçib beriş, tanqidiy tahlil, odamlar kutayotgan mavzu va muammolarni dadillik bilan örtaga taşlaş hali ham yetakçi örin egallamayotganini aytişga töğri keladi. Afsuski, aksariyat axborot vositalarida ijtimoiy salmoği yengil bölgan, hisobot va balandparvozlik ruhidagi materiallar hanuz ustunlik qilmoqda”.

Demak, yuz minglab çop etilayotgan naşrlarimizda birorta ham tanqid, tahlil yoki mulohazaga undovçi maqola berilmas ekan, xalqning könglidagi gapni aytmas ekanmiz, odamlarning matbuotga bölgan işonçini qaytara olmaymiz.

Yuqorida hamqişloğim haqida gapirgandim. Uning körimsizgina, devorlari suvoqsiz imorati haqida ham aytib ötdim. Endi öylab köring, sizning ham atrofingizda gazeta-jurnal öquvçi insonlarning aksariyati juda boy-badavlat umrguzaronlik qilişmaydi, töğrimi? Pultoparmanlar esa… Menimça, biz qaçonki gazeta öqişni “oqsuyaklik” belgisi, “Aristokratlik” namunasi deb bilarkanmiz, bosma naşrlarga meva-çevaning tagiga yoyiladigan oddiy “töşama” emas, maʼnaviyat sifatida qararkanmiz, uning örni yuksak böladi.

Abdulaziz AHMEDOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan