Sahnada ham meʼyor bölgani yaxşi

Biz tezkor va şiddatli davrda yaşay boşladik. Axborotlar ham şu qadar köpki, birini hazm qilmasingdan, ijtimoiy tarmoqda yangisi çiqib turadi. Açinarlisi, bir-birimizga toş otişdan, bir-birimizga mağzava ağdarişdan, tuhmat qilişu nafsoniyatimizga tegişdan uyalmay qöydik. “Qovunçi” hokimlar safiga ayrim sanʼatkorlar ham qöşilib qolayapti. Baʼzan esa oçiqlik-oşkoralikni suiisteʼmol qilib had, meʼyor, andişa, mulohaza degan tuşunçalarni unutib qöydik.

Oçiğini, aytaman, hozir biron odam bilan ikki oğiz suhbatlaşişga ham çöçiydigan bölib qoldik. Negaki, inson sifatida samimiylik, bir-birini himoya qi­liş örniga, söz kelganda balçiqqa qoriş, bilib-bilmay ijtimoiy tarmoqda haqorat qiliş odatiy holga aylandi.

Abdulla Qurbonov va Jahongir Otajonov maşmaşalari tugamay turib, el tanigan ayrim sanʼatkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi bepallaki, namoyişkorona çiqişlari aqli butun odamni befarq qoldirmaydi. Buning oqibatida sanʼatni qismat deb bilgan, mumtoz qöşiqlar ijroçilari ham yomonotliq bölib qolmoqda.

Yaqinda Boysun tumanining eng çekka hududi bölgan “Maçay” mahallasi aholisiga xonanda Nargiza Azimova bepul konsert dasturini taqdim etdi. Bu qişloq ahliga yaqin yillar davomida bironta xonanda kelib konsert bermagan ekan. Odamlarning şodligini, quvonçini söz bilan ifodalaş muşkul. Beixtiyor bölar ekan-ku, deging keladi.

Albatta, savob va xayr­li işlar kimgadir maqtaniş, kimdir eʼtirof etişi uçun qilinmaydi. Bu barçamizning insoniy burçimiz va vijdon oldidagi vazifamiz. Qolaversa, muborak hadislarda: “Yaxşilik qiliş qölingdan kelmasa, yomonlik ham qilma”, deyilgan.

XI asrda yaşagan Kaykovusning maşhur “Qo­busnoma” asarida (“Ho­fiz va sozandalar” bobida) aynan xonandalarga ibrat böladigan pand-nasihat yozib qoldirilgan: “Ey farzand, agar hofiz bölsang, xuşfeʼl, quvnoq böl, hamişa pok, xuşröy va xuşzabon bölğil va öz işingga maşğul bölğil, yaramas xulq, qöpol başara bölmağil…”.

Respublikamizda muntazam ötkazib kelinayotgan davlat tadbirlari, katta-katta nufuzli bayram konsert tomoşalari şu paytgaça faqat fonogramma orqali ijro etilgan bölsa, bugun nufuzli konsert das­turlarida töliq jonli ijroga ötilgani erişilgan yangi muvaffaqiyat sanaladi. Endi jonli ijroda kuylay oladigan haqiqiy va mahoratli xonandalar va sozandalarga yöl oçildi. Kuylay olmaydigani esa öz-özidan sahnadan tuşib qolaveradi.

Çekka-çekka tumanlardan ham yoş isteʼdodlarni izlab topib, katta sahnaga tayyorlanayotgani, albatta, quvonarli holat. Keyingi uç yil mobaynida ana şunday yoş isteʼdodlardan Yasmina, Tölqin Tojiyev, Kamron Mamadaliyev, Ulbösin Örinboyeva, Otabek Nazirov, Bekzod Sodiqov singari iqtidorlar kaşf etildi.

Şuningdek, ustoz sanʼatkorlarning ijro repertuaridagi mumtoz aşulalar yoş ijroçilar talqinida özgaça bir rangin jilolarda jaranglay boşladi. Yunus Rajabiy nomidagi “Maqomçilar” ansamblining badiiy rahbari Özbe­kiston xalq artisti Abduhoşim Ismoilov rahbarligida milliy mumtoz aşulalarimiz yoş xonandalarga örgatilib, musiqalari sayqallanib, özgaça tarannum etil­yapti.

Prezidentimiz yangilaniş jarayonini boşlab berdilar. Yangilaniş degani bu — poklaniş, fikrning ongu tafakkurning, aql idrokning, ruhiyatning yangilanişidir. Oçiqlik degani — qotib qolgan, muzlab qolgan fikrdan uzoqlaşib, yangi hayotga köçiş deganidir. Aslo bir-birini tahqirlaş degani emas, balki fikrlar almaşinuvi, tafakkurning ösişi deganidir. Jaholat bor joyda maʼrifat bölmaydi. Biz ana şu nuqtai nazar bilan bugungi hayotga boqa olsak va har birimiz maʼrifat va ezgulik sari çoğlansak, turmuş tutumimizda, hayot tarzimizda özgariş böladi.

Matluba Temur qizi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan