Dala şiypondagi gazeta taxlamlari
— Uyimizga gazeta keldi, — deya suyunçiladi qöşnim, — karantin davri yumşatilgan kunlarning birida. — Köpdan beri obuna bölgan gazetalarimizni ololmayotgan edik. Gazetalarni ança soğingan edik. Bosma nusxalarni qölimizga olganimizdan juda quvondik. Endi mazza qilib öqiymiz.
Gazeta odamga maʼnaviy ozuqa, ruhiy dalda beradi, tafakkurini çarxlaydi, öylaşga, fikrlaşga çorlaydi. Inson kamolotida hissasi beqiyos bölgan bosma naşrlar örnini na Internet, na televideniye, na radio va teatr bosa oladi. Töğri, ularning ham öz örni bor, biroq gazetalar özga bir dunyo!
Bugungi kunda öquvçilarga “Kitob öqing, mutolaa tafakkurni kengaytiradi”, deb uqtirilmoqda. Juda töğri gap. Lekin xonadoniga gazeta kirib bormagan, biron marta uni varaqlamagan, öqimagan bola kitob öqişni örgana olarmikin…
Bolalik davrlarimizni eslaganda hamişa bir voqeani xotirlayman. Biz darsdan kelayotganimizda poçtaçi sumkasini orqalagança hovlimizga kirib kelardi va ota-onamiz obuna bölgan bir dasta gazetani qölimizga tutqazardi. Rosa xursand bölardik. Biz bolalar “Ğunça”, “Gulxan” jurnallarini talaşsak, oilamiz kattalari gazeta mutolaasiga kirişardilar. Keyin qöşnilar bilan yangiliklar muhokama qilinardi. Şeʼrlar, hikoyalarni jurnal, gazetalarda öqib, şoir, yozuvçilarni taniy boşlaganmiz. Keyinçalik ularning asarlarini kutubxonadan topib öqişga intilganmiz. Biz sevib mutolaa qilgan hikoya, şeʼrlarning mualliflari gazeta-jurnallarda işlaşini bilib, ularning ijodini çuqurroq örganişga harakat qilardik. Çunki darsliklarimizda ular haqida maʼlumot yöq edi. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Ötkir Hoşimov, Omon Matjonlarning ijod namunalari bilan gazeta-jurnallar orqali tanişib, keyinçalik kitoblarini izlab topib öqiganimiz esimda.
Qişloqlarda paxtakorlar uçun dala şiyponlari bölardi. Radioda qöşiq yangrab turardi, dala şiyponning bir çetida gazetalar taxlami turardi. Xohlaganimizni olib öqirdik. Katta bölib, öqişlarni tugatib, işlay boşlaganimizda xohlagan korxona yoxud taşkilotga kirib borsak, gazetalar taxlamiga közimiz tuşardi. Ular nazarimda eng katta boylik bölib tuyulardi, haqiqatan ham şunday edi-da.
Yaqinda nufuzli bir taşkilotga bordik. Gazetalar taxlami bormi-yöqligi bilan qiziqdik. Şunda rahbar ğurur bilan:
— Bizda gazetalar taxlami yöq, çunki obuna bölmaganmiz. Majburlaş mumkin emas. “Obuna böling” deb aytolmayman. Kimlarnidir “Majburiy obunaga yöl qöygan” deb işdan olişdi. Ğalvani sotib oliş niyatim yöq.
Şunda gazeta öqiş faqat foyda keltirişi haqida gapirib, oldinlari hatto qişloqlardagi çorvaçilik fermalari, dala şiyponlarida ham gazetalar taxlami turardi desak rahbar:
— Endi şörolar öz mafkurasini singdiriş uçun matbuotdan foydalanişgan. U kunlarni eslatib ötirmang, — deydi.
Bu — rahbar odam bilan gaplaşiş ortiqça ekanligini angladik. Bosma naşrlar qanday davr, mafkura bölmasin, ziyo taşuvçi, maʼrifat ulaşuvçi vosita bölgan. Millatimiz ziyolilari şu sohada ter tökib mehnat qilişgan, xalqimiz maʼnaviyati yuksalişi, millatimiz uyğonişi uçun bor kuç, salohiyatlarini ayaşmagan.
Yaqinda bir öqituvçi bilan suhbatlaşib qoldik. Şunda undan respublikada çop qilinadigan qaysi gazetalarni bilasiz, desak, u javob berolmadi. Hayron qoldik, çunki oilasiga umuman gazeta kirib bormagan, maktablar esa keyingi yillari “Majburiy obunaga çek qöyiş” degan taqiq tufayli gazetadan yuz ögirgan. Bu maskanda saboq oladigan öquvçilarga açindik, xolos.
Bu fikrlarni nimaga keltiryapman. Bosma naşrlarni öqiş, ularga obuna böliş heç qaçon zarar keltirmagan-ku. Ayniqsa, uçinçi Renessensga qadam qöyayotgan paytda millat ongini yuksaltirişda bosma naşrlarning örnini heç narsa bosolmaydi. Buni Prezidentimiz ham şu yil Öqituvçi va murabbiylar bayrami kunidagi nutqida taʼkidladi. Şunday ekan, har bir xonadon, korxona, taşkilotlarga bosma naşrlar kirib borişi kerak. Farzandlarimizni mutolaaga örgatiş, ular tafakkurini çarxlaş uçun ham bosma naşrlar albatta, kerak.
Ayrimlar “Gazeta va jurnallarda öqişli maqolalar berilişi kerak, ularda bosilayotgan maqolalar muxlislarni jalb qilmayotgani uçun obuna bölişmaydi”, degan fikrlarni ham aytişadi. Hamişa bosma naşrlarni mutolaa qilib kelayotgan gazetxon sifatida mening fikrim butunlay boşqaça. Gazetalarda juda yaxşi maqolalar berilmoqda. Masalan, “Hurriyat”, “Milliy tiklaniş”, “XXI asr”, “Kitob dunyosi”, (özim öqiydigan gazetalarni yozdim) gazetalarida bosilayotgan har bir maqola diqqatni tortmasdan qöymaydi. Birinçi sahifadan tortib oxirgisigaça boş kötarmay öqib çiqiş mumkin. Avvalo, bu gazetxonning maʼnaviy darajasiga boğliq, albatta. Faqat bir narsa, bosma naşrlar hukumat tomonidan qöllab-quvvatlanişi kerak, xolos. Agar şu narsa amalga oşsa, gazetalar narxi arzonlaşar, obunaçilar soni köpayar edi. Yana “Majburiy obuna” degan atamadan butunlay voz keçib, obuna böliş hayot zaruratiga aylanişi şart. Millatni bir kungina biron-bir gazetasiz yaşaşini tasavvur qilib köring, ana şunda bilasiz buning qanday ayançli hol ekanligini. Şunday ekan, ortiqça “pufak” gurunglar”dan tiyilgan holda har birimiz gazetalar taqdirini öz farzandimiz taqdiri bilan yonma-yon qöyib öylaşimiz kerak böladi.
Mehribon Tillayeva
