Özbekiston uçinçi renessans ostonasida. Tarixiy ildizlar va hozirgi zamon
“Biz Uçinçi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qöyib, uni milliy ğoya darajasiga kötarmoqdamiz”.
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida Özbekistonda yangi Uyğoniş davri, yaʼni Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş asosiy maqsad etib belgilandi. Şuning uçun, avvalo, Renessansning tarixiy ildizlari va asoslarini, Uçinçi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz çuqur anglab olişimiz zarur.
Sönggi davrda Markaziy Osiyo va qöşni hududlarda olib borilgan tarixiy, arxeologik va etnografik tadqiqotlar mazkur mintaqada qadimgi Şarq sivilizatsiyasining şakllanişi va rivojlanişida öziga xos örin tutganligini körsatuvçi köplab aşyoviy dalillarni yuzaga çiqardi. Ularga asoslanib, “Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi”, “Örta Osiyo sivilizatsiyasi”, “Turon yoki Turkiston sivilizatsiyasi” kabi tarixiy tuşunçalardan ilmiy tadqiqotlarda keng foydalanilmoqda.
“Renessans” sözi – fransuzça “Renaissonce”, italyança – “Rinascimento” – qayta yuzaga kelmoq, yangidan tuğilmoq, qayta tiriliş, uyğoniş – degan maʼnolarni anglatadi.
“Uyğoniş” istilohi ilk bor XVI asrda meʼmor, musavvir va sanʼat tarixçisi Jorj Vazari (1511-1574) tomonidan Ğarbiy Yevropada burjua munosabatlari rivojlanişining dastlabki bosqiçi bilan şartlangan tarixiy davrni tavsiflaş uçun qöllanilgan. Uşbu istilohning hozir biz bildirgan maʼnosi farang tarixçisi Jyul Mişle (1798-1874) tomonidan XIX asrda joriy qilindi.
Tarix faniga “Musulmon Renessansi” tuşunçasi taniqli Avstriya şarqşunosi Adam Mets (1876-1946) tomonidan XX asr boşlarida, yanada aniqroği, 1909 yilda kiritilgan. Olim “Şarq” atamasini tarixiy mazmunda işlatib, bunda Örta yer dengizidan to Yevropa qitʼasigaça (subkontinentgaça) bölgan yurtlarni va bu hududlarda IX-XII asrlarda madaniyat yuksaklarga kötarilganligini közda tutgan. Mazkur ölkalar qadimiy sivilizatsiya beşigidir.
Sobiq sovet davrida tarix va öquv adabiyotlarida faqat Ğarb Uyğoniş davri haqida gap borardi. Şarqdagi Uyğoniş jarayoni haqida esa lom-lim deyilmacdi. Çunki tarix fanida yevropotsentrizm ğoyasi hukmron, Ğarb ilğor, Şarq qoloq aqidasi ustuvor edi. Vaholanki, öşa davrda avstriyalik olim A.Mets, rus olimi N.Konrad Şarq Renessansi haqida xolisona fikrlarini bildirişgan. Özbek olimlaridan I.Möminov, M.Xayrullayev, F.Sulaymonova, B.Qosimov, T.Şirinov ham Şarq Uyğoniş davri haqidagi teran fikrlarni salmoqli asarlarida bayon etgan.
Temuriylar Renessansi – Musulmon Renessansi Şarq tamadduni tojidagi javohirlardan biri sanalib, uni örganişga bağişlangan baʼzi tadqiqotlar yaratildi.
Şu maʼnoda, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida tarixda birinçi marotaba: “Markaziy Osiyo Uyğoniş davrining köplab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qöşgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqçiman”, deb taʼkidlagani bejiz emas.
Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, bugungi Özbekiston hududi tarixda ilm-fan, madaniyat va sanʼatning qadimiy beşigi sifatida mavjud bölib kelgan. Bu haqda islomga qadar mavjud manbalarda ham maʼlumotlar keltirilgan. Jumladan, “Avesto”da ham maʼnaviy muhit, ilm-fan va taʼlim-tarbiya xususida öz davri uçun ilğor ğoyalar ilgari surilgan.
Özbekiston hududlari tarixan Buyuk ipak yölining markazi va uning turli tarmoqlari kesişgan nuqtada joylaşgan. Şuning uçun Şarq va jahonning turli mamlakatlaridan diniy va dunyoviy bilim oliş istagidagi insonlar hamişa Samarqand, Buxoro, Xorazm, Nasaf (Qarşi), Keş (Şahrisabz), Toşkent, Farğona kabi köhna madaniyat markazlariga intilganlar.
Birinçi Şarq Uyğoniş davri — IX-XII asrlarda mintaqamizda yuz bergan “Musulmon Renessansi” hisoblanadi.
Şarq Uyğoniş davrida buyuk allomalar, qomusiy bilim sohiblari, maşhur mutafakkirlar yetişib çiqqan. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farğoniy, Umar Hayyom, Mirzo Uluğbek, falsafa sohasida Abu Nasr Forobiy, Ibn Ruşd, Muhammad Ğazzoliy, Aziziddin Nasafiy, tibbiyot sohasida Abu Ali ibn Sino, tilşunoslikda Mahmud Zamaxşariy, şeʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulqosim Firdavsiy, Hofiz Şeroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy, rassomçilikda Kamoliddin Behzod barakali ijod qilganlar. Ularning jahonşumul ilmiy-ijodiy kaşfiyotlari umumbaşariyat taraqqiyoti rivojiga mislsiz hissa qöşdi.
Ikkinçi Şarq Uyğoniş davri — XIV-XVI asrlardagi ikkinçi “Temuriylar Renessansi”dir. Bunda Amir Temur bunyod etgan uluğ saltanatning örni va ahamiyati beqiyosdir.
Hozirgi davrda jahonga “hali-hanuz öz taʼsirini ötkazayotgan Örta Osiyo sivilizatsiyasi asosçisi”, qolaversa, tarixda ham öçmas iz qoldirgan buyuk davlat arbobi, muzaffar sarkarda, mohir diplomat, jonkuyar ilm-fan homiysi, buyuk bobokalonimiz Amir Temur asos solgan saltanat öziga xos salmoqli öringa egadir. “XV asr taqdirini belgilab bergan buyuk siymo” — Sohibqiron va uning vorislari Turkiston, Xuroson, Fors, Ozarbayjon va Arab dunyosida bir yarim asrga yaqin hukm surib, markazlaşgan salohiyatli turkiy davlat taşkil etgandi.
“Turkistonning suyangan toğlaridan biri” — Amir Temur asos solgan tamaddun XIV–XVI asrlar Turon tarixining “oltin davri” – Uyğoniş davrining alohida bosqiçi “Musulmon – Renessansi” (A.Mets), “Şarq Uyğonişi” (N.I.Konrad), hozirda “Temuriylar Renessansi” nomlari bilan jahonda eʼtirof etildi va tarixga abadiy muhrlandi. Maşhur fransuz olimi Lyusyen Keren taʼkidlaganidek, “yevropalik ijodkorlar Amir Temurni Şarq Renessansining bunyodkori sifatida qadrlaydilar”.
XV asrda bugun Sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtaşam saltanat, yurtimizda ikkinçi Uyğoniş, yaʼni ikkinçi Renessans davrini boşlab bergan. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Uluğbek, Ğiyosiddin Koşiy, Ali Quşçi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alişer Navoiy, Bobur mirzo kabi mumtoz şoir va mutafakkirlar maydonga çiqdi. Şarafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixçilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, köplab xattot va sozandalar, musiqaşunos va meʼmorlarning şuhrati dunyoga yoyilgan.
Bu davrda şaharsozlik, meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼat, naqqoşlik, zardözlik, metallga badiiy işlov beriş, xattotlik, ilm-fan va taʼlim-tarbiya, badiiy ijodiyot, kitobat sanʼati va kutubxonaçilik, musiqaşunoslik kabi sohalar nihoyatda rivojlangan. Turonzamin Renessansi taʼsiri Xuroson va Hindiston, hattoki Yevropa mamlakatlariga ham öz taʼsirini körsatgan. Yevropa xalqlari Temuriylar Renessansini teran tahlil qilganlar.
Amir Temur ilm-fan va madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peşvolari, olimlar, sanʼatşunoslar, yozuvçilar, şoirlarga alohida ğamxörlik körsatgan. Bu oliymaqom siyosat natijasida Şarq Uyğoniş davrining ikkinçi bosqiçiga asos solingan.
XIV asrdagi ulkan va yorqin siymo — Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-yaşnagan davlat barpo etib, Örta asr dunyosining asl madaniy va maʼnaviy markazlaridan biriga aylangan, inson aqli va isteʼdodining noyob ijodi bölib, bugungi kunda ham saqlanib qolgan mislsiz meʼmoriy obidalari bilan yer yuzining sayqali sifatida eʼtirof etiladigan Samarqand şahrini öz saltanatining poytaxtiga aylantirgan atoqli sarkarda va davlat arbobidir.
Köplab tarixçi olimlarning fikriça, Şarq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XVI asrlarda bamisoli pörtanadek otilib çiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalişning manbai hisoblanib, jahonning boşqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy taʼsir körsatgan. Şarq Uyğoniş davri — Şarq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatçiligi tomonidan haqli ravişda tan olingan.
Maşhur fransuz temurşunosi L.Keren taʼkidlaganidek: “Amir Temur insoniyat rivojiga ajoyib miniatyuralar, tengi yöq sirlangan sopol idişlar, şeʼriyat va ilhomga töla falsafiy asarlar yaratilişiga imkon yaratgan özining uluğvor davri bilan ulkan hissa qöşgan. Sohibqiron bobomiz “Temuriylar Uyğoniş davri” deb atalmiş sermahsul madaniy merosga asos solgan”.
Mamlakatimizda Uçinçi Renessansni XX asrda maʼrifatparvar jadidlar amalga oşirişlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrini milliy uyğoniş ğoyasiga bağişlab, ölkani jaholat va qoloqlikdan olib çiqiş, millatimizni ğaflat botqoğidan qutqariş uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etganlar.
Şu yölda ular özlarining aziz jonlarini ham qurbon qilganlar.
Bu davrda Abdulla Avloniy, Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Ubaydulla Xöjayev, Abdurauf Fitrat, Ibrat domla, Abdulhamid Çölpon, Abdulla Qodiriy, Aşurali Zohiriy, Hoji Muin va boşqa yana yuzlab uluğ insonlar milliy uyğoniş va millatparvarlik harakatining oldingi saflarida turgan. Ular yangi usul maktablari bilan bir qatorda, odamlarning dunyoqaraşi va turmuş tarzini özgartirişga qaratilgan gazeta-jurnallar, naşriyot va kutubxonalar, teatrlar taşkil etganlar.
Prezidentimiz joriy yil Öqituvçi va murabbiylar kunidagi nutqida alohida eʼtirof qilganidek, jadidlarimiz öz oldiga qöygan ezgu maqsadlarni amalga oşirişga mavjud vaziyat, ijtimoiy tuzum yöl bermagan. Ular öşa davr turli kimsalarining tuhmat-malomatlariga duçor böldilar. Dastlab Rus podşohligi, keyinçalik şörolar hukumati ularni ayovsiz quvğin va qatağon qilgan. Oqibatda milliy uyğoniş va taraqqiyot harakati Vatanimiz uçun yorqin xotira sifatida qoldi.
Yurtimiz ozodligi va xalqimiz baxt-saodati yölida jonini fido qilgan jadidlarning ilmiy-maʼrifiy, adabiy-badiiy merosi hozirgi davrda ham katta ahamiyatga egadir.
XX asr 90-yillari boşlarida Özbekiston milliy mustaqillikka erişgaç, Renessansning uçinçi yangi bosqiçi uçun qulay şaroit vujudga keldi. 2014 yil 14-15 may kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan xalqaro ilmiy anjumanda yurtimiz uçinçi Uyğoniş davri bösağasida turganligi alohida taʼkidlangandi. Binobarin, qariyb 30 yil davomida, ayniqsa, asrlarga tatigulik keyingi uç-tört yillik qisqa davrda beqiyos va keng qamrovli bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda.
Bugungi kunda biz uçinçi Uyğoniş davri ostonasida turibmiz. Agar Özbekiston Prezidentining keyingi tört yilda maʼrifat, taʼlim va ilm-fanni rivojlantiriş yölida imzolagan qonun, farmon va qarorlari, tasdiqlagan Davlat dasturlari, ilgari surgan yangidan-yangi taşabbuslarining mağzini töla çaqib körsak, navbatdagi Maʼrifat Renessansining markazi Özbekiston ekaniga heç kimda şubha qolmaydi.
Prezidentimiz 2020 yil 31 avgustda Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma töqqiz yilligiga bağişlangan tantanali marosimda taʼkidlaganidek, “Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida söz ketganda, “Yangi Özbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqiçiga qadam qöyganimiz, erişayotgan zalvarli yutuqlarimizning eʼtirofidir. Xalqimizning uluğvor qudrati jöş urgan hozirgi zamonda Özbekistonda yangi bir uyğoniş — Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat böladi”.
Çindan ham, biz ana şunday bebaho merosga köpinça faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda bölib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etişda beparvolik va eʼtiborsizlikka yöl qöymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros jahondagi sanoqli xalqlarga nasib etgan.
Masalan, birgina Özbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qölyozmalarga jahon ahli havas qiladi. Allomalarimizning noyob ilmiy-maʼnaviy merosi biz uçun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanişi kerak. Bu ölmas meros hamişa barçamizga doimo kuç-quvvat va ilhom bağişlaydi.
Albatta, Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş jarayoni beş-ön yil davom etmay, ança katta va maşaqqatli davrni talab qiladi. Buning uçun, avvalo, minglab isteʼdodli kadrlar, iqtidorli zamonaviy yoşlar, fidoyi insonlar nihoyatda zarur.
Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda uluğ niyatlar bilan poydevori qöyilayotgan yangi Uyğoniş davrining yorqin sahifalarga boy buyuk tarixi yaratilmoqda.
Eng asosiysi, farzandlarimizning isteʼdod va qobiliyati, ezgu intilişlarini töliq röyobga çiqariş, ijtimoiy faolligini oşiriş, hayotda munosib örin egallaşlari uçun barça imkoniyatlarni yaratib beriş bundan buyon ham Özbekistonda davlat va jamiyatning boş maqsadi bölib qoladi.
Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Xalqimizning uluğvor qudrati jöş urgan hozirgi zamonda Özbekistonda yangi bir uyğoniş — Uçinçi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat böladi. Çunki bugungi Özbekiston — keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas”.
Akmal SAIDOV,
Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.
Oçil BÖRIYEV,
Qarşi davlat universiteti professori
