Yangi kitobxonlar mamlakati qaçon quriladi?

Özbekiston – kitobxonlar mamlakati edi. Xalqning maʼrifiy saviyasi boşqa yurtlarga nisbatan yuksakroq edi. Çunonçi, öquvçilik çoğimizda AQŞning barça ştatlari va ularning poytaxtigaça bilar, xaritadan istalgan davlatni köz yumib turib körsatiş böyiça bahs boylaşar, barça mamlakatlarning tarixiyu uluğ adiblarini nomma-nom sanay olar edik. Bu oddiy bir hol edi, ammo dunyoda Özbekiston degan yurt borligini ham eşitmagan Amerika, Fransiya… talabalarining saviyasi munçalar pastligiga ajablanar edik ham (tavba, har bir jumlamiz “edi” deb tugayapti-ya…).

Kitob orqali! Har bir zavod va hatto yirikroq sex qoşida ham, ilmiy tadqiqot institutlari, har qanday şifoxona va hattoki turmalarda ham kutubxona bor edi, har bir qişloqda esa uçta ziyo maskani (maktab, qişloq idorasi va xöjalik klubida) kutubxona işlab turardi. Özbekiston — kitobobod yurt edi. Buning ustiga, kitob, gazeta-jurnal deganlari arzon edi. Şunçalikki, ayrim kiçik kitoblar, broşyuralar tekin edi, muqovasining orqasiga “bepul” deb yozilgan bölardi. Har bir uy, har bir oila bir neça gazeta va jurnalga obuna edi, poçtaxonalar hozirgiday huvillab yotmas, odamlar tongni yangi gazetalar mutolaasi bilan kutib olardi.

Ammo XX asrning sönggi yillariga kelib “optimallaştiriş” degan bir söz çiqdi-yu, boşqalarga emas, kelib-kelib kutubxonalarga yopişdi. Avvalo, “kutubxona” degan söz bekor qilindi – jami kutubxonalar ikkiga taqsim qilinib, kattaroğlari AKM – Axborot-kutubxona markazi (?), kiçikroqlari esa ARM – Axborot-resurs markazi deb ataladigan böldi. Kimda-kim “kutubxonaçiman” desa, dakki eşitdi, birov kimligini sörasa, “axborot-resurs markazi mutaxassisiman”, deb aytişi lozim deb topildi.

Keyinroq kutubxonalarning özi “brakka” çiqarila boşlandi. Korxona va taşkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining kutubxonalari yopildi, tugatildi. Ularning fondidagi şunça narsa qayoqqa ketdi, Xudo biladi. Menimça, makulatura “kuşxona”sida “söyildi”.

Ha, “optimallaştiriş” deb xaspöşlab ötirmay, qisqartiriş deb qöya qolinsa, töğriroq bölardi-ya, lekin idoralar birov ayb topolmaydigan mavhum iboralarni yaxşi körişadi-da.

Men öşa tuşunçaning maşʼum oqibatiga yana bir misol keltiraymi?

2002 yil boşida Milliy kutubxonamiz ham “optimallaştiriş” domiga tortildi. 277 kişi xizmat qiladigan bu ziyo maskaniga öşa kunlari 48 kişilik Respublika ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi ham qöşib yuborilgaç, 325 kişi bölib işlayotuvdik.

Bir kun “yuqori”ga çaqirib, “Milliy kutubxona optimallaştirilişi kerak”, deb qolişdi. Bu fikrni Moliya vazirligidan kelgan bir yigit bot-bot aytib, jami xodimlar sonini 250 nafarga tuşiriş şartligini taʼkidladi. Naq 75 nafar xodimni qisqartiriş degani edi bu. Kutubxonadan vakil bölib borganim uçun bu juda keskin ekanini anglatişga urinib, boyagi yigitdan, “Nega endi 250 soniga yopişib oldingiz”, deb söradim.

– Axir, 250 tadan köp bölsa, sizlar Moliya vazirligidan ham katta jamoa böpketasizlar-ku? – deya eʼtiroz bildirdi u.

– Nima, dunyoda Moliya vazirligidan yirik taşkilot bölmasin, degan qoida bormi, minglab kişi işlaydigan korxonalar ham bor-ku?

Vazirlik vakili bu savolga javob bermadi, ammo baribir, öşaning aytgani böldi – 250 tagina qoldik. Bu paytda, masalan, aholisi bizdan beş baravar oz Qirğiziston Milliy kutubxonasida (uning fondi biznikining yarmiça ham emas) 340 xodim işlar, qolaversa, ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi ham Milliy kutubxonaga qöşilmagan edi…

Buyam holva bölib qoldi. 2011 yilga kelib Milliy kutubxonaga Özbekiston kitob palatasini ham qöşdilar. Markaziy Osiyoda dastlab oçilgan va eng boy uşbu kitob palatasida bu payt 13,5 ştat birligi bor ediki, 33 kişi işlaydigan Qirğiziston va 50 kişi mehnat qiladigan Qozoğiston, 81 kişi işlaydigan Belarus Milliy kitob palatasi xodimlariga, biz bir hovuçginamiz, deb aytişdan uyalar edik. Ammo öşa ham yöqqa çiqdi – Respublika bibliografik markazi va mamlakat matbaasining asosiy xazinasi Milliy kutubxona tarkibiga singdi-ketdi. Xöş, loaqal ana öşa 13,5 ta ştat qöşilgandir, deb sörarsiz? Yöq, u yanada “optimallaş”tirildi. Ştatlari yanayam “semirib”… 150 kişi qoldi. Qiyoslaş uçun bir maʼlumot: öşa paytda Belarus Milliy kutubxonasida 1300 nafar xodim işlardi, bu yurt aholisi esa Özbekiston elining uçdan biriça edi, xolos. Qarang: Özbekistonda – 150, Belarusda – 1300 nafar! Bizda kitob degan narsaga amaldagi munosabat ana şunaqa edi, oçiği.

Şunday qilib, mintaqadagi eng katta universal kutubxona (Milliy), eng yirik ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi va eng fondi boy kitob palatasi va Milliy kitob palatasi birlaşib, “optimal” holga keldi. Holbuki, MDH davlatlarining barida bularning har biri boşqa-boşqa taşkilot.

Endilikda davlatimiz rahbari yurt ilmiy salohiyatini yuksaltiriş, odamlar madaniy-maʼrifiy saviyasi ösişining birinçi şarti – kitob öqiş ekanini bot-bot takrorlab, kitobxonlik darajasini oşiriş uçun barça tadbirlarga yölni keng oçib beryapti. Lekin ijrosi qanday? Har viloyatdan bittadan öqirmanni tanlab musobaqa qildirib, ularga mukofot beriş bilan çeklanib qolsak, natijasi — nafi uç-tört kunga tatiydi, xolos.

Biz yangi tamaddunga yetişişni orzu qilyapmiz, şunga intilyapmiz. Yangi tamaddun deganlari nima özi? Menimça, kitob öqişning, mutolaaning umumxalq harakatiga aylanişi u. Tamaddun kitobxonlikdan boşlanadi.

Oçiği, kitobxonlikka daʼvat tarğibotning yangi şakllarini qidirib topiş bir-ikki “loyiha”ni bajariş bilan amalga oşib qolmaydi. Köp kitob öqiganlarning teleşousi hamda har bir rahbarning özi öqigan maktabga yuztaça kitob sovğa qilişi… keyin-çi, keyin yana nima qilindi?

Axir bular bir-ikki oylik kampaniya, xolos-ku? Öttiz yillab kitob qadri tuşar emiş-da, olti haftada yana hamma narsa öz örniga kelarmişmi?

Bizningça, yurtimiz kitobxonlar mamlakatiga aylanişi uçun bir qança şartlar bor. Ruxsatingiz bilan bir-ikkitasini sanab ötay.

Avvalo, bozor iqtisodiyoti davrida böladimi, boşqami, işqilib, öqigan, ziyoli odamning qadri, daromadi öqimagan, bilimsiz odamnikidan loaqal bir bahya yuqori bölsa, heç qanday kitob reklamasiga hojat qolmaydi – hamma özini öqişga uradi (hayriyatki, şunga qarab boryapmiz).

Mayli, dotatsiya orqali bölsa ham, kitob (gazeta-jurnal) arzonlaşsin, odam öqigisi kelgan narsani sotib olişga qiynalmasin. Buning uçun ommaviy kommunikatsiya, maorif, naşriyot va ommaviy axborot vositalari sohalari bozor iqtisodiyoti talablaridan xoli qilinişi kerak.

Odamlarni kitobga jalb etiş uçun kitoblarni odamlarga yaqinlaştiriş kerak. Buning şarti – kutubxonalar tarmoğini loaqal boşqa mamlakatlardagi darajada köpaytiriş, kengaytiriş şart.

Yana avvalgi gapga qaytsak. Hozirgi Özbekiston Milliy kutubxonasi sobiq Davlat kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi va Özbekiston Milliy kitob palatasining quramasidan iborat bir yiğma muassasa bölib turibdi. Aytişlari mumkin – barça fondlar saqlab qolingan, kimga qanday axborot kerak bölsa, oladi-ku, deb.

Mutlaqo unday emas! Muhandis-texnik xodimlarning kitobdan foydalaniş tartibi Milliy kutubxona öquvçilarinikidan tamom boşqaça, Kitob palatasida esa heç kimga heç qanday axborot manbai berilmaydi – abadiy saqlaş uçun bir nusxadan olib, alohida asraladi. Köramizki, bir-biriga sira qovuşmaydigan uç xil taşkilot şunçaki qöşib-qoriştirib yuborilgan. Oqibatda, ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasi va Milliy kitob palatasi faoliyati bugungi kunda tamoman töxtagan. Uyoğini sörasangiz, hattoki Turkmanistonda ham alohida Milliy kitob palatasi bor. Binoyiday işlab turibdi.

Aslida, Davlat kutubxonasi “Milliy kutubxona” maqomi olişi uçun unga boşqa yönalişdagi qaysidir kutubxonani qöşiş şart emas. Ammo öşa paytdagi Fan va texnika davlat qömitasi rahbariyatining epçilligi iş berdi – daromad keltiradigan tarmoqlarni özida qoldirib, nafi tegmaydigan “yuk”lardan qutuliş uçun öz homiyligidagi Respublika ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasini Davlat kutubxonasiga qöşib, “Milliy kutubxona taʼsis etiş taşabbuskori”ga aylandi va bu fikr “maʼqullandi”. Keyin bu “tajriba”dan Matbuot va axborot qömitasi ham foydalanib, Milliy kitob palatasidan “qutuldi”.

Bugun – XXI asrning yigirma birinçi yili arafasida mamlakatimiz jadal rivojlaniş yöliga kirdi, yangi tamaddun ostonasida turibmiz, inşoolloh. Ammo tarixda har bir ulkan sivilizatsiya kitob, kutubxonalarga alohida eʼtibor berilgan davrdan boşlanganini yodga olaylik. Davlatimiz qudrati ham, xayriyatki, oşib boryapti. Va nihoyat, butun dunyo axborot asri degan zamonda yaşab turibdi.

Şunday ekan, imorati juda unaqa, oğizni oçirib qöyadigan bölmasa ham, eşigi tagida uymalaşib turadigan, oladigan maoşi kutubxona xodimlarinikidan ança yuqori bölgan posbonlarning soni hozirgiday köp bölmasa ham, mayli, ammo alohida kutubxonalar kerak. Loaqal, MDHdagi boşqa qardoşlar oldida, “bizda aksar kutubxonalar bir-biriga qöşib yuborilgan, xodimlarimiz soni ham “optimallaştiriş”ga giriftor bölib, kamgina qolgan”, deya xijolat çekmay, Markaziy Osiyodagi eng katta, eng köhna va boy kutubxonalarimiz borligidan, ular zamon talablariga töliq javob bera oladigan holda işlab turganidan faxrlana olaylik. Axir, institutni bitirgaç, keyin kitob öqib bilimini oşirmagan, saviyasi öşa böyiça qolgan ilmiy xodimu muhandislar bilan uzoqqa borib bölmaydi.

Buning uçun esa patortat toptirilgan Respublika ilmiy-texnikaviy adabiyotlar kutubxonasini qayta oçib, u butun mamlakat muhandislarining oğirini yengil qilişiga, şuningdek, mamlakat bosma mahsulotlarining asosiy saqlovçisi va bibliografik markazi bölgan Milliy kitob palatasi tiklanib, öz vazifasini bajarişga kirişişiga, ötgan yillarda qilinmay qolib ketgan işlar örnini ham qoplaşiga erişaylik. Ana şunda biz, garçi biroz keçikibroq bölsa-da, axborotlaştiriş poygasiga qöşila olamiz, qardoş mamlakatlarning orqasida emas, orasida yura olamiz. Yöqsa…

Kitobni eʼzozlaş xalqimizning qonida bor. Öqigan, bilimli odamni aziz tutiş bizga otalardan meros qolgan anʼana. Munkaygan çollar köçada ketib borar ekan, yerda yotgan biron qoğoz parçasiga közi tuşsa, bir amallab olib, puf-puflab çangini ketkizib, biron devor kavagiga joylab ketganini körganmiz. Nimagaki, dunyodagi eng uluğ narsa – söz qoğoz betida böladi. Kitob oyoqosti bölib yotmasligi kerak, deydi-da, otalarimiz. Yoki, yoş bölsa ham, öqigan, mullo odamlarni davra töriga ötqiziş ham bizning udum. Şunday ekan, kitob öqiş, ilm-bilim olişga iştiyoq faqat aqlimiz buyurgan emas, botiniy ongimizga ham singgan fazilatdir. Ana şu sönayotgan çöğni puflab alanga oldira olsak, marra bizniki böladi.

Zuhriddin ISOMIDDINOV,

adabiyotşunos olim

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan